Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqida ma’lumot. OITS ning klinik belgilari, tashxisi, davolash va oldini olish
Reja:
1.
OITS haqida tushuncha,
tarixiy ma’lumot, geografik tarqalishi.
2.
OITS ning kelib chiqish
sabablari va epimediologiyasi
3.
OITS ning klinik
kechishi, shakllari.
4.
OITS ni aniqlash va
tashxis qo’yish usullari
5.
OITS ni davolash va
oldini olish choralari. Ishonchxonalar
OITS-orttirilgan immun tanqisligi
sindromi-viruslar qo’zg’atadigan va organizmda immunitet (himoya qobiliyati)
ning keskin pasayib ketishi oqibatida
turli kasalliklarning, ayniqsa xavfli o’sma (rak) larning rivojlanishi bilan kechadigan yuqumli
kasallikdir.
Hozirgi vaqtda “asr” vabosi deb atalmish bu kasallik
butun dunyo mamlakatlari bo’ylab, “yashin tezligida” keng quloch yozib tarqalib
bormoqda va insoniyat boshiga katta xavf solmoqda. Kasllikka chalingan
bemor albatta halokatga uchraydi. Chunki
bu dardning na davosi na oldini olish choralari bor.
OITS hozir
birlashgan millatlar tashkiloti va jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
nazoratida turgan asrning dolzarb va global muammosi hisoblanadi.
OITS
kaslligiga 1981 yilda amerikalik olimlar tomonidan asos solingan.
1980-1981 yillarning qishida Amerika Qo’shma Shitati
AQSH ning Nyu-york universitetiga gospiteliga 1972- yilda vengiryalik olim
Morit Kaposhi tomonidan aniqlangan Kaposhi sarkomasi (teri raki) tashxisi bilan
bir necha bemor yotqizilgan. Bizga malumki, bu kasallik badan terisida
jigarrang- qizg’ish yoki ko’kimtir qizg’ish tugunchalarning paydo bo’lishi,
ularning yaralarga aylanishi, va yaralar qurish qo’tir hosil qilib bitib
ketishi bilan kechadigan kasallik bo’lib, ko’proq 60 yoshdan oshgan qariyalarda
uchraydi. Bemorlarda kasallikka qarshi dori- darmonlar bilan davolash ishlari
o’z vaqtida olib borilganda, ular batamom tuzalib ketadilar. Bundan tashqari
Kaposhi sarkomasi AQSH va G’arbiy Yevropa davlatlarida juda kam uchraydi. Nyu
-york universiteti gospiteliga tushgan bemorlarning yoshi esa 30 yoshlar
atrofida bo’lib, aksariyati jinsiy buzuqliklar gomoseksualistlar- ( o’z jinsi
bilan jinsiy aloqa qiluvchilar besoqolbozlar ) ekanligi aniqlandi. Ularda
Kaposhi sarkomasi xavfli shaklga o’tib bir necha oy ichida xalokatga
uchradilar.
1981-yilning
bahorida Los-Anjelesdagi klinikalardan biriga o’pka to’qimasining
yallig’lanishi bilan kechadigan pnevmosistali pnevmoniya (zotiljam) kasalligi
tashxisi qo’yilgan bemorlar yotqizildi. Bemorlarni kuchli tasir etadigan
antibiotiklar yordamida davolashga qaramasdan, ularning barchasi halok bo’ldi. Tekshirishlar
natijasida bu bemorlarning gemoseksualistlar ekanligi aniqlandi. Olimlarni
tashvishga solgani, bu bemorlarning organizmida
immunitetning keskin pasayib ketganligi bo’ldi. 1981-yilning yozida AQSHda 116 ta shunday holat aniqlandi.
1983-yilda
OITS G’arbiy Yevropa davlatlarida ham qayd qilindi. 1985-yilda dunyoning 40 ta
davlatida OITS qayd qilingan bo’lib, 1987-yilda AQSHda 47 ming, Afrikada 8,5
ming, Yevropada 9 ming, Osiyoda 200dan ortiq kishi ro’yxatga olindi.
