Diniy ekstremizm va terrorizmni jamiyat
barqarorligiga tahdidi
Diniy ekstremizm va fundamentalizm
mamlakatimiz uchun jiddiy xavf ekanligini tushuntirib, O`zbekiston
Respublikasining Oliy Majlisining
XI sessiyasida yangi taxrirda
qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilot- lar to`g`risidagi”
Qonunning moxiyatini qisqacha tushuntiradi. Buning uch- u XI sessiyasida Prizidentimiz
I.A.Karimovning so`zlagan nutqi bilan tatanish bo`lishi va bu nutqdagi:“Tarbiyachilar,
olimlar, domlalar tomoshabin bo`lib
o`tirmasligi lozim. Farzandlarimizni kim to`g`ri yo`lga soladi, kim
ularning ongini tozalaydi, kim ularga haq gaplarni gapirib hayotda o`z
e’tiqodiga suyanib yashashni o`rgatadi, tarbiyalaydi?. Yoshlarning to`g`ri yo`l
tanlashi-
da kim birinchi bo`lib yordam berishi kerak, ularga kim tayanch bo`lishi
lozim?- degan so`zlarni keltirib, oilada va maktabda kimlarga quloq solishi, kimlarga
ergashishi, ularning Vatan oldidagi, ota – ona oldidagi burchi qanday ekanligini
tushuntiradi. So`ngra diniy ekstremizm va fundamentalizm xavfi haqida
to`xtalib, XX asr oxiridagi dunyo o`zgarishlarini tushuntiradi. Chunki XX asr
oxiriga kelib dunyoda, ayniqsa uning jug`rofiy – siyosiy xaritasida katta
o`zgarishlar bo`ldi, jumladan yangi-yangi mustaqil davlatlar paydo bo`lib,
jahon hamjamiyatiga kelib qo`shildilar. Ayniqsa xudosizlik g`oyasi doimo olg`a
surib, unga amal qilib kelgan sho`rolar saltanatining qulashi va yangi paydo
bo`lgan mustaqil davlatlarda demokratik jarayonlarbing kuchayishi qator
mamlakatlarda diniy uyg`onishning kelib chiqishida asosiy rol o`ynaydi.
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O`zbekiston XXIasr bo`sag`asida:
xavfsilikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolat- lari” asarida
ta’kidlab o`tilganidek, “XX asr ilmiy kashfiyotlar asri, inson koinot sirlari
qo`yniga kirib borayotgan asr, axborot va g`oyat ulkan texnikaviy imkoniyatlar
asri bo`ldi. Shu bilan birga bu asarning oxiri diniy qadiryatlarning uyg`onish
davri, vaznin, behuda urinishlardan holi diniy ma`naviyatga o`ziga xos tarzda
qaytish davri bo`lib, qoldi”
Respublikamiz
mustaqillikka erishgandan keyin xalqmizning ma`naviy va madaniy merosiga,
taruxiga, ona tilimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga o`zgardi. Bizning
mamlakatimizda diniy qadriyatlarga erkinlik berildi. Muborak istiqlolimiz
tufayli ko`p yillar quvg`inda bo`lgan dinimiz yana ravnaq topa boshladi.
Jumladan, siyosiy dunyoqarashlar erkinligi, hurfikrlik, diniy tashkilotlar
faoliyatining rivoji topshiga zanin yaratdi. Musulmonlar uchun turli xil
adabiyotlar chop etildi. Gazetalar, jurnallar sahifalarida, zangori ekranda
islom dinining etuk vakillari o`z maqolalari va suhbatlari bilan ishtirok
etadilar.Taqvodorlarning jamoa bo`lib toat-ibodat qilishlari uchun qishloq va
mahallarda masjidlar barpo etildi. Agar O`zbekistonda mustaqillikka qadar 90 ga
yaqin masjid bo`lgan bo`lsa, hozir 3000 tadan oshib ketdi. Farg`ona viloyatida
istiqlolga qadar bor-yo`g`i 3 ta jome` masjidi qonuniy ro`yxatdan o`tgan
bo`lsa, hozir bunday masjidlar 200 dan ortiqdir. Namangan viloyatida ham mustaqillikkacha
atigi 3ta masjid bo`lgan bo`lsa, 1300dan ortiq masjidlar faoliyat ko`rsatmoqda.
