Bank mutaxassislarining maqsadi va vazifalari



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«Kredit-iqtisod» fakulteti
Bank ishikafedrasi


REFERAT
Mavzu: Bank mutaxassislarining maqsadi va vazifalari





Bajardi:  I-kurs, KBI – 76 guruh talabasi
                       Vahidova M.
Qabul qildi:  ______________________






Toshkent –2007 y
Bank mutaxassislarining maqsadi va vazifalari.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatimizda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar boshlab yuborildi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida xususiy mulk hamda tadbirkorlar manfaatini himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Respublikamizda bank va kredit tizimi rivojlanmoqda. Islohotlar taqdiri esa yuqori malakali mutaxassislarga bog'liqdir. Yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini shakllantirishda O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonuni hamda «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumki bakalavr-iqtisodchi mutaxassisligi uchun talaba 4 yil ta'lim oladi. U 4 yil davomida 45-50 fandan reyting natijasi bo'yicha yakuniy nazorat topshirishi, 4-5 ta kurs ishi, bitirav malakaviy ishi yozishi lozim. Toshkent moliya institutida bakalavr-iqtisodchi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tayyorlanadi: kasb ta'limi, menejment, moliya, bank ishi, soliqlar va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit. Yuqori malakali bakalavr-iqtisodchilarni tayyorlash esa ta'lim tizimiga bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida kadrlar tayyorlash muammosining hal qiluvchi masalasi barcha bosqich o'quv yurtlarida o'quv adabiyoti bilan ta'minlanish ta'kidlab o'tdilar: «Ta'lim darslikdan boshlanadi, deyarli barcha sohada darsliklarimiz ahvolini bugungi va ertangi kun talablari darajasida emas».
Shu sababli, davr ruhiga mos tushuvchi bozor iqtisodiyot g'oyalarini aks ettiravchi yangi o'quv qo'llanmalarini, darsliklar hamda ommabop risolalarni yaratish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida islohotlarning samarasi va iqtisodiyotning rivojlanishi ko'p jihatdan banklar faoliyatiga bog'liq. Zamon talabi va davr mas'uliyatini his etib ishlayotgan banklar halqimizning og'irini engil qilmoqda. Barcha turdagi banklar mijozlar ishonchini oqlash va ular bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yo'lida tinmay izlanish olib bormoqda. O'z faoliyati va xizmat turlari bilan halq ichiga yanada chuqurroq kirib borish ularning yagona maqsadi. Bankning rivojlanishi bank xodimlariga bog'liq. Bank xodimlari bilimli, madaniyatli va hozirjavob bo'lishi kerak. Toshkent Moliya instituti bank ishi yo'nalishini tutgan mutaxassislarning ish o'rinlari asosan bank hisoblanadi. Bank mutaxassislarining iqtisodiyotni rivojlantirish, bank mijozlarni jalb etish va ularni mamnun qilish. Bank xodimlari chet tillarni mukammal bilishlari, yangi informatsion texnologiyalardan foydalanishni bilishi kerak. Ular o'z bilimlarini bank-moliya akademiyasida, magistratura, doktarantura, aspiranturada oshirishlari mumkin. Yoki chet banklari bilan tajriba almashib ulardan o'rnak olishlari mumkin.
Shu bilan bir qatorda payg'ambarimiz zamonida bank, omonat kassalari bo'lmagan, u paytda faqat kishilar bir-birlariga qarz berar va olar edilar. Ribo (sudxo'rlik) taqiqlangan edi. Chunki, ko'pincha foizga qarz olganlar qarz beravchining asoratiga tushib qolar, mol-mulk, uy-joy, yerini sotib bo'lsada qarzini to'lashga to'g'ri kelar edi. Bu islomiy ijtimoiy odatga шпшпап zid holat, zulm edi. Zamona zayli bilan iqtisodiyotni keskin rivojlanib ketishi, ishlab chiqarish va omonat kassalarini yuzaga kelishini taqozo etadi. Bank va omonat kassalar esa o'z tabiati va mazmuniga ko'ra aylantirilgan mablag'lardan foyda olmay turolmaydi. Ana endi shu foyda banklar musulmonlar uchun halolmi, harommi degan savolni keltirib chiqaradi. Bu masalada islom ulamolarining bergan quyidagi 3 fatvolariga amal qiladi.