Ilmiy
kuzatishlar natijasida OITS ning ko’pincha jinsiy buzuqlar, foxishalar,
giyoxvandlarda va qon kasalliklari bor bemorlarda uchrashi aniqlandi.
Kasallikning
to’satdan boshlanishi, tarqalishi, xatarli o’smalar, zotiljam, tanasul
kaslliklari bilan bog’liklari, yashirin davrining uzoq davom etishi,
davolashning samarasiz bo’lib, bemorlarning 100% halokatga uchrayotgani
mutaxassis olimlarning hayratlantirdi va tashvishga soldi.
Yangi
nomalum xavfli kasalliklni o’rganish uchun malakali virusolog, immunolog,
infeksionist, epidemiologlar jalb etildi. 1984-yil AQSH Sog’liqni Saqlash
Vazirligi uchun OITS eng muhim muammo
deb elon qilindi va Nyu-yorkda maxsus institut ochildi.
OITS kasalligini kelib chiqish sabablarini aniqlash va
uning qo’zg’atuvchisini topishda
amerikalik va fransiyalik mutaxassis olimlarning xizmatlari katta
bo’ldi.
1983-yilda
OITSni qo’zg’atuvchi virus topildi va uni har-xil nomlar bilan nomlashdi.
Faqatgina 1986-yildan qo’zg’atuvchiga odam immun tanqisligi virusi (OIV) deb
nom berildi.
Yer yuzida bir-kecha kunduzda 8.5-9 ming kishi har
daqiqada esa 19 kishi OIV ni yuqtirmoqda. Agar ko’rsatkich shu tarzda shiddat bilan o’sib boraversa, dunyo
aholisining yaqin yillarda 10-15% gacha qirilib ketish xavfi tug’iladi. Bu
holat butun dunyodagi mutaxxassis
olimlarni tashvishga solmoqda.
OIV odam
organizmida immun tizimining faoliyatini izdan chiqaradi. U qondagi
T-limfositlarning asosiy tarkibiy qismi
T-xelperlarga ta’sir qilib,
ularni yemiradi. Keyin odam hujayrasiga
birikib yopishib oladi, shu yerda oziqlanib, ko’payadi va hujayrani yorib
tashqi muhitga chiqadi.
OIV odamning
qoni, so’lagi, ko’z yoshi va shahvat suyuqligida bo’ladi. U tashqi muxitga
chidamsiz, tezda halok bo’ladi,
dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga ham chidamsiz. Qaynatilganda 30
daqiqada 3% xloraminda va 70% etil spirtida
o’sha zaxoti o’ladi. Qon, shilliq va sperma suyuqligida 10-15
kungacha saqlanib qoladi.
2000
yilgacha dunyo bo’yicha 30-40mln kishi OIV bilan zararlangan bo’lsa, shundan
12-18 mln odamda OITS rivojlangan.
OITS da
kasallik manbai OITS bilan og’rigan
bemor va OIV bilan zararlangan virus tashuvchi odam hisoblanadi.
Kasallik faqat odamdan odamga yuqadi.
Hozirgi
paytda OITS ning quyidagi yo’llari orqali
yuqishi tasdiqlangan:
1. Jinsiy aloqa. Bunda kasallik jinsiy buzuqlar
(gemoseksualistlar)-o’z jinsi bilan aloqa qiluvchilar, biseksualistlar – o’z
jinsi va qarama-qarshi jins vakillari bilan aloqa qiluvchilar, fohishalar,
fohishabozlar-qo’shmachilar, yengil tabiatli axloqi buzuqlar orqali yuqadi.
2. Parenteral yo’l (virus bilan zararlangan shpiris
ignalar, jarrohlik asbob uskunalari, donor qoni va va qon preparatlari quyilganda qon orqali)
3. Transplasentlar (xomiladorlik vaqtida onadan
xomilaga yo’ldosh orqali o’tishi),
tug’ruq vaqtida va tug’ilgandan keyin ona suti orqali yuqish yo’li.