Masjidlar ko`pi juda katta mablag` evaziga g`urilgan bo`lib, moddiy jihatdan
yaxshi ta`minlangan. Masjidlar qayerda
va qanday qurilishi kerak? Qancha musulmonga bitta masjid to`g`ri keladi? Har bir mahalla uchun alohida masjid qurish
kerakmi? Bu borada Z.Munavvarovning “Xalq so’zi” gazetasining 1998-yil 3-mart
sonida bosilib chiqqan. “Dunyoviy davlat va din” maqolasida keltirilgan
quyidagi fikrlarni o’quvchilarga yetkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mustaqil mamlakatimizda muqaddas qadamjolarni
tiklashga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Diniy ta’lim beruvchi madrasalar,
Oliy Islom bilimgohi faoliyat
ko’rsatmoqda. Musulmonlarning asosiy qismi haqiqiy demokratik duyoviy jamiyat
qurish rejasini qat’iyat bilan amalgam oshirayotgan davlatimiz tomonidan
e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qulay imkoniyatlardan ongli
foydalanmoqda.
Muborak Haj va Umra ibodatlariga aynan shu dunyoviy
jamiyatni barpo etishni bosh maqsad qilib qo’ygan davlat tomonidan
yaratilayotgan imtiyozli imkoniyatlar tufayli borib kelmoqdalar. Ammo, bu
yengilliklardan, imtiyoz va sharoitlardan ba’zi bir Islomdan yetarlicha xabari
bo’lmagan chala mullalar esankirab qoldilar. Ular demokratik davlatda xohlagan
ishni qilish mumkin deb o’ylab, fuqarolar o’rtasida ig’vogarona, jangarilikka
chorlaydigan diniy ta’limni kuchaytirib yubordilar. Ba’zi g’alamislar diniy
ta’lim jarayonida siyosatga aralashishni, kelgusida o’zlarini davlat
mansablarida ko’rishni orzu qilib, turli maktablarda buni tashviqot qila
boshladilar. Diniy saboq berish hamma
joyda avj oldi. Ayniqsa, Namangan
viloyatida bu narsa ommaviylashdi. Qonunga muvofiq musulmonlar idorasi
ijozatisiz, Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olinmagan muassasalar va
shaxslarning diniy saboq berishlariga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, din
davlatdan va maktabdan ajratilgan. Binobarin, o’quvchi yoshlarga maktabdan
bo’sh paytlarida diniy mashg’ultlarga qatnashishlariga ruxsat etilgan. Lekin
shunga qaramasdan ayrim yoshlarning maktabdagi darslarini qoldirib, masjidlarga
qatnayotganligi, qonunga xilof ravishda diniy tahsil olayotganliklari,
ko’cha-ko’yda chalasavod mullalar tomonidan xurofot ham targ’ib
etilayotganligidan tashvishlanmaslik mumkin emas. Chunki o’tmishda bizning
ma’naviy merosimizga ta’sir ko’rsatgan, nihoyatda teran O’rta asrlar Islom
falsafasini o’rganish o’rniga, ular johillik va tarixan eskirgan turmush
qoidalarini ko’r-ko’rona o’zlashtirib olgan kimsalardan olingan saboq
yoshlarning dunyoviy bilimlardan bezdirish, taraqqiyot yo’lida qiyinchiliklar
tug’dirish tabiiydir.
Vaholangki, Islom dini musulmonlarga taraqqiyot
yo’lidan yurishni farz qilgan, kishilarni ilmga undagan. Alloh Qur’oni Karimda
shunday deydi: “Aytgin, ilmlilar bilan ilmsizlar teng bo’la oladilarmi, albatta
bu haqda aqlli kishilargina eslaydilar” (“Zumar” surasi, 9-oyat). Buning yaqqol
isbotini Islom olamida tarbiyalagan buyuk mutafakkirlarimiz: Ahmad al-
Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo
Ulug’bek va boshqa o’nlab allomalarning ijtimoiy- tabiiy fanlar sohasida dunyo
ilm ahlini hayratda qoldirgan beqiyos kashfiyotlarni misolida ko’rishimiz
mumkin.
