SHE`RLAR





VATANIM.
Ko`zimni yoshladi bugungi suxbat,
Bag`rimni g`ashladi bemani g`iybat,
Yurtimni sevaman jondan sevaman,
Yurtfurushlar men uchun bir uyum axlat.
Yurtim deb uningchun kuymog`lik kerak,
Uning shukronasin qalbda tuymog`lik kerak,
Senga sodiqman to tanda jonim
Mening baxt yuldizim O`zbekistonim.
Senga xech kimsa otolmaydi tosh
Farzanding ko`zidan to`kolmaydi yosh,
Boshim uzra mustaxkam qal`a qo`lg`onim
Mening g`ururim, orim O`zbekistonim

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

FROQ.

Jonimga bog`lanib ketibsiz,
Bog`lanib ketibsiz zulfimga,
Siz mening umrimga o`tibsiz
Aylanib qolibman mulkizga
Sog`inchim kunlarni nimtalar,
Intizor yuribman qo`lizga
Yuragim ko`ksimni tindalar
Aylanib qolibman mulkizga
Dardimni aylanib o`taman
Shu jonim bo`linar qirqminga
Xayoliz ortidan ketaman
Aylanib qolibman mulkizga
Tunlari qalqidi ko`zda yosh
Nimadur o`rmalar ko`ksimga
Kimsiz ey men sevgan nur quyosh
Aylanib qolibman mulkizga
Men xam bir joduni o`rganib
Aylanib qolaman tilsimga
Siz esa xajrimda o`rtanib
Aylanib qolasiz mulkimga.

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

KETDIM.

Ketdimu ortimga qaytolmay qoldim
Eng so`ngi so`zimni aytolmay qoldim,
Bevafo bevafo dardim bedavo
Buga sabab xiyonating bevafo.
Sen yo`qsan xayotim, qalbimxam bo`m bo`sh
Ishqning bozorida mening narxim yo`q
Xursandmisan ayt nurjaxonim xo`sh
Kelib ko`r telbadan mening farqim yo`q.
Kettimu ko`changdan o`tolmay qoldim
G`azabdan o`zimni tiyolmay qoldim
Yashirmayman tunlari ko`z yoshim daryo
Judaxam sog`inib ketaman goxo.
Sevaman qalbingni nolasigacha
Sevaman sochingni tolasigacha
Bilgin nega o`zga qo`lini tutdim
Seni faqat seni unutish uchun
Uni men senchalik baliki sevmasman,
Ammo butun umr tashlab ketmasman,
Yillar o`tib ko`zlar tushshganda ko`zga
Tilimi kelmasa biron bir so`zga
Istayman seniga ham baxting ko`rmoqni
O`zimxam baxtiyor yashab o`lmoqni
Bir kuni senu-men baxt toparmiz axir
Ammo ikki o`rtada sevgiga og`ir.

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

YURAGIM

Nima qilay oshiqman senga
Balki senga yo`qdur keragim,
Ko`nglimga mayli ozor berginu
Ammo bu qadar ezma yuragim.
Tunlari bedor o`ylayman seni
Ichimda qoldiku orzu tilagim,
Menga malyi sevaman dema
Ammo bu qadar ezma yuragim.
Men seni sog`inib borsam yoninga
Xolingni ko`rib kelar so`ragim
Menga beparvo bo`lasan nega,
Faqat bu qadar ezma yuragim.

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

YOLG`IZIM

Qoshingday qoraydi qora tun
Yulduzdek uchdingmi yulduzim,
Nechun ming aylandi bu gardish
Men xamon yolg`izman yolg`izim.
Gavxarim gavxarga chopdingmi?
Bir dunyo bo`lrdim men o`zim.
Tengsizim tengingni topdingmi?
Men xamon yolg`izman yolg`izim.
Suymadim o`zga bir sanamni,
Yo qalbim ko`r bo`lgan yo ko`zim
Men yolg`iz o`g`lidim onamni
Men xamon yolg`izman yolg`izim.
Sen erka o`g`lingni erkala
Tizzamni quchoqlay men o`zim
Ko`ksimda yig`laydi bir nola
Men xamon yolg`izman yolg`izim.

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

SEVGI

G`am sizdan yiroq bo`lsin
tabassum xamrox bo`lsin
Baxordek pok umringiz
Doim quvonchga to`lsin.
Azoblar beradi sog`inch va xijron
Ismingiz tilimda takrorlab xar on
Sizni ko`rmoqlik bo`lsada gumon
Ne qilay yuragim sog`indi yomon

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

 KETYABMAN

Yiroqlashar oramiz yiroq
Sog`inchlardan kechsamda froq
E`tiboring sezmadim broq
O`ksik ko`ngil seni qumsaydi
Diydoringa sira to`ymaydi.

Shirin so`zlar ayta olmasang
Yonginamga qayta olmasang
Chiroyinga shaydo aylasang
Xayol yana seni eslaydi
Isming aytib yurak tinmaydi.

Mayli bugun xolimga boqma
Ko`zing suzib qoshingni qoqma
Bilsang shirin so`zga muxtojman
Meni xolim xech kim bilmaydi
Bilsaxamkiy parvo qilmaydi.

Kech bo`lsa so`ng ko`z yoshlar to`kma
Daryo bo`lgan yoshlarda cho`kma
Afsuslanib o`zingni so`kib
Pushaymonlar bir naf bermaydi
O`tgan vaqt qaytib kelmaydi.