OITS
aniqlangandan keyingi dastlabki yillarda kasallikning jinsiy aloqa yo’li
jinsiy buzuqlar, fohishalar va donor qoni orqali
yuqish yo’llari ustunlik qilgan
bo’lsa hozirgi
vaqtda parenteral usulning
shpiris ignalar yordamida
giyohvandlardan yuqish yo’li eng
asosiy yo’llardan biri bo’lib qoldi.
OITS ning yuqishida havo tomchi, og’iz orqali,
kiyim-kechaklar, idish-tovoqlar choyshablar (bilvosita muloqot) orqali yuqish yo’llari hech qanday asosiy ahamiyatga ega emas. Demak
kasallik bu yo’llar bilan yuqmaydi.
Xulosa qilib aytganda OITS ning yuqishida eng xavfli kasallik
manbai bo’lib jinsiy buzuqlar, fohishalar, giyohvand (narkoman)lar, donorlar,
qon kasalliklari (gemofiliya) bilan og’rigan bemorlar alohida ahamiyatga ega.
Bu guruhlarga
mansub kishilar OITS kasalligini
yuqtirishda va tarqatishda eng
muhim xavfli manba bo’lib
hisoblanadilar.
OITS ning yashirin
davri 6 oydan 15-20 yilgacha, o’rtacha 3-4 oydan 5 yilgacha davom etishi va bu
davr kasallik jinsiy aloqa orqali yuqqanda, qisqaroq bo’ladi. Kasallikning rivojlanishi odam
organizmining immun xususiyatlati bilan bog’liq bo’lib, OIV
organizmga tushgandan keyin virus va immunitetga daxldor hujayralar
(T-limfositlar, V-limfositlar, makrofaglar) o’rtasida keskin kurash ketadi.
Immun tizimi virusga qarshi ko’p miqdorda antitelolar ishlab chiqaradi va
odamda OITS rivojlanishiga to’sqinlik qilib turadi.
OITS ning,
rivojlanishida, OITS oldi davri xarakterli bo’lib, u 1 oydan 6 oygacha davom etadi,
bu davrda o’ziga xos nospesifik – umumiy belgilar paydo bo’ladi. Bularga
darmonsizlik, ko’p terlash,
kechqurunlari nomalum tarzda tana haroratining ko’tarilishi, ozib
ketish, ich ketish, og’iz bo’shlig’ida
zamburug’lar paydo bo’lishi, yo’tal,
terida toshmalar paydo bo’lishi, terining qichishib turishi, limfa
tugunlarining kattalashuvi kabilar kiradi.
OITS ning o’ziga xos alomatlari yo’q. organizmga qanday
mikroblar kirsa o’shalar qo’zg’atadigan
kasalliklarning alomatlari paydo
bo’laveradi.
Ko’pchilik
bemorlarda “Sovuq oq barmoqlar”
sindromini kuzatish mumkin. Bu
holat qon tomirlarda qon aylanishi
sekinlashib qolganligidan dalolat beradi.
Umuman olganda OITS
asta-sekin boshlanadi. Organlar va tizimlar faoliyatining buzilishiga qarab kasallikni shartli ravishda 5 ta klinik shakllarga ajratish mumkin.
1. O’pka shakli.
2. Miya (serebral) shakli.
3. Me’da- ichak shakli.
4. Differensiallashmagan shakli.
5. Disseminasiyalashgan shakli.
O’pka shakli. Bemorda pnevmosistali pnevmoniya (zotiljam) alomatlariga o’xshash belgilar kuzatiladi. Bemor nafas
olishda qiynaladi, xansiraydi, tez-tez yuzaki nafas oladi, og’iz burun
atroflari ko’karadi, yo’taladi, qon tuflaydi.
Miya shakli. Bemorda bosh
miya raki, meningo ensefalit
kasalliklariga xos bo’lgan alomatlar paydo bo’ladi. Kuchli bosh
og’rig’i qusish, hushdan ketish, talvasaga tushish bosh miya nervlarining zararlanishi (nevritlar), parez
paralichlar kabi klinik
ko’rinishlar bilan namoyon bo’ladigan bu
shakl OITS bilan kasallangan bemorlarning 20-30% ini tashkil
etadi.
