MASLAXAT

Bolangizni raxitdan asrang

Raxit faqat kichik yoshdagi bolalarda uchraydigan kasallikdir. Bu xastalik bola organizmida “D” vitamini yetishmasligi natijasida kelib chiqadi.
“D” vitamini bola organizmi uchun qanday ahamiyatga ega?
Bola hayotining dastlabki birinchi yillarida tez o‘sadi. Suyakning o‘sishi uchun organizmga kalsiy va fosfor elementlari zarur bo‘ladi. “D” vitamini organizmda kalsiy va fosforning ichakdan so‘rilishi, ularning suyak, mushak va boshqa a’zo to‘qimalariga yetib borishini boshqaradi. Agar organizmda “D” vitamini yetishmovchiligi kuzatilsa, bolaning kalsiy va fosfor elementlariga bo‘lgan ehtiyoji qondirilmaydi. Bu kasallik ko‘proq kech kuz va qish oylarida tug‘ilgan bolalarda rivojlanishi mumkin. Sababi, “D” vitamini organizmda quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siri ostida hosil bo‘ladi. Shu fasllarda tug‘ilgan bola uchun quyosh nuri yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun, shifokor bu vaqtda tug‘ilgan bolalarga “D” vitaminini tavsiya etadi.
“D” vitamini yetishmasligi nimalarga olib keladi?
  • Suyaklar yumshashiga;
  • mushaklar, bo‘g‘imlar bo‘shashiga;
  • immunitet pasayishiga;
  • kamqonlik rivojlanishiga olib keladi.
Buning oqibatida bola:
  • ancha vaqtgacha boshi va gavdasini tuta olmaydi;
  • liqildog‘i yumshab ketadi hamda juda sekin bitadi;
  • tishlari juda kech yoki tartibsiz chiqa boshlaydi;
  • turli xil yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
  • boshning peshona qismi oldinga, ensa qismi esa orqaga turtib chiqadi;
  • umurtqa pog‘onasi bukchayib qoladi;
  • ko‘krak qafasi pastga qarab kengayib ketadi;
  • oyoq “X” yoki “O” shaklida qiyshayib ketadi;
  • bolalarda yassi oyoqlik rivojlanishi mumkin.
Bolalarda raxit kasalligi borligini qanday aniqlash mumkin?
Dastlab:
  • bolaning uyqusi buziladi;
  • bola ko‘p terlaydi;
  • notanish tovush yoki chiroq yoqilishi kabi ta’sirotlar ham bolani cho‘chitib yuboradi;
  • badaniga toshma toshadi;
  • boshini yostiqqa ko‘p ishqalaydi;
  • boshining ensa qismida soch yo‘lakcha shaklida to‘kiladi;
  • bola bezovtalanadi va injiq bo‘ladi.
Onalar diqqatiga!
Bolam kasallikka chalinmasin desangiz:
  • homiladorlik davridan boshlab tayyorgarlik ko‘ring. Albatta, har kuni quyosh nurida sayr qiling;
  • bolaga har kuni “D” vitaminiga boy oziq-ovqatlarni, jumladan, mol go‘shti, ayniqsa, baliq, tuxum hamda jigar mahsulotlarini iste’mol qildirishga harakat qiling;
  • albatta, kalsiyga boy oziq-ovqat mahsulotlaridan iste’mol qiling. Bularga sut va sut mahsulotlari, petrushka, turshak, loviya, xurmo, ko‘k piyoz kiradi;
  • bolani 6 oygacha faqat ona suti bilan parvarish qiling. Bundan ona, albatta, “D” vitaminiga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi zarur. Ona organizmida qanchalik “D” vitamini ko‘p hosil bo‘lsa, ona sutida ham uning miqdori ko‘payadi;
  • bolaga qo‘shimcha ovqatni “D” vitamini va kalsiyga boy oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlang;
  • bolani har kuni tashqarida sayr qildiring;
  • bolani quyosh va havo vannalarini qabul qilishga odatlantiring. Buning uchun eng qulay vaqt ertalab soat 10 dan 12 gachadir. Bu usullar bolani chiniqtirish bilan birga, organizmda “D” vitamini ishlab chiqilishini kuchaytiradi.
Diqqat! Yoz vaqtida tashqarida issiq va quyoshli bo‘lsa, vitamin D preparatlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida terida vitamin D ishlab chiqariladi. Bunda bolani oftobda qoldirish shart emas, shunchaki kiyimlari ochiqroq bo‘lsa, kifoya.