Ba’zan Ramazon va Qurbon hayitlarida qabrlar
qarshisida nimaningdr ilinjida Qur’on oyataridan o’qib o’tirgan yosh bolalarni
ko’rib, ularga saboq bergan “xonaki” mullolardan ranjiysan kishi. Nahotki, ular
Qur’oni Karimdagi “Albatta ko’p odamlar ilmsizligi tufayli havoi-nafsga berilib
yo’ldan adashadilar” (“An’om” surasi 119-oyat) oyatidan behabar bo’lsalar. Ular
Islom dinida diniy tariqatlardan moddiy
manfaatdorlik yo’lida foydalanish qoralanishini, sun’iy mazhabining asoschisi
Imomi A’zam hazratlari mo’yna va sholfurishlik qilganligi, Hazrati Bahovuddin
Naqshband hunarmandchilik orqasidan kun kechirganligini ham bilishmas, balki.
Takidlash lozimki, Islom tarixida mukammal xabardor bo’lmagan kishilarning
jamiyatimizga mos kelmaydigan ayrim guruhlar manfaatini ko’zlovchi
ta’limotlarni ko’r-ko’rona o’zlashtirib, atrofdagilarga “yuqtirishga” harakat
qilishlari, yoshlarimiz ongida milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda
islom dinining ahamiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi muqarrardir. Chunki
mamlakat ijtimoiy hayotida amalga oshirilayotgan islohatlar tarixiy merosimiz,
ma’naviy madaniyatimizning boy va qudratli qatlamlari ochilishiga samarali
ta’sir etib, xalqimizning ruhiyati milliy iftohor tomonga butun dunyo uchun
bag’ri kenglik tomonga o’zgarmoqda. Shu o’rinda bunday munosabatlar qaror
topishi jarayoniga halaqit berishi mumkin bo’lgan turli harakterdagi salbiy
harakatlar, me’zonlar va boshqa bir qator illatlar ham namoyon bo’lmoqdaki,
ularning namoyandalari xalq orasiga qutqu solish kabi o’z qora niyatlari
yo’lida har qanday vositadan, xatto,
qonundan chekinishlardan ham tap tortmayotirlar. Ushbu, salbiy oqibatlarning
eng qabiyhi vahhobiylar tomonidan dinga siyosiy tus berilishi, uning vositasida
hokimiyat sari intilishlari, musulmonlar orasiga nifoq solishlari,
qo’poruvchilikni, hatto, pirovard oqibatda dinning ham o’z ich-ichidan
buzilishiga qaratilgan harakatlardir. Bunday harakatlar mohiyati, tarixiy
ildizlari va g’oyalri haqidagi turkum ko’rsatuvlar oynai jahon orqali namoyish
etildi va respublikamiz gazetalarida e’lon qilingan maqola va munosabatlarda
ham o’zining ifodasini topdi. Ularning mazmunidan shuni anglab yetish mumkinki,
fojeali ishlarning sodir bo’lishiga sababchi shaxslar millatimizni ezgu
niyatlardan chalg’itish yo’lida Islomni “qurol” qilib olishgan. Vahhobilik
g’oyalari islom dini qadriyatlariga, xanafiylar e’tiqodiga, mahalliy
xalqlarning milliy- madaniy merosiga zid bo’lganligi uchun ham so’nggi ikki
asrdan ko’proq vaqt davomida O’rta Osiyoda keng tarqalmadi. So’nggi o’n yil
davoomidagina vahhobiylik avval Afg’onistonda , keyinroq Tojilistonda tarqaldi. Tashqi kuchlarning
bevosita va ta’siri ostida O’zbekistonda ham ba’zi ekstremist kuchlar tomonidan
bu g’oya targ’ib etila boshlandi. Bugingi kunga kelib vohhobiylik xalqimizning
ma’naviyati va mustaqilligimiz manfaatlariga butunlay zid bo’lgan harakatga
aylandi.
Hozirgi vohhobiylik
harakatining Islom dini qadriyatlari, milliy merosimiz va tarixiy
an’analarimizga, mustaqil O’zbekiston taraqqiyotiga zid bo’lgan tamonlari
to’g’risida to’xtab o’tish kerak.
