MUSTAQIL O`ZBEKISTON DAVLATINING TASHKIL TOPISHI.
O`zbek xalqining mustaqillik uchun intilishi
XXasr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko`rilmagan hodisalar sodir bo`ldi. «Sotsializm» deb atalgan totalitar tuzum, «kommunistik mafkura» deb atalmish zo`ravonlik va tazyiqqa asoslangan mafkura tanazzulga uchradi. Bunday «kommunistik mafkura»ni butun jahonga, Yer yuziga yoyishni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom ma’nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.
Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shakldagi bo’linishlarga, uning xalqi o`zgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bo`lgani hammamizga ma’lum.
Xalqimizning ahamoniylar, grek-makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo`g`ul-tatar bosqinchiligiga qarshi va nihoyat chorizm mustamlakachiligiga qarshi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan.
Ayni chog`da, yaqin o`tmishda, sovet hokimiyati yillarida o`zbek xalqi Markazga tobeligiga qarshi, aniqrog`i, O`zbekiston milliy mustaqillikka erishish uchun tarixiy vaziyatga qarab goh oshkora, goh pinhona tarzda kurash olib borgan.
Biz bunday kurashlarni yangidan-yangi manbalar orqali tobora chuqurroq anglab bormoqdamiz. Bir so`z bilan aytganda, xalqimiz azal-azaldan o`z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.
.
Markaziy osiyo insoniyat sivilizatsiyasining
qadimgi o’choqlaridan biri
Hozirgi kunga kelib Vatan tarixiga bo`lgan diqqat-e`tibor nihoyatda kuchaygan bir davrda, O`zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasining o`choqlaridan biri ekanligiga hech qanday shubha qolmadi. Nafaqat O`zbekiston, balki, butun O’rta Osiyo xududlarida olib borilayotgan keng maqsaddagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan yuqori o`rnini yana bir bor tasdiqlaydi.
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli davrlarida, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishilgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko`tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o`zida aks ettiradi. Bu tarakkiyot bosqichi insoniyatning paydo bo`lishi va rivojlanishi, jamiyat rivojlanish darajasi, moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar bilan izohlanadi.
O`rta Osiyo sivilizatsiyasi turli xududlarda turli davrlarda paydo bo`ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy xududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o`tib, unumdor xo`jalikni rivojlantirgan bo`lsa, bu davrda shimoliy xududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvochilikning ilk shakllari bilan shug`ullanganlar. Bu notekslik jarayonini tabiiy-geografik sharoitlar va o`zaro munosabatlar bilan izoxlash mumkin.
Undan tashqari O`rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridiyoq, ya`ni, miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi o`zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval, Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizatsiya o`choqlari bilan uzviy aloqada bo`lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik jamiyatni taraqqiyotdagi eng uzoq davom etgan va eng qadimgi davridir. Bu davrni chuqur o`rganishda arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi odamlar o’z faoliyati davrida atrof muhitga ta`sir ko`rsatib, kundalik hayotda o’ziga bo’ladigan mehnat qurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, keyinchalik esa boshpanalar qurganlar. O’z navbatida bu jarayonlar inson faoliyatiga ta`sir ko`rsatgan.
Hozirgi paytda O’rta Osiyo xududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining aloxida bosqichlari quydagi davrlarga bo`linadi:
- Paleolit davri: bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi:
- Mezolit (²mezos²-o’rta, ²litos² -tosh) mil.avv. 12-7 ming yilliklar
- Neolit (²neos²-yangi, ²litos²-tosh) -mil.avv. 6-4 ming yilliklar.
- Eneolit (mis-tosh davri)-mil.avv. 4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshi.
- Bronza asri-mil.avv. 3-2 ming yilliklar
- Temir davri-mil.avv. 1-ming yillikning boshlaridan
O`zbekiston xududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg`ona vodiysidagi Selungur, Toshkent viloyatidagi Ko`lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo`pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo`lib ov qilish bilan shug`ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo`lib, unda taiyor bo`lgan mahsulotlarni o`zlashtirganlar.
Ilk paeolit, ya`ni ashel` davrining oxirlarida yashagan odamlarning manzilgohlari Qoraqalpog`istonning Ustyurt tekisligidagi Borsakelmas degan yerdan ham topib o`rganilgan.
O`rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Ho`jakent, Samarqanddagi Omonqo`ton, Boysun tog`laridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan. Mashhur yodgorliklarning biri Teshiktosh g`or makoni bo`lib bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qozib ochilgan.
O`rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashdi. Eng muhimi, ibtidoiy to’dadan urug`chilik jamoasiga o`tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo`ldi.
So’nggi paleolit davriga oid makonlar Ohongarondagi Kulbuloq, Toshkentning g`arbidagi Buzsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan.
Bu davrga kelib odamlar faqat tog`li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutugi urug`chilik tuzumiga (matriarxat) o`tilishidir.
Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g`or-makonidan, Markaziy Farg’onaning ko`pgina yodgorliklaridan topib o`rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonat va o`simlik dunyosida katta o`zgarishlar sodir bo`ladi. Insoniyat o`z tarixidagi dastlabki murakkab moslama-o`q-yoyni kashf etadi.
Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo`jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.
Qoraqalpog`istonda mezolit davri makonlari Orol dengizi atrofidagi Ustyurt balandligida va Qizilqum cho`lida bor. Ustyurtdagi mezolit makonlari mil.avv. 8-6 ming yilliklarga oid. Qizilqum cho`lidan topilgan mezolit davri yodgorliklari mezolitning so`nggi bosqichlariga va o`rta tosh davridan yangi tosh davriga (neolitga) o’tish davriga tegishli.
Neolit davriga kelib qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo`ladi. Bu davr odamlari baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shug`ullanganlar. Eng katta yutuqlardan biri kulolchilikning paydo bo’lishidir. Shuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quydagi madaniyatlarga bo`linadi: Jaytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati
Joytun madaniyati. Janubiy Turmaniston xududiagi mil.avv. VI-V ming yilliklarga oid madaniyat. Bu yerdan O’rta Osiyodagi birinchi paxsa uylar qoldiqlari, sopol idishlar na’munalari aniqlangan. Aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug`ullangan.
Kaltaminor madaniyati. Qoraqalpogistonning janubidan topilgan bo`lib mil.avv.V-IV ming yilliklarga oiddir. Kaltaminor qabilalari baliqchilik, ovchilik va qisman hunarmandchilik bilan shug`ullangan.
Hisor madaniyati. Asosan, Xisor-Pomir tog`laridan topilgan. Mil.avv.V-IV ming yilliklarga oid.
Qoraqalrog`istonda yangi tosh (neolit) davri odamlari faqat dare sohillarinigina emas, balki Kizilkumning va Ustyurtning ichki xududlarini ham o`zlashtira boshlaganlar.
Qoraqalpog`istondagi yangi tosh (neolit) davri yodgorliklari Amudaryoning qadimgi Oqchadarem del`tasida (hozirgi To`rtkul tumani xudidan boshlab Taxtakupir tumani hududigacha bo`lgan oraliqda) va Ustyurt balandligida saqlangan.
Eneolit-mis-tosh davrida odamlar dastlabki metal bilan tanishdilar.
Bu davrga kelib dehqonchilik Urta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga ham yoyiladi.
Hozirgi kunda ibtidoiy jamoa tuzumining turli bahslarga sabab bulayotgan muammolaridan biri-antropognez-odamning paydo bo`lishi va rivojlanishidir. Fan insoniyat hayvonat olishdan ajralib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Insonning paydo bo`lishi millionlab yillar davom etgan rivojlanish jarayonining natijasidir.
O’rta tosh davrida, birinchi navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofadagi odamlarga aylana boshladilar. Ular jismoniy jixatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni tugadi (kroman`on ko`rinishidagi odamlar). Odamning paydo bo`lishi yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo`lib, u dastlab toshdan oddiy to`qmoq yasagan bo`lsa, uzluksiz mehnat, intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi.
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san`at, xususan, g`orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so`nggi paleolit davriga oiddir. O`rta Osiyoda g`orlar, ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo`ladi.
O`zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Birinsoy, Ko’ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo`lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O`zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ulardan ibtidoiy buqalar, sherlar va yo`lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug`u va jayron kabilardir.
Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo`lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya`ni, mil.avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g`oyaviy qarashlari va diniy e`tiqodlarini o’rganishda ham muhim ahamiyatga ega.
Ko`pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo’lgan. Mil. avv. III ming yillikka kelib O’rta Osiyo xududlarida ham bronza qurollar keng tarqaladi. O`zbekiston xududlarida bronza davri yodgorliklari ko’plab uchraydi.
Ulardan eng yiriklari Tazabog`eb. Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqutan, Churs, Amirabod yodgorliklaridir. Bronza davrida kishilik jamiyati madaniy tarakkiyotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aholi xo`jalik yuritishning muayyan ko`inishlariga, ya`ni vohalarda, ko’llar, daryolar va soylar bo`ylarida dehqonchilikka, dasht va tog`oldi xududlarida chorvachilikka (mehnatning dastlabki yirik taqsimoti) o’tib oldi.
Bu davrga kelib O’rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o`zgarish jarayonlari bo’lib o’tdi. Urug`chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan bulsada, ona urug`ining mavqeyi yo`qolib bordi. Metall eritish va xujalikning rivojlanishi jatijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqeyi birinchi darajali ahamiyatga eg`a bo`lib bordi.
Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish erkaklar qo`liga o’tadi va ona urug`i tuzumi o’rnini ota urug`i (patriarxat) tuzumi egallaydi dastlab mulkiy tabaqalanish, keyin esa ijtimoiy talabaqalanish natijasida urug`chilik tuzumi harobalarida sinfiy jamiyat paydo bo’ladi.
Qoraqalpog`iston xududida bronza davrining eng yirik yodgorligi bu Tazabog`eb madaniyati deb nomlangan yodgorlikdir. Tazabog`eb madaniyati mil. avv. 2 ming yillikning o’rtalariga oid bo`lib u Qoraqalpog`istonning sug`orma dehqonchilik rivojlangan.
