26 апр. 2016 г.

LG Electronics kompaniyasi

LG Electronics kompaniyasi Rossiyada LG G5SE smartfonini taqdim etdi



25-aprel kuni Moskvada LG Electronics o‘zining eng yangi LG G5SE smartfoni va LG Friends tegishli moslamalari, jumladan, LG CAM Plus, LG Hi-Fi Plus s B&O Play, LG Rolling Bot, LG 360 CAM uskunalarini namoyish etdi. Marosimda shuningdek, LG G5SE smartfonining kichik modellari hisoblanmish LG X cam va LG X view ham taqdim etildi. Ular flagmanning asosiy afzalliklarini o‘zida mujassam qilgan: LG X cam – keng hajmli kamera, LG X view esa ikkinchi displeyga ega. Yaqin kunlarda ushbu gadjetlar sotuvga chiqariladi, ularning narxi va har bir mamlakatda paydo bo‘lishining aniq sanasi to‘g‘risida alohida e’lon qilinadi.

Modulli arxitektura LG G5
SE imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Surish va olish mumkin bo‘lgan akkumulyator va LG Friends qo‘shimcha qurilmalar keng tanlovi evaziga smartfon, masalan, raqamli kameraga yoki Hi-Fi audiopleyerga aylana oladi. LG Friends Manager universal dasturi modul va aksessuarlarni oson boshqarish imkonini yaratadi. Shu o‘rinda u yaqin masofada joylashgan moslamalarni intuitiv aniqlaydi va LG G5SE’ga ulaydi, Google Play Store’dan zarur dasturlarni yuklash va o‘rnatishda ko‘maklashadi.Modulli arxitektura va tegishli qurilmalarning keng tanlovi
Metallik korpus va 3D Arc Glass displey shishasi
Alyuminiyni mikronizatsiyalash texnologiyasi korpus yuzasiga mustahkamlik va silliqlik bag‘ishlaydi. Dizayn 3D Arc Glass displeyi egilgan shaklga ega shishasining ravon chiziqlari bilan to‘ldirilgan.
Yuqori samaradorlik
Energiya sarfini tejaydigan baquvvat 64 bitli 8 yadroli Qualcomm® Snapdragon™ 652 1,8GGs protsessori Adreno™ 510 grafik protsessori hamda Hexagon™ DSP signallarni raqamli qayta ishlash energiya tejovchi protsessor faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Snapdragon 652 protsessori, shuningdek, o‘z ichida yuklash tezligini 300 Mbit/soniyagacha va uzatish tezligini 100 Mbit/soniyagacha ta’minlay oladigan X8 LTE modemiga ega. Ikkita SIM-kartali LG G5SE smartfoni Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi, Quick Charge 3.0 tez quvvatlash texnologiyasi hamda 3 Gb operativ va 32 Gb ichki xotira qurilmasi bilan boyitilgan.
Kengburchakli kamera
Smartfonlar uchun kameralar ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi bo‘lmish LG kompaniyasi bu safar ham o‘z obro‘siga munosib ish tutdi. LG G5SE orqa panelida ikkita kamera o‘rnatildi: bittasi standart 78 gradus obyektivli va ikkinchisi 135 gradusli keng burchakli obyektivli – bugungi kunda LG tarmog‘idagi maksimal ko‘rsatkichga ega. Shunday qilib, LG G5SE smartfonining keng burchakli obyektivi ko‘rish burchagini boshqa zamonaviy smartfonlarga nisbatan 1,7 barobar kengroq va inson ko‘zi ko‘rish burchagiga nisbatan 15 gradus kengroq qilib ta’minlab bera oladi. Foydalanuvchi tez va osongina keng hajmli va oddiy suratga olish rejimlaridan bir-biriga o‘ta oladi va u keng manzaralar, baland binolar yoki odamlarni suratga olish uchun uzoq masofaga siljishiga hojat qolmaydi.
LG G5SE smartfonining 5.3 diagonalli Quad HD IPS Quantum ekrani Always-on Display funksiyasi bilan boyitilgan. Bu esa smartfon displeyini faollashtirmagan holda vaqt, sana va eslatmalarni tekshirish imkonini beradi. Nur displeyning kichik qismini yoritib turish evaziga soatiga bor-yo‘g‘i 0,8 foiz quvvat sarflaydi. Kunduzgi yorug‘likning maxsus rejimi yoritish parametrlarini avtomatik tarzda aniqlaydi va mustaqil ravishda displey yorqinligi darajasini kamaytiradi yoxud ko‘paytiradi.Always-on Display va kunduzgi yoritish rejimi
Fotoeffektlar to‘plami
LG G5SE smartfonida qiziq fotoeffektlarning ulkan jamlanmasi joy olgan. Masalan, “ramkadagi fotosuratlar” effektini yaratish uchun standart va kengburchakli obyektivda olingan suratlarni uyg‘unlashtirish imkoni mavjud. “Plyonkalifotografiya” filtrlar to‘plamiga o‘xshash fotosuratlar effektini bera oluvchi to‘qqizta turli fotoplyonka imitatsiyalariga ega. “Avtosurat” – “qo‘l harakati orqali suratga olish”ning mukammallashtirilgan versiyasi – kamera foydalanuvchining yuzini tanib olishi bilan smartfon avtomatik tarzda suratga oladi.
Yaqinlashtirishning g‘aroyib sozlamasi
Standart va kengburchakli kameralardan foydalanish nafaqat suratga olish rejimini tez va osongina biri-biriga o‘tkazish, 8 barobargacha yaqinlashtirish imkonini beradi, balki ikki barobarga uzoqlashtirishga ham zamin yaratadi.
Dolby Digital Plus (DD+)
LG G5SE smartfoni Dolby Digital Plus (DD+) — ovozni ixchamlashtirishning mukammallashtirilgan formatini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa 7.1 kanallari uchun yangrashning yuqori sifatini ta’minlaydi.
Tezkor quvvatlash va mukammallashtirilgan energiya tejamkorligi