Islom dinidagi katta ijtimoiy,
tarbiyaviy ahmiyatga ega bo’lgan tomonlardan biri-kishilarning o’z vataniga,
o’z xalqiga, uning tarixiy merosi, madaniyati, manfaatlari va istiqboliga
bo’lgan munosabati masalasidir. Hadislarda “ Vatanni sevmoq iymondandir” degan
chuqur ijtimoiy, falsafiy fikrlar bor. Shariat hukmlarda ham “Vatan himoyasi
uchun harbiy hizmatni o’tash” har bir musilmonning muqaddas burchi ekani
ko’rsatib o’tilgan. Vatanni sevish-uning tarixi va taqdirini chuqur bilish,
qadrlash Vatan, millat manfaatlari yo’lida halol, fidokorona hizmat qilishdir.
Vatanni sevish – mamlakatda tinchlik, barqarorlik, totuvlik, ahillik, hamkorlik
va hamjihatlik ta’minlanishiga hissa qo’shish, uning mustaqilligini himoya
qilishga tayyor bo’lishdir.
Vatan, millat taqdiri va
taraqqiyotiga bunday munosabatda bo’lish imonlilik, insonparvarlik va
vatanparvarlikning belgisidir. Bunday e’tiqodiy birlik va birdamlik Vatan
tarixidagi murakkab, ma’suliyatli davrlarda katta ijtimoiy va tarbiyaviy
ahamiyat kasb etadi.
Vahhobiylar targ’ib etayotgan
g’oyalari, qilayotgan ishlari yuqorida ko’rsatib o’tilgan maqsadlar va
manfaatlarga mutlaqo to’g’ri kelmaydi, ularga butunlay ziddir.
Avvalo shuni aytish kerakki,
O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash murakkab, qiyin sharoitlarda amalga
oshmoqda. Bizga sovet totalitar tuzumidan og’ir iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy
meros qoldi. Bu qiyinchiliklarni faqat o’zimiz, o’z kuchimiz va irodamizga
tayanib, ijtimoiy, milliy hamjihatligimzni mustahkamlab hal etishimiz mumkin.
Murakkab o’tish davrida ayrim
vaqtinchalik qiyinchiliklardan noligan kishilarni chalg’itish, davlat va
rahbariyatga qarshi qo’yish vaziyatni og’irlashtirsa og’irlashtiradiki, uni aslo
yengillashtirmaydi. Vaziyat og’irlashsa, mavjut qiyinchiliklarni bartaraf etish
yanada qiyinlashadi, xalqimizning taqdiri yangi mushkulliklar bilan bog’lanib
ketadi. Hadislarda aytilganidek, yurtda osoyishtalikni saqlash, urushganlarni
yarashtib qo’yish, odamlarning o’rtasini busmaslik savobligi jihatidan ro’za,
namoz va sadaqa qilishlardan ham afzaldir. Mening fikrimch, vahobiylar
mamlakatimizdagi vaziyat barqaror bo’lishidan manfaatdor emasga o’xshaydilar.
Shu yo’l bilan ular mustaqil taraqiyotimiz yo’liga yangi g’ovlar qoyib, yana
mustamlakachilik asoratini tiklashga intilayotgan kuchlarning tegirmonga suv
quymoqdalar.
Men 1991 yildagi Namangan voqealarining
guvohi bo’lganman. Mamlakatimiz endigina o’z qaddini tiklayotgan o’sha kunlarda
johil, dunyoviy va diniy bilimlardan xabardor bo’lmagan, mustaqillik yo`lidagi
kurashlarimizga biror bir hissa qo`shmagan kishilar o`zlarini millat va
mamlakat taqdirini hal etishga qodir bo`lgan kuch sifatida ko`rsatmoqchi
bo`ldilar, olamonni kuchlarga olib chiqib, tartibsizliklar uyushtirdilar.
Prezidentimizning temir irodasiga, sabr – bardoshiga yana bir bor tan berdim. U
donolik bilan, aql – idrok bilan hissiyotlarga berilmay, olamonni
tinchlantirishga muyassar bo`ldi.
Vahhobiylarning o`sha kunlardagi ha-
rakatlarida din va millat manfaatlari uchun kurashdan ko`ra hokimiyatparastlik
maqsadlari ustunlik qildi.Hokimiyatparastlik – kasallik hamdir. Hokimiyatga
biror lavozimning imtiyozini o`ylab, ma’suliyatni unutganlar
ko`proq intiladi.