Abu Ali ibn Sino
Ism
|
ابن سينا (Abū ʿAlī al-Ḥusayn ibn ʿAbd Allāh ibn Al-Hasan ibn Ali ibn Sīnā; Avitsenna)
|
---|---|
Tavalludi
| |
Vafoti
|
taxminan 16-avgust, 1037-yil
(57 yoshda)
|
Falsafa maktabi
| |
Asosiy qiziqishlari
|
tibbiyot, alkimyo, astronomiya, falsafa,islomshunoslik, mantiq, matematika, fizika,nazm, teologiya gabsldkjgaskdjgaslkdjg aslkjdgaksjldg ajksdg
|
Mashhur fikrlari
|
Zamonaviy tibbiyot otasi, moment konsepti va aromaterapiya, neyropsixiatriyakashshofi.
|
Olgan taʼsirlari
|
Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī; arabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا) Oʻrta Osiyo Tojik[2][3] olimi, faylasufi. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur.
Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, I. S. lar oilasi poytaxt — Bu-xoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetaretmas I.S. Qurʼ-on va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. I. S.ning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh. Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi I.S.ni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. I. S.ning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻilga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mu-tolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgan-di va bu ilmda tez kamol topa boshladi.
I. S. ning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh alQumriyning xizmati katta boʻldi. I. S. undan tabobat darenii olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999 y. da vafot etdi.
I. S. 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga I. S. saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. I. S. bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini musta-qil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining , xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati I. S. ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning "Metafizika"ning maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina I. S. metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, I. S. zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abu-lhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga kura, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi")ni yozdi.
Qoraxoniylar 999 y. Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini agʻdarganidan keyin I. S. hayotida tashvishli, notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002 y. uning otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005 y. gacha davom etib, oxiri krraxoniylarning butkul gʻalabasi bilan tugadi. Bundam vaziyatda Buxoroda ortiq qolib boʻlmas edi. Shu bois I. S. oʻz yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-a. boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch boʻlib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan oʻlka edi. Xorazm-shohlar Ali ibn Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilmfanga eʼtiborli hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da zamonasining koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Irok, (1034 y. v. e.), atoqli tabib va faylasuflar Abu Saql Ma-sihiy (1010 i. v. e.), Abu-l-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005 y. I. S. ham kelib qoʻshildi. Xorazmda I. S, asosan, mat. va astronomiya bilan shugʻullandi. Bu soqalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyokarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan boʻlgan ilmiy muloqotlar katta ahami-yat kasb etdi. I. S. ning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. I. S. Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi boʻlganidan, I. S. u bilan doʻstlashadi va unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa choʻzilmaydi. Sharqda qudrati ortib borayotgan Gʻazna qukmdori sulton Mahmud Gʻaznaviy bu oʻlkaga koʻz ti-kadi. U, avval, Maʼmunga saroydagi bir guruh olimlarini Gʻaznaga joʻnatib yuborishni soʻrab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abu-l-Hammor Gʻaznaga ketadilar. I. S esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 y. larda yashirincha Xo-razmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzokda hayot kechirishga majbur boʻladi. Masihiy bilan I. S Jurjonga — Masihiyning vataniga yoʻl oldilar. Lekin yoʻldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob boʻlib, vafot etadi. Natijada, I. S azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, soʻng Obivard, Tus, Shiqqon va Hurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy dengizining jan.sharqida joylashgan Jurzkon amirligiga yetib keladi. I. S. Jurjonda 1012—1014 y. larda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — Abu Ubayd Juzjoniy bilan uchrashuv va bir umrga doʻstlashuv sodir boʻladi. U I.S.ga nafaqat shogird, balki sodiq doʻst ham edi. U I.S. bilan olimning soʻnggi damigacha, 25 y. davomida birga boʻladi. I. S. tarjimai holining yozilib qolishi, koʻpgina asarlarining taʼlifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Juzjoniyning xizmati katta.
Jurjondalik vaqtida I. S. ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014 y. olim Jurjonni tark etib, Rayga kuchdi. I. S. Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan boʻlmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda I. S. savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani da-voladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud Gʻaznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois I. S. Rayni tark etib, nisbatan kuchlirok, boʻlgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) quzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bulib ishlaydi, sung vazirlik mansabiga kutariladi. Davlat ishlari bilan band buli-shiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yara-tadi. "Tib qonunlari"ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur falsafiy qomusi — "Kitob ash-shifo" ni ham shu yerda yozishga kirishadi. "Tib qonunlari" ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.
I. S Hamadonda 1023 y. gacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga kura, shu yili Isfahonga joʻnab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda oʻtkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashgʻul boʻlib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ash-shifo" ning qismlari, fors tilidagi "Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular jumlasidan.
Juzjoniyning yozishicha, I. S. garchi, jismoniy juda baquvvat boʻlsada, birok, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor taʼqib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy taʼsir etdi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida I. S. qattiqbetobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yulda dardi qoʻzgʻab olimning tamomila madori kuriydi va oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga1952y. maqbara ishlangan (meʼ-mori X. Sayxun). Makbara I. S.ga ba-gʻishlangan muzey xonalarini ham oʻz ichiga oladi.
Zamondoshlari I. S. ni "Shayx arrais" ("donishmandlar sardori, allomalar boshligʻi"); "Sharaf al-mulk" ("oʻlka, mamlakatning obroʻsi, sharafi"), "hujjat alhaqq" ("rostlikka dalil"); "Hakim al-vazir" ("donishmand, tadbirkor vazir") deb ataganlar. Jahon fani tarixida I. S. krmusiy olim sifatida tan olingan, chunki u oʻz davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shugʻullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim asarlarini oʻsha davrda Yaqin va Oʻrta Sharqning ilmiy tili boʻlgan arab tilida, baʼzilari (sheʼriy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid boʻlib, qolganlari man-tiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, mat., musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bagʻishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda oʻrganilgan emas. I. S. ning koʻproq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning koʻpgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qaytaqayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa koʻp asarlari hali qoʻlyozma holida oʻz tadqiqotchilarini kutyapti.
I. S. ning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, yaʼni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga boʻlish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin I. S asarlarining miqdoriy nisbatiga na-zar solsak, olimning qiziqish va eʼtibori koʻproq falsafa va tibga qaratilganini koʻramiz. Garchi, uni "Avitsenna" sifatida Gʻarbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, "Tib qonunlari" boʻlsada, "Shayhar-rais" nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga ishoradir.
Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari "Kitob ash-shifo" dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq — 9 boʻlakka boʻlingan: almadhal — man-tiqqa kirish; al-maqulot — kategoriyalar; al-iborat — interpretatsiya; al-qiyos — sillogizm; al-burhon — is-bot, dalil; al-jadal — tortishuv, dialektika; as-safsata — sofistika; alxitoba — ritorika; ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati); 2) tabiiyot (bu yerda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohi-daalohida boʻlimlarda gapiriladi; 3) riyoziyot — 4 fanga boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa (geometriya), astronomiya va musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan.
I. S. ning yana bir falsafiy asari "Kitob annajot" "Kitob ash-shifo" ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jaqonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana "Al-ishorat vattanbihot" ("Ishoralar va tanbihlar"), "Hikmat almashriqiyn" ("Sharqchilar falsafasi"), "Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat" ("Mantiq va falsafaning ishoralari"), fors tilida yozilgan "Donishnoma" ("Bilim kitobi") va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda "Tayr qissasi", "Salomon va Ibsol", "Hayy ibn Yaqzon", "Yusuf qaqida qissa" kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan. I. S. ning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari taʼsirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini zaru-riyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono Tan-gridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud boʻlgan aql, jon, jism, ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi substansiya (javhar) boʻlib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yoʻqolmaydi. Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 un-sur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan oʻzgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi boʻlgan 4 unsur yoʻqolmaydi, abadiy saklanadi. I. S. fikricha, avval togʻ-toshlar, soʻng oʻsimlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shugʻullanish insongagina xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsahodisalarning ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa, akl ularning mohiyatini, ichki tomonlarini abstraksiyalashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi. Inson akli turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. I. S. tushunchasida bilimlarni chuqur oʻrganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy mu-sulmon boʻla oladi, deb tushunadi. I. S. mantiqni ilmiy bilishning , mavjudotni oʻrganishning ilmiy usuli deb biladi. "Mantiq, — deb yozadi I. S. — insonga shunday bir krida beradi-ki, bu krida yordamida inson xulo-sa chiqarishda xatolardan saklanadi". U mantiqiy usullar, taʼriflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur oʻrgandi, mantiq fanini Forobiydan soʻng bilishning toʻgʻri metodi sifatida rivojlantirdi.
I. S. oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari "Kitob ash-shifo" ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Olimning baʼzi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vul-qonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va zilzilalar bilan bogʻliq. Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobi-gʻining koʻtarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-sekin taʼsiri natijasida chuqur jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida balandlik hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan qulashi ham zilzi-laga sabab boʻladi. Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan, zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining tosh-qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi.
I. S. mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmokli ishlar qilgan. U minerallarning original tasnifini taklif etdi. Unga koʻra, barcha maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif to 19-a. gacha deyarli oʻzgarishsiz saklanib keldi. I. S ning geol. va mineralogiyaga oid fik-rlari uning "al-Afʼol va-linfiolot" ("Taʼsir va taʼsirlanish") asarida ham uchraydi.
I. S. boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shugʻullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan boʻlgani uchun ularda I. S. ning kimyoga boʻlgan munosabatining evolyusion oʻzgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari oʻsha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilgʻor edi. I. S. 21 yoshida, yaʼni ilmiy faoliyatining boʻsagʻasida metallar transmutatsiyasiga, yaʼni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari taʼsiri ostida "Ri-sola as-sanʼa ilalbaraqiy" ("Bara-qiyga atab sanʼat (alkimyo) ga doir risola") nomli kichik asar yozgan. Pekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajri-basi ortgan yosh olim bu sohadagi uri-nishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarida kimyoviy yoʻl bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan "Kitob ash-shifo" da esa kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda maʼlum boʻlgan har bir metall oʻzicha alohida bir modda boʻlib, kimyogarlar oʻylagandek bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab boʻlmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari oʻrta asr kimyosining ilmiy kimyoga oʻsib oʻtishida muhim rol oʻynadi.