1.  Sudxo'rlikning shar'an haromligini e'tirof etgan holda bank, omonat kassa
foydalarini halol deb hisoblovchi ulamolarning dalilari shundan iboratki, bankka
omonat kassa qo'yiladigan mablag' bank yoki omonat kassaga egasiga berilgan qarz
emas, uni qarzga berilishi so'ralgan ham emas, balki ixtiyoriy ravishda o'z molini
xavfsiz joyda  saqlanishini  ta'minlash  va  o'zi  ham bank  ham  foyda  olishini
ta'minlashda. Bundan chiqadigan foyda biryoqlama bo'lmay, balki umumiy ekani va
bundan hech kim jabr va zarar ko'rmayotgani, balki islom dini targ'ib etgan iqtisodiy
hamkorlik vujudga kelayotgani uchun u riboga kirmaydi.
2.          Bundan tashqari, 1965 yil may oyida Misrning Qohira shahrida bo'lib o'tgan
Islom  tadqiqot  markazining   11-halqaro  konferentsiyasi  qarorlarida  banklar  va
savdogarlar, tashkilotlar o'rtasidagi pul muammolari o'zaro shartnomalar asosida
bo'lsa ribo hisoblanmasligi qayd etilan.
3.    1905 yilda vafot etgan Misr muftiysi shayx Muhammad Abdulloh, islom
jamiyatida omonat kassalarining faoliyati va bu faoliyatdan foyda ko'rishi mumkin
deb fatvo bergan edi.
4.  O'z   navbatida,   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2005   yil   5
avgustdagi «Banklardagi depozit hisobvaraqlaridan naqd pul to'lovlarini uzluksiz
ta'minlash kafolatlari to'g'risida»gi qarorida ham tijorat banklari tomonidan aholi va
korxonalarni o'z vaqtida naqd pul bilan ta'minlash masalasi ko'rilgan.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlariga o'tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar pul munosabatlari yotadi.
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo'lgan banklar tizimida ham chuqur o'zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o'tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.
Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o'zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og'irlik markazi shu tizimlarga ko'chdi.
Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligi va pul muomilasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarin tartibga solish, so'mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta'minlash sohasidagi muammolarni o'rganish, shuningdek tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o'ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javob kutmoqda:
    naqd pul va kredit emissiyasining o'sishiga sabab nima?
    aholi qo'lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib chek qo'yish
mumkin?
    mahsulot ishalb chiqarishning o'sishini ta'minlamagan korxonalarga kredit
berilishiga yo'l qo'ymaslik uchun qanday chora tadbirlar ishlab chiqish lozim?
•  inflyatsiyaning oldini olish va pasaytirish omillari nimalardan iborat?
Bozor  munosabatlarini   talab   darajasida  tashkil   qilish,   ishlab   chiqarishni
rivojlantirish, kengaytirish va shu asosda iqtisodiy taraqqiyotga erishish kreditdan foydalanishni, banklar faoliyatining samaradorligini oshirishni, kreditdan foydalanishida salbiy hollarning oldini olishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning salmog'i va sifati sohasida ancha muammolar mavjud.
Har bir jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o'zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi, ular bajaradigan funktsiyalar, ularga yuklatilgan vazifalarning mohiyati va sifati o'zgarib bormoqda. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklarda yangi xizmat turlarini tatbiq qilish, mijozlarning qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko'rsatishning yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini banklar faoliyatida qo'llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog'liq jarayonlarning yuzaga kelishiga olib keldi. Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o'rni va ahamiyatining muhimligi pul, kredit va bank tizimining takomillashib borishi shu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.

