Annatotsiya
Ushbu ma`ruzalar matni
Respublikamizdagi pedagogika institutlarining o’zbek filologiya fakul’tetlari
bakalavr bosqichi uchun o’tiladigan «XX asr o’zbek adabiyoti tarixi» fanidan
tayyorlangan ma’ruza matnlaridan tashkil topgan. Ma’ruza matnlari mazkur fan
bo’yicha tuzilgan dastur asosida yaratilgan bo’lib, unda XX asr o’zbek
adabiyoti tarixi taraqqiyotiga hissa qo’shgan iste’dodli ijodkorlarimiz hayoti
va ijodi haqida ma’lumot beriladi. Ularning ijodi imkon qadar tahlil etilib,
ma’ruza matnlari bilan birga, unga tegishli badiiy va ilmiy adabiyotlar,
mavzuga oid tayanch tushuncha va topshiriqlar tavsiya etilgan.
Mazkur ma’ruza
matnlaridan Oliy va o’rta maxsus bilim
yurtlari o’qituvchilari va talabalari foydalanishi mumkin.
MUNDARIJA:
Gafur Gulom hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . .
. . . . . .3
Oybek hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . . 8
Abdulla Qahhor hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . .
. . . . . .13
Hamid Olimjon hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . .
. . . . 18
Mirtemir hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . 21
Zulfiya hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . . . . .
. . . . .. . 26
Said Ahmad hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . 31
Asqad Muxtor hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . .
. . . . . 36
Mirmuhsin hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . 42
Shukrullo hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . . 46
Odil Yoqubov hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . 49
Pirimqul Qodirov hayoti va ijodi . . . . . . . . . . .
. . . . 54
Erkin Vohidov hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . .
. . . . . 59
Abdulla Oripov hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . .
. . . . . 65
Shukur Xolmirzaev hayoti va ijodi. . . . . . . . . . .
. . . . .71
O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi . . . . . . . . . . .
. . . . . . 75
Omon Matjon hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . .
. . . . . .81
Rauf Parfi hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . 87
To²ay Murod hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . . 90
Muhammad Yusuf hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . . . . . .96
Mahmud Qoshg’ariy nomidagi Toshkent viloyat Davlat
pedagogika instituti Ilmiy Kengashining 2004 yil, 29 aprel, №9 sonli majlisi
bayonnomasi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQTA’LIMI VAZIRLIGI
MAHMUD QOShGARIY NOMIDAGI
TOShKENT VILOYaT DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
XX ASR O’ZBEK
ADABIYOTI TARIXI
(ma’ruzalar matni)
«ADABIYОT VA UNI O’QITISh METODIKASI»
KAFEDRASI
Tuzuvchi
: filologiya fanlari nomzodi I.Boltaeva
TOShKENT
– 2004.
MUNDARIJA:
Gafur Gulom hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . .
. . . . . .3
Oybek hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . . 8
Abdulla Qahhor hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . .
. . . . . .13
Hamid Olimjon hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . .
. . . . 18
Mirtemir hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . 21
Zulfiya hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . . . . .
. . . . .. . 26
Said Ahmad hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . 31
Asqad Muxtor hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . .
. . . . . 36
Mirmuhsin hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . 42
Shukrullo hayoti va ijodi. . . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . . 46
Odil Yoqubov hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . 49
Pirimqul Qodirov hayoti va ijodi . . . . . . . . . . .
. . . . 54
Erkin Vohidov hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . .
. . . . . 59
Abdulla Oripov hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . .
. . . . . 65
Shukur Xolmirzaev hayoti va ijodi. . . . . . . . . . .
. . . . .71
O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi . . . . . . . . . . .
. . . . . . 75
Omon Matjon hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . .
. . . . . .81
Rauf Parfi hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . 87
To²ay Murod hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . .
. . . . . . . 90
Muhammad Yusuf hayoti va ijodi . . . . . . . . . . . . . . . . .96
MAVZU: GAFUR GULOM HAYOTI VA IJODI
(1903-1966)
R
E J A:
1.Gafur
Gulom hayot yo’li haqida.
2.Gafur
Gulom va Sharq mumtoz adabiyoti.
3.Gafur
Gulom hikoya va qissalari.
4.Gafur
Gulom tarjimalari.
5.Gafur
Gulom-adabiyotshunos.
ADABIYoTLAR:
1.Gafur
Gulom . Asarlar. O’n ikki tomlik. T., «Fan», 1970-1978y.
2.H.Yoqubov.
Saylanma.Adabiy portretlar. Gafur Gulom. T.,
G.Gulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1984 yil.
3.S.Mamajonov.
Gafur Gulom prozasi. T., «Fan», 1966y.
4.Said
Ahmad. Nazm chorrahasida. T., 1982 y.
5.S.Mamajonov.
Uslub jilolari. T., Gafur Gulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972 y.
6.Gafur
Gulomning badiiy olami. T., «Fan», 1984 y.
7.Gafur
Gulom va davr. Gafur Gulomning yangi o’zbek adabiyoti
taraqqiyotidagi o’rni mavzusidagi ilmiy
konferentsiya
materiallari. Mirzo Ulu²bek nomidagi
O’zbekiston milliy
universiteti. T., 2003 y.
8.Z.Hamidov.
Gafur Gulom prozasi leksikasi. T., 2003 y.
9.Gafur
Gulom-buyuk adib. (Maqolalar to’plami. Urganch Davlat
universiteti). Urganch., 2003 y.
10.O’zbek
tili va adabiyoti . Toshkent., O’z.RFA. «Fan» nashriyoti, 2003 y, 2-son.
(Baxtiyor Nazarov, Ergash Ochilov, Suvon Meli, Rahmatilla Barakaev, Sherali
Turdiev, Otabek Jo’raboev va boshqalarning maqolalari) G. Gulom tavalludining
100 yilligi munosabati bilan.
11.Gafur
Gulom zamondoshlari xotirasida. T., 2003 yil.
12.Begali
Qosimov. Gafur Gulom mahorati. T., «Fan», 2003 yil.
13.
Naim Karimov. Gafur Gulom. T., 2003 yil.
Gafur Gulom o’zbek adabiyotining
iste’dodli ijodkori. U adabiyotimizni turli janrlar bilan boyitdi. She’riyatda,
publitsistika va fel’etonchilikda, hajviy hikoya va yumoristik qissachilikda,
hamda tarjimachilikda o’zining butun salohiyatini ko’rsatgan yirik
namoyondadir.
Gafur Gulom 1903 yil 10 maydi Toshkent
shahrining Qo’r²ontegi mahallasida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi
Gulom Mirza Orif o’²li va onasi Toshbibi Yusuf qizi o’qimishli, zehnli,
adabiyotni sevadigan, fors tilinig bilimdoni bo’lishgan. Otasi tatar, rus, ozarbayjon
tillarini ham yaxshi bilgan .
Gafur Gulom yoshligidan bilimga chanqoq
yigit bo’lgan. Navoiy, Sa’diy, Hofiz, Fuzuliy asarlarini sevib o’qigan.
Afsuski, 1912 yilda otasidan, 1918 yilda esa onasidan erta judo bo’ldi. Oilani
boqish tashvishi tufayli Oliy maktablarda o’qiy olmaydi. Sakkiz oylik
muallimlar tayyorlash kursinigina bitkazadi va mustaqil o’qish orqali
zamonasining il²or ziyolisi darajasiga ko’tariladi. Bir vaqtning o’zida ikkita
maktabga mudirlik qildi, shahar maorifida ishladi. Turli gazeta- jurnallarda
adabiy xodim, mudir, bosh muharrir o’rinbosari vazifalarida ishladi.
Gafur Gulomning ijodga kirib kelishida
Sharq she’riyati-Navoiy, Bobur, Mashrab, Muqimiy, Hofiz, Shayx Sa’diy,
Firdavsiy, Rudakiy, Umar Hayyom,Bedil kabilarning ijodlari juda katta ta’sir
ko’rsatdi. Keyinchalik bu ulu² allomalarning asarlarini Gafur Gulom o’zbek
tiliga tarjima qildi.
Gafur Gulomning ilk ijodining debochasi
1923 yilda matbuotda e’lon qilingan “Go’zallik nimada?” she’ridir.
Shoirning 1931 yilda “Dinamo”, 1932
yilda “Tirik qo’shiqlar” she’riy to’plamlari chop etildi. Nasriy asarlari-qis-
salari “Netay” 1930 yilda, “Tirilgan murda” 1934 yilda, “Shum bola” , “Yodgor”
qissalari yaratildi. Ballada janrida “Ikki vasiqa”, “To’y” asarlarini yozdi.
Gafur Gulom urush yillarida samarali ijod qildi. “Kuzatish”, “So²inish”,
“Qish”, “Xotin” “Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak” , “Suv va nur” she’rlari
ayni shu davrning mahsulidir.
Gafur Gulomning barchaga ma’lum va
mashhur “Sen etim emassan” she’ri 1941 yil 7 dekabrda kuchli ichki tu²yon bilan
yozilgan. Ushbu she’rni shoir qayta-qayta ishlov berib, tahrirlar kiritib,
shundan keyingina eng so’nggi poetik matnini yaratgan:
Etimlik nimadir-
Bizlardan so’ra.
O’ninchi yillarning
Sargardonligi;
Isitma aralash
Qo’rqinch tush kabi
Xayol ko’zgusidan
O’chmaydi sira. . .
Ma’lumki, ushbu she’r ikkinchi jahon urushi ayni dahshatli tus olgan bir
paytda, beomon, qonli qir²in olovi ostida qolgan belorus, ukrain va rus
tupro²ida ota-onasiz etim bo’lib qolgan mur²ak go’daklarning O’zbekiston
tupro²iga olib kelinishi davrida yozilgan. Davr, muhit, vaziyat
nuqtai-nazaridan bu she’r dard avjida qilingan rohatbaxsh malhamga o’xshaydi.
Uning markazida mehribon ota, faylasuf shoir, bebaho homiy, rahmdil inson va
ishonchli qo’riqchi obrazi- shoir “Men” i turadi. Shu bois uning mehrga
yo’²rilgan yupanchli so’zi, har bir nigohi va nafasi, dalda beruvchi
xatti-harakati o’ta samimiy jaranglaydi, ta’sirchan kechadi va titrab turgan
tilaklarga orom ba²ishlaydi :
Men etim o’tganman,
Oh u etimlik. . .
Voy bechora jonim,
Desam arziydi.
Boshimni silashga
Bir mehribon qo’l,
Bir o²iz shirin so’z
Nondek arzanda
Men odam edim-ku. . .
Inson farzandi. . .
Misralarda shoirning o’z boshidan kechirgan etimlik yillarining
dahshatli mashaqqatlari lirik chekinish orqali ochib berilgan. Shoir o’z
xotiralarini izchil kuchayib boruvchi poetik pafos bilan she’rxonga etkazishga,
uni o’zining dardli xotiralari bilan oshno etishga muvaffaq bo’lgan.
Gafur Gulom jo’shqin va
tinimsiz ilhom bilan ijod qiluvchi ijodkor bo’lsa ham, biroq u har bir asariga,
ularning har bir satri va har so’ziga o’ta mas’uliyat bilan qaragan. Shuning
uchun u hamma vaqt o’z she’rlarini qayta nazardan o’tkazgan va ularga tegishli
tuzatishlar kiritgan.
Gafur Gulomning hikoyanavisligi “Jo’ra bo’za”, “Yigit” (1931 ), “Kulgi
hikoyalar” (1932 ) to’plamlarida o’z aksini topdi. Adibning lirik-dramatik
yo’nalishda yaratgan “Mening o’²rigina bolam” (1965 y) , yumoristik shakldagi
“Hasan Kayfiy” hikoyalari alohida diqqatga sazovordir. Ularda adib ijodining
bosh tamoyili-insonparvarlik ruhi etakchilik qiladi.
Gafur Gulom umri davomida juda ko’p
she’rlar, hikoya, ocherk, doston va fel’etonlar yozdi. Sa’diyning «Guliston»
asarini, Rudakiy, Firdavsiy, Bedil she’rlarini, Navoiyning Foniy taxallusli forsiy
²azallarini o’zbekchaga o’girdi. Gafur Gulom she’riy va nasriy matn ustida
ishlash, uni o’zining ²oyaviy-estetik talablariga javob beradigan darajaga olib
kelish uchun uzoq vaqt mashaqqatli mehnat qilgan. Uning asarlaridagi maftunkor
joziba, sehrli mazmun, o’zgarmas poetik shakl ana shu talab va mashaqqatli
mehnatning samarasidir.
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Insonpavarlik-odamlarga
²amxo’r, odamlarni sevuvchi, gumanist.
Yodgor-biror
shaxs yoki voqea hodisani eslatib turuvchi narsa, nishona, esdalik.
Shum bola-yaramas
qiliqlar qiladigan, niyati buzuq, o’ta sho’x, to’polonchi bola.
TOPShIRIQLAR:
1.Gafur
Gulomning bolalik yillari haqida gapiring.
2.Gafur
Gulomning etim o’sganligi uning ijodiga qanday ta’sir
ko’rsatdi?
3.Gafur
Gulom ijodining bosh tamoyili nimadan iborat?
4.Gafur
Gulom she’riy to’plamlari.
5.Gafur
Gulom «Yodgor» povestida qanday muammoni talqin etgan?
6.
«Shum bola» qissasi haqida ma’lumot bering?
7.
Gafur Gulomning tarjima sohasidagi xizmatlari.
8.Adib
tavalludining 100 yilligiga ba²ishlab Respublikamiz
miqyosida qanday tadbirlar o’tkazildi?
MAVZU : OYBEK HAYoTI VA
IJODI
(1905-1968)
REJA:
1.Oybekning
hayot yo’li haqida.
2.Oybek
lirikasi.
3.Oybek
poemalari.
4.Oybek-iste’dodli
romannavis.
5.Oybek-yirik
adabiyotshunos olim va tarjimon.
ADABIYoTLAR:
1.Oybek.
Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik. T., «Fan»,
1990-1995yil.
2.Oybek.
«Bolalik xotiralarim».T., «Adabiyot va san’at»
nashriyoti.
3.H.Yoqubov.
Adibning mahorati . «Fan»,Toshkent., 1966yil.
4.B.Fayziev.
«Navoiy» romanida tarixiy voqealar va badiiy
to’qima. G.Gulom nomidagi nashriyot. T.,
1971 yil.
5.S.Mirvaliev.
O’zbek romani. «Fan», Toshkent, 1969yil.
6.O.Yoqubov,
U. Normatov. Oybek dahosi. «Yoshlik», 1985,1-son.
7.N.Karimov.
Shaffof tuy²ular shalolasi. «Yoshlik» jurnali,
1985, 1-soni,
8.M.Qo’shjonov.
Oybek mahorati. T., O’zadabiynashr, 1965yil.
9.N.Karimov.
Oybek. T.,G.Gulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1985 yil.
10.O.Sharafiddinov.
So’z san’atiga fidoiy sadoqat. «Iste’dod
jilolari» kitobida, G.Gulom nomidagi
Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1976 yil .
11.M.Sobirdinov.
Oybek she’riyatida tasviriylik. «Til va
adabiyot ta’limi», 2000 yil, 1-son.
XX asr o’zbek adabiyoti tarixi
rivojiga Oybek eng ko’p va rang-barang,
serqirra ijodi bilan sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Garchi u adabiyotga lirik
shoir sifatida kirib kelgan bo’lsa-da, so’ng nazm va nasrning barcha janrlarida
ajoyib asarlar yaratdi.
Muso Toshmuhammad o’²li Oybek 1905 yil
10-yanvarda Toshkentda to’quvchi oilasida tu²ildi. U dastlab eski maktabda
o’qidi, keyinchalik oliy tahsilni O’rta Osiyo universitetida boshlab,
Leningraddagi xalq xo’jaligi institutida davom ettirgan.
Oybekning ilk she’ri Navoiy nomidagi
ta’lim va tarbiya texnikumida o’qib yurgan kezlarida «Tong yulduzi» devoriy
gazetasida chiqqan va 1922 yili «Armu²on» to’plamida «Chol²u tovushi» nomi
bilan bosilgan. Shu paytda yaratgan she’rlarining birini «Nay kuylari» deb
atagan va uni Cho’lponga ba²ishlagan.
Oybekning qator she’riy to’plamlarining
yuzaga kelishi uni kitobxonlar o’rtasida tanitib qo’ydi. 1926 yilda «Tuy²ular»,
1929 yilda «Ko’ngil naylari», 1932 yilda «Mash’ala», 1933 yilda «Baxtigul va
So²indiq» nomli she’riy to’plamlari chop etildi.
Uning ijtimoiy mavzudagi she’rlari, sof
lirik she’rlari ham hozirgi kunda o’z qimmatini yo’qotmagan.
Oybekning 1934 yilda yozilgan
«O’zbekisiton» she’rida vatanimizning go’zal tashbehlar bilan bezalgan badiiy
tasvirini ko’ramiz:
Bir o’lkaki, tupro²ida oltin gullaydi,
Bir o’lkaki, qishlarida shivirlar bahor,
Bir o’lkaki, sal ko’rmasa quyosh
so²inar. . .
Shoirning ko’pgina she’rlarini o’qir
ekanmiz, bevosita Cho’lponning nozik
tuy²u va ruhiy kechinmalari shohidi bo’lasiz:
Qalbdan sevgi toshdi, firoq, ²am-alam.
. .
Yuramen, daydimen. . . Parcha cho’²
qalbda.
Muhabbat dardida Majnun mendan kam,
Go’zalim kelmadi, yonamen dardda . . .
Oybek
30 yillarning oxirlarida dastlabkilardan bo’lib tarixiy-biografik yo’nalishda
«Navoiy» (1939) poemasini yaratdi. Poemada Navoiy
davridagi
muhit, sharoit tasvirlanadi. Adib «O’ch» (1932), «Baxtigul va So²indiq» (1933),
«Dilbar-davr qizi» (1932), «Qizlar» (1937), «Davrim jarahoti»(1965) kabi
dostonlari bilan liro-epik janrdagi yuksak iste’dodini nomoyon qildi. U «Mahmud
Tarobiy» operasini librettosi, «Galvirchi» singari tugallanmay qolgan pe’salari
bilan dramaturgiyaga ham qo’l urdi.
1940 yilda «Qutlu² qon» romani nashr
etildi. Shu yili «Rim adabiyoti» majmuasini o’zbek tiliga tarjima qildi. Navoiy
va u yashagan davr hayotini chuqur o’rgangan adib ulu² shoir va mutafakkir
Alisher Navoiy hayotini aks ettirgan «Navoiy» (1942) romanini yaratdi.
Oybek umrining so’nggi yillari o²ir
xastaligiga qaramay, qator asarlar yaratdi. Yirik jamoat arbobi sifatida qiz²in
faoliyat olib bordi. U shoir, yozuvchi, publitsist va tarjimon sifatida
samarali mehnat qildi. Ijodni umrining mazmuni deb bilgan Oybek betob yillarida
«Quyosh qoraymas» (1943-1958), «Ulu² yo’l» (1967) romanlari, «Nur qidirib»
(1957), «Bolalik»(1965), «Bola Alisher»(1967) qissalari, ko’pgina she’r va
poemalar yaratdi.
Iste’dodli shoir Rauf Parfi Oybek
xotirasiga ba²ishlab she’r yozgan edi:
Biroq, hayhot, biroq bir quyun keldi,
Oydin buloq qayga berkindi.
Qaydadir sha’n va sobit chiroy,
Falaklarga qarayman endi,
Falaklarda kezib yurar oy.
«Oybek xotirasiga» nomli ushbu she’rning biror misrasida Rauf Parfi
Oybek nomini tilga olmaydi. O’quvchi shoirning Oybek taxallusi mazmunidan she’rni Oybek haqidaligiga tushunib etadi.
Oybek o’zining she’riy va nasriy
asarlari bilan XX asr o’zbek adabiyotini boyitdi.
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Tuy²ular-ruhiy
yoki jismoniy kechinmalar, his-tuy²ular majmui; his-tuy²u; his-hissiyot;
ko’tarinki ruh, ehtiros.
Tabiat
lirikasi-she’riyatda
tabiat manzaralari va yil faslllarining turli ko’rinishlarini qahramonning
ichki kechinmalari orqali aks ettirish.
TOPShIRIQLAR:
1.Oybek
lirikasining o’ziga xosligi nimada?
2.She’riy
to’plamlari qanday nomlangan va qaysi yillari chop
etilgan?
3.Oybek
taxallusini qanday izohlaysiz?
4.Adibning
tarixiy mavzularda ijod qilishining boisi nimada?
5.Oybekning
liro-epik asarlari haqida ma’lumot bering?
6.Roman
janridagi ilk asari qaysi?
7.
«Qutlu² qon» romanining bosh mavzusi va ²oyasi, obrazlari
haqida gapiring?
8.
«Navoiy» romanida qanday tarixiy va
to’qima obrazlar bor?
9.Oybek
o’zbek tanqidchiligi va adabiyotshunosligi taraqqiyotiga
qanday hissa qo’shdi?
MAVZU: ABDULLA QAHHOR HAYoTI
VA IJODI
(1907-1968)
REJA:
1.Abdulla
Qahhor tarjimai holi.
2.Abdulla
Qahhor-hikoyachilik maktabi.
3.Abdulla
Qahhor qissalari.
4.Abdulla
Qahhor romanlari.
5.Abdulla
Qahhor komediyalari.
6.Abdulla
Qahhor tarjimalari.
7.Abdulla
Qahhor ijodining o’zbek adabiyoti tarixida tutgan o’rni.
ADABIYoTLAR:
1.Abdulla
Qahhor. Asarlar. U jildlik. T., Gafur Gulom
nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1987-1988
yil.
2.M.Qo’shjonov
. U. Normatov. Mahorat sirlari. T., Gafur Gulom
nomidagi
Badiiy adabiyot nashriyoti, 1968 yil.
3.O.Sharafiddinov.
Abdulla Qahhor T., «Yosh gvardiya», 1988 yil.
4.Abdulla
Qahhor zamondoshlari xotirasida. T., Gafur Gulom
nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987 yil.
5.K.Qahhorova.
Chorak asr hamnafas. T.. «Yosh gvardiya», 1986 yil.
6.S.Sodiqov.
Abdulla Qahhor ijodi va adabiy tanqid. T.,
Universitet, 1996 yil.
7.S.Sodiqov.
So’z san’ati jozibasi. T., «O’zbekiston», 1996 yil.
8.
U.Normatov. Qahhorni anglash mashaqqati.
T., Universitet,
2000 yil.
9.U.Normatov.
Mutelikka qarshi isyon. (Abdulla Qahhor
tavalludining 95 yilligiga). «Til va
adabiyot ta’limi», 2002
yil, 4-son.
Abdulla Qahhor o’zbek adabiyotining
atoqli adiblaridan biri. U umri davomida ko’plab hikoyalar, qissalar, dramalar
va romanlar yozdi. Abdulla Qahhor asarlari ko’pgina chet tillariga tarjima
etildi. Adib o’zbek adabiyotining jahon miqyosidagi nufuzini oshishiga hissa
qo’shdi.
Abdulla Qahhor 1907 yilning 17
sentyabrida hozirgi Xo’jand viloyatining Asht tumanidagi qishloqlardan
birida tavallud topgan.
U yoshligidan o’tkir zehnli, sinchkov,
tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga e’tiborli inson bo’lib shakllandi.
Boshlan²ich ma’lumot olgach, Qo’qondagi pedtexnikumda o’qidi. Sharq mumtoz
adabiyoti, rus va boshqa xalqlar adabiyoti bilan tanishdi.
1923 yilda Abdulla Qahhorning «Mushtum»
jurnalida birinchi fel’etoni bosildi. Shundan keyin, tez-tez matbuotda uning
«Yalangoyoq», «Gulyor», «Mavlon kufur», «Nish», «Norin shilpiq» kabi
taxalluslar ostida hajviy she’rlari, fel’eton va hikoyalari bosilib chiqa
boshladi.
Abdulla Qahhorning birinchi kitobi 1932
yili «Qishloq hukm ostida» qissasidir. Bundan so’ng esa «Olam yasharadi»,
«Tangrining kulgusi» kabi hikoyalar kitoblari bosilib chiqdi.
Adib 1930 yili O’rta Osiyo Davlat
Universitetining pedagogika fakul’tetida
o’qiydi, keyin Til va adabiyot institutining aspiranturasiga kiradi.
1934 yili «Sarob» romanini yozib
tugatdi. Roman o’zbek adabiyotida katta shov-shuvga, bahs-munozaralarga sabab
bo’ldi. Asar tevaragidagi fikrlar romanning chop ettirilishini bir necha
yillarga kechiktirdi.
Biz, Abdulla Qahhorni ko’proq hikoya
janri ustasi sifatida yaxshi bilamiz. Uning hikoyalari hayotiy asoslarga egaligi uchun ham hozirgi kungacha o’z
ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Adibning o’tmish mavzusiga ba²ishlangan «Anor»,
«O’²ri», «Bemor», «Tomoshabo²», «Millatchilar», «Dahshat» hikoyalari,
«O’tmishdan ertaklar» qissasida oddiy xalqning o’tmishi , turmush tarzi, ichki ruhiy holati va kechinmalari o’z
ifodasini topgan.
Shu o’rinda yirik tadqiqotchi, prfessor
Umarali Normatovning Abdulla Qahhor hikoyalari haqidagi quyidagi fikrlarini
kiritib o’tish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz:
«Qahhor tabiati, iste’dodi yo’nalishi jihatidan hayotdagi, odamlar
qismatidagi fojeiylikni teran his etadigan adibdir. Uning eng etuk hikoyalari
ayni fojeiy holat, qismatlar ifodalangan asarlardir. Hikoyalaridagi personajlar
hayotidan olingan epizodlar, lavhalar garchi muayyan intiho, badiiy echim bilan
yakunlansa-da, bunday yakun galdagi fojialar, ko’rguliklarning debochasi
vazifasini o’taydi. «Bemor» dagi Sotiboldi xotinining o’limi uyqu aralash
ayasining dardiga davo tilagan qizaloq va xotini dardiga davo qidirib bor
budidan judo bo’lgan erning yangidan-yangi sarson-sargardonliklari ibtidosidir.
«Anor»dagi Turobjonning oxirida jinoyatga qo’l urishi bu oila boshiga tushajak
galdagi chigal savdolarning boshlanishidir. «O’²ri»dagi jabrdiyda cholning
najot izlab mansab-martabaning turli zinapoyalarida turgan yul²ichlarga duch
kelib, shilinib, oxirida «najot» topishi-Egamberdi paxtafurushning himmatiga
sazovor bo’lishi, bu himmat esa kelgusida yuz berajak avvalgilardan-da o²irroq
talonchilikning o’zginasidir. «Dahshat» hikoyasida Unsinning «tiriklar
go’ristoni» bo’lgan Olimbek dodxo xonadonidan qutulish yo’lidagi mislsiz
jasorati qahramonning halokati bilan tugaydi, biroq qahramon o’limi dodxo
xonadonini izdan chiqaradi, talotumlarga griftor etadi. «Asrorbobo»dagi chol
bilan kampirning jangda halok bo’lgan o’²li haqidagi sovuq xabarni
bir-birlarini ayab sir tutishlari, cheksiz dard –alam, qalb iztiroblarini ichga
yutishlari-bir umr davom etadigan fojianing alomat ko’rinishi-badiiy
ixtirosidir. . .
Xullas, odamlar turmushidan olingan epizodlarda, lavhalarda ular
hayotiga, qismatiga daxldor fojeiy mohiyatni ko’rish, teran his etish,
personajlar xarakteri va qismatini ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin
badiiy detallar vositasida gavdalantirish Qahhor hikoyanavislik san’atining eng
muhim jihatlaridir».
Abdulla Qahhorning «To’yda aza» nomli
hajviy hikoyasi ham bor.
Urushdan
keyingi yillarda «Ko’k konvert», «Qizil
konvert», «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar», «Asror bobo», «Beshik», «Mahalla».
«Nurli cho’qqilar» kabi hikoyalari chop etildi.
Shu
yillari uning «Qo’shchinor chiroqlari» romani e’lon qilinadi. Roman hozirgi kun
talablariga to’la javob beraolmasa-da, o’z davri masalalarining badiiy ifodasi
sifatida ma’lum ahamiyatga egadir.
Adib «Sinchalak», «O’tmishdan
ertaklar», «Mahalla» singari qissalarida ham xarakter yaratishda o’z mahorati
qirralarini yana bir karra namoyon qildi. Qissalarida realistik uslub
etakchilik qilgan bo’lib, hayotimizdagi ayrim kamchiliklar ochib beriladi.
Abdulla Qahhor drama janrida ham badiiy
yuksak asarlar yaratdi. 1949 yili «Yangi er yoxud Shohi so’zana», 1954 yili
«O²riq tishlar», 1962 yili «Tobutdan tovush», 1967 yili «Ayajonlarim»
komediyalarini yozib tugallagan. Komediyalar o’sha vaqtning o’zidayoq
sahnalashtirilib, tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’lgan.
Abdulla Qahhor badiiy tarjimachilik
sohasida ham samarali qalam tebratdi. Jumladan, M.Gor’kiyning «Mening
universitetlarim», F.Gladkovning «Olovli ot», A.Serafimovichning «Temir oqim».
M.Shaginyanning «Gidrotsentral»,
I.Lening «To²lar orasida» hamda Gogol’ va Chexovning qator asarlarini
o’zbek tiliga tarjima qildi.
Umuman olganda, Abdulla Qahhor
shaxsiyati butun, bir so’zli, haqiqiy inson bo’lgan. Ijodkor sifatida XX asr
o’zbek adabiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatib, o’zidan ulkan badiiy meros qoldirdi.
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Shohi so’zana-shoyiga
gul tikib tayyorlangan, devorga osiladigan bezak buyumi; gul ko’rpa.
Sinchalak-oyoq
va bellari ingichka qush, shevada-chittak.
O’²ri-o’²irlovchi,
o’²rilik bilan kun kechiruvchi shaxs.
TOPShIRIQLAR:
1.
Abdulla Qahhorning bolalik va o’smirlik yillari qaerda
o’tgan?
2.
Adibning ilk hikoyasi qaysi va unda xarakter yaratish
mahorati qanday namoyon bo’lgan?
3.
Abdulla Qahhor hikoyachilik maktabi haqida gapiring?
4.
«O’²ri», «Bemor» hikoyalarida hayotdagi qanday
muammolar qalamga olingan?
5.
Abdulla Qahhorning dramaturg sifatidagi faoliyati.
6.
«Sarob» romanida shaxs fojiasi qanday ochib berilgan?
7.
Abdulla Qahhorning tarjima sohasidagi xizmatlari
nimada?
MAVZU: HAMID OLIMJON HAYoTI
VA IJODI
(1909-1944)
REJA:
1.Hamid
Olimjonning hayot va ijod yo’li.
2.Hamid
Olimjon lirikasining ²oyaviy-badiiy xususiyatlari.
3.Xalq
o²zaki ijodi va Hamid Olimjon.
4.Hamid
Olimjon dramalari.
5.Hamid
Olimjon ijodining ahamiyati.
ADABIYoTLAR:
1.Hamid
Olimjon. Mukammal asarlar to’plami.10 tomlik, T.,
«Fan», 1975-1984 yil.
2.N.Karimov.
Hamid Olimjonning poetik mahorati. T., «Fan»,
1964 yil..
3.
S.Mamajonov. Shoir dunyosi. T., Gafur Gulom nomidagi
nashriyot, 1972 yil.
4.N.Karimov.
Hamid Olimjon. T., «Yosh gvardiya»,1990 yil.
5.S.Azimov.
Hamid Olimjon abadiyati. Gafur Gulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, T., 1967 yil.
6.H.Yoqubov.
Hamid Olimjon. Manba: «O’zbek Sovet adabiyoti
tarixi,» P tom, «Fan», T., 1971.
7.Nafosat
chashmasi (Hamid Olimjon haqida maqolalar). «Fan»,
Toshkent.,1970 yil
8.Sen
elimning yuragida yashaysan. To’plam. Gafur Gulom nomidagi
nashriyot, T., 1973 yil
Hamid Olimjon qisqa umr ko’rgan
bo’lsa-da, sermazmun asarlari bilan o’ziga abadiy haykal yaratib qoldirdi.
U 1909
yil 12 dekabrda Jizzaxda tu²ildi. Otasining ismi Olim buva, onasining ismi
Komila aya bo’lib, to’rt yoshga etar-etmas otadan etim qolib, Azimbobo qo’lida
tarbiyalangan.
Azimbobo va Komila aya Abdulhamidning
yoshligidan ijodga havasini uy²onishiga ta’sir ko’rsatishgan.
Hamid Olimjon maktabni tugatib,
Samarqanddagi Pedakademiyada tahsil oldi. Uning ilk she’rlar to’plami «Ko’klam»
nomi bilan 1929 yili bosilib chiqqan.
Hamid Olimjon lirik she’rlarida
umuminsoniy ²oya va tuy²ularni kuyladi. «Baxtlar vodiysi» balladasi, «O’rik
gullaganda» she’rlarida ham insonning go’zalligi qalbidagi tuy²ulari, uning
tabiatidagi fazilatlar bilan belgilanishi, hamda tabiatning go’zal tasviri
yuksak badiiy mahorat bilan chizib beriladi. Tabiat tasviri bilan lirik
qahramonning baxt-saodati uy²unlikda sevgi tuy²ularini yanada
ravshanlashtirgan.
Hamid Olimjon urush yillarida ham
samarali ijod qildi. «Sevgi», «Sen tu²ilgan kun», «Sharqdan Garbga ketayotgan
do’stga», «Qamal qilingan shahar tepasidagi oy» singari she’rlarida urush
davri voqealarini badiiy aks
ettirdi.Urush yillarida yozilgan eng yaxshi balladalaridan biri «Roksananing
ko’z yoshlari» dir.
Hamid Olimjon xalq ertaklari asosida 1937 yili «Oygul bilan Baxtiyor»,
1939 yili «Semur² yoki Parizod va Bunyod» dostonini yaratdi.
1935 yili «Zaynab» ocherkini, u asosda «Zaynab va Omon» dostonini
kitobxonlarga taqdim etdi.
Hamid Olimjon serqirra ijod sohibidir.
Buni adibning dramaturgiyadagi muvaffaqiyatlari yana bir karra isbotlaydi. 1942
yili «Muqanna» dramasini yozib tugatdi. Dramada bundan 12 asr muqaddam butun Movaraunnahrni larzaga
keltirgan Muqanna boshliq harakatning yoritib berilishi, ayniqsa, urush
yillarida vatan ozodligi, himoyasi yo’lida katta ahamiyat kasb etdi. «Muqanna»
dramasidan keyin Hamid Olimjon yana bir drama yozishga kirishdi. Bu «Jinoyat»
dramasi bo’lib, asar 1944 yilda to’la nihoyasiga etkazilgan. Dramaga adib ruhiy
jihatdan juda katta ta’sir qilgan hayotiy bir voqeani asos qilib olgan.
Hamid Olimjon tarjima sohasida ham
faoliyat ko’rsatib, Pushkinning «Kavkaz asirasi» dostoni, «Suv parisi»
dramasini, bir qator she’rlarini o’zbek tiliga o’girdi.
Hamid Olimjon shoir, dramaturg,
publitsist, tarjimon, adabiyotshunos va ulkan jamoat arbobi sifatida o’zbek
adabiyoti taraqqiyotiga hissa qo’shgan iste’dodli ijod sohibidir.
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Ko’klam-yilning
qish bilan yoz orali²idagi fasli; bahor
Baxt-hayotdan to’la mamnunlik va bearmonlik holati. Omad,
tole; iqbol.
Shodlik-biror narsadan mamnun bo’lish, xursandlik; sevinch,
quvonch.
Muqanna-asl ismi Hoshim ibn Hakim bo’lib, Muqanna,
ya’ni«niqobli kishi» uning laqabidir. Movaraunnahrni arablar
istilosidan
ozod qilish uchun kurashgan shaxs.
TOPShIRIQLAR:
1.Hamid Olimjonning bolalik va o’smirlik yillari
haqida
ma’lumot
bering?
2.Hamid Olimjonning ilk she’riy to’plamining nomi va u
qachon
bosilib chiqqan?
3.She’riy to’plamlari haqida gapiring?
4.Hamid Olimjon ijodiga xalq o²zaki ijodi qanday ta’sir
ko’rsatgan?
5.Doston janridagi asarlari qaysilar?
6. «Muqanna» dramasining yaratilish tarixi va ²oyasi
haqida
nimalarni
bilasiz?
7. «Jinoyat» dramasining yozilishiga turtki bo’lgan
hayotiy
voqea nima?
MAVZU: MIRTEMIRNING HAYoTI VA IJODI
(1910-1978)
R E J A :
1.Mirtemirning
hayoti va ijodi haqida ma’lumot.
2.Mirtemir
she’riyatininng o’ziga xos xususiyatlari.
3.Mirtemirning
tarjimonlik faoliyati.
4.«Qoraqalpoq
daftari»da xalq hayotining real tasviri.
5.«Sur’at»
lirik qissasi va «Yodgorlik» asarlari haqida
ma’lumot.
ADABIYoTLAR:
1.Mirtemir.Asarlar.4-jildlik,T.,G.Gulom nomidagi
Adabiyot va
san’at
nashriyoti,1980-1983.
2.Mirtemir tingla hayot.Sochmalar,esdaliklar,to’y
xatlar,sadolar.
T.,1974yil
3.T.Xalilov.Mirtemir mahorati.G.Gulom nomidagi
Adabiyot va
san’at
nashriyoti,T.,1980 yil.
4.I.Gofurov.Ona yurt kuychisi.T.,1970 yil.
5.N.Karimov. «Bitta o’zim bilaman», «Sharq yulduzi»
1991,5-son.
6.M.Shukurov.Bu olam sahnida.T.,1982 yil
7.O.Sharafiddinov.Mirtemir. «Birinchi mo’’jiza»
kitobida.T.,G.Gulom nomidagi.Adabiyot va san’at nashriyoti,
1979 yil.
8.Nosir Fozilov.Yaxshilar yodi.O’zbekiston adabiyoti
va
san’ati,2001
yil, 11 may.
9.R.Sodiqova.Tarixiy shaxsning badiiy talqini.Til va
adabiyot
ta’limi.2002,1-son.
O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir XX
asr o’zbek she’riyatini o’zining lirik she’rlari va badiiy yuksak dostonlari bilan
boyitdi.Uning asarlarida xalq hayotining nafasi urib turadi, inson qalbi eng
teran puchmoqlargacha aniq ko’rinadi,ona yurtning turfa xil ranglari
jilolanadi.O’zbek munaqqidlari Mirtemirni «o’zbek she’riyatining bobodehqoni»
deb atashardi.Darhaqiqat,shoir mumtoz adabiyot an’analaridan ibrat olib,xalq
o²zaki ijodidan unumli foydalanib,o’zbek adabiyotini boyitdi.
Mirtemir
Tursunov 1910 yili hozirgi Chimkent viloyatiga qarashli Iqon qishlo²ida
tu²ilgan
U
dastlab shu qishloqdagi eski maktabda,keyinchalik esa 1921 yildan Toshkentdagi
«Alpomish» nomidagi maktabda o’qidi.
Mirtemirning ijodi maktabda o’qib
yurgan kezlaridan boshlandi.Birinchi she’ri «Tanburim tovushi»1926 yilda«Er
yuzi» jurnalining 15-sonida bosilgan.
Mirtemir
1929 yili Yangi shahardagi O’zbek erlar bilim yurtini bitirib, Samarqand Davlat
dorilfununida o’qiydi.
Ko’p
o’tmay Mirtemir shoir sifatida taniladi.1928 yili uning birinchi she’rlar
to’plami «Shu’lalar qo’ynida» nomi bilan nashr etiladi.To’plamga kirgan
she’rlar haqida munaqqidlar o’sha kezdayoq iliq fikrlar bildirishgan.
Keyinchalik
uning «Zafar»(1929), «Qaynashlar»(1932), «Tong» (1932), «Ochlar
o’lkasida»(1936), «Poytaxt» (1936), «O’ch»(1943), «Tanlangan she’rlar» (1947),
«Tanlangan asarlar» (1958), «She’rlar»(1961,1964) «Yangi she’rlar»(1967), «Qush
tili» (1970), «Tingla hayot» (1974) «Kipriklarim» (1976), «Izlayman» (1976)
«Yodgorlik»(1978) kabi to’plamlari o’quvchilar hukmiga havola etildi.
Mirtemir
ijodiy kamoloti «O’ylar», «Qiz²aldoq», «Bo²imning chechaklari», «Lolazordan
o’tganda», «Balki», «Quyoshning zabti» kabi she’rlarida yanada ravshanroq
ko’rinadi. Shoir lirikasida tabiat tasvirining ham o’ziga xos o’rni bor.
«Yashil yaproqlar» she’rida mohirona qo’llanilgan tasviriy detallar o’quvchi
qalbiga o’ziga xos iliq hislar olib kirishga ko’maklashgan:
Salqin,silliq,so’lim bahor
ertasi,
Ufq bo’ylab yonar shafaq bayroqlar.
Yasharib tovlanar barra yaproqlar –
Qo’shiqday taralar qushlar na²masi.
Dalada,sahroda,soy sirtlarida
Quyosh kokillari yotur parishon.
Poyonsiz ekinzor beradi