Ommaviy axborot vositalari globallashuvi


Ommaviy axborot vositalari globallashuv sharoitida

Demokratik jamiyat barpo etishda ommaviy ahborot vositalari hal qiluvchi o`rin tutadi, nafaqat muayyan mamlakatlar, balki global miqyosda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Toshkentda bo`lib o`tgan halqaro uchrashuv - davra suhbatida shu haqda so`z bordi. U Siyosiy tadqiqotlar markazi (O`zbekiston) tomonidan tashkil etildi. Davra suhbatining mavzusi - "Zamonaviy axborot maydonining shakllanishi: media hududini tashkil etishda axborot tehnologiyalari, tuzilmaviy yondashuv va mintaqaviy xususiyatlarning roli", deb ataldi.
     Uchrashuvga ko`plab taniqli jurnalistlar va ommaviy ahborot vositalarini rivojlantirish sohasi hamda unga dahldor ilmiy fanlar, jumladan, sotsiologiya, psihologiya, yuqori texnologiyalar, iqtisod, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik kabi sohalar mutahassislari taklif etildi. Uchrashuvning horijiy ishtirokchilari orasida Bel`giya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg`iziston, Rossiya, AQSh, Frantsiya, Yaponiyaning yetakchi ekspertlari bor.
      Siyosiy tadqiqotlar markazi direktori, siyosiy fanlar doktori G.Karimova uchrashuvni ochar ekan, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari hayotimizning ajralmas qismiga aylangani va ijtimoiy munosabatlar tizimida ularning ahamiyati katta ekanligini ta`kidladi. Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ilg`or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ularning rivojlanishiga xizmat qilmoqda, chunki texnologiya yordamida axborot olish imkoniyati tobora kengaymoqda. Ayni paytda, globallashuv sharoitida turli mamlakatlarning tarixiy-madaniy hususiyatlari va rivojlanishdagi o`ziga hosliklarini saqlab qolish maqsadida axborot xavfsizligini ta`minlashning ahamiyati ortib bormoqda.
   Demokratik taraqqiyot yo`lini tanlagan bizning mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari kuchli fuqarolik jamiyatini qurishning muhim vositasi hisoblanadi. Ular faoliyatining huquqiy bazasi yaratilgan va u takomillashtirilmoqda, bu baza axborotning ochiqligi, oshkoraligini kafolatlaydi. U nafaqat davlat, balki aholining turli qatlamlari uchun mo`ljallangan mustaqil ommaviy axborot vositalari sonining ortishiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining ilg`or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), shu jumladan, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish jamiyatni yanada demokratlashtirish jarayonida ularning faolligini va ta`sirini oshirishga yordam beradi.
        
  Uchrashuv qatnashchilari ommaviy axborot vositalari sohasi bilan bog`liq uchta asosiy jihat - ularning axborot ishlab chiqaruvchilar sifatidagi faoliyati, ommaga ta`siri va axborotni yetkazish vositasi sifatida AKTni rivojlantirish masalalarini ko`rib chiqdilar.
        
  Ta`kidlandiki, axborot maydonining globallashuvi jarayonida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan televidenie va Internetning paydo bo`lishi hisobiga sayyoramizning turli mintaqalari ommaviy axborot vositalari ish tajribasini o`rganish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari faoliyati va axborot texnologiyalaridan foydalanishda madaniy, tarixiy, iqtisodiy va boshqa turli yondashuvlar mavjud bo`lgan G`arb, Osiyo mamlakatlari tajribasini o`rganish lozim. Bunday tajribani o`rganish Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayniqsa muhim, chunki bugungi kunda ular o`z rivojlanish hususiyatlarini hisobga olgan holda milliy va mintaqaviy axborot maydonlarini kengaytirish siyosatini amalga oshirmoqda.