2.«Bank ishi» yo'nalishini tugallagan mutaxassislarining ish o'rinlari va faoliyati, yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari
Qadim zamonlardan to hozirgacha murakkab hisoblash ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga bo'lgan talab hamda bu bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lgan. Insoniyat bu muammolarni hal qilish uchun xilma xil usullarni qo'llab kelgan. Наг bir konkret sohada bu muammoni yechishga urinish o'ziga xos yechim va muvaffaqiyatlarga olib kelgan. Lekin hisoblash texnikasi va informatikaning paydo bo'lishi bilan insoniyat bir qancha qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lganki, bular jamiyatning katta tezlik bilan rivojlanishiga olib kelgan. Bu imkoniyatlar haqida nimalar deya olasiz? Ushbu imkoniyatlar informatsion texnologiya programmaviy-texnik vositalarining qaysi ko'rsatgich va xususiyatlari tufayli yuzaga kelgan?
Ilmiy texnika rivojining diqqatga sazovor xususiyatlaridan bin - hisoblash texnikasining inson faoliyatining barcha sohalariga keng miqyosda tatbiq qilinishidir. Iqtisodiyotni rivoji, o'z navbatida, yuqori unumli elektron hisoblash mashinalarini (EHM), raqamli-programmali boshqariladigan stanoklar va qurilmalar, sanoat robotlari va ishlab chiqarish modullarini ishlab chiqarishni ko'paytirish va keng miqyosda tatbiq etishni talab etadi. Avtomatlashtirishning asosiy quroli bo'lib, o'zining algoritmik va programma ta'minotiga ega bo'lgan kompyuterlar xizmat qiladi.
Dvigatel va robotlarning kashf qilinishi jismoniy mehnatni avtomatlashtirish asrini ochgan bo'lsa, kompyuter va sun'iy intellekt vositalarning paydo bo'lishi inson aqliy faoliyatida xuddi shunday yangi davrni boshlab berdi. Shuning uchun ilmiy -texnika rivojining hozirgi bosqichi ko'pincha "kompyuter inqilobi" deb yuritiladi.
Kompyuterlarni yangi aloqa vositalari orqali bog'lash imkonining vujudga kelishi informatsion texnologiyaning va shu jumladan "qog'ozsiz" informatikaning imkoniyatlarini keskin oshirdi. Bu zamonaviy texnologiya jamiyat turmushining barcha sohalariga o'z amaliy ta'sirini o'tkazmoqda.
XX asrning 70-yillarida EHMlar maxsus hisoblash markazlarida joylashtirilib, faqat mutaxassis-operatorlar bu EHMlarda ishlagan bo'lsa, hozir esa kompyuterlar ixcham, lekin juda imkoniyati keng bo'lgan qurilma bo'lib, mutaxassislarga avtomatlashtirilgan ravishda ma'lumotlar va bilimlar bankiga bevosita murojaat qilish imkonini ta'minlaydi.
Ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash bo'yicha kompyuterlarni samarali qo'llash doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda. Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir:
        ishlab chiqarishni to'liq avtomatlashtirish va robotlashtirish;
        ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
        tashkiliy-iqtisodiy boshqarishda informatikani qo'llash;
        maktablar,  kollejlar,   oliy  o'quv  yurtlarida  o'qitish  va  kadrlar  tayyorlashni
kompyuterlashtirish;
•   xizmat ko'rsatish, sog'liqni saqlash va aholi turmush sohalariga informatikani tatbiq etish.
Xususiy kompyuterlarning paydo bo'lishi informatikani tatbiq etish va "kompyuter bo'yicha savodsizlik"ni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo'ldi. Hozirgi zamon kompyuterlariga bo'lgan qiziqish shuning uchun ham oshdiki, ular masalani echishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral sxemalarini loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning qo'llanishi loyihalarni ishlab chiqishni bir necha yildan bir necha oygacha qisqartirish imkonini berdi. Bu integral sxemalar yangi kompyuterlarda qo'llanishini hisobga olsak, kompyuterlarning mukammallashib borishi juda tez yuz berishi va yaqin orada juda ham mukammal kompyuterlar yaratilishi kutilishiga umid qilishimiz mumkin.
Xususiy kompyuterlarning imkoniyatlari avtomatlashtirilgan ish o'rinlari (AIO') ning yangi avlodini yaratish imkonini beradi. Bunday aqlli stantsiyalar programma ta'minotining asosiy qismlaridan bin bo'lib funktsional protsessorlar xizmat qiladi.