I. S. botanika masalalarib-nham juda koʻp shugʻullandi, chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati oʻsimliklardan olinadi. U "Kitob ash-shifo" ning "anna-bot" ("Oʻsimliklar") qismida oʻsimliklarning turlari, paydo boʻlishi, oziqlanishi, oʻsimlik aʼzolari va ularning vazifalari, koʻpayishi hamda oʻsish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham ish olib boradi.
I. S. yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saklangan. U 8 ta mustaqil risola hamda "Kitob ash-shifo" va "Donishnoma" ning riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni ba-gʻishlagan. Ptolemeyning "Almagest" ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya boʻyicha qoʻllanma yaratgan. I. S. Jurjon sh. ning geografik uzunligini oʻz davri uchun bu-tunlay yangi boʻlgan usul — Oyning eng baland nuktasini kuzatish op-kali aniqlab bergan. Beruniy "Geodeziya" asarida bu usulning toʻgʻriligi haqida gapirib, uni faqat I. S. nomi bilan bogʻlaydi. Bu usul Yevropada 500 y. dan keyin (1514 y.) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.
Matematika sohasida I. S. Yevklidnnnt "Negizlar" kitobini qayta ishlab, unga sharh va toʻldirishlar kiritdi, geometrik oʻlchamlarga arifmetik terminologiya qoʻlladi, "son" tushunchasi doirasini "natural son" dan ancha kengaytirdi.
Sheʼriyat sohasidaham I. S. sezilarli iz qoldirdi. U oʻzining ayrim tibbiy asarlari ("Urjuza") ni rajaz vaznli sheʼrda yozgan. Bundan tashqari, uning bir nechta falsafiy qissalari ham borki, ular keyinchalik fors-to-jik adabiyotiga chukur taʼsir koʻrsatdi. Olimning fors tilida yozgan bir necha gazal va qitʼalari, 40 dan ortiq ru-boiylari mavjud. Uning sheʼriy merosi qisman rus va oʻzbek tillarida nashr etilgan.
I. S. musiqa bobida Forobiyttt ilmiy yoʻnalishini davom ettirgan yirik nazariyotchidir. Musiqa haqidagi "Javomeʼ ilm ul-musiqiy" ("Musiqa ilmiga oid tuplam") asari "Kitob ash-shifo" ning bir qismi boʻlib, har biri bir necha bobli 6 boʻlimdan iborat. "annajot", "Donishnoma"larda musiqa haqida kichik boʻlimlar mavjud, "Tib qonunlari", "Risolai ishq" va boshqa da mu-siqaning ayrim masalalari haqida fikr yuritgan. Oʻz davri musikasining barcha muammolarini bayon etgan: nagma. boʻʼd (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va h. k. Yevropada keyinchalik "sof tizma (to-vushqator)" atalgan musiqaviy tuzilmani birinchi boʻlib asoslagan. I. S. mu-siqiy goʻzallik haqida mukammal taʼlimotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizim bilan bogʻliq holda qaraydi. Tabib sifatida u musikani muhim tibbiy vositalar jumlasiga ki-ritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo boʻlganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. Oʻzining barkamol shaxsni tar-biyalash gʻoyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan.
I. S. ning tabobat da qilgan ishlari uning nomini bir necha ayerlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bogʻladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u oʻzigacha oʻtgan turli xalq namoyandalari tomonidan ayerlar davomida tib ilmi sohasida toʻplangan maʼlumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni oʻz tajribalari bilan boyitgan holda maʼlum nazariya va qonunqoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning "Tib qonunlari" va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqei va krzongan shuhrati yorqin dalildir.
I. S. ning tabobat sohasida qilgan ishlari oʻsha davr tabobatini bir necha ayerlarga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yakinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning , xususan Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning taʼlimoti ustuvor edi. I. S. ham oʻz tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy koʻrsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo, Sharq olimlarining hamda uz tajribalari va bilimlari asosida rivojlantirdi va bo-yitdi. I. S. ning daho tabib sifatida shuxrat qozonishining asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh suyaginingtuzilishi, tishlarning tuzilishi toʻgʻrisida u Galenga ergashgan holda toʻgʻri fikrlagan. Uning koʻzning anatomiyasi, koʻrish jarayonining qanday sodir boʻlishi va unda koʻz qorachigʻining roli, koʻz muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi N. I. Pirogovnk I. S. ning izdoshi deyishga asos beradi.
I. S. oʻtkir diagnost edi. Uning baʼzi tashhis usullari hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Perkussiya (aʼzoga urish orqali diagnoz qoʻyish)ni, xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish orqali) qoʻllagan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan soʻng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur oʻrganib, ulardan tashhisda foydalangan. I. S. turli kasalliklarning differensial diagnosti-kasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta eʼtibor beradi. Mas, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashhis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand modsasi boʻlishini 1775 y. da ingliz olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida birinchi boʻlib I. S. vabo bilan oʻlatni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash kerakligini taʼkidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit mo-xov, zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini toʻgʻri tasvirlab bergan. Quturish kasalligining koʻrinishlari, uning yuqumli harakteri, bemorning bu kasallikdagi holatlarini juda toʻgʻri aniqlagan. 1804 y. da yevro-palik olim Sinke quturgan hayvonlarning soʻlagi yuqumliligini tasdiq-lagan. Psixik va asab kasalliklarini tavsiflash va davolashga ham olim koʻp yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u atrof muhitning , iqlimning , parhez va jismoniy mash-qlarning taʼsiriga hamda bemor kay-fiyatini yaxshilashga qaratilgan tad-birlarga katta ahamiyat beradi.
Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qoʻllash (qon olish, banka qoʻyish, zu-luk solish, huqna va h. k.)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatlanish, yaʼni par-hezni muhim omillardan deb hisoblay-di va har bir kasallik uchun oʻz ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida koʻproq mayiz, an-jir, anor suvi isteʼmol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni hozirgi glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qad. koʻrinishidir. I. S. ning jarroqlik sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U oʻz tibbiy asarlarida zamonaviy jarrohlikda qoʻllanib kelayotgan ayrim usullarni bayon qiladi. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish, bavosir shishlarini tikish, tampon, oʻtkir modda yoki tikish bilan qon toʻxtatish, tomoqni kesib, nay qoʻyish (traxeotomiya) shular jumlasi-dandir. Yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha "Avitsenna usuli" deb ataladi. Umurtqaning qiyshayishini I. S. oʻzi ixtiro qilgan yogʻoch moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni 15-a. da fransuz tabibi Kalo qayta kashf etgan. Suyaklarni gipslash usuli ham I. S. tomonidan keng qoʻllangan, lekin u ham keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852 y. da amaliyotga yangi ixtiro sifatida qaytarilgan. Hozirgi koʻz jarroxligida qoʻllanayotgan usullarning qariyb barchasi I. S. ga maʼlum boʻlgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, qovuq toshlarini olish, istiskr, bavosirning operatsi-yalari, bosh suyagining operatsiyasi va boshqa I. S. qoʻllagan muolaja usullaridandir. Jarrohlikda anesteziya (ogʻriqni sezdirmaslik) masalasiga ham I. S. katta eʼtibor bergan. Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va sh. k. narkotik taʼsirga ega boʻlgan dorilardan foydalangan. Kasallikni davolashda I. S. shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni cha-qirish yoʻli bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Mas, u tutqanoqni davolashda toʻrt kunlik isitma bilan ogʻrishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857—1940) shunday usulni qoʻllab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927 y. da Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
I. S. dorishunoslik sohasidachu-qur tadqiqotlar olib borgan. U antik olimlarning farmatsiyasi asosida mu-sulmon Sharqida paydo boʻlgan yangi farmatsiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Tabobatda sano, kofur (kamfara), rovoch, tamrhindiy (hind hurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal oʻrnida koʻp dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham I. S. ning xizmatidir. Uning dorivor oʻsimliklarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir katorda I. S. birinchilardan boʻlib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. Kasallikning turiga qarab avval sodda, soʻng murak-kab tarkibli dori bilan davolagan. Eng muhimi, u oziq-ovqatlarning shifo-baxsh taʼsiriga katta ahamiyat berib, davolashni shunday mahsulotlardan (meva, sabzavot, sut, goʻsht va h. k.) boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi (issiq, sovuq, hoʻl, quruq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini taʼkidlaydi. I. S. farmatsiyasi juda puxta oʻylangan farmakologik tadqiqot usuliga asoslanganligi bois oʻrta asr Yevropa farmatsiyasidan ancha oʻzib ketdi va zamonaviy dorishunoslikka yaqinlashdi. Olim ishlatgan dorilarning bir qanchasi hozirgi farmakopeyalardan mustahkam oʻrin olgan.
I. S. ning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan, ularning orasida "Qonun" kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan turli hajmdagi "Urjuza fi-ttibb" ("Tibbiy ur-juza"), "alAdviyat alqalbiya" ("Yurak dorilari"), "Dafʼ almadorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya" ("Inson badaniga yetishgan barcha zararlarni yoʻqotish"), "Kitob al-qulanj" ("Qulanj haqidagi kitob"), "Maqola fi-nnabz" ("Tomir urishi haqida makr-la"), "Risola fi-l-boh" ("Shahvoniy quvvat haqida risola"), "Risola fi tadbiri al-musofirin" ("Safardagilarning tadbiri haqida risola"), "Risola fi xifz as-sihha" ("Sogʻliqni saqlash haqida risola"), "Risola fi-s-sikanjubin" ("Sikanjubin haqida risola"), "Risola fi-lfasd" ("Qon olish haqida r.isola"), "Risola fi-lhindabo" ("Sachratqi haqida risola") kabi risolalar ham bor.