Xolis edi qalbdagi niyyat
So`z aytishga topolmam jurat
Mexrim jo`shib yozganimda xat
Sherim o`qib qalbing yig`laydi
Sendan xanuz javob kelmaydi.

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

SEVMADING

Qo`l ushlashib kezsak xam yomg`irda qorda,
Doim birga bo`lgum kuzda-baxorda
Afsuski ko`nglingda bir shubxa borda!!!
Naxot sevganimni sezmaysan jonim
Mexirla so`zlarni boshlaganimda
Bilmasdan ko`zlaring yoshlaganimda,
Kuldirib ko`nglingni xushlaganimda,
Naxot sevganimni sezmaysan jonim
Yig`lasam ko`zimdan oqgan ko`zyoshim
Sen eding do`stim xamda sirdoshim
Do`stlikni yo`lidan borgan yo`ldoshim
Naxot sevganimni sezmaysan jonim
Do`stmiz deya sevgidan so`z xam ochmading
Baland ushlab g`ururni xechxam kechmading
Sevdim deya meni bir bor quchmading,
Naxot sevganimni sezmaysan jonim
Ko`nglim cho`kganicha qoldi armonim
Sevganim sezmading og`ridi jonim
Afsus taqdir ekan taqdir bu jonim
Naxot sevganimni sezmaysan jonim

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

ALLOX MEXRIBON

Madorsiz ko`nglingni yoshingla to`ldir
Bu dunyo ishidan nafsingni o`ldir
Savobli ishlarni doim qidirib
Alloxdan mexribon raximli yo`qdur.
Sajdaga bosh qo`ygin imonli inson
Noumid bo`lmagin alloxga ishon
Amaling bo`lsin xadis va quron
Alloxdan mexribon  raximli yo`qdur.
Imonsiz dunyoni lazzati yo`1qdur
imonli xayotning armoni yo`qdur
Doimo sen shuni yodingda tutgil
Alloxdan mexribon raximli yo`qdur.

avtor: 

BIR KUN

Yaxshimi yomonmi yashab o`taman
Kimnidur sevgisin zor zor kutaman
Kimnidur yig`latib bir kun ketaman
Umrbot qolmayman bir kun o`laman

Siz meni do`stimsiz yaxshi bilaman
dardizga baxtizga sherik bo`laman
Ammo qachongacha buni bilmayman
Umrbot qolmayman bir kun o`laman

Balki bu dunyoni baxtga burkayman
Balki manzilimga borib yetaman
Ammo men bilmayman bilmayman afsus
Umrbot qolmayman bir kun o`laman

Abadiy emas xechnima xech kim
Abadiy yashamoq emas orzuyim
sizsiz yashasam xam kulib yuraman
Umrbot qolmayman bir kun o`laman

Dunyo yolg`onchi o`lim xaqiqat
Ichimda dartlarim yotar qatma qat
Azoblarimdan xam olarman roxat
Umrbot qolmayman bir kun o`laman

Qarang kulyabman kuylay to abat
To`lib ketsaxamki xayotga nafrat
bilib olganim shu so`zimdur faqat
Umrbot qolmayman bir kun o`laman.

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

FAQAT MUXABBAT

Men seni sevaman deyolmagan qiz
Yuzingda uyalish ko`zingda afsus
Meni eslaysanmi olisligingda
Qumsab yig`laysanmi yolg`izligingda?

Men seni sevaman deyolmagan qiz
Olisda yolg`izlik etmasmi mayus
Mayuslik ro`yingni kuz etmaydimi?
Kuz senga xolimni eslatmaydimi?

Men seni sevaman deyolmagan qiz
O...kimlar poyingda tiz cho`kdilar tiz
Xaliyam g`ururing osmondami ayt?
Xaliyam men senga yomonmanmi ayt?

Men seni sevaman deyolmagan qiz
Naxotki olamda qoldirmading iz
Ismingni eslasam eslasam edi
Eng ko`xna so`zimni so`zlasam edi
Men seni sevaman deyolmagan qiz.

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

ONA

Bir ku tanimni tar etar ruxim
Qizg`oldoq bezaydi qabrimni mani
Bir kun dunyoga qaytib kelarman
Lekin baxt onamdur buni bilarman
Baxt gul emaski uzib ko`rgani
Yo sharbat emaski tatib ko`rgani
Baxt sevgidur, orzu va tilak
Unga yetishmoqchun kurashmoq kerak.
Sevgi menimcha__mexir muruvat,
Sevgi menimcha__ishonch sadoqat
Sevgi menimcha__xayot va mangu
Sevgi menimcha__quvonch va qaygu.
Daraxt bargini yo`qotsa bir bor
Qaytib topar kelganda baxor
inson baxtini yo`qotsa bir bor
Qaytib topmas kelsaxam baxor
Xayot bir qirrali qirrasiga boq
Bugun biz insonu ertyaga tuproq
Lekin shu navqiron yoshlik chopg`ida
Topmadim xech narsa sizdan ortiqroq.

avtor: ELMUROD UMIRZAQOV

RASHKIM KELADI

Shamollar silasa soching
Shamollarga rashkim keladi
Yomg`irlar namlasa yumshoq quloching
Yomg`irlarga rashkim keladi.
Sevaman bu rashk emasdur gumon

Комментариев нет:

Отправить комментарий