 Uchrashuvda axborot jamiyatlari jadal shakllanayotgan, global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar va yangi muammolar paydo bo`layotgan hozirgi sharoitda yetakchi ommaviy axborot vositalarining strategiyasiga oid masalalar muhokama qilindi. Frantsiyaning elektron ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni rag`batlantirish bo`yicha "Almatropi" assotsiatsiyasi prezidenti S.Sudoplatoff, Rossiyaning "Politika" jamg`armasi prezidenti V.Nikonov, Germaniyaning A.Shpringer nomidagi nashriyot uyi Jurnalistlar maktabi direktori o`rinbosari R.Porsh, Koreya Respublikasi Axborot va kommunikatsiya universiteti professori Chju Hun Sun, Rossiya teleradioeshittirish milliy uyushmasi prezidenti E.Sagalaev, Yaponiyaning "NHK" teleradiokompaniyasi ma`muriy resurslar departamenti boshqarmasi boshlig`i N.Nakamura, boshqa taniqli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari hamda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari shu haqda gapirdilar. Ular uchrashuv qatnashchilarini ommaviy axborot vositalarining jamiyat va biznes bilan aloqasi, jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi ta`siri kabi yo`nalishlarda o`z mamlakatlarining nazariy va amaliy yutuqlari bilan tanishtirdilar.
  Anjumanda iste`molchilarning turli guruhlari istak va ehtiyojlarini o`rganishning yangi uslublarini joriy etishga alohida e`tibor qaratildi. Ommaviy axborot vositalari bunday texnologiyalar va uslublarga tayanib, axborotni yetkazib berishning qisqa muddatli va uzoq muddatli strategiyalarini yaratmoqda. Ayni paytda uning ayrim turlariga, shu jumladan, siyosat, iqtisod, savdo, fan, ta`lim, madaniyat kabi sohalarda aholi talabini shakllantirmoqda. Uchrashuvda, shuningdek, jahon tajribasining boshqa jihatlari ham tilga olindi. Ular orasida iste`molchiga axborotni yetkazib berish sohasida ustuvorliklarni tanlash, ommaviy axborot vositalari ishida axborotni uzatish tezligi ortishi bilan bog`liq o`zgarishlar, elektron resurslar rivojlanishi natijasida media bozorida raqobatning keskinlashuvi kabi dolzarb masalalar bor.
   Tahlilchilar, tadqiqotchilar va jurnalistlar global axborot maydonining uzviy qismi sifatida Markaziy Osiyo davlatlari axborot hududlarining rivojlanishi va shakllanishi istiqbollarini ham ko`rib chiqdilar. Bunda ularning o`z strategik manfaatlari hamda "raqamli" va media hududi sohasida dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan hamkorligi hisobga olindi.
Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A.Aripov ishtirok etdi.
Poytaxtimizda ijtimoiy hayotni yoritishda ommaviy axborot vositalarining faolligini yanada oshirishga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi mahalliy axborot agentliklari.
Unda Toshkentdagi ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalistlar bilan birga, ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hamkasblari ham ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Anjuman O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashabbusi bilan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti hamkorligida tashkil etildi.
Videokonferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, mamlakatimizdagi gazeta va jurnallar, elektron nashrlarning rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisi A.Oripov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi SH.G‘ulomov, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari A.Xo‘jayev, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari M.Hojimatov, O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ijrochi direktori J.Hakimov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha jabhalarini demokratlashtirish, modernizatsiya qilish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni yagona ezgu maqsadga – inson manfaatlariga xizmat etayotganini ta’kidladilar.
Davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayonini chuqur tahliliy yondashgan holda, xolis va ayni paytda xalqimizga tezkor yetkazishda, jamoatchilik fikrini shakllantirishda, odamlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyosdir.
Shu bois yurtimizda ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy erkinligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jurnalist kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, kasbiy malaka va mahoratini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimiz taklifi bilan O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining tashkil etilishi yurtimizda matbuot, axborot agentliklari va internet-nashrlar rivoji yo‘lida ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
O‘tgan bir yil mobaynida fond yurtimizning chekka hududlaridagi bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini yanada takomillashtirish borasida qator media-loyihalar, ijtimoiy grant dasturlarini amalga oshirdi. Buning natijasida ko‘plab viloyat, tuman bosma nashrlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi barobarida, ularning aksariyati o‘z internet-sahifasiga ega bo‘ldi. Bu esa O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayotiga oid xolis axborotlardan nafaqat mazkur nashrlarning obunachilari, balki dunyo miqyosida keng foydalanish imkonini bermoqda.