USB type C ulagichining mavjudligi evaziga kompaniya muhandislari Qualcomm Quick ChargeTM 3.0 texnologiyasini amalga kirita oldi. Bu avvalgi avlod modellariga nisbatan smartfonni 27 foizga tezroq quvvatlashga imkon beradi. Low Power Location Estimation (LPLE) texnologiyasi esa joylashuv tahlili bazasida ishlaydigan dasturlarda energiya sarfini optimallashtirgan holda akkumulyator samaradorligini 41,9 foizga oshiradi.
LG CAM Plus kamerasi modul boshqaruvi smartfonga akkumulyator sloti orqali ulanadi, o‘chirish/yoqish mexanik tugmalari, kattalashtirish funksiyasi, foto- va videoyozuv, LED indikatoriga ega. Avtofokus va avtoekspozitsiyalarni intuitiv bloklash funksiyalari ham bor. Odatda ushbu funksiya faqat professional raqamli fotoapparatlardagina mavjud. LG CAM Plus 1200 amper-soat sig‘imli batareya qurilmasi bilan boyitilgan.LG CAM Plus
B&O Play’li LG Hi-Fi Plus
LG Hi-Fi Plus innovatsion audiopleyeri Bang & Olufsen kompaniyasining B&O PLAY bo‘linmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Namunalarni qayta olish texnologiyali 32 bitli Hi-Fi raqam-namunali o‘zgartiruvchi ovozni 384kGs/32 bit chastotada yuqori aniqlikda yetkaza oladi. B&O PLAY funksiyasiga ega LG Hi-Fi Plus LG G5SE smartfoni uchun modul sifatida foydalanilishi yoki istalgan boshqa smartfon hamda kompyuterlarga portativ Hi-Fi raqam-namunali o‘zgartiruvchi sifatida ulanishi mumkin.
LG 360 CAM
LG 360 CAM panoramali kamerasi ikkita kengburchakli 13 Mpikselli obyektivlar, 1200 amper-soat akkumulyatori, 4 Gb ichki xotira, microSD karta uchun slot bilan boyitilgan. Qolaversa, 360 gradusli umumiy ko‘rish burchagiga ega, 2K quvvatlovchi panoramali foto va videolarni suratga oladi va 5.1 keng hajmli ovozlarni qo‘l bilan boshqariladigan rejimda uchta mikrofonga yoza oladi. Google bilan hamkorlik sharofati bilan LG 360 CAM kamerasida olingan suratlarni Street View va YouTube360 tarmoqlariga muammosiz yuklash mumkin.
LG Rolling Bot
O‘rnatilgan 8 Mpikselli IP-kamera LG Rolling Bot Wi-Fi orqali ulanadi va xavfsizlik tizimi sifatida foydalanilishi mumkin. Masalan, uy jonivorlarini nazorat qilish hamda monand maishiy texnika uskunalarini masofadan boshqarish imkonini ham beradi. Robot koptok kabi dumalab yurib foto va video suratga oladi hamda olingan ma’lumotlarni oqimli uzatish tizimi yordamida LG G5SE smartfoniga yetkazadi.
X-seriya smartfonlari
“Bir qancha afzal funksiyalariga ega LG X view va LG X cam’larning jozibadorligi ularning o‘rtacha narxida. X-seriyalari ishlab chiqarila boshlangandan buyon biz o‘rtacha narxli smartfonlarda kamera va displey sohasida eng yaxshi texnologiyalarni tatbiq etmoqdamiz”, — dedi LG Electronics Mobile Communications kompaniyasi prezidenti va eng yuqori mansabdor egasi Juno Cho.
X-seriyalari flagman kichik modellarining ommabopligini inobatga olgan holda ishlab chiqildi. Ularda bir afzal funksiya borki, u har bir smartfonning o‘zgacha xususiyatiga aylanib ulgurgan.
Bu smartfonning hamisha faol turuvchi ikkinchi displeyi voqealardan boxabar bo‘lish, dasturlardan eslatmalarni qabul qilish va elektron pochtani tekshirish imkonini yaratadi. Yangi LG X view shunday funksiyaga ega o‘rtacha narxli birinchi LG gadjeti bo‘ladi.LG X view
LG X view egasi e’tiborga molik xususiyatlarga ega kamera tufayli yorqin xotiralarni muhrlay oladi. 13 Megapikselli asosiy kamera istalgan daqiqada ranglar jilosini to‘liq saqlagan holda suratga olish imkonini yaratadi. Qo‘l harakati va “Avtosurat” funksiyalariga ega 8 Megapikselli old kamera esa selfi olishda ishonchli ko‘makchi bo‘ladi. Hatto yaxshi yoritilmagan sharoitda ham kameraning virtual chaqnoqi sharofati bilan siz olgan suratlar tabiiy va chiroyli chiqadi. LG X view smartfoni LTE standart aloqasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Nafis qirrali ixcham korpus smartfondan foydalanishni lazzatga aylantiradi. Bozorga smartfon uchta rangda: universal qora va oq hamda nimpushti tillarangda chiqadi.
LG X cam
Xuddi LG G5SE smartfoni singari LG X cam modeli ham ikkita — 13 megapikselli standart ko‘rish burchagiga ega hamda 5 megapikselli kengburchakli kamera bilan boyitilgan.
LG X cam foydalanuvchilarga inson ko‘rish burchagiga teng burchakda suratga olish imkoniyatini yaratadi.
“Jonli surat” (Animated Photo) funksiyasi orqali foydalanuvchilar ramka ichidagi fotolar va ramkaning o‘zi uchun ikki soniyalik video olishlari mumkin (misollarni ushbu manzilda tomosha qilish mumkin: http://on.fb.me/1pPxEd5).
“Panoramalar” rejimida esa, galereyani tomosha qilishda panoramali surat uzun chiziq ko‘rinishida namoyon bo‘lmaydi, balki avtomat ravishda o‘zi aylanib ko‘rinadi. Olingan suratlarda tegishli funksiya yordamida qisqa yozuvlar qoldirish mumkin.
Android® 6.0 (Marshmallow) operatsion tizimining eng so‘nggi versiyasi ikkala model smartfonlarini ham faol rejimda mo‘tadil ishlashini ta’minlaydi. LTE qo‘llab-quvvatlashi evaziga esa uyda va sayohatda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yengillik bilan yangilash mumkin.