I. S. oʻz davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy eʼtibor bilan karadi va bu soqada "Aqsom al-ulum alaqliya" ("Aqliy ilmlar tasnifi") nomli asar yozdi. Unda olim akliy il-mlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qis-mlarga boʻldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga boʻlinadi: 1) quyi dara-jadagi ilm, yaʼni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2) oʻrta darajadagi ilm — mat. (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch kiyem (axloq, iqtisod va siyosat) ga boʻlinib, birinchisida bitta shaxs, uning feʼl-atvori qanday boʻlishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xoʻjalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday boʻlishi va uchinchisida shahar yoki oʻlka miqyosida kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday boʻli-shi, davlatni idora qilish haqida ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Asarda 29 ilm tarmogʻi tilga olinadi, I. S. haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamo-aga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar oʻzaro yordam asosida yashashlari kerak deb taʼkidlaydi. Jamiyat kishilarning oʻzaro keli-shuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshkarilishi lozimligini aytadi. Jamiyat aʼzolarining hammasi bu konunga ito-at etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning oʻzi adolatsizlikka yoʻl qoʻysa, xalqning unga qarshi qoʻzgʻoloni toʻgʻri va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmogʻi kerak, deb hisoblaydi. Oʻzining axloq toʻgʻrisidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur axloqiy muno-sabatlarga, kamtarlik, izzathurmat, jasurlik, toʻgʻrilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida eʼtibor beradi.
I. S oʻzining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va Gʻarb madaniyatining rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, atTaftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulugʻbek, Bedil, Bahma-nyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari oʻz asarlarida I. S taʼlimoti va ilmiy gʻoyalarini davom ettirdilar. Yevropada allomaning asarlari 12-a. dan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, un-tlarda oʻqitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar I.S.ning ilgʻor fikrlaridan oʻz ijodlarida foydalandilar va uning nomini zoʻr hurmat bilan tilga oldilar.
I. S. ilmiy merosini oʻrganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi va natijada chet el hamda Oʻzbekistonda maxsus ilmiy yoʻnalish — sinoshunoslik vujudga keldi. "Tib qonunlari" ning lotincha tarjimasi toʻliq hodda 40 marta nashr etildi. Uning ayrim qismlari nemis, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilindi, olimning falsafiy va boshqa sohalarga oid asarlari ham jahonning bir necha tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi. Jahonning turli kutubxonalarida I. S asarlarining qoʻlyozmalari saklanadi, shujumladan, Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida ham alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qoʻlyozmasi mavjud. Yevropa olimlari Ye. Bishmann, Yu. Rus-ka Karra de Vo, X. Korbin, Kruz Xernandez, L. Garde, A. M. Guashon, X. Ley, P. Morividj, J. Saliba hamda arab, turk va eron olimlari M. U. Najotiy, A. N. Nodir, J. Sh. Qanavotiy, Said Nafisiy, Yahyo Maxdaviy, Umar Farrux, E. Ihsonoʻgʻlu, F. Rahmon, M. Muso, H. Gʻaraba, M. Shohvardiy va boshqa I. S ijodini oʻrganishga maʼlum hissa qoʻshdilar. Rossiyalik olimlardan Ye. E. Bertels, A. Ya. Borisov, I. S. Braginskiy, S. I. Grigoryan, B. A. Petrov, B. A. Rozenfeld, V. N. Ternovskiy, A. V. Sagadeyev, M. M. Rojanskaya, Tojikiston olimlaridan S. Ayniy, M. Dinor-shoyev, T. Mardonov, N. Rahmatullayev, A. Bahovuddinov, Yu. Nuraliyev bu yoʻnalishning rivojlanishiga xizmat qildilar. Oʻzbekistonda I. S. asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar S. Mirzayev, A. Murodov, A. Rasulov, U. I. Karimov, Yu. N. Zavadovskiy, A. A. Semyonov, M. A. Salye, P. G. Boʻlgakov, Sh. Shoislomov, E. Talabov, H. Hikmatullayevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. T. N. Qori-Niyoziy, I. M. Moʻminov, M. M. Xayrullayev, M. N. Boltayev, A. Axmedov, G. P. Matviyev-skaya, V. K. Jumayev, N. Majidov, O. F. Fayzullayev, M. B. Baratovning monografiya va maqolalarida I. S. ijodining turli qirralari tadqiq etilgan. Rus antropologi M. M. Gerasimov, bir necha tarixiy shaxslar qatori, I. S. ning ham kalla suyagi asosida haykalportretini yaratgan. Andijon tibbiyot in-ti xodimlari (Yu. O. Otabekov, Sh. H.Hamidullin, Ye. S. Sokolova) I. S.ning ilmiy asoslangan timsolini haykal-byustda tasvirladilar (1965). Oʻzbekistonlik rassom S. Marfin I. S. badiiy portretini ishlagan (1968). I. S. haqida "Oʻzbekfilm" studiyasi ijodkorlari (rej. E. Eshmuhamedov; O. Agishev, E. Eshmuhamedov ssenariysi) "Dahoning yoshligi" tarixiy-biografik badiiy filmini (1984) yaratdilar.
Oʻsimliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan mashhur shved botanigi Karl Linney (1707—78) doimo yashil boʻlib turuvchi bir tropik da-raxtni I. S. sharafiga Avitsennia deb atadi. Oʻzbekiston yerida topilgan (1956) yangi mineral I.S. nomi bilan Avitsennit deb ataladi. Buxoro sh. va Afshona qishlogʻida I.S.ga haykal oʻrnatildi, Belgiyaning Kortreyk sh. da ham I. S. ga qoʻyilgan (2000) haykal bor. Afshonada I. S. muzeyi ochildi. Oʻzbekiston va Tojikistondagi tibbiy oliy va oʻrta bilim yurtlariga, nash-riyotga (q. Ibn Sino nomidagi nashriyot), sanatoriy, shifoxona, kutubxona, mak-tab, koʻcha, jamoa xujaliklari, turar joy mavzelariga I. S. nomi berildi. Tojikistonda fan sohasida katta yutuklarni taqdirlash uchun I. S. nomidagi respublika davlat mukofoti taʼsis etilgan. Oʻzbekistonda I. S. xalqaro jamgʻarmasi tuzildi (1999 y.), "Ibn Sino" va "Sino" nomli xalqaro jur. lar nashr qilinadi.
Manbalar[tahrir]
- Donishname, Kniga znaniya, Dushanbe, 1957; Tib qrnunlari, 1—5 kitoblar [2nashri|, T., 1979—1983; Izbrannie filosofskiye proizvedeniya, M., 1980; Osori mun-taxab, 1—2 t., Dushanbe, 1980; Salomon va Ibsol, T., 1980; Traktat po gigiyene, T., 1982; Tibbiy risolalar, T., 1987; Tib qonunlari [3 jildli saylanma; tuzuvchilar: U. Karimov, H. Hikmatullayev×××××××××AAAAAAAAAAAAAAAA], T., 1992; Kanon vrachebnoy nauki, v 10 tomax. T., 1996; Urjuza yoki 1326 bayt tibbiy oʻgit, T., 1999.
Adabiyot[tahrir]
- Ibn Sino portreti, T., 1957; Dju-mayev V. K., Xirurgiya Abu Ali ibn Sini i yeyo istoricheskiye istoki, T., 1965; Ter-novskiy V. N., Ibn Sina (Avitsenna), M., 1969; Xayrullayev M., Uygʻonish davri va Sharqmutafakkiri, T., 1971; Irisov A., Abu Ali ibn Sino, T., 1980; Za-vadovskiy Yu. N., Abu Ali ibn Sina, Dushanbe, 1980; Boltayev M. N., Abu Ali ibn Sina velikiy mislitel, uchyoniyensiklopedist srednevekovogo Vostoka, T., 1980; Abu Ali ibn Sino tugʻilgan kunining 1000 yilligiga, toʻplam, T., 1980; Otabekov Yu. O., Hamidull in Sh.H.,Abu Ali ibn Sinoning ilmiy asoslangan haykal ob-razini yaratish, T., 1980; Sagadeyev A. V., Ibn Sina (Avitsenna), M., 1980; Nuraliyev Yu., Meditsina epoxi Avitsenni, Dushanbe, 1981; Abu Ali ibn Sina i yestestvennie nauki. Materiali yubileynoy nauchnoy sessii, posvyashennoy 1000-letiyu so dnya rojdeniya Abu Ali ibn Sini, T., 1981; Majidov N. M., Halimova X. M., Majidova Yo. N., Abu Ali ibn Sino nevrologiyasi
MIRZO ULUG’BEK
Mirzo Ulug'bek (1394 - 1449) |
Adabiyot - Qomusiy olimlar, sarkardalar | |
MIRZO ULUG’BEK
(1394 - 1449) Ulug‘bek o‘z atrofiga «o‘z davrining Aflotuni» deb nom oltan Qozizoda Rumiy (Ulug‘bek uni o‘ziga ustoz deb bilgan), «o‘z zamonasining Ptolomeyi» bo‘lgan Ali Qushchi, matemagik va astronomlar Mansur Koshiy, Birjandiy, Miram Chalabiy, G’iyosaddin Jamshid kabi olimlarni jamlagan. Samarqanddagi Obirahmat soyi yoqasida 3 qavatli, balandligi 50 metr bo‘lgan rasadxona qurdirib, unda 1018 ta yulduzning muvozanatini aniqlashgan. Ulug‘bek o‘g‘li Abdulatif roziligi bilan 1449 yshga yollangan qotil Abbos tomonidan o‘ldirilgan. Asarlari: «Ziji jadidi Ko‘ragoniy», «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulug‘bek», «To‘rt ulus tarixi». Мирзо Улугбек
Мирза (позже Султан) Мухаммед ибн Шахрух ибн Тимур Улугбек Гураган (перс. میرزا محمد طارق بن شاهرخ; 22 марта 1394,Сольтание — 27 октября 1449, Самарканд) — правитель тюркской державы Тимуридов, сын Шахруха, внук Тамерлана. Известен как выдающийся астроном и астролог.
