Dunyodagi eng katta kema suvga tushirilgan kun
Janubiy Koreyada dunyodagi eng katta kemaning korpusi suvga 2014 yil 27 aprelda tushirildi. Uning uzunligi 488 metrni tashkil etib, Nyu-Yorkdagi Empayr-Steyt binosining balandligidan ham oshadi. Kemaning suv sig'imi esa 600 ming tonnadan yuqori, bu eng yirik kemaning xuddi shu ko'rsatkichidan olti baravar ko'p. «Prelude» loyihasi «Shell” neft korporasiyasiga tegishli bo'lib, u tabiiy gaz konlariga ishlov berishda qatnashish uchun mo'ljallangan». “Prelude” platformasi 25 yil davomida Avstraliyaning shimoli-g'arbiy sohillarida ishlatiladi. Ushbu hududda siklonlar mavsumi apreldan noyabr oyigacha davom etadi, kema esa bu kengliklardagi ana shu ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. «Prelude» dengizda suzuvchi kema emas, chunki uning o'z dvigatel qurilmasi yo'q. Platforma foydalanish joyiga buksir yordamida yetkaziladi. “Shell” korporasiyasi ushbu platforma orqali Gonkongday keladigan shaharning energiya ehtiyojlarini qondiradigan hajmda tabiiy gaz zaxiralarini qazib chiqarilishini aytmoqda. Kema xo'jayinlari hozirning o'zidayoq undan ham kattaroq suzuvchi platformani qurish ishlari boshlanganini e'lon qildi.