LG G5SEasosiy texnik xususiyatlari:*
  • Protsessor: Qualcomm® Snapdragon™ 652
  • Displey: 5.3 dyuym Quad HD IPS Quantum (har dyuymga 2560 x 1440 / 554 nuqta)
  • Xotira: operativ xotira: 3 Gb / o‘rnatilgan 32 Gb / microSD (2Tb gacha)
  • Kamera: Asosiy kamera: Standart 16Mp, Kengburchakli 8Mp / Old kamera: 8Mp
  • Akkumulyator: 2800 amper-soat (olinishi mumkin)
  • OT: Android 6.0 Marshmallow
  • Hajmi: 149,4 x 73,9 x 7,7 mm
  • Og‘irligi: 156 g
  • Qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlar: LTE / 3G / 2G
  • O‘zaro ta’sir tizimlari: Wi-Fi 802.11 a, b, g, n, ac /USB Tip-C/ NFC / Bluetooth 4.2
  • Ranglar: Titan / Tilla rang / Pushti rang
X cam texnik xususiyatlari*:
  • Ekran: 5.2” FHD In-Cell Touch
  • Protsessor: 1.14 GGs 8 yaderli
  • Kamera*: Asosiy (Standart ob’ektiv 13 Mp, Kengburchakli 5 Mp) / Old kamera 8 Mp
  • Xotira: 2Gb RAM / 16Gb ROM
  • Batareya: 2,520 amper-soat
  • Operatsion tizim: Android™ 6.0 Marshmallow
  • Hajmi: 147.5 x 73.6 x 5.2 mm~6.9 mm
  • Tarmoq: LTE
  • Ranglari*: Titan / Tilla rang/ Pushti-tilla rang
X view texnik xususiyatlari*:
  • Displey: Asosiy – 4.93” HD In-cell Touch
  • Ikkinchisi: – 1.76” (dyuymga 520 x 80 nuqta)
  • Protsessor: 1.2GGs 4 yadroli
  • Kamera*: Asosiy 13 Mp / Old kamera 8
  • Xotira*: 2Gb RAM / 16Gb ROM
  • Batareya: 2,300 amper-soat
  • Operatsion tizim: Android®6.0 (Marshmallow)
  • Hajmi: 142.6 x 71.8 x 7.1 mm
  • Tarmoq: LTE
  • Ranglar: Qora / Oq/ Pushti-tilla rang