Титул «Гураган» (перс. گوركانى, Gurkān) — иранизированный вариант монгольского күрүгэн или хүргэн, «зять», «ханский жених». Титул Гуркани первым принял Тамерлан породнившись с домом чингизидов. Представители династии Тимуридов традиционно вступали в брак с чингизидками и таким образом приобретали титул Гурагани.
Биография
Родился 22 марта 1394 года в городе Султании во время пятилетнего похода своего деда Тимура. Отцом его был младший сын Тимура Шахрух (1377—1447). Его матерью была Гаухаршад бегим, дочь представителя тюркской родоплеменной аристократии Гиясиддина Тархана. Настоящее имя Мирзо Улугбека было Мухаммад Тарагай. Так он был назван в честь отца Тимура. Но стал более известным под именем Улугбек (великий бек — в переводе с тюркского). Воспитателем Улугбека был поэт и учёный Ариф Азари.
В 1405 году Тимур умер, и после падения власти внука Тимура Халиль-Султана (1405—1409), младший сын Тимура Шахрухвступил в Самарканд. Его старший сын Улугбек в 1409 году был объявлен правителем Мавераннахра со столицей в Самарканде. В1411 году его правление становится суверенным.
Политическая и научная деятельность
По преданию, ещё в детстве Улугбек имел возможность посетить развалины знаменитой обсерватории Ат-Туси, Насир ад-Дина в Мараге. Это произвело на любознательного Улугбека сильное впечатление и определило его увлечение астрономией. В 1417—1420годах Улугбек построил в Самарканде медресе, которое стало первым строением в архитектурном ансамбле Регистан. В это медресе Улугбек пригласил большое количество астрономов и математиков исламского мира. Другие два медресе были построены в Гиждуване и Бухаре. На портале последнего сохранилась надпись (хадис пророка Мухаммада): «Стремление к знанию есть обязанность каждого мусульманина и мусульманки». Вообще, все многочисленные надписи на медресе призывают людей к занятиям науками.
При Улугбеке Самарканд стал одним из мировых центров науки средневековья. Здесь, в Самарканде первой половины XV века, вокруг Улугбека возникла целая научная школа, объединившая видных астрономов и математиков — Гиясиддина Джамшида Каши, Казизаде Руми, Али Кушчи. В Самарканде в то время жили историк Хафизи Абру, написавший замечательный труд по истории Средней Азии, знаменитый медик Мавлоно Нафис, поэты Сиражиддин Самарканди, Саккаки, Лутфи, Бадахши др.
Основным интересом Улугбека в науке была астрономия. В 1428 году было завершено строительство обсерватории Улугбека, главным инструментом которой был стенной квадрант с радиусом 40 метров и с рабочей частью от 20° до 80°, которому не было равных в мире. Сотрудниками Улугбека были такие выдающиеся астрономы, как Кази-заде ар-Руми, ал-Каши, Али Кушчи. В обсерватории Улугбека к 1437 годубыл составлен Гурганский зидж — каталог звёздного неба, в котором были описаны 1018 звёзд. Там же была определена длина звёздного года: 365d6h10m8s (с погрешностью +58s).
Главным научным трудом Улугбека по праву считаются «Зиджи джадиди Гурагани» или «Новые Гурагановы астрономические таблицы». Автор завершил это произведение в 1444 году после тридцати лет кропотливой работы и астрономических наблюдений. Астрономический справочник вскоре был переведен на латинский язык и наряду с «Альмагестом» Клавдия Птолемея и астрономическими таблицами кастильского короля Альфонса XV являлся пособием по астрономии во всех обсерваториях Европы.
Точность этих таблиц превосходила все достигнутое ранее на Востоке и в Европе. Лишь в XVII в. Тихо Браге удалось добиться сравнимой с самаркандскими наблюдениями точности, а затем и превзойти её. Неудивительно, что «Зидж Улугбека» постоянно привлекал к себе внимание астрономов, как на Востоке, так и в Европе.
Создание Самаркандской обсерватории стало возможным потому, что в лице Улугбека слились воедино важнейшие слагаемые успеха: талантливый ученый, ясно представлявший себе научную цель и пути её осуществления, и правитель могущественного государства, располагавший достаточными средствами. Важнейшим итогом Самаркандской школы считается каталог звезд. На Востоке такие каталоги назывались зиджами. Предшествовавшие звездные каталоги, по-видимому, были основаны на наблюдениях Гиппарха, приведенных к соответствующей эпохе. «Зидж Улугбека» во многом базировался на собственных наблюдениях.
Улугбек был большим меценатом науки и искусств. Кроме астрономии и географии он увлекался поэзией и историей. Автором исторического произведения «История четырёх улусов» (Тарих-и-улус-и-арба’а) был сам Улугбек.
С 1427 по 1447 год Улугбек практически не вел никаких серьёзных военных действий.
В 1428 году он провел важную денежную реформу в стране, оказавшую благоприятное воздействие на экономику государства.
У Улугбека было несколько сыновей и дочерей. Старшим сыном был Абд ал Латиф, а младшим Абдулазиз. Его дочь Робия Султан Бегим была позже выдана замуж за правителя кочевых узбеков Абу-л-хайрхана (1428—1468).
После смерти Шахруха в 1447 году в стране начались междоусобицы.
После поражения в Хорасанском походе в 1447 году между Улугбеком и его старшим сыном Абдуллатифом возник конфликт, перешедший в военные действия. Эта война закончилась поражением Улугбека. Вскоре после этого Улугбек был предательски убит.
Итоги научной деятельности
Его знаменитый ученик, самаркандский астроном ал-Кушчи, после смерти Улугбека в 1470-х годах прибыл в Стамбул где был назначен профессором медресе Айя София.
Обсерватория Улугбека постепенно разрушалась и в конце XVII века была разобрана на кирпичи.
Европейским астрономам звёздный каталог Улугбека стал известен после его публикации в 1648 году в Оксфорде — одном из старейших очагов науки и культуры Англии — где впервые была частично опубликована главная работа, выполненная в знаменитой самаркандской обсерватории Улугбека. Работу подготовил к печати и прокомментировал Джон Гривс (1602—1652), профессор астрономии Оксфордского университета. Позже фрагменты каталога издавались в Англии неоднократно.
Спустя 17 лет после первой оксфордской публикации, ученый хранитель Бодлеянской библиотеки в Оксфорде, английский востоковед и переводчик Томас Хайд (1636—1703) подготовил и напечатал на персидском и латинском языках новое издание самаркандского каталога под названием «Tabulae Long, ас Lat. Stellarum Fixarum, ex observatione Ulugh Beighi», Oxonii, 1665.
В «Каталоге звёздного неба», изданном Яном Гевелием, есть гравюра, изображающая символическое собрание величайших астрономов мира, живших в разные времена в различных странах. Они сидят за столом, расположившись по обе стороны от музы астрономии Урании. Среди них изображён и Улугбек.
Немецкий астроном и составитель карт Луны Иоганн Генрих фон Медлер в часть Улугбека назвал лунный кратер Улугбек (англ.)русск., нанесённый на его лунную карту 1830 года.
Наиболее подробный анализ звездного каталога Улугбека, основанный на изучении 8 рукописей, хранившихся в библиотеках Великобритании, был опубликован в США в 1917 годуЭ.Б.Ноблом под названием «Ulugh Beg’s Catalogue of Stars. Revised from all Persian Manuscripts Existing in Great Britain».
Стараниями В. Л. Вяткина в 1908 и 1914 годах было найдено местонахождение остатков обсерватории Улугбека и произведены их первые раскопки. Исследования обсерватории были успешно продолжены М. Е. Массоном в 1941 году, А.А.Пулявиным в 1943 году и В.А.Шишкиным в 1948 году.
Интересные факты
К настоящему времени сохранились некоторые личные вещи Улугбека, однако они разбросаны по разным музеям и частным коллекциям мира. Его личный сундучок сейчас хранится в Стамбульском музее Топкапы. Чашка Улугбека, сделанная из нефрита, находится в коллекцииБританского музея. Рубиновый камень, когда-то украшавший корону Улугбека, в составе частной коллекции арабского шейха ас-Сабаха.[4]
Последний день Улугбека
Улугбек был убит в октябре 1449 года. О смерти Улугбека историк Мирхонд передает подробный рассказ со слов провожавшего Улугбека хаджи Мухаммед-Хисрау.
Улугбек вместе с хаджи вечером выехал верхом из Самарканда; он был весел и разговаривал обо всём. Когда они проехали небольшое расстояние, их догнал какой-то чагатай из рода сулдузов и от имени хана велел им остановиться в соседней деревне, чтобы могли быть закончены приготовления к путешествию Улугбека. …Очень смущенный этим распоряжением, Улугбек был вынужден остановиться в соседней деревне и вошёл в один из домов. Было холодно. Улугбек велел развести огонь и сварить мясо. Искра от пламени, разведенного нукерами, упала на плащ Улугбека и сожгла часть его; Улугбек посмотрел на огонь и сказал по-тюркски: Сен хем бильдин («ты тоже узнал»). Мысли Улугбека приняли мрачное направление; хаджи тщетно старался его утешить…
Далее Мирхонд рассказывает, как в дом вошли двое, которые напали на Улугбека. Один из них, человек по имени Аббас, убил великого ученого.
|
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad
Tavalludi 4-sentabr, 973-yil
Kat, Xorazm, Somoniylar davlati
Vafoti 11-dekabr, 1048-yil
(75 yoshda)
Gʻazna, Gʻaznaniylar davlati
Istiqomat joylari Kat,
Ray,
Gurganj,
Gʻazna.
Vatani Xorazm
Sohasi Fizika,
Falsafa,
Antropologiya.
Akademik rahbarlari Abu Nasr Mansur ibn Iroq.
Mashhur ishlari „Geodeziya“,
„Hindiston“,
„Mineralogiya“,
„Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“.
Kat, Xorazm, Somoniylar davlati
(75 yoshda)
Gʻazna, Gʻaznaniylar davlati
Ray,
Gurganj,
Gʻazna.