Me’da ichak shakli. Bemorda me’da ichak yo’llarining yallig’lanishi
(ezofagit,gaztroenterokolit) ga o’xshash belgilar paydo bo’ladi. Bemorning
og’iz bo’shlig’ining kandidoz
(zamburug’lar) yallig’lanishi (stomatit)
paydo bo’ladi. Og’iz va xalqum qizilo’ngach
shilliq qavatida yara-chaqalar hosil
bo’ladi, bemorning yutishi qiyinlashadi, qon aralash qusadi. Qorinda
kuchli og’riq bo’ladi, qorin damlaydi, ichi ketadi, axlat suyuq, qon aralash
bo’ladi.
Differensiallashmagan shakli. Bunda
bemorda aynan bir sistamaning
zararlanishiga xos alomatlar kuzatilmaydi. Klinik ko’rinish umumiy belgilar bilan namoyon bo’ladi. Bemor darmonsizlanadi,
boshi og’riydi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, kayfiyati tushadi, ishtaxa
yo’qoladi, uyqusi buziladi.
Disseminasiyalashgan shakli. Kasallikning
bu ko’rinishida bir vaqtning o’zida hamma a’zolar va tizimlarning
zararlanishiga xos o’zgarishlar kuzatiladi.
OITS bilan
og’rigan bemorlarning ko’pchiligi rak kasalliklariga duchor bo’ladi. Ayniqsa ularda
xavfsiz hisoblangan Kaposhi sarkomasi (teri raki) ning xavfli shakllari
rivojlanadi.
OITS ning klinik
ko’rinishlarining yengil shakli bo’lmaydi, kasallik faqat og’ir kechadi,
oqibatda albatta o’lim bilan tugaydi.
Shunday qilib,
OITS bilan kasallangan bemor organizmi
immun qobiliyatining keskin pasayib ketishi oqibatida har qanday mikrob ayniqsa,
pnevmosistalar, zamburug’lar,
toksoplazmalar, kokklar, gijjalar, bakteriyalar kabi mikroorganizmlar keltirib
chiqaradigan og’ir kasalliklar osongina kelib chiqadi. Eng xavflisi bemorda
rak hujayralari o’sib, ko’payadi, bemor rakning og’ir
formalaridan xalik bo’ladi.
OIV bilan
zararlanish va OITS kasalligini aniqlash uchun sub’ektiv (shikoyatlar,
so’rab-surishtirish, hayot va kasallik – anamnezi), ob’ektiv instrumental, va labaratoriya tekshiruv usullaridan
foydalaniladi.
Jahon Sog’liqni
Saqlash Tashkiloti tavsiyasiga ko’ra,
quyidagi dalillar asosida OITS tashxisi haqida gumonsirash mumkin. (N. V.
Majidov yuqumli kasalliklar 1993 yil)
1. 60 yoshdan oshmagan odamlarda Kaposhi sarkomasi
aniqlansa;
2. 1-2 oydan uzoqqa cho’ziladigan surunkali ich ketar
kasalligida enteropatogen mikroblar topilmagan va ko’p miqdorda kriptosporadium topilsa;
3. uzoq cho’ziladigan nomalum isitma bo’lganda;
4. markaziy nerv
sistemasining limfomasi rivojlanganda;
5. odatdagi ximioterapiya usuli bilan davolashda
tuzalmaydigan va pnevmosist qo’zg’atgan
pnevmoniya aniqlanganda;
6. bemor sababsiz ozib 10% ortiq vaznini yo’qotganda;
7. nomalum sababli limfopeniya bo’lganda;
8. har xil bakteriyalar, viruslar, zamburug’lar, bir hujayrali, sodda jonivorlar, qo’zg’atadigan va tez-tez qaytarilib turadigan ekzogen va endogen reinfeksiyalar kuzatilganda.