Chunki, Islom dini asrlar davomida xalqimizning
muqaddas e’tiqodi, ma’naviy hayotining dasturul amali bo’lib kelgan. Shu bois
bugun biz qurayotgan yangi jamiatda Islom dini alohida e’tibor, xurmatga
sazovor bo’lmoqda. Jamiayat bilan Islom dini manfaatlari o’rtasidagi
mushtaraklikni mustahkamlash bugungi kunning asosiy vazifalarining sirasiga
kiradi. Ko’rinib turganidek, jamiyat bilan din o’rtasidagi o’zaro munosabatlar,
xususan, fuqarolik jamiyatining din va uning ijtimoiy taraqqiyotida tutgan
o’rni va ahamiyatiga to’g’ri yondashuvi, undan ezgu maqsadlar yo’lida keng
foydalanishni maqsad qilib qo’yishi g’oyat muhimdir.
Din jamiyat rivojiga asrlar davomida ta’sir etib
kelayotgan omillardandir. Shunday ekan, ushbu ta’sirchan targibot vositasidan
keng foydalanish istiqlol mafkurasi va ahloqini shakllantirishga, jamiyat
a’zolarini zamonamiz talab qilayotgan yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashga
ham yaqindan yordan beradi. Lekin, shu bilan birga mamlakatimizda dindan ba’zi
doiralarning g’arazli maqsadlariga yetishish vositasi sifatida, hatto
mutaassiblik, yani fanatizm yo’lida ham foydalanilayotgani sir emas. Shu bois
prezidentimiz Islom Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka
taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” deb nomlangan kitobida
diniy vaziyatni chuqur his etgan holda e’tiborni odamlarning diniy e’tiqodlari
bilan bog’liq har qanday muammo g’oyat nozik ekanligiga, ularning dinining
ma’naviy qadriyatlar bilan bog’liq shiorlardan, xususan, Islomni qayta tiklash
shiorlaridan foydalanayotgan muayyan kuchlar ko’zlayotgan, dinga aloqasi
bo’lmagan siyosiy va boshqa tajavuzkor maqsadlar o’rtasidagi farqni tushunib
olishlariga qaratishga erishish
zarurligini alohida takidladilar. Darhaqiqat, ommaning chinakam Islomga zid
bo’lgan, zo’ravonlikka da`vat etuvchi g’oyalarning mohiyatini atroflicha anglab
yetishuviga erishish muhim ahamiyatga ega.
Islomshunosligimiz oldida turgan eng dolzarb
vazifalar, bular, diniy taassub, ekstremizmning oldini olish, unga qarshi
kurashish vositalari bilan bog’liq masaladir.
Ta`kidlashimizcha, taassub, fanatizmning yuzaga
kelishiga ko’proq jamiyatdagi “siyosiy va iqtisodiy muammolarning hal qilinmaganligi
sabab bo’ladi”. Darhaqiqat, “diniy tizimlarning o’zi ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni hal qilishning samarali dasturlarini taklif qilishdan holis”
bo’lganligi taassubchilar bu muammolarning osongina yechimi sifatida dinlar
vujudga kelgan zamonlardagi jamiyatda mavjud bo’lgan dastlabki shart
sharoitlarga qaytishni maqul ko’radilar. Lekin, ular keyingi asrlar davomidan
yana ortga qaytish umuman mumkin emasligini e’tiborga olmaydilar.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazurligida
mahalliy va xorijiy manlakatlar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun
bo’lib o’tgan brifingda aytilishicha “Hizbi Harakati jihod”, “Da’vat
ul-Irshod”va “Pokiston islom ulamolari jamiyati” kabi tashkilotlar yordamida
O’zbekistonlik (aksariyat Farg’ona vodiysidan) yoshlar Peshovar tumanida
joylashgan diniy o’quv yurtlarida “o’qitilmoqda” ekanlar. Barchamizni
tashvishga solib, o’ylantirib qo’ygan hamda VAtanimizning osoyishtaligi bilan
bog’liq bo’lgan muammolarga ko’proq e’tibor berishimizni taqazo etayotgan
narsalardan biri Pokistondagi mazkur yashirin markazlarda Markaziy
Osiyodan, asosan Tojikiston va O’zbekistondan 400ga
yaqin kishilarning bizniong davlatimizda turli qo’poruvchilik ishlarini olib
boorish uchun tayyorgarlik ko’rayorganligidir. Anashunday murakkab sharoitda
Vatanimizning har bir fuqarosi barcha o’ylarini, fikri- zikrini bir joyga
yig’ib, o’z yurtining kelajagi,
tinchligi haqida, xalqimiz istiqboli haqida o’z burchi, oila va Vatan oldidagi
burchlari haqida chuqur mulohaza olishlari zamon talabidir.