Ommaviy axborot vositalari o‘rtasida sog‘lom ijodiy raqobat, jurnalist kadrlarning zamon bilan hamnafas va hamqadam bo‘lishi, o‘z kasbiy mahorati bilan birga siyosiy bilimi va tafakkur salohiyatini muttasil oshirib borishi davr talabidir.
Videoanjumanda inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishda ommaviy axborot vositalarining vazifalari, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish – ijtimoiy siyosatning muhim omili, “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining tutgan o‘rni, axborot jarayonlari globallashuvi sharoitida mamlakatimiz milliy manfaatlarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi va muhokama etildi. Sohaga oid istiqboldagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hayotini yoritishga yo‘naltirilgan “Region Inform” axborot xizmatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan “Matbuot malikasi” respublika tanlovining natijasi e’lon qilindi. “Uchitel Uzbekistana” gazetasi mas’ul kotibi Nargis Qosimova tanlov g‘olibasi, deb topildi.
Axborot kurashi - manfaatlar kurashi
Bugungi voqyealar, xususan, xalqaro terrorizmning payini qirqish borasida tuzilgan xalqaro koalitsiyaning shu yil 7 oktabr kuni kechasi Afg'onistondagi terroristlar bazalariga havodan zarba bera boshlagani butun dunyo ommaviy axborot vositalari e'tiborini Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratdi.
Xalqaro terrorizmni ildizi bilan qo'porib tashlash uchun kurash bilan birga dunyoning "yangilik imperiyalari" o'rtasida o'z tomoshabinlari/tinglovchilari/o'quvchilariga yangilikni birinchi bo'lib yetkazib berish uchun bo'lgan kurash ham qizib ketdi. Bu tabiiy. Chunki har kim bu yerdan o'ziga tesha tegmagan yangilik axtaradi, shov-shuv ko'targisi, birinchi bo'lgisi keladi. Bu ham tabiiy.
Biroq, afsuski, ba'zan bo'lar-bo'lmasga sensatsiya ortidan quvish va "taqiqlangan usullar"dan ham foydalanish, ya'ni boks atamasi bilan aytganda, "beldan pastga zarba berish" hollari ko'zga tashlanyapti. Bu holni muayyan ommaviy axborot vositasi o'z xodimining xatosi yoki noaniqliliga yo'yib, keyinchalik raddiya berishi ham mumkin, ammo raddiya efirga uzatilganda yoki gazetada bosilganda o'sha noto'g'ri (to'g'rirog'i, g'arazli) xabar butun dunyoni aylanib chiqqan va uning buyurtmachilari o'z maqsadiga erishib olgan bo'ladi. Sensatsiyani ko'chirib bosgan OAV unga bildirilgan raddiyani ko'chirib bosishga o'zida majburiyat sezmaydi. Manbani ko'rsatishning o'ziyoq ular zimmasidan har qanday masyuliyatni soqit qiladi.
Zikr etilgan terrorizmga qarshi kurashni yoritish jarayonida bu hol yana bir marta yaqqol namoyon bo'ldi. Rossiyadagi ayrim OAVning go'yo toliblar O'zbekistonga qarshi jihod e'lon qilib, uning chegarasi yaqiniga 8 ming (10 ming) kishilik qo'shin to'playotgani, keyinchalik o'sha qo'shinni general Abdurashid Do'stum boshliq Shimoliy ittifoq qo'shinlariga qarshi kurash uchun Mozori-Sharif tomon jo'natgani to'g'risidagi xabarlari quyosh charaqlab turgan osmonda gumburlagan momoqaldiroqni eslatadi. Hatto Rossiya jamoatchilik televideniyesi muxbiri shu yilning 8 oktabr kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov va Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi M.Rahmonqulov o'tkazgan brifingni sharhlayotib, shov-shuvlar dalillar bilan rad etilganini aytdi, biroq sharhi so'ngida prezident Islom Karimov o'zining Avstriya respublikasiga safarini qoldirganini o'sha shov-shuvlarning tasdig'i sifatida ustakorlik bilan qistirib o'tdi. O'z chegaralari yaqinida xalqaro terrorizmga qarshi urush bo'layotgan paytda har qanday davlat rahbarining boshqa bir mamlakatga rejalashtirgan safarni qoldirishi yoki kechiktirishi diplomatiya amaliyotida tez-tez uchrab turadigan hol. Qolaversa, buni Avstriya rahbariyati tushunish bilan qabul qildi, G'arbning yetakchi OAV ham bunga shov-shuv tusini bermadi.