Funktsional protsessorlar turli xildagi ma'lumotlardan qulay holda foydalanish, foydalanuvchi va kompyuter orasida samarali dialog rejimini ta'minlash bilan birga katta hajmli ma'lumotlar bazasi bilan ham ishlash imkonini beradi.
Hisoblash texnikasidan hisob-kitob, ma'lumotlarni qayta ishlash va boshqarish ishlarini bajarishda foydalanish, bu ishlarni yuqori saviyada bajarishdan tashqari boshqarav apparatidagi xizmatchilar sonini kamaytirish, to'liq va aniq ma'lumotlarni istalgan vaqt oralig'i uchun olish imkonini beradi. Hozirgi zamon aloqa sistemalari kompyuterlarni istalgan uzoqlikdagi elektron ma'lumot manbalariga ulash imkonini beradi. Bunga misol bo'lib, sun'iy yo'ldoshlar orqali bog'langan kosmik aloqa sistemasi hamda dunyoning 36 dan ortiq mamlakatidagi 2500 dan ortiq ilmiy markazlarni bog'lovchi halqaro kompyuter tarmog'i xizmat qilishi mumkin.
Bu sohada chet ellarda juda ko'p ibratli ishlar qilingan. Shularni tarixiy jihatdan qisqacha ко'rib o'tamiz.
Frantsiyada Videotex deb nomlangan milliy tarmoq yaratilgan. Bu tarmoqdan foydalanish uchun har bir telefon apparati bor bo'lgan xonadan o'z xonadoniga terminalni o'rnatishi mumkin. Bu terminal yordamida telefon tarmog'i orqali kerakli tashkilot nomerini terib, u yerdagi kompyuterdan foydalanib turli xil xizmatlarni, shu jumladan, bank xizmatlarini ham olish mumkin.
Teletal nomli loyihaga binoan 2 mingdan ortiq xil xizmat ko'rsatish turi mavjud bo'lib, shulardan 30 xili bank xizmatlari ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Ular yordamida iste'molchilar va ishbilarmonlar uchun elektron schetlar ochildi. Frantsiya va AQShdagi bir qancha xonadon egalari o'z uylarida banklarning bo'limlariga ega bo'ldilar.
Bu yo'nalishlarni Buyuk Britaniyada "Nottingxem Bilding Sosayeti" va "Benk of Skotland", Germaniyada "Keln jamg'arma banki" va Gamburgdagi "Ferbrauxer Bank" tashkilotlari boshlab berdi. Shvetsiyada uylardagi banklar bilan ishlashni Stokgolmdagi "Gota banken" boshlab berdi.
O'zbekiston Respublikasi uchun ко'rib chiqilayotgan muammo juda ham dolzarbdir. Bank tizimini keskin ravishda rivojlantirishda faqat yangi texnik bazaga tayanish kerak. Yetarli darajada avtomatlashtirilgan holda bank bo'limi o'z kassasi bilan birlashtirilishi va terminallari aloqa bo'limlari, magazinlarda, vokzallarda va hokazolarda joylashgan hisoblash tarmog'ini tashkil qilish mumkin.
Geimaniyaning "Niksdorf kompaniyasi elektron pullami tatbiq qilish bo'yicha ilg'orlardan biri hisoblanadi. Bu kompaniyada Eurocard nomli standart kredit kartochkalar ishlatilib, hozirgi davrda dunyo bo'yicha bir necha milliondan ortiq kishi bu kartochkalardan foydalanadi. Наг bir kredit kartochkasiga ma'lumot tashuvchi vosita-magnit karta o'rnatilgan bo'lib, unda xususiy schet nomeri, bank nomi, mamlakat, mijozning to'lash qobiliyati ko'rsatkichi, berilgan kredit qiymati va hokozolar yozilgan bo'ladi. Yangi mijozni bu tarmoqqa qo'shish uchun unga ma'lum miqdorda kredit ochilgan bo'lishi kerak.
Frantsiyada aqlli kredit kartochkalarini joriy qilish boshlandi. Bunday kartochkalarga operativ xotiraga ega bo'lgan mikroprotsessor o'rnatilgan bo'lib, turli xil to'lov operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. AQShda magnitli to'lov kartochkalari tatbiq qilingan. Bu kartochkalarga ham tegishli hajmda operativ xotiraga ega bo'lgan mikroprotsessor o'rnatilgan bo'lib, hech qanday terminalsiz uydagi telefon yordamida to'g'ridan-to'g'ri bank bilan hisob-kitobni amalga oshirish mumkin.