Falsafa,
Antropologiya.
„Hindiston“,
„Mineralogiya“,
„Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“.
Biografiya[tahrir]
Turkistonlik ulugʻ alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. U oʻzining „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim. 995-yil Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganj (Urganch)ning amiri Maʼmun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Maʼmunning gʻazabidan qochib, Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim — matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda oʻzining „Al-Faxriy sekstanti“ risolasini yozadi. 997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn Maʼmun taxtga chiqqan edi. 998-yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha yashaydi. Oʻzining oʻn beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asari 1000-yil atrofida shu yerda yozilgan. 1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib al-Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga keladi. Gurganjda Beruniymatematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning baʼzi masalalari bilan shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma ogʻirliklardan foydalanish gʻoyasi ham mana shu yerda tugʻildi. 1017-yil yozida Mahmud Gʻaznaviyning buyrugʻiga koʻra Beruniy asir sifatida Gʻaznaga olib ketildi. U yerda ogʻir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shugʻullanish sharoitiga erishdi. 1022—1024-yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni oʻzi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shugʻullandi. U Panjobdagi Nandna qalʼasi yonida yer shari meridianini bir gradusining uzunligini oʻlchadi va u 110,895 km. ekanini aniqladi. Bu maʼlumot hozirgi zamon oʻlchashlari natijasi — 111,1 km bilan taqqoslansa, Beruniy oʻlchashlarining aniqligi qay darajada ekani koʻrinadi.
U Hindistonda boʻlajak asari „Hindiston tarixi“ uchun maʼlumot yigʻdi va uni 1030-yil yozib tugatdi. Oʻsha yili Mahmud vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Masʼud taxtga chiqdi. Masʼud Beruniyga koʻp iltifotlar koʻrsatdi. Shu sababli, Beruniy oʻzining shoh asarini Masʼudga bagʻishlab „Qonuni Masʼudiy“ deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid boʻlsa ham Beruniyning matematikaga oid, yaʼni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Masʼudiy“, „Geodeziya“, „Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp vaqtini turli kuzatishlar bilan oʻtkazgan. U bolaliastronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shugʻullangan va 995—996-yillarda Kat shahrida diametri 15 ziroʻ (Ziroʻ — qadimgi oʻlchov birligi, 49 santimetr chamasida) boʻlgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik oʻlchash ishlarini olib borgan. Beruniyning 152 asari maʼlum boʻlib, bizgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bagʻishlangan. U 50 yoshida qadimiysanskrit tilini oʻrgandi, bundan tashqari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi.
Beruniy jahon astronomiya va geografiya fani olimi[tahrir]
Beruniyning boy ilmiy merosi hali toʻla oʻrganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyningastronomik taʼlimotlari boʻyicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan.
Miloddan avval oʻtgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan avvalgi 250-yilda iskandariyalik olim Eratosfen Yer shar shaklida deb, uning oʻlchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Sienya (hozirgi Asvon) shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan oʻlchaydi, keyin bu qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga boʻladi va Yer radiusini 6840 kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 boʻladi yoki meridian yoyining uzunligi 70 121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian aylanasi uzunligining 1/50 qismi ekanligini hisoblagan. Yer meridian aylanasining uzunligi 39500 kilometrga yaqin boʻlsa kerak, degan fikrga kelgan. Eratosfendan soʻng Misr, Xitoy va yunon olimlaridan bir qanchasi Eratosfen oʻlchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. O‘rta asrlarda Yerning hajmini aniqlashda yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta boʻlgan. Muso Muhammad al-Xorazmiy bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,8 kilometrga tengligini isbotlab bergan.
.
Bagʻdodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi“ nomli oʻsha davrning fanlar akademiyasida O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargʻoniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu „Donishmandlik uyi“ning aʼzosi boʻlib, u yerda 7 yil ishlagan. Uning yozishicha, xalifa Maʼmun buyrugʻiga binoan „Donishmandlik uyi“ning olimlari ikki guruhga boʻlinib,Iroqning Mosul shahri gʻarbidagi Sanjar sahrosida gradus oʻlchash usuli asosida Yer kattaligini aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu ibn Iso as Asturlobiy ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Har qaysi guruh oʻzi oʻlchab topgan natijalar boʻyicha bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblagan. Birinchi guruhdagilarning hisoblashicha, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,815 kilometrga teng chiqqan, ikkinchi guruh topgan qiymat 1315 metr kam boʻlgan. Beruniy natijalar oʻrtasidagi bu tafovutning sababi ikki xil oʻlchashda, deydi va oʻzi bu natijalarni tekshirib koʻrishga qiziqib, gradus oʻlchash ishlarini olib bormoqchi boʻladi. Buning uchun u Dehiston dashtini (Kaspiy dengizining janubi-sharqiy qismi) tanlagan, lekin yordamchisi va yetarli mablagʻi yoʻqligi uchun bu ishni amalga oshira olmagan. Yer oʻlchamini gradus oʻlchovi usuli bilan aniqlash uchun maʼlum kenglikda tekis joy kerak boʻladi va bu yerda bir necha oʻn kilometr aniq oʻlchanishi lozim. Bu ish koʻp vaqt, katta mablagʻ va puxta tayyorgarlik talab qilardi. Bu haqda Beruniy: „Yer aylanasi uzunligini sahroni kezib yurmasdan quyidagicha aniqlash mumkin. Buning uchun dengiz sohilidagi yoki tekis joyda qad koʻtarib turgan baland toqqa koʻtarilib quyosh chiqishi yoki botishi oldidan quyosh gardishining yarmi ufq orasida boʻlgan vaqtda doirali armillyar asbob bilan uning pasayish burchagi oʻlchanadi“ deydi. Ufq pasayishini oʻlchash usulini chizma va formulalar yordamida tushuntiradi. Bunda, togʻ tepasida quyosh chiqishi yoki botishiga qarab koʻrish nurining togʻ tepasidan oʻtgan gorizontal chiziq bilan hosil qilgan burchak oʻlchanadi.
Abu Rayhon Beruniy Yerning kattaligini oʻlchashda yangi usul qoʻllab, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,16 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy Yerning radusini oʻsha davr uchun aniq oʻlchab bergan. U Yerning meridian aylanasining uzunligini 40183 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Sulton Mahmud G‘aznaviy Hindistonga qilgan safarining birida Beruniyni ham birga olib ketadi, yoʻlda sharqiy Pokistonning Moʻlton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga toʻgʻri keladi. U oʻzga yurtda boʻlishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda Moʻltondan 400 kilometr gʻarbdagi Nandna qoʻrgʻonida Yer kurrasi oʻlchamini aniqlashga kirishadi, avval shu joyning geografik kengligini oʻlchab 320001 ga teng ekanligini aniqlaydi. Soʻngra ufqning pasayish burchagini oʻlchaydi. Bu haqda olimning oʻzi quyidagicha yozadi: „Hindiston yeridagi Nandna qoʻrgʻonida istiqomat qilishimga toʻgʻri keldi. Qoʻrgʻonning gʻarb tomonida baland togʻ, janubiy tomonida esa keng sahroni koʻrdim va shu on (ufq pasayishini oʻlchash usulini) sinab koʻrishga kirishdim. Togʻ tepasidan turib yerning lojuvard rangdagi osmon bilan tutashganini yaqqol koʻrdim. Qarash chizigʻi vertikalga perpendikulyar boʻlgan chiziqdan 00 341 pasaydi. Perpendikulyar boʻlgan togʻ balandligini oʻlchadim, u shu yerda qoʻllanadigan oʻlchovda 652,055 choʻzim (gaz)ga teng keldi“.
Beruniy oʻlchab topgan qiymatlar boʻyicha oʻziga xos usul bilan Yer kurrasi radiusining uzunligi 12803337,036 gazga teng ekanligini hisoblab chiqardi. Agar bir gaz 0,4933 metr ekanligini eʼtiborga olsak, Yer kurrasi radiusi uzunligi, Beruniy hisobicha, 6315,886 kilometr boʻladi. Bu raqam hozirgi vaqt¬da olingan qiymatdan juda kam farq qiladi, yaʼni xatolik radius uzunligining 0,9 foizini tashkil etadi. Soʻngra Beruniy shu 320 001 kenglikdagi bir gradus meridian yoyning uzunligi 223550,329 gaz yoki 110,277 kilometr ekanini hisoblab chiqadi. Bu raqamni hozirgi davrda aniqlangan bir gradus yoyning qiymati 110,885 kilometr bilan taqqoslasak, bundan ming yil ilgari Beruniy bir gradus yoy uzunligini hisoblashda atigi 618 metr xato qilganligi maʼlum boʻladi. Yer aylanasining uzunligini aniqlash, Beruniy aytganidek, sahrolarni kezib 10 yoy uzunligini aniqlashga nisbatan aniq va qulay. Shu bois, u trigonometrik usullardan foydalanib, togʻ balandligini oʻlchashda avvalgi astronomlardan ham aniqroq natijaga erishgan. Yer aylanasining uzunligini topish haqida Beruniy bunday deydi: „Yer aylanasining uzunligini topish uchun hamma hollarda ham shu topilgan topilmani, yaʼni radiusni ikkilantirib 22 ga koʻpaytir, hosil boʻlgan koʻpaytmani 7 ga boʻl, shunda sen oʻlchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi kelib chiqadi“.
Beruniy aytgan amallarni bajarganda l=2pR ni aylana uzunligini hisoblash mumkin. Bunda 22/7=3,14… ni ifodalaydi. Shunday qilib, Beruniy shaxsan oʻzi bir qancha shaharlarning geografik kengliklarini hisobladi. Masalan, G‘aznaning kengligi 330 351, Kandaniki 330 551, Dumpurniki 340 201. Uning hisoblashiga koʻra, Buxoro shahrining kengligi 390 201 deb topilgan. Hozirgi kunda bu qiymat 390 461 dir. Demak, bu Beruniy hisobidan faqat 00 261ga farq qiladi. Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini oʻrganish, uni oʻquvchi va talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi. Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad Beruniy oʻrta asrlarning buyuk qomusiy olimlaridan edi. Uning buyukligi oʻsha davrning deyarli barcha fanlariga qoʻshgan betakror ilmiy merosida namoyon boʻladi. Beruniyning olimlilik salohiyatiga mashhur sharqshunos olim I.Yu.Krachkovskiy „uning qiziqqon ilm sohalaridan koʻra qiziqmagan sohalarini sanab oʻtish osondir“ deb baho bergan edi. Gʻarb tadqiqodchilaridan M.Meyerxoff esa „Beruniy musulmon fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri boʻlishi kerak“ degan fikrni bildiradi.
Baʼzi asarlarining yaratilish tarixi[tahrir]
Beruniy tibbiyotga bagʻishlangan „Saydana“ asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy vaziyatni oʻzgarishi natijasida Beruniy 998-yili Joʻrjon shahriga ketishga majbur boʻladi. U bu davrga qadar Kat va Ray shaharlarida oʻzining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi. Joʻrjonda kechgan yillar (998—1004-yillar) Beruniy uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolot davri boʻldi. Oʻzining birinchi astronomik tajribalarni 16 yoshda Kot shahrida boshlagan alloma, Joʻrjonda nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bilan shugʻullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi. Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ uning Joʻrjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar muallifning koʻp qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Umuman, Beruniy Joʻrjonda 10 dan ortiq asrlarini bitishga muyassar boʻldi. Xorazmning yangi xukmdori Abu Abbos Maʼmun ibn Maʼmun Beruniyni oʻz saroyida katta izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Maʼmun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat koʻrsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylanadi. Xorazmning Mahmud Gʻaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qoʻydi. U Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozi Abu Nasr ibn Iroq, Abul-Xayr Hammar va boshqalar bilan birga Gʻazna shahriga olib ketiladi. Maʼlumki, Xorazm ilmiy mazkazidagi olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahl Masihiylar Mahmud Gʻaznaviy zulmidan havotirlanib, Gʻaznaga emas, Joʻrjonga qarab yoʻl olgan edilar. Beruniyning 1017—1048 yillarda Gʻaznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli boʻlishiga qaramasdan, uning ilmiy faoliyati uchun mahsuldor davr boʻldi. U Mahmud Gʻaznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta eʼtibor berdi.
Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha „Geodeziya“ deb yuritiladigan „Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarni aniqlash“ nomli astronomiya va geografiyaga bagʻishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniyning „Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar“ asari ham 1029-yilda Gʻaznada yoziladi. Oradan bir yil oʻtgandan soʻng u oʻzining „Hindiston“ nomi bilan tanilgan „Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash“ kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qitʼasini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan. Bu shoh asarning vujudga kelishiga Mahmud Gʻaznavining Hindistonga yurishlari sabab boʻldi. Saroyning eng nufuzli astrologlaridan sanalgan Beruniy Mahmud Gʻaznaviy bilan Hindistonda bir muddat istiqomad qiladi va u erda sanskrit tilini mukammal egallashga muvoffaq boʻladi. U bu til yordamida hindlarning tarixi, urf-odati madaniyati va fani bilan yaqindan tanishadi va natijada yuqoridagi asarni taʼlif etadi. 1030-yili Mahmud Gʻaznaviy vafot etib taxtga uning oʻgʻli Masʼudning oʻtirishi Beruniyning ahvolini ancha yaxshilaydi. Olim oʻzining astronomiyaga oid eng yirik asarini mazkur hukumdorga bagʻishlab „Masʼud qonuni“ deb ataydi. oʻrta asrning mashhur olimlaridan Yoqut Al-Xamaviyning yozishiga koʻra, Sulton Masʼud bu asar uchun Beruniyga bir filga ortilgan katta miqdordagi kumush tangalar hadiya etadi. Yoqut Al-Xamaviyning fikricha „Masʼud qonuni“ kitobi matematika va astronomiya boʻyicha ungacha yozilgan barcha kitoblarning izini oʻchirib yuborgan.
Olim Sulton Masʼudning oʻgʻli Mavdudning hukumronlik yillarida (1041—1049) oʻzining „Mineralogiya“ va „Farmakognoziya“ deb atalgan ikki asarini yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror asarlardan boʻlib, jahon madaniyatiing noyob durdonalaridan hisoblanadi. Abu Rayxon Beruniy 1048 yili Gʻaznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qoʻsha oldi. Beruniyning betakror ijodi uning vatani Oʻzbekistonda alohida eʼtibor qozongan.
.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo
Shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda
Tavallud sanasi: 14-fevral, 1483-yil
Tavallud joyi: Andijon
Vafot sanasi: 26-dekabr, 1530-yil
(47 yoshda)
Vafot joyi: Agra
Shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda
(47 yoshda)
Zahiriddin Muhammad Bobur
Hayoti va ijodi[tahrir]
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilmfanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan "Bobur" ("Sher") laqabini oladi.
Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrortya ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, "Boburnoma" asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizliqdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494 yil iyun).
Movarounnahr 15-asr oxirida oʻzaro nizolashayetgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil boʻlib olgan koʻpdankoʻp viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) buysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, baʼzilari mustaqillik daʼvosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, togʻalariga qoʻshilib, uni jismonan yoʻqotish payiga tushadi. Oʻz amakisi va togʻasi boʻlmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2— 3 yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash, qoʻshinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom oʻrnatish kabi muhim choratadbirlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim boʻlgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Bu paytda, qisqa muddat ichida Samarqand taxtiga uchinchi hukmdor kelgan edi. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494 yil iyul) dan keyin taxtga oʻtirgan Sulton Mahmud Mirzo Samarqandda davlatni 5—6 oydan ortiq idora etmadi — qisqa muddatli kasallikdan soʻng 43 yoshida vafot etdi. Uning oʻrniga Buxoroda hokim boʻlgan oʻgʻli Boysungʻur oʻtiradi. 1495— 1496 yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497 yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va 7 oylik qamaldan soʻng Samarqandni egallaydi, Boysungʻur Qunduzga qochadi. Shahar qamal tufayli nihoyatda ogʻir kunlarni boshidan kechirmoqsa edi. Hatto ekkulik don ham topish mushkul edi. Bobur qoʻshinni taʼminlashda katta qiyinchiliklarga duch keldi. Navkarlaridan ayrimlari Andijon va Axsi tomon qochib ketadilar. Buning ustiga Andijonda qolgan ayrim beklar Boburdan yuz oʻgirib, uning ukasi Jahongir Mirzo tarafiga oʻtadilar. Andijondan koʻngli notinch boʻlgan va iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan, ayni zamonda ogʻir xastalikni boshidan kechirgan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan soʻng , uni tark etishga qaror kiladi. Ammo Xoʻjandga yetganda Andijon ham qoʻldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga oʻtganini eshitadi. Boburning Toshkent hokimi, togʻasi Mahmudxon koʻmagida Andijonni qayta egallashga urinishi natija bermaydi, Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qoʻshiniga salbiy taʼsir etib, koʻpchilik bek, navkarlar (700—800 kishi) Boburni tark etadi. Oʻziga sodiq kishilar (200—300) bilan qolgan Bobur maʼlum muddat Xoʻjandda turgach, Toshkentga — Mahmudxon huzuriga kelib, Andijonni qaytarib olish rejasini tuza boshlaydi. Maʼlum muddat oʻtgach, Bobur Xoʻjandga qaytadi, koʻp oʻtmay, Margʻilonni qoʻlga kiritadi hamda Andijonni egallash tadbirlarini koʻradi. Nihoyat, 2 yildan soʻng (1498 yil iyun) uni qayta qoʻlga kiritadi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzib, uning ixtiyorida "Xoʻjand suvining Axsi tarafi viloyatlarini..." qoldiradi, Andijon tarafi viloyatlarini oʻz tasarrufiga oladi.
Temuriylarning oʻzaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Movarounnahrni istilo qilishga kirishadi. U 1499 yil Jizzax va Samarqand orqali Qarshi va Shahrisabzgacha bosib boradi, katta oʻlja bilan Dashti Qipchoqqa qaytadi. Oradan koʻp oʻtmay,katta kuch bilan Movarounnahrga qaytgan Shayboniyxon Buxoro va Qorakoʻlni egallaydi (1499), Sulton Ali Mirzo kaltabinlik bilan Samarqandni Shayboniyxonga jangsiz topshiradi (1S00). Birok,, shahar aholisi va zodagonlarining maʼlum qismi temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Fargʻona hokimi Boburga maktub yoʻllab, Samarqandni ishgʻol qilishga daʼvat etganlar. Bobur 1500 yil kech kuzida oʻz qoʻshini (240 kishi) bilan Samarqandga yetib kelgach, aholi unga peshvoz chiqib, shahar darvozalarini ochib beradi. Shayboniyxonning shahar ximoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi. Qisqa vaqt ichida Samarqandning barcha tumanlari, Qarshi va Gʻuzor shaharlarida Bobur hokimligi eʼtirof etiladi. Ammo shaharda oziq-ovqat zaxiralari tugab, ocharchilik boshlangan edi. Bundan xabar topgan Shayboniyxon katta kuch toʻplab, yana Samarqandga yurish boshlaydi. 1501 yil aprelda Zarafshon boʻyidagi Saripul qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda Bobur qoʻshinlari yengiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamal qilinib, u toʻrt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi, Bobur 1501 yilning 2-yarmida noilojlikdan Samarqandni tark etib, Toshkentga, Mahmudxon huzuriga yoʻl oladi.
Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsada, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503 i. Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501—04 yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504 yil iyun) majbur buladi.
Bobur 200—300 navkari bilan Hisor togʻlari orqali Afgʻonistonga oʻtadi va u yerdagi ichki nizolardan foydalanib Gʻazni va Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qoʻshinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom oʻrnatadi. Kobulga, umuman Afgʻonistonga Bobur oʻz yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. "Bogʻi Shaxroro", "Bogʻi Jahonoro", "Oʻrtabogʻ", "Bogʻi vafo" va "Bogʻi Bobur" kabi oromgoxlar tashkil etdi. Shahar ichidagi Bolo Hisor qalʼasini oʻz qarorgohiga aylantirib, uni qayta taʼmirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qalʼada yashadi. Uning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu yerda tugʻiladi. 1506 yil bahorda vafot etgan Qutlugʻ Nigorxonim Mirzo Ulugʻbek shu yerda bunyod ettirgan "Bogʻi Navroʻziy"ga dafn etiladi.
Bobur Afgʻonistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizgʻin faoliyat koʻrsatdi, uning manfaatlari yoʻlida odilona va oqilona ish tutdi. Afgʻonistondagi amaliy faoliyatiga koʻra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshligʻi va muzaffar sarkarda sifatida katga obroʻ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayot eʼtiborli oʻringa koʻtarildi. Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora koʻrish masalasida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni ham maslahat yigʻiniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni koʻrsatuvchi dalildir. Bobur shu taklif boʻyicha Hirotga otlanadi. Husayn Boyqaroning toʻsatdan vafot etishiga (1506) qaramay, u Hirotga boradi va temuriy hukmdorlar bilan uchrashib muzokaralar oʻtkazadi. Temuriy hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon qoʻshinlariga toʻsiq qoʻyish rejalari amalga oshmaydi va tez orada birinketin magʻlubiyatga uchrab, saltanatni batamom qoʻldan chiqaradilar.
1507 yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo, bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi.
Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini kuzatib boradi, oʻz qoʻshinlarini doimo shay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning yirik markazlarini qoʻlga kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi. Ammo, Eron shohi Ismoil / Safaviy bilan qattiq toʻqnashuvda (1510) yengiladi, oʻzi ham Marvda halok boʻladi. Shoh Ismoil Xuroson va Movarounnahrga qoʻshin kiritib shayboniylarga ketmaket shikayet yetkaza boshlaydi. Bobur shoh Ismoil bilan harbiysiyosiy ittifoq tuzib, 1511 yil bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, okt. boshida esa Samarqandni yana qoʻlga kiritadi. Boburning shia mazhabidagi eroniylar raʼyi bilan ish tutishi aholida norozilik tugʻdiradi. 1512 yil 28 aprelda Koʻli malik jangiaa Ubaydulla Sulton boshliq shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512 yil kuzida Bobur shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan Balxda uchrashib, Amudaryodan kechib oʻtib, avval Huzar (Gʻuzor) qalʼasini oladi, soʻng Qarshiga yurish qiladi, shahar uzoq muddatli qamaldan soʻng taslim boʻladi, shahar himoyachilari qattiq jazolanadi (yana q. Harshi qamali.). 1512 yil 24 noyabr
da Gʻijduvon jangila Boburshayboniylardan yana yengilib, Kobulga qaytishga majbur boʻladi. Bobur Movarounnahrni egallash ilinjidan uzilkesil umidini uzadi va butun eʼtiborini Hindistonga qaratadi.
1519 yil bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5—6 yil davomida bir necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1526 yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning yuz ming kishilik qoʻshininy 12 minglik askari bilan tormor qiladi hamda Dehlini egallaydi (q. Panipat janglari.). Oradan koʻp oʻtmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shim. Hindistonning Bengaliyagacha boʻlgan qismini oʻziga boʻysundiradi. Agrani oʻziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi.
Bobur Hindistonda ham, xuddi Afgʻonistonda boʻlganidek, koʻplab ijtimoiyxayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, oʻzaro ichki nizo, qirgʻinlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi.
Boburning oʻz guvoxligiga koʻra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqgda boshlangan; "Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim", deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular oʻrtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toʻplana boshlashi ham shu yillarga toʻgʻri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur oʻrtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgʻin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va koʻp vaqti jangu jadallarda oʻtgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chogʻlarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanʼat va ijod ahlini oʻz atrofiga toʻplab, homiylik qilgan, ularni ragʻbatlantirgan.
Oʻtmish adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qoʻygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida boʻldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʻlmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugʻullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toʻxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.
Bobur 18—19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Uning "Topmadim" radifli gʻazali va "Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi" misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq.
Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dildildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi.
Bobur ijodida ishqmuhabbat, sevgisadoqat, visol va hijron mavzui ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi.
Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniqtarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo "Boburnoma"ning 1518—19 yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan.
Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan.
Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur "Mubayyin" asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid oʻsha davr ijtimoiyiqtisodiy hayoti boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida moʻljallangan "Mubayyin"da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati toʻgʻrisida ham sharʼiy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq sheʼriyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari "Boburnoma" ustidagi ijodiy ishini 1518—19 ylarda boshlagan (q. "Boburnoma").
Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, "Xatti Boburiy", shuningdek musiqa sanʼati va harb ishlariga maxsus bagʻishlangan qator risolalari ham boʻlgan. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. "Xagti Boburiy"da muallif arab alifbosini taxrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan.
1526 yil 21 dek.da Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Loʻdiyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qoʻshtiradi. Shuning asoratimi yoki koʻp yillik mashaqqatli va qoʻnimsiz hayot taʼsirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527 yil okt.da Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur oʻzi eʼtiqod qoʻygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan "Volidiya" asarini sheʼriy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon boʻlgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning oʻz eʼtiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sogʻayib ketgan. Bu yillarda u "Boburnoma" fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangiyangi gʻazalruboiylar yaratdi, oʻz iborasi bilan aytganda, "Hindistongʻa kelgali aytqon ashʼorni" tartibga solib, shuningdek, "Volidiya" tarjimasini, "Xatti Boburiy" bilan bitilgan namuna va qitʼalarni Movarounnahr va Afgʻonistonga, Xumoyun, Xoja Kalon, Hindol va boshqalarga yubordi. Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiyaxloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri boʻldi.
Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan "Bogʻi Bobur"ga qoʻyildi (q. Bobur maqbarasi).
Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadrqimmattopdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra 1993 yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida unt, teatr, kutubxona, milliy bogʻ ("Bogʻi Bobur") bor. Bobur milliy bogʻi majmuasitsa "Bobur va jahon madaniyati" muzeyi, shoirning ramziy qabrmaqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiyev) va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻldi.
Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgʻarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamgʻarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boʻylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar toʻplab, ularni ilmiy isteʼmolga kiritdi. Mazkur maʼlumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (3. Mashrabov, S. Shokarimov: "Asrlarni boʻylagan Bobur"; S. Jalilov: "Boburning Fargʻona davlati", "Bobur va Andijon"; Qamchibek Kenja: "Hind sorigʻa"; X. Sultonov: "Boburning tushlari", "Boburiynoma"; R. Shamsuddinov: "Boburiylar izidan", "Boburiylar sulolasi"; T. Nizom: "Uch soʻz"), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: "Bobur izidan", "Muqaddas qadamjolar"; T. Roʻziyev: "Bobur salomi", "Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya"; T. Hamidov: "Iftixor" va h.k.) yaratildi. Jamgʻarmaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), Oʻsh (Qirgʻiziston), Toshkent, Namangan (Oʻzbekiston) shaharlarida boʻlimlari mavjud. 1998 yil Jamgʻarmaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, Gʻaybulloh asSalom, Neʼmatilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afgʻoniston), Maʼmurjon Toʻxtasinov, Ravshan Mirtojiyev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzayevga berildi.
Nashr qilingan asarlari[tahrir]
- Bobur. Tanlangan asarlar. -T.: 1958;
- Bobur. Asarlar. Uch jildlik.-T.: Fan, 1965-66;
- Bobur. Boburnoma. -T.: 1960, 1989;
- Bobur. Muxtasar. Toshkent, 1971;
- Babur. Traktat ob aruze (rodg. I.Steblevoy). — M.:1972;
- Bobur. Devon. -T.: Fan. 1994; 6. Bobur. Mubayyin. — T.: 2001.
Adabiyotlar[tahrir]
- Boburnoma, T., 1989; Baburname (2izdaniye, dorabotannoye), T., 1993; Kitobssalot, T., 1993; Kitobzzakot, T., 1993; Kitoblhaj, T., 1993; Devon, T., 1994; Mahrami asror topmadim, T., 1995.
- Abdulahad Muhammadjonov, Abdurashid Abdugafurov, OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Azimjonova S, Zahiriddin Muhammad Bobur, Maqolalar toʻplami, T., 1995; Axmedov Bobur, Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. (Pismennie pamyatniki), T., 1985; Samoylovich A., Sobraniye stixotvoreniy imperatora Babura, Petrograd, 1917; Stebleva I. V., Semantika gazeley Babura, M., 1982; Yoqubov H., Zahiriddin Muhammad Bobur, T., 1949;Hasanxoja Nisoriy , Muzakkiri ahbob, T., 1993; Hasanov S, Boburning Aruz risolasi, T., 1981; Mashrabov 3., Shokarimov S, Asrlarni boʻylagan Bobur, T., 1997; Vohidov R., Biz bilgan va bilmagan Bobur, T., 2000.
Ilmiy adabiyotlar[tahrir]
- X.Yoqubov. Bobir. -T.:1941;
- V.Zohidov. Bobirning faoliyati va ilmiy-adabiy merosi haqida. Kitobda: Bobir. Bobirnoma. -T.:1960;
- Azimdjanova S. Indiyskiy divan Babura. T.: Fan, 1966.
- X.Nazarova."Boburnoma" tilining sintaktik qurilishi. Dokt. diss. — T.: 1980;
- Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. — M.: 1983.
- H.Qudratullaev. Boburning adabiy-estetik qarashlari. -T.: Fan, 1983;
- S.Hasanov. Boburning «Risolayi aruz» asari. -T.:1986;
- Xayriddin Sulton. Boburiynoma. -T.:1996;
- Gʻaybulloh as-Salom, N.Otajon. Jahongashta «Boburnoma». — T.:1996;
- U.Erskin. Hindistonda Bobur davlati (Ingliz tilidan Gʻ.Sotimov tar.). — T.: 1997:
- R.Sharma. Boburiylar saltanati (Ingliz tilidan Gʻ.Sotimov tar.).. -T.: 1999.
.
Комментариев нет:
Отправить комментарий