Vitaminlarning ahamiyati

Inson kundalik hayotida turli xil narsalarni iste’mol qilishi mumkin. Uning tarkibida esa turli xil moddalar va vitaminlar mavjud. Inson organizmi uchun A, B, B1, B2, B6, B12, C, D, PP, K vitaminlari nihoyatda zarurdir. Ularning ta’siri inson organizmi faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. Agar mazkur vitaminlardan birortasi yetishmasa, inson organizmida turli xastaliklarning kelib chiqishiga sharoit tug‘iladi.
Quyida biz ushbu vitaminlarning qanday mahsulotlar va shifobaxsh o‘simliklarda bo‘lishi haqida fikr yuritamiz.
A vitamini. Agar inson organizmida bu vitamin kamayib ketsa, uning ko‘rish qobiliyati pasayadi, jumladan, qorong‘i bo‘lganda ko‘ra olmay qoladi. Shabko‘rlik ham organizmda ana shu vitamin yetishmasligi natijasida paydo bo‘lishi aniqlangan.
Bundan tashqari, A vitamini yetishmasligi oqibatida kishi tanasi sho‘rlaydi, sochlar tagi qurib ketadi, tirnoq esa yumshab qoladi. Bu vitamin ko‘proq sabzi, pomidor, ko‘k no‘xat, qovun, apelsin hamda sut mahsulotlarida bo‘ladi.
B1 vitamini va uning guruhi kamayib ketsa, kishida parishonxotirlik ro‘y beradi, xotira pasayadi, asablari tez shamollaydigan bo‘lib qoladi va ishtahasi bo‘g‘iladi. Bu darmondori go‘ja osh, suli, arpa non, qo‘y go‘shti va yana boshqa bir qator mahsulotlarda bo‘ladi.
B2 vitamini inson organizmida kamayib ketsa, ko‘z yoshlanaveradi, kamqonlik kelib chiqadi, kishi darmonsizlanadi, lablari bichilib ketadigan bo‘lib qoladi, lablar ustida ajinlar ham paydo bo‘ladi. U tuxum, qo‘y go‘shti, xamirturush va pishloqda bo‘ladi.
B6 vitamini organizmda kamayib ketishi natijasida kishi yuragi o‘ynaydigan bo‘lib qoladi. U arpa non, karam, sabzi, qovoq, suzma, pishloq va baliqda bo‘ladi.
C vitamini inson organizmida kamayib ketsa, milklarda og‘riq paydo bo‘ladi, bo‘g‘imlar og‘riy boshlaydi, yaralar tez bitmaydi va kishi tez charchaydigan bo‘lib qoladi. U kartoshka, karam, bulg‘or qalampiri, turli xil oshko‘klar, qulupnay, limon va apelsinda ko‘p miqdorda uchraydi.
D vitamini inson organizmida yetishmasligi oqibatida uni oftob tez uradigan bo‘lib qoladi, sochlari to‘kila boshlaydi. Bu vitamin sut mahsulotlarida ko‘proq bo‘ladi.
K vitamini yetishmasligi oqibatida inson ichak, jigar va buyrak xastaliklariga ko‘proq chalinadi, qon yaxshi ivimaydi. Bu vitamin piyoz, karam, qovoq, ko‘k no‘xat, loviya, ko‘katlar, jigar va tuxumda mavjuddir.
E vitamini yetishmasa, organizmda yog‘ bezlarining faoliyati buziladi. Bunday holda sochlar tez oqaradi va to‘kiladi. Bu darmondori buxanka non, guruchli ovqatlar, jo‘xori go‘ja va jigarda ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Yuqorida nomlari qayd etilgan vitaminlar inson organizmida yetishmasa, turli salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Tirnoqlar tushib ketishi, bo‘yin qismiga tez-tez chipqon chiqishi, yuzga yara toshishi shular jumlasidandir. Bu xastaliklarda ko‘proq yong‘oq, kungaboqar, kanop yog‘idan foydalanish tavsiya etiladi.