Bunday vahimali xabarlarni tarqatishdan ko'zlangan maqsad nima, degan haqli savol tug'iladi. Afg'onistonda terrorizmga qarshi olib borilayotgan harbiy harakatlardan foydalanib, vahimali xabarlar tarqatarak, O'zbekistondagi vaziyatni beqarorlashtirishdan kim manfaatdor? Nega endi ayrim Rossiya ommaviy axborot vositalari shunday yo'l tutyapti? Bu tasodifmi yoki uning zamirida uzoqni ko'zlagan maqsad yashirinmi?
Beixtiyor, rus shoiri V.Mayakovskiyning "Modomiki, osmonda yulduzlar charaqlab turgan ekan, ular kimgadir kerak" degan satrlari esga tushadi.
Bunday holni, afsuski, ayrim chet el radiolari tarqatayotgan xabarlarda ham ko'rish mumkin. Ularni sinchiklab kuzatgan kishi g'alati "mehnat taqsimoti"ning guvohi bo'ladi. Ba'zilari faqat inson huquqlari haqida gapirsa, boshqalari har bir xabari zamiriga o'zlari judo bo'lgan ulug' davlatchilik da'vosini yashiradi, yana boshqa biri esa nuqul go'yo O'zbekistonda dindorlar quvg'in qilinayotgani xususida jar soladi. Bu nimaning dalolati, ularga beriladigan buyurtmalar turlicha ekani isbotimi yoki ularni boshqa mavzu qiziqtirmaydimi?
To'g'ri, inson huquqlari, OAV erkinligi muammolari haqida gapirish zarur. Buni hech kim inkor etmaydi. Biroq shaxsan men 1999 yilning 16 fevralida sodir bo'lgan terroristik qo'poruvchilik oqibatida halok bo'lgan o'nlab kishilar insonning eng muqaddas huquqi - yashash huquqidan judo bo'lgani to'g'risida gapirgan birorta xorijiy OAVni eslay olmayman. Go'yoki bu tabiiy holday qabul qilindi. Nima, ularning yashashga haqqi yo'qmidi? Insonning yashash huquqini ta'minlamay turib, qanday qilib boshqa huquqlar va erkinliklar haqida gapirish mumkin? Yangilikni o'z vaqtida tinglovchilarga yetkazib beraman, deb masalaning mohiyatiga tushunib yetmay, sababini surishtirmay sensatsiya yasayverish shartmikin?
Har qanday demokratiya, huquqlar va erkinliklar muayyan bir mintaqa yoki davlatda ildiz otishi uchun o'sha joyda yashaydigan xalqning mentaliteti, urf-odatlari, anyanalariga tayanishi kerak emasmi?
Ba'zi o'rinlarda ayrim OAV vakillari Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning to'liq manzarasini berish maqsadida plyuralizm prinsipiga tayangan bo'lib, ayrim terroristlarning to'daboshilariga mikrofon tutib sayratmoqda, G'arb demokratiyasining jarchilari bo'la turib, ularning o'rta asrlarga xos yovvoyi, vahshiy g'oyalari targ'ib etilishiga o'z hissasini qo'shmoqda. Ular bu bilan kimning tegirmoniga suv quyayotganini o'ylab ko'rishyaptimi?