Butun dunyo bo'yicha naqd pulsiz hisob-kitob sistemalariga ega bo'lgan bank tarmoqlari jadal tatbiq etilmoqda. Bulardan biri Bankwire bo'lib, u kredit iste'molchilari uchun emas, balki banklararo hisob-kitobga mo'ljallangan edi. Tarmoq orqali faqat bank hujjatlari emas, balki mas'uliyatli moliya qarorlarini ham qabul qilish uchun ishlatiladigan muhim ma'lumotlar ham yuborilar edi.
AQSh federal rezerv sistemasi tomonidan yaratilgan Fedwire sistemasi mamlakat ichida sodir bo'lgan oldi-berdilarning 80% ini qamrab oladi. Bu, taxminan, bir kunda 360 milliard dollarga to'g'ri keladi. Uning xizmatidan 800 dan ortiq bank foydalanadi. Nyu Yorkda joylashgan SNIPS (Claring House Interbank Payments System) moliyaviy tarmog'i 90% tashqi oldi-berdilarni jamlagan bo'lib, unda yuzlab banklar ishtirok etadi.
Banklararo elektron hisob-kitob sistemasining keyingi ravnaqi oxir oqibatda naqd pullarning butunlay yo'qotilishiga olib kelishi shubha tug'dirmaydi. Har qalay bu qat'iy qadamga barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlar amalda tayyordir. G'arbiy Yevropadagi kichik davlatlar tayyorgarlik tadbiri sifatida har bir yangi tug'ilgan chaqaloqqa bankda hisob raqami ochishni zaruriy shart qilib qo'ydilar.
O'z navbatida iqtisodiyotda, yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish orqali ma'lumotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Bu sohadagi yetakchi olimlarning fikriga ko'ra, informatika ilmiy va amaliy fanlar majmuasini tashkil qilib, ma'lumotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlash sistemalarini loyihalash, yaratish, baholash, ishlashini ta'minlash bo'yicha barcha muammolarni o'rganish, bu sistemalarni boshqa sohalarga qo'llash va shu sohalarga ta'sirini o'rganadigan fandir. Qisqacha aytganda, informatika ma'lumotlarni ishlash jarayonlarini o'rganish va uni avtomatlashtirish yo'llarini izlashga xizmat qiladigan fan sifatida maydonga keldi.
Informatikaning usullari va vositalari ma'lum ma'noda moddiylashib, iste'molchilarga yangi informatsion texnologiya va sistemalar tarzida yetib boradi. "Informatsion texnologiya" deganda, ma'lumotlar majmuasi va bilimlar bazasi orqali
joylarda yoki masofaviy usulda xizmat ko'rsatishning zamonaviy hisoblash texnikasi programmaviy-texnik vositalari va tarmoqli hamda Internet aloqa vositalariga tayangan hozirgi zamon turlariga tushuniladi.
Mustaqillik sharofati bilan O'zbekistonda milliy axborot tizimini shakllantirish, axborot texnologiyalarini iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida keng qo'llash va halqaro axborot jamiyatiga kirish uchun puxta zamin yaratildi. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz internet tizimiga keng miqyosda ulandi va aholiga axborot xizmati ko'rsatish amalga oshirildi. Birgina 2004 yilda internetdan foydalanuvchilar soni 2 baravar ko'paydi va internet-klub va internet-kafelar soni yildan-yilga ko'payib bormoqda.
2004 yil aprel oyida «uz» sayti ro'yxatga olindi va Web-saytlar soni 600 taga yetdi. O'zbekiston Respublikasi xududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar ham o'z saytlariga ega.

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bank ishi yo'nalishini tugallagan mutaxassislarning banklarda o'z ish o'rinlariga ega bo'lishlari uchun o'zlari ustida tinimsiz izlanishlari va yangi axborot texnologiya vositalaridan foydalanishni bilishlari zarur. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий