Kompyuter grafikasi haqida
Reja:
1.Kirish :
1. Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi.
2. Asosiy qism :
1. Кompyuter grafikasi
turlari.
2. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
3. 2
va 3 o’lchovli grafika
3. Xulosa :
1. Кompyuter
grafikasida 2 va 3 o’lchovli grafikaning ahamiyati
Кompyuter grafikasi. 2 va 3 o’lchovli grafika
Кompyuter
grafikasi va animasiyasi tushunchasi.
Кompyuter
grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to’laqonli
grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va
kompyuter animasiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning
barcha ko’rinishlari o’z ichiga olsa kompyuter
animasiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.
Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik
ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir.
Кompyuter
animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”,
kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
Кompyuter
grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash
komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va
vositalarini o’rganadi.
Virtual
fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb
nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan
foydalaniladi.
Кompyuter
grafikasi turlari.
To’zilishiga
ko’ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo’lishi mumkin. Masalan
tasvir xosil qilishda skaner uni ko’pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo’lib
chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.
Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi
bo’lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori
vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo’yicha
(800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni
qanchalik ko’p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qoq’ozda chop etilgandagi sifati
(razreshenie) yuqori bo’ladi.
Vektorli grafikada tasvirlar matematik
egri chiziqlarni rangi va bo’yalish rangini ko’rsatish orqali xosil qilinadi.
Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo’q’i ikki formula – to’q’ri to’rtburchak
va ellipsning ranglari, o’lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari
orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli
rasmdan ko’ra kamroq joy egallaydi.
Vektorli
tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo’qotmagan xolda
kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik
formulalardagi mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish
orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib
rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va
vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o’zatishning
fotografik aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim.
Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish
maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda
(matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi
sifatida o’zatiladi.
Кompyuter
grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
Xozirgi ko’nga kelib kompyuter
grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin.
Кompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo’llanish
soxasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
·
poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter
grafikasi dasturlari;
·
ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
·
taqdimot ishlari uchun mo’’ljallangan dasturlar;
· ikki o’lchamli animasiya dasturlari;
· uch o’lchamli animasiya dasturlari;
· ikki o’lchamli animasiya dasturlari;
·
ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari;
· videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;
·
ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
Кompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va
dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish
dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida
turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta
qiziqish uyg’otadi.
Poligrafiya ishlari
va rasm chizish uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli
ko’rinishdagi illyustrasiyalar bilan to’ldirish, saxifalar dizaynini yaratish,
hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga
egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash
imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va
sho’nga o’xshash paketlar rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj qilish uchun
zarur bo’lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korreksiyalash,
fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan foydalanish
imkonini beradi. Paketning so’nggi versiyalari tasvirlarning ko’p qatlamli
to’zilmasini qo’llash vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash
imkoniyatlariga ham ega. Paket tarkibiga turli maskalar, ko’p sonli filtrlardan
tashqri rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo’’ljallangan vositalar
majmui kiritilgan.
Rastrli paketlardan
tashqri poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan vektorli kompyuter grafikasi
dasturlari ham mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun mo’ljallangan Adobe
Illustrator va Corel Draw dasturlari haqida aytib o’tish lozim. Illstrator
illyustrasiyalar yaratish, sahifalarning umumiy dizaynini ishlab chiqish hamda
tayyor tasvirni yuqori sifatda chop etishga mo’ljallangan. Paket ihtiyoriy
shakldagi simvollar va figuralarni yaratib, so’ng ularni masshtablash,
aylantirish(o’z uqi atrofida) va deformasiyalash imkoniyatlaridan tashqari matn
va ko’p varaqli xujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega.
Corel Draw vektorli
paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli
tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshqarish,
kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «qo’lda» chizish va tasvir
qatlamlari bilan ishlash, uch o’lchamli maxsus effektlarni qo’llash, matnni
qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari Windows muxitida
ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallangan
Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx
dasturlari ham keng tarqalgan. Barco Creator dasturi o’zining ishlash tezligi,
hamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Taqdimot
ishlari dasturlari.
Makintosh va
Windows muxitlarida ishlatiluvchi taqdimot dasturlar paketidan anchadan buyon
mavjud dasturlar guruxini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu guruxga Lotus firmasining
Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard Graphics, Microsoft
korporasiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab
chiquvchilari xar bir yangi versiyasi(rusumi)da ishlatiladigan vositalarni
ko’paytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar.
Makintosh va
Windows muxitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlari paketi multimedia
vositalarini yanada to’liq ishlatishga mo’’ljallangan. Bu dasturlar video a
tovushli fayllarni qulay o’zatish (improt qilish), diagrammalarda annimasiya
vositalaridan keng foydalanish imkonini beradi .
Yangi turdagi
taqdimot dasturlar katoriga Makromedia firmasining Action hamda Gold Disk
firmasining Astound dasturlar paketi (tuplami) kiradi.
Power Point dasturi
MS OFFICE dasturlar to’plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish oson, qulay.
Dasturda o’rgatuvchi o’quv dasturi, tayyor taqdimot namunalari, matn bilan
ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud .
Power Point
dasturida ichki multimedia vositalari bo’lmasada, bu vositalarni OLE-2(Object
Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to’ldirish
mumkin.
Astound dasturi(
paketi) yangi taqdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U ishlatilishi
soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar, harakatli tasvirlar va
multimedianing boshqa elementlaridan bir vaqtning o’zida baravar (sinxron)
ishlatishga imkon beradi.
Taqdimot dasturlari
ichidan OS/2 va Macintosh muxitida ishlovchi komponovka (ihchamlashtirish,
birlashtirish) va dizayn vositalariga ega Adobe Persuasion dasturini, Windows
muxitida ishlovchi kuchli rasm chizish vositalari qulay boshqaruvga ega Novell
Presentations dasturini, hamda slayd-ko’rgazmalar uchun Lifeboat Publishers
firmasining Demo-it dasturini, taqdimotlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun
mo’ljallangan Macromedia firmasining Director dasturlarini aloxida e’tiborga
olish kerak bo’ladi.
lmiy vizuallashtirish dasturlari
Ilmiy
vizuallashtirish dasturlari nafaqat maxalliy rejalashtirish masalalarini hal
qilishga, balki quyosh portlashlarini vizualashtirish masalalarini hal
qilishgacha mo’ljallangan.
ShК da ishlatiladigan ilmiy va muxandislik grafikasi
dasturlari ichidan Golden Software firmasining Surfer va Grapher, MapViewer
dasturlarini aloxida ko’rsatish mumkin. Bu dasturlar tekislik va grafiklar
hamda rangli kartalar(xaritalar) yaratish uchun mo’ljallangan. Ular DOS va
Windows muxitlarida ishlaydi. Rangli grafik va xaritalarni bu dasturlar
yordamida ixtiyoriy monitor yoki tashqi qurilmalarga chiqarish mumkin. Surfer
paketi z=f(x,y) ko’rinishdagi funksiyalar bilan aniqlanadigan ikki o’lchovli
berilganlarga ishlov berish va vizuallashtirishga mo’ljallangan. U tekislikning
raqamli modelini ko’radi, yordamchi amallarini bajaradi hamda natijalarni
vizuallashtiradi. Grapher dasturi y=f(x) ko’rinishdagi funksiyalarga ishlov
berish va grafiklarini yasashga mo’ljallanagan. Unda bir rasmdagi grafiklar
soni va grafiklardagi egri chiziqlar soni cheklanmagan. Xar bir egri chiziq
32000 tagacha nuqtadan iborat bo’lishi va bir grafikda xar hil o’lchovli,
masshtabli bir nechta koordinata o’qlari bo’lishi mumkin. MapViewer paketi
kartalarni kiritish taxrirlash-masshtablarni o’zgartirish, koordinatalarni
o’zgartirish hamda kartalar bilan bog’lik raqamli axborotga( masalan-
demografik ma’lumotlarga) ishlov berish va grafik ko’rinishda chiqarish
imkonini beradi.
Yuqorida
keltirilgan vizuallashtirish dasturlaridan tashqari umumiy holda ishlatiladigan
quyidagi vizuallashtirish dasturlari ham bor: IRIS Explorer, VIS-5D, PV- Wave,
Khronos, Data Visualizer, Data Explorer.
SGIdagi Earth Watch
dasturi yordamida Er ob–xavo sharoitining uch o’lchovli tasvirini
modellashtirish va ko’rsatish, kosmik suratlar asosida topologik tekisliklarini
ko’rish hamda ob-havo ma’lumotlarini bir xafta oldin berish mumkin.
Video va komponovka
bilan ishlash tizimlari.
Raqamli
videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o’lchovli va uch o’lchovli
grafikadan foydalangan holda ko’pqatlamli kompozisiyalarni yaratish,
murakkab(s’yomka) suratga olish jarayoni o’rnini egallashi, kompyuter grafikasi
yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish, suratga olingan
materiallarni kompyuter animasiyasi bilan qo’shish, natijalarni kino va
videotasmalarga chiqarish mumkin.
Windows va
Macintosh muxitlarida ishlovchi videotasvirlarni taxrirlash dasturi Adobe
Premier raqamlashtirilgan videoni, statik tasvirlarni va tovushli fayllarni
montaj qilish imkonini beradi. Paketning eng oxirgi versiyasi (rusumi) turli
usullar bilan bir nechta mustaqil videoroliklarga ishlov berish, ko’pgina
filtrlardan foydalanish, maxsus effekt va shriftlarni xosil qilish imkoniga
ega. Bu dasturning raqobatchilari sifatida ATI firmasining MediaMerge
dasturini, eng kuchli dasturlardan yuqoridagi Adobe firmasining CoSA After
Effects dasturini ko’rsatish mumkin. SGI muxitida ishlovchi Composer dastur
Alias/Waferfront firmasining maxsulotidir. Bu dastur maxsus effektlarni
yaratish, videoyozuv vositalari, kompleks saxnalarni xosil qilish uskunalaridan
foydalanish imkoniga ega .Shular yordamida yuqori sifatli video maxsulotlarni
yaratish, yozish, taxrirlash, mumkin. Bulardan tashqari alohida kadrlarni va
animsiyali kliplarni kompanovka qilish, aralashtirish (mikshirovat), ularga
maxsus effektlarni matnlarni qo’shish mumkin. Paket (dastur) nafaqat
videoyozuvning oxirgi natijasini, balki oraliq kadrlarni (natijalarni) quyi
imkoniyati kichik ekranlarda ko’zatish, ko’rish mumkin.
Composer dasturi
barcha kino va videoformatlarni hamda video bilan ishlovchi qurilmalarni
qo’llash imkonini beradi. Bu dasturlardan tashqari SGI muxitida videoga ishlov
beruvchi Chiron firmasining Liberty, Integrated Research firmasining Harmony,
Parallax firmasining Matador, Avid firmasining Media Suite Pro, Discreet Logic
kompaniyasining Flint paketi, Flame, Interno, XAOS firmasining Pandemonium
dasturlari mavjud.
Modellashtirish 2
o’lchovli va 3 o’lchovli (2D va 3D).
2 o’lchovli va 3
o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari
uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya,
poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.
Modellashtirish
dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli avtomatlashtirilgan
loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini olish mumkin.
Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning grafik
yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chiziq, yoy, matnlar
xosil qilish, taxrirlash, 2D va 3D
modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan ko’pgipa
muammolarning yechimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va makrokomandalar
yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya qilish
mumkin.
AutoCad paketi Auto
LISP ichki dasturlash tiliga ega bo’lib, uning yordamida foydalanuvchi yangi
buyruqlarni xosil qilishi va xatto yuqori darajadagi dasturlash tillaridan
foydalanishi mumkin.
IBM va Macintosh
muxitlarida uch o’lchovli modellashtirish uchun ko’pincha Alias/ Wavefront
firmasining splaynli modellashtirish dasturi Sketch! ishlatiladi. Bu dastur
yuqori sifatli vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa
maxsus modellashtirish vositalari to’plamiga ega bo’lib, tasvirning fotorealistik
sifatiga erishish imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi
va Auto.des.sys firmasining Form.Z dasturi uch o’lchovli ob’ektlarni
modellashtirish va deformasiyalash vositalariga ega.
IBM ga mos
kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D Designer dasturidan
foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar hosil qilish, yuzalarga
materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti)
vositalariga ega . Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida ishlatiluvchi
eng kuchli modellashtirish va dizayn dasturlari qatoriga Alias/ Wavefront
firmasining Designer, Studio va AutoStudio dasturlarini kiritish mumkin. Bu
dasturlar yordamida bir vaqtning o’zida 2D va 3D modellar bilan ishlash hamda
mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan mujassamlashish
masalasining yechimini topish mumkin.
Designer dasturi
splaynlar asosida yuqori darajada modellashtirishni qo’llash bilan birga
geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning yetarli vositalariga, animasiyaning
qulay uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega.
Designer
imkoniyatlarini to’ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin. Studio
dasturi modellashtirish imkonining yuqoriligi, yo’zalar va egri chiziqlar bilan
ishlash tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm chizishni
baxolashning qo’shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi.
AutoStudio esa Studio dasturiga avtomobil dizaynerlari uchun maxsus ishlab
chiqilgan, modellar va animasiyani taxrirlovchi maxsus vositalar qo’shilishi
natijasida vujudga kelgan. Shuningdek, bu dasturlar Silicon Graphics ning
ko’pprosessorli modellarida ishlatilishi uchun qo’shimcha vositalar va
imkoniyatlar bilan to’ldirilishi, kengaytirilishi mumkin. SGI muxitida
ishlovchi avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari ichida yana Engineering
Animation firmasining Vislab dasturini aytib o’tish mumkin. Bu dastur dizayn va
muxandislik masalalarining vizual yechimini yaratish(xosil qilish) imkonini
beradi.
Кompyuter grafikasida 2 va 3 o’lchovli grafikaning
ahamiyati
2 o’lchovli va 3
o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari
uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya,
poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.
2 o’lchovli va 3
o’lchovli grafikaning turli hil
kasblarda ishlatiladi va ulardan ko’plab kino yaratuvchilar keng
foydalanishadi.
Sinov
savollari:
1. Кompyuter grafikasi nima?
2. Кompyuter animasiyasi nima?
3. Rastrli grafikaning asosi nima?
4. Vektorli grafikada
tasvir yaratish prinsiplarini sanab o’ting.
5. Qanday dasturlar
rasm chizish uchun mo’ljallangan?
6. Qanday taqdimot dasturlarini bilasiz?
7. Ilmiy vizualizasiya
dasturlarining vazifasi nimadan iborat?
8. Eng ko’p tarqalgan
videotasvirlarni qayta ishlash tizimlarini sanab o’ting?
9. 2D va 3D
modellashtirish dasturlarining qo’llanish soxasi?
TEST SAVOLLARI:
1.
EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish,
chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish
a)
Kompyuter animasiyasi
b)
Kompyuter grafikasi
c)
Ofis Dasturlari
2.
Kompyuter
grafikasi necha xil bo’ladi?
a)
4
b)
2
c)
3
3.
Rastrli
tasvirning eng kichik elementi nima?
a)
Piksel
b)
Ob’ekt
c)
Logotip
4.
Adobe
Photoshop dasturi qanday grafika turiga asoslanib ishlaydi?
a)
Vektorli
b)
Rastrli
c)
Hech
qanday
5.
Grafik
muharrirlar berilgan qatorni toping?
a)
Word, Corel Draw, Excel
b)
Power Point, Adobe Photoshop, Paint
c)
Adobe Photoshop, Paint, Corel Draw
6.
AutoCad
dasturining boshqa grafik dasturlardan farqi nimada?
a)
Tasvir yaratadi
b)
Tayyor ob’ektni qayta ishlaydi
c)
2 yoki 3 o’lchovli modellashtiradi
7.
“
Sketch” 3 o’lchovli modellashtirish dasturi ko’pincha qaysi muhitlarda
ishlatiladi?
a)
Windows
b)
IBM va Macintosh
c)
Linux
8.
Taqdimot
dasturlari berilgan qatorni belgilang.
a)
Freelance
Graphics, Harvard Graphics, Power Point
b)
Corel
Draw, power Point, Paint
c)
Freelance
Graphics, Photoshop, AutoCad
9.
Paint qanday dastur?
a)
Taqdimot qiluvchi
b)
Modellashtiruvchi
c)
Rasm
chizuvchi
10.
Rastrli
tasvirlarda bu ifoda nimani bildiradi:
800x600 ?
a)
800
mm gorizontal bo’yicha, 600 mm vertikal bo’yicha
b)
Gorizontal
bo’yicha 800 va vertikal bo’yicha 600 piksel
c)
800
ni 600 ga ko’paytirish.
Tayanch atamalar
Piksel, Rastrli grafika, Vektorli grafika, IBM, Macintosh, Кompyuter
animasiyasi, Composer, 2D va 3D modellar
IRIS Explorer, VIS-5D, PV- Wave, Khronos, Data Visualizer, Data Explorer, Rastrli
paket.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. S.I. Raxmonqulova «IBM PC shaxsiy kompyutеrlarida
ishlash». T.: NMK «Sharq-instar» 1996
2.
Ливингестон
Б. “Eшё о Секретах
WINDOWS» 1995
A. Axmеdov, N. Toyloqov . «Informatika». T.
«O`zbеkiston». 2001 y.
3. Sattarov, B. Kurbonboеv «Informatika va hisoblash
tеxnikasi asoslari». T.:
«O`qituvchi» 1996
4. Asadulina R. Kuvasoy
«Informatika». 2000 y.
5. Polvonov F.Farg`ona. «Informatika». 2002 y
6.
Holmatov T. «Informatika» Toshkеnt. 2000 y.
zoirabjalov@gmail.com
ОтветитьУдалитьBu guvohlikni shu yerda baham ko'rishdan xursandman. Men T xonimning DR WALE unga nikohini saqlab qolishga qanday yordam bergani va xo'jayini uni ishdan bo'shatishni rejalashtirayotgan ish joyiga qaytishiga yordam bergani haqidagi guvohligiga duch keldim. Ammo u aytganidek, DR WALE yordamida uning uchun hamma narsa normal holatga qaytdi. Uning guvohligini o'qib chiqqach, men DR WALE bilan bog'landim, chunki men erim bilan jiddiy janjallashib qoldim. U bizning to'qqiz yillik nikohimizni tugatishni rejalashtirayotgan edi. Men DR WALEga nikohimda nima bo'layotganini aytganimdan so'ng, u menga nikohimda hammasi yaxshi bo'lishini aytdi va men unga ishondim. Shunday qilib, u menga afsun qildi va erim yana menga yaxshilik qila boshladi. Men xonimning guvohligiga duch kelganimdan xursandman, chunki bu menga o'z nikohimda tinchlik va xotirjamlikni topishga yordam berdi. Siz ham DR WALE bilan WhatsApp/Viber +2347054019402 YOKI drwalespellhome@gmail.com orqali bog'lanishingiz mumkin
ОтветитьУдалить