Labaratoriya
usuli OIV virusini yoki unga qarshi paydo bo’lgan antitelolarni
aniqlashda eng ishonchli usuldir.
Hozirgi
kunda OIV virusining odam
organizmida bor-yo’qligini aniqlashda
bir nechta zamonaviy labaratoriya tekshiruv usullari mavjud.
OIV virusini bemorning qonida, limfasida, sperma, ko’z
yoshi suyuqligida, so’lagida, sutida topish ancha qiyin. Organizmga virus
tushgandan keyin qonda hosil bo’lgan
antitelolarni aniqlash qulayroq. Lekin bu antitelolarni virus yuqqandan 3-5 oydan keyin paydo bo’la boshlaydi.
OIV virusiga qarshi
paydo bo’lgan antitelolarni aniqlash usuli hozir keng qo’llanilmoqda. Buning uchun quyidagi
usullardan foydalaniladi.
1. Immunoferment
usuli.
2. Radioimmunologik analiz usuli.
3. Umumiy immunologik usuli.
4. Immunobiologik usuli.
Immunoferment
usulida qondagi antitelo va uning konsentrsiyasini aniqlash uchun maxsus test sistema-diagnostikum – antigent
fermentlar bilan ish olib boriladi.
Radioimmunologik usulida – antitelolarni
aniqlashda izotoplardan
foydalaniladi.
Umumiy immunologik usulda immunoglobunlar fraksiyasini aniqlash yo’li bilan ish olib
boriladi.
Immunobiologik
usuli 2 marta ijobiy natija bersa, immobiologik
usulida yana qayta tekshiriladi.
Bunda virusning ba’zi bir oqsillarga
qarshi paydo bo’lgan antitelolar aniqlanadi.
Agar
immunobiologik usuli ijobiy natija
bersa, OITS tashxisi ijobiy bo’ladi.
OIV
infeksiyasiga tekshiruv ishlari shifokor pasient kelishilgan holda, anonim (yashirincha) tarzda
olib borilishi kerak. Tekshirish uchun
qon olish va uni labaratoriyaga yuborishda tasodifan zararlanishning oldini
olish choralarini ko’rish zarur.
Hozirgi vaqtda
ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda mutaxassis
olimlar tomonidan OITS ni davolashda samarali natija beradigan
dori-darmonlar tayyorlash ustida keng ko’lamda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Har xil kimyoviy tuzilishga
ega bo’lgan OIV virusiga qarshi ta’sirga
ega bo’lgan sintetik dori vositalar yaratilmoqda. Lekin bu vositalarning
ta’siri biologik sharoitda (organizmda) puchga chiqmoqda.
Kasallikni davolashda quyidagi tamoyillarga
amal qilish kerak:
1. OIV virusiga ta’sir qilish.
2. Organizmning himoya (immun) qobiliyatini yaxshilash, kuchaytirish
(immunostimulyasiya)
3. Kasallikka yondosh bo’lgan (opportunistik)
kasalliklarga qaratilgan davolash
ishlarini olib borish.
Bir necha yillar davomida olib borilgan izlanishlar natijasida ham OIV virusiga
ta’sir ko’rsatuvchi dori yaratilgani
yo’q.
Rossiyada Fanlar
Akademiyasi molekulyar biologiya
ilmiy-tekshirish institutida sintez qilingan preparat azidotimidin virusga qarshi qisman ta’sir ko’rsatishi va OITS ning so’ngi bosqichlarida bemorning
umrini uzog’I bilan bir yilgacha cho’zib turish mumkin. Lekin aziotimidin o’ta zaharli bo’lib suyak ko’migiga ta’sir qiladi. Aziotimidin amerikalik olimlar tomonidan ham OITS ni
davolashda tekshirib ko’rildi, lekin samara ijobiy bo’lgani yo’q. olimlar
yaratilgan dori-darmonlar ta’sirini
samarasiz bo’layotganligini OIV virusining biologik xususiyatlari bilan bog’lashmoqda,
chunki virus o’z tuzilishi va xossasini
tez-tez o’zgartirib turish xususiyatiga
ega. Shunga qaramasdan kasallik virusiga
ta’sir etuvshi juda ko’p dorilar
yaratilgan bo’lib, ular klinik sinovdan o’tkazilmoqda.