Vaholanki, yaqinda Oq uy rasmiy vakili Ari Fleysher Amerika ma'muriyatining AQShning Si-En-En, Ey-Bi-Si Nyus, Si-Bi-Es Nyus, En-Bi-Si Nyus, Foks Nyus Chenel singari yetakchi telekanallariga Usama bin Ladenning murojaatlarini ekranga yoki efirga olib chiqmaslikni tavsiya etganini ma'lum qildi. "Nyu-York Tayms" gazetasining shu yil 11 oktabr sonidagi maqolasida yozilishicha, buni o'sha OAVlar rahbariyati ham tushunish bilan qabul qilgan. Mutaxassislarning fikricha, bu murojaat zamirida "Al-Qoida" tashkilotining Amerikada yashayotgan a'zolariga u yoki bu ishni amalga oshirish uchun yashirin ko'rsatmalar, imo-ishoralar bo'lishi mumkin ekan. Buni hech kim jurnalistlarga, OAVga tazyiq yoki bosim deb baholagani yo'q, Amerikada OAV erkin emas, deb ayyuhannos solayotgani ham yo'q.
Bi-Bi-Sida uzoq yillar ishlagan bir jurnalist o'zaro suhbat chog'ida ushbu korporatsiyaning tele- va radioto'lqinlari orqali Shimoliy Irlandiyada respublikachilar armiyasining o'z maqsadiga erishish yo'lida hech qanday terrordan tap tortmaydigan qanoti rahnamolari intervyulari, murojaatlarini uzatishga taqiq borligini aytib qoldi. Nega endi IRA vakillarining suhbati, murojaatini Angliyada efirga uzatish mumkin emas-u, Tohir Yo'ldosh singarilar xohlagancha sayrab yotibdi? Nima, Angliyaga mo'ljallangan axborotga talab boshqachayu O'zbekistonga atalganiga o'zgacha bo'lishi kerakmi?
Demokratiyadan va'z o'qiydigan ba'zi bir hamkasblarimiz, demokratiyani turlab bo'lmaydi, u yagona, uning g'arbonasi ham, sharqonasi ham yo'q, deyishadi-yu, axborot tarqatishga kelganda o'zlari xohlagancha, yoki buyurtmachilari xohlaganday ish tutishadi. Shumi matbuot erkinligi?
Bu yerda maqsad birovni qoralash emas, aksincha, mintaqadagi vaziyatga mutanosib ravishda axborot kurashi suryati jadallashgan bir paytda mavjud jarayonni xolis yoritish o'rniga undan o'z maqsadlariga erishish yo'lida foydalanib qolishga urinishlar bo'layotganini ta'kidlab o'tishdir.
Shu o'rinda yana bir istihola tug'iladi. Biz ayrim xorijiy OAV O'zbekiston haqida u yoki bu bo'htonni tarqatadigan bo'lsa, ulardan xafa bo'lishga, nari borsa, o'z televideniyemiz yoki radiomiz, gazetalarimiz orqali raddiya berishga o'rganib qolganmiz. Vaholanki, bugungi axborot kurashida vaziyatni kunlar yoki soatlar emas, daqiqalar hal qiladi. Nima uchun tegishli vazirliklar, idoralar, hukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar chet el OAV vakillarini yig'ib, raddiya berishi, o'z pozitsiyasini bayon qilishi, to'g'ri gapni aytishi mumkin emas?
Axir, Prezidentimizning Afg'onistondagi voqyealar munosabati bilan bergan bayonoti, AQSH Mudofaa vaziri bilan uchrashuvidan so'ng jurnalistlarning va oradan bir-ikki kun o'tib, O'zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirining savollariga qaytargan javoblari yoki Tashqi ishlar vaziri bilan Milliy xavfsizlik kengashi kotibining brifingi bir necha soat ichida butun dunyoga yetib bordi-ku, O'zbekiston haqida tarqatilayotgan har xil shov-shuvlarga barham berdi-ku.

Biroq bugungi dunyoda axborot kurashi bir soniyaga ham to'xtamaydi. Unda ba'zan nuqtai nazarlar, aqidalar, ma'lum bir prinsiplardan ko'ra, manfaatlar kurashi ustuvorlik qiladi. Bizning birdan-bir maqsadimiz ham, manfaatimiz ham o'zimiz haqimizdagi bor gapni dunyoga asl holicha yetkazishdir. Eng muhimi, prezident Islom Karimovning O'zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri savollariga javob qaytarayotib aytgan mana bu so'zlarini har doim esda tutishda: "Hushyorlik, ogoh bo'lib yashash - bu bir kunlik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki kundalik ish, kundalik amaliy harakat bo'lishi lozim".

Комментариев нет:

Отправить комментарий