President haqli ravishda, dinning O’zbekiston
fuqarosini tarbiyalashdagi katta
imkoniyatlariga ishonadi va “biz din bundan buyon ham aholini eng oily ruhiy
ahloqiy ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish
tarafdorimiz”, deb ta’kidlaydi . “ Lekin biz- deb davom etadi
I.A.Karimov, - hech qachon diniy da’vatlar hokimyat uchun kurashga,
siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga
yo’l qo’ymaymiz”.
Diniy ekstremizm tushunchasi matbuotimizda hozirgi vaqtda
tez-tez qo’llanilmoqda. Ekstremist ruhoniylar bunday kishilarni dindan
qaytganlar ya’ni shakkoklar deb ataydilar va ularni ayovsiz jazolaydilar. Islom
dinidagi ekstremistlar garchi musulmon
mamlakatlari jamiyati hayotida va hukumat siyosatida g’arbdagi rivojlangan
kuchli davlatlar tasiriga tushib qolmaslik hamda mustaqillikni yo’qotish
havfiga qarshi kurashish uchun qadimgi islom g’oyalarini qayta tiklash niqobi
ostida harakat qilayotgan bo`lsalarda, aslida ularning diniy-siyosiy qarashlari
hokimiyatga intilishga mamlakat
boshqaruvini egallashga qaratilgandir.
Xalqimizning asl o’g’il
– qizlari yaratgan musiqa, kino, teatr, tasviriy san’at man etilsa, bu kelajak
avlodni ma’naviy tushkunlik va o’rta asr jaholatiga yetaklash bo’lgani kabi,
mana shunday sharoitda xalqimiz
tabiyati, urf- odatlari an’analariga zid talimot, vahhobiylikni O’zbekistonda
tarqatishga urinish o’ta zararli va kelajagi yo’q ishdir.
Prezidentimiz
Islom Karimovning MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida so‘zlagan nutqi
katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida mustaqil,
izchil va tashabbuskor tashqi siyosat yuritib kelayotgan suveren davlatdir.
O‘zbekiston oltmishdan ortiq nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu
jumladan, MDH a’zosidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 144
mamlakat tan olgan, 131 davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.
Dunyoning 46 davlatida mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari
(elchixonalar, konsulliklar), Toshkentda esa oltmishdan ortiq elchixona hamda
xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ayni
paytda butun dunyoda ushbu barqaror taraqqiyot, tinchlikparvar xalqimizning
bunyodkorlik mehnati, mamlakatimizdagi siyosiy barqarorlik va milliy
xavfsizlikka raxna solishi mumkin bo‘lgan xavf hamda tahdidlar kuchaymoqda.
Jahonning turli mintaqalari, shu jumladan O‘zbekiston atrofida ziddiyatlar
kuchaymoqda, qurolli to‘qnashuv va nizolar keskin tus olmoqda. Prezidentimiz
Islom Karimov MDH davlat rahbarlarining Minskda bo‘lib o‘tgan sammitidagi
nutqida “bugun dunyoda yuz berayotgan murakkab jarayonlar, kuchlarni global va
mintaqaviy joylashtirish borasidagi murakkab o‘zgarishlar, jahon iqtisodiyotida
inqirozdan keyin kechayotgan og‘ir davr, Hamdo‘stlikka yaqin va uzoq
davlatlardagi vaziyat va ziddiyatlarning keskin tus olayotgani”ni alohida
ta’kidladi.
Davlatimiz
rahbari o‘z nutqida uch dolzarb masalani ko‘tardi. Birinchisi – MDHning bu
boradagi roli va o‘rnini belgilash, istiqboli va kelajagini qanday tasavvur
etishimizdan iborat. Zero, MDH – O‘zbekistonning muhim iqtisodiy va siyosiy
manfaatlari makonidir. Bu esa ko‘pgina omillar bilan bog‘liq. Prezidentimiz
ta’kidlaganidek, Hamdo‘stlik unga a’zo har bir davlat uchun muhim o‘rin
tutmoqda. Hamdo‘stlik unga a’zo davlatlarning izchil rivojlanishi, barqarorligi
va xavfsizligiga raxna solishi mumkin bo‘lgan tahdid va xatarlarga o‘z vaqtida,
munosib javob qaytarish, bahs va nizolarni hal etishga qaratilgan, pirovard
natijada sobiq ittifoq hududida fuqarolarning o‘zaro muloqot qilishi uchun
maqbul yondashuv va muvofiqlashtirilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish
borasida keng imkoniyatlar yaratmoqda.
“Bugungi
kunda tobora avj olayotgan radikalizm, terrorizm va jangari ekstremizm
mafkurasi nafaqat bir mamlakat yoki muayyan mintaqa doirasida keng
tarqalayotgani, balki ushbu jarayon milliy chegara bilmasligi haqida
gapirishning hojati yo‘q, – deb ta’kidladi davlatimiz rahbari. – Aynan shu
sababli MDHga a’zo davlatlar hududida har qanday ko‘rinish va shakldagi
terrorizm va ekstremizmga yo‘l qo‘ymaslik muhitini shakllantirish, ushbu xavfli
tahdidlarning paydo bo‘lishi va tarqalishiga ko‘maklashadigan sabab va
sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilish
zarur”.
Turli
ko‘rinishdagi ekstremizm dunyoning ko‘plab mintaqalarida barqarorlikka jiddiy
xavf solmoqda. Diniy ekstremizni targ‘ib qilish bunday tashkilotlar safiga
terrorchilarni jalb qilish uchun mafkuraviy vosita vazifasini o‘tamoqda. Shu
bois ekstremistik tashkilotlar faoliyati, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan
yosh avlodga qaratilgani ham bejiz emas.
So‘nggi
yillarda dunyoda narkotik moddalarni ishlab chiqarish hajmi tobora ortib,
ularni iste’mol qilish miqyosi kengayib bormoqda. Narkomafiya katta iqtisodiy
salohiyatga ega global kuchga aylanmoqda va uning moliyaviy imkoniyatlari
dunyoning ko‘plab davlatlari byudjetidan ancha yuqoridir. Xalqaro narkomafiya
beqaror hududlar, yangi to‘qnashuv va nizolarning paydo bo‘lishi, siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikning uzoq davom etishidan manfaatdordir. Har bir
beqaror, notinch mamlakat esa narkobiznes va narkotrafik uchun “ishonchli
bozor” hisoblanadi.
Terrorizmga
qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat doirasida har tomonlama hamkorlikning global
tizimini yaratish orqaligina amaliy natijalarga erishish mumkin. Prezidentimiz
ta’kidlaydiki, bir haqiqat barchaga ayon bo‘lishi kerak: hech bir odam, hech
bir mamlakat butun insoniyatga xavf solayotgan terrorizm, radikalizm va
ekstremizmni tag-tomiri bilan yo‘qotish yo‘lidagi kurashda chetda turmasligi
zarur.
MDHning
Minsk sammitida jinoyatchilik va terrorizm, narkotik vositalarning noqonuniy
aylanishiga qarshi hamkorlikda kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi,
shuningdek, Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan
jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasining qabul
qilinishi, shubhasiz, Hamdo‘stlikka a’zo barcha davlatlarning uzoq muddatli
xavfsizlik manfaatlariga mos keladi.
Ikkinchi
masala – bu 2014-yilning oxiriga qadar Afg‘onistondan AYSAF tinchlikparvar
kuchlarining chiqarilishi, shak-shubhasiz, Afg‘oniston bilan chegaradosh
davlatlar va unga yaqin hududlar uchun jiddiy sinov bo‘ladi.
Bugun
dunyodagi aksariyat mamlakatlar va xalqaro ekspertlar hamjamiyati afg‘on
muammosini hal etishning yagona yo‘li – bu, jafokash Afg‘oniston davlati
muammosining siyosiy tinch yechimini topish, o‘zaro kurashayotgan turli
tomonlar o‘rtasida BMT shafeligida muzokaralar o‘tkazish va murosaga kelish
zarur, degan xulosaga kelmoqda.
O‘zbekiston
geografik, geosiyosiy va geoiqtisodiy omillarga ko‘ra Afg‘oniston bilan qo‘shni
davlatlar orasida muhim o‘rin tutadi. Shu bois O‘zbekistonning Tashqi siyosiy
faoliyat konsepsiyasida Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga
ko‘maklashish, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlash muhim
yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqib, mamlakatimiz
Afg‘onistondagi ziddiyatni hal etishga qaratilgan siyosiy va iqtisodiy
yechimlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.
Mamlakatimiz
Prezidenti hali 1993-yilning sentabr oyida BMT Bosh assambleyasining yuksak
minbaridan turib, Afg‘onistondagi mavjud vaziyat o‘zaro kurashayotgan guruhlar
o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun muvofiqlashtirilgan xalqaro hamkorlikni
yo‘lga qo‘yishni talab qilayotganini ta’kidlagan edi. 1997-yilda
O‘zbekistonning tashabbusi bilan BMT shafeligida “6+2” (Pokiston, Eron, Xitoy,
Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston hamda kafil mamlakatlar – AQSh va
Rossiya) muloqot guruhi tashkil etildi. Ushbu guruh faoliyati samarasida
1999-yil 21-iyulda o‘zaro kurashayotgan tomonlar ishtirokida Afg‘onistondagi
ziddiyatni bartaraf etishning asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
Ushbu
tashabbusning davomi sifatida 2008-yilda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “6+3”
muloqot guruhini tashkil etish taklifi ilgari surildi. Mazkur bosqichda mavjud
voqelik e’tiborga olinib, ushbu guruh tarkibiga qo‘shimcha ravishda NATOni ham
kiritish, muloqot guruhi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish vazifasini
BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili zimmasiga yuklash taklif
etildi. Ushbu guruhning maqsadi Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka
erishish bo‘yicha muammoni hal etishning tinch va maqbul yo‘lini topish uchun
sa’y-harakatlarni birlashtirishdan iborat edi.
O‘zbekistonda
Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok
etish, xususan, yo‘l qurilishi va yo‘llarni ta’mirlash, elektr energetika
tizimi, temir yo‘l qurilishi, tog‘-kon sanoati, ta’lim, mutaxassislar bilan
almashish sohasida katta tajriba to‘plangan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va
Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro savdo ancha kengaydi.
Mamlakatimizning
yordami bilan Afg‘onistonda ko‘priklar, yuqori voltli elektr liniyalari,
optik-tolali kabel liniyalari, suv ta’minoti tarmog‘i barpo etildi. Ayniqsa,
uzunligi 75 kilometrdan iborat dastlabki Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lining
qurilishi alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston
Afg‘oniston bilan qo‘shni davlat sifatida uning ichki ishlariga aralashmaslik,
Afg‘oniston bilan hamkorlikni ikki tomonlama asosda tashkil etish, Afg‘oniston
xalqi saylaydigan hukumatga yordam berish va uni qo‘llab-quvvatlash siyosatiga
qat’iy amal qiladi, deb ta’kidladi Islom Karimov.
O‘zbekiston
barcha davlatlar, birinchi navbatda, MDH mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli
savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirmoqda va chuqurlashtirmoqda. Masalan,
2012-yilda mamlakatimizning jami eksporti 13,1 milliard dollarni tashkil qilgan
bo‘lsa, shuning 70 foizdan ortig‘i noxomashyo tayyor mahsulotlar ulushiga
to‘g‘ri keldi.
Islom
Karimov Hamdo‘stlik erkin savdo zonasi samaradorligini oshirish uchun tovar
oqimlari tuzilmasini diversifikatsiya qilish, o‘zaro yetkazib berilayotgan
tovarlar turlarini kengaytirish va eng muhimi, muvofiqlashtirilgan va samarali
transport-kommunikatsiya hamda tarif siyosatini amalga oshirishni taklif qildi.
Prezidentimiz
ta’kidlaganidek, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan “Bizga tinchlik va
xotirjamlik kerak” tamoyilini amalga oshirish barchamiz uchun dolzarb vazifadir.
Davlatimiz rahbarining MDH Minsk sammitidagi nutqida ushbu hayotbaxsh g‘oya o‘z
ifodasini topgan. Zero, tinchlik va osoyishtalik, haqiqatan ham, bebaho
ne’matdir, iqtisodiyotimizni yanada taraqqiy ettirish, xalqimizning turmush
darajasi va sifatini yuksaltirish, shahar va qishloqlarimiz, butun
mamlakatimizning qiyofasini o‘zgartirish hamda obodonlashtirish kafolatidir.
Комментариев нет:
Отправить комментарий