Immun tizimi
faoliyatini yaxshilash va uni kuchaytirish (immunostimulyasiya) usuli
kasallikni davolashda ijobiy samara
beradi. Buning uchun interferon, interleykin,taktivin, timolin kabi
immunostimulyatorlarni virusga ta’sir etuvchi azidotimidin, virozol, reoferon
kabi dorilar bilan birgalikda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
OITS ni davolashda kasallikka yondosh bo’lgan yuqumli va boshqa kasalliklarni o’z vaqtida davolash yaxshi natija beradi.
Xulosa qilib
aytganda, bu choralar odamniOITS da batamom
xalos etolmaydi va kasallikni davolash masalasi eng og’ir dolzarb muammoligicha qolmoqda.
OITS ning profilikatsiyasi quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi lozim:
1. OITS ning jinsiy yo’l bilan tarqalishini to’sish
2. Parenteral tarqalish yo’lini to’sish.
3. OITS ning vertikal yo’l bilan yuqishini oldini olish.
OITS ning jinsiy aloqa yo’li orqali tarqalishini to’sish juda muhimdir, chunki OIV virusining
asosan jinsiy aloqa yo’li bilan jinsiy buzuqlar (gemoseksualistlar) tartibsiz
jinsiy aloqa qiluvchi foxishalar
orqali yuqishi ma’lum. Bu orada aholini,
ayniqsa yoshlarni seksual (jinsiy) tarbiyalash sohasida ishlar olib borish
zarur. Seksual xulqqa ta’sir qiluvchi vositalar 3 xil bo’lib ular quyidagilar:
1. Aholini kasallik haqida xabardor qilish;
2. Tibbiy ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish;
3. Kontraseptiv vositalarni qo’llash.
Barcha erkak va ayollarga OITS haqida ma’lumot berish,
tushuntirish lozim. Virusning qanday yuqishini, xavfsiz choralari
(prezervativlar) dan foydalanishni bilishi o’z xoxishi bilan chuqur
tekshiruvdan o’tishi kerakligi tushuntiriladi.
Vaginal jinsiy
aloqada OITS ko’proq erkaklardan ayollarga yuqadi. Oral va anal aloqada esa
“passiv” partnyor ko’proq o’ziga yuqtiradi. OITS ning keng
tarqalishiga axloqiy buzuqilik, pala
partish jinsiy aloqalar sabab bo’ladi. Foxishalik va foxishabozlik,
besoqolbozlik, giyoxvandlik kasallikning tarqalishiga muhim o’rin tutadi.
OIV virusining
parenteral yo’l orqali yuqish yo’lini to’sish uchun turli in’eksiyalarni
pala-partish qabul qilavermaslik kerak. Donor qoni va qon preparatlarini qat’iy tekshiruvdan o’tkazish, to’g’ridan
to’g’ri qon quyishda ehtiyot
choralarini ko’rish muhim ahamiyatga
ega.
OITS ni yuqtirib
olmaslik uchun iloji boricha turli in’eksiyalarni qabul qilavermaslik kerak. OIV virusining giyohvandlar orqali yuqishiningralarining
xizmatidan foydalanmaslik kerak. Agar
buni iloji bo’lmasa, shaxsiy yoki bir marta ishlatiladigan shpiris va
ignalardan foydalanish lozim.
Giyohvandlikning oldini olish
maqsadida Rossiyada bir martalik
shpirislarni almashtirish punktlari
tashkil etilgan. Bu usul bizning mamlakatimizda ham yo’lga qo’yilgan.
Sartaroshlik, manikyur, pedikyur uchun qo’llaniladigan asbob uskunalarni zararsizlantirmay, dezinfeksiya qilmay turib
qo’llash mumkin emas.
Eng asosiysi, har
bir odamda o’zining shaxsiy gigiena
buyumlari bo’lishi shart.