Vitamin PP

Vitaminlar biz uchun, hayot faoliyatimiz uchun kerakli birikmalar ekanligini barchamiz bilamiz, albatta. Afsuski, qaysi vitamin qancha miqdorda kerakligini, uni qaysi mahsulotlardan topish mumkinligini esa ayrimda kichik tibbiy xodimlar ham to‘laligicha bilishmaydi. Hozir sizga PP vitamin yetishmaganda qanday holatlar yuzaga kelishini, uni qaysi mahsulotlardan topish mumkinligi haqida ma’lumot beramiz.
Xo‘p, agar tanangiz PP vitaminiga ehtiyoj sezsa sizda quyidagi holatlar ham yuzaga kelishi mumkin:
  • Doimiy uyqusirash, uyquga yetganda esa uzoq vaqt uxlay olmay qilynalasish;
  • Tez-tez bosh og‘rishi va aylnishi;
  • Qabziyat holati;
  • Teri quruqlashishi;
  • Odatiy ishlarni bajarganda ham tezda charchash;
Agar yuqorida sanab o‘tilgan ilk belgilarga ahamiyat berilmasa, vitamin yetishmovchiligi ichki a’zolarning normal faoliyatiga ham ta’sir etadi. Chunki, PP vitamin juda ko‘plab jarayonlarda ishtirok etadi. Masalan,
  • Hazm tizimida – ichak, jigar, oshqozon osti bezining faoliyatini normada ushlab tuadi. Shuningdek, u yallig‘lanishga qarshi vosita hisoblanadi.
  • Goronal tizim faoliyatida – testosteron, progesteron, esterogen, insulin, tiroksin va boshqa muhim garmonlar sintezi uchun juda zarurdir.
  • Eritrotsit va gemoglobinlar hosil bo‘lishida vitamin muhim ahamiyatga egadir;
  • PP vitamin terining yangi hujayralarining hosil bo‘lishi va qayta tiklanishida qatnashadi;
  • U yog‘lar almashinuviga, organizmda xolestirin miqdorining kamayishiga xizmat qiladi;
Organizmda PP vitamin yetishmaganda eng asosiy alomatlaridan biri pellagra kasalligi yuzaga keladi. Bu ko‘pginaa’zo va to‘qimalarni zararlovchi kompleks kasallikdir. Depressiya, jig‘ildon qaynashi, ishtahasizlik, charchoq, ko‘ngil aynishi shuningdek, terida dermatitlar toshishi holida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Bu vitamin shunchalar zarur ekan, uni qaysi mahsulotda borligi ham sizni qiziqtirgani, tabiiy holat. Tanishing, PP vitamin quyidagi mahsulotlar tarkibida ko‘proq uchraydi:
  • Qo‘y go‘shti, jigar;
  • Parranda go‘shti;
  • Losos balig‘I;
  • Sut va sut mahsulotlari;
  • Tuxum;
  • Karam;
  • Pomidor;
  • No‘xot, yasmiq;
  • Kartoshka;
  • O‘rik, shaftoli, olxo‘ri;
  • Ywryong‘oq va pistalarda.
PP vitamining kundalik me’yori turli omillarga bog‘liq holatda har xil bo‘ladi. Masalan, bolalarda 6 mg, ayollar uchun 20 mg, erkak va homilador ayollar uchun esa 21-22 mg vitamin me’yor hisoblanadi.


Комментариев нет:

Отправить комментарий