OITS ni vertikal yo’l bilan yuqish yo’lini to’sish tibbiyot xodimlari sohasida juda katta mas’uliyat
yuklanmoqda, chunki kasallikning onadan bolaga xomiladorlik vaqtida, tug’ruq va
emizish paytida o’tish hollari ko’p uchramoqda.
Profilaktikaning
asosiy maqsadi OIV virusining onadan bolaga
yuqish xavfini kamaytirishdir. Bizga ma’lumki virus xomilaga yo’ldosh orqali xomiladorlikning 8-12
haftasidayoq o’tishi, ko’pincha esa tug’ruq vaqtida o’tishi mumkin. Xavfli guruhlarga
kiruvchi ayollarga tegishli
maslahatlarni berish, tekshirishni ta’minlash zarur. Zarurat bo’lganda ularga
farzandining OIV virusi bilan tug’ilishi ehtimoli borligini tushuntirib,
xomiladan voz kechish tavsiya qilinadi. Lekin asosiy qarorni ayolni o’zi chiqaradi.
OITS ning oldini
olishda yuqorida qayd etilgan umumiy chora – tadbirlar bilan bir qatorda maxsus
profilaktika, yani, emlash ishlarini yo’lga qo’yish eng muhim dolzarb muammo
bo’lib qo’moqda. OITS ning viruslar
qo’zg’atadigan yuqumli kasallik ekanligi aniq bo’lgandan boshlab,
mutaxassis olimlar tomonidan kasallikka
qarshi emdori (vaksina) ishlab chiqarish ustida
olib borilayotgan izlanishlar,
ijobiy natija berganicha yo’q.
har yili dunyo bo’yicha OITS ga qarshi vaksina yaratish uchun 3 mln AQSH
dollari sarflanmoqda. Bu jarayon 10 yildan buyon davom etayotganligini hisobga olsak, vaksina yaratish uchun ketgan
xarajat 3 mlrd AQSH dollarini tashkil
etadi, lekin vaksina xali yaratilgani yo’q.
Umuman
olganda, vaksina oldiga quyidagi
talablar qo’yiladi:
-vaksina OIV ga
qarshi odamda immunitet hosil qilishi kerak;
-OIV bilan
zararlangan odamlarda, kasallik OITS ga o’tmasligi kerak;
-vaksina arzon
bo’lishi kerak;
-hamma
vaksinani olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Hozurgi
vaqtda OITS ning oldini olishning birdan –bir yo’li aholini ma’naviy-ma’rifiy,
sanitariya-gigienik madaniyatini oshirishdan iborat.
OITS insoniyat
boshiga tushgan eng daxshatli va eng ko’p o’limga sabab bo’ladigan epidemiya
bo’lib, bu kasallikka chalinganlar o’limdan
qochib qutula olmasalar kerak. OITS tashxisi qo’yilgan oilalar
qanchadan-qancha ruhiy iztiroblar va
daxshatlarni boshidan kechiradi, osoyishtalik yo’qoladi. AQSH va Buyuk Britaniyada hozirgi vaqtda OITS ga yo’liqqan
bemorlar soni ko’payib ketmoqda shu tufayli psixologik aralashuvlarga va spesifik profilaktika tadbirlari o’tkazishga ham
ehtiyoj ortib bormoqda.
Har bir inson, xalq
jamiyat, oila va vijdon oldidagi burch va sadoqatni, ma’sulyatni anglab yetmas,
sog’lom turmush tarzini kechirmas ekan,
hech qanday chora tadbir OITS
ning oldini olish va kasallikni
kamaytirishda yordam bera olmaydi. Oila
sog’lom bo’lsa, erkak-ayol bir-biriga sodiq bo’lsa, oilani muqaddas deb bilsa,
nopok yo’llardan xazar qilsa va bu gunoxlarni Olloh kechirmasligini qalban va
ruhan his eta olsa OITS dek ofatning oldini olish muqarrar.
Комментариев нет:
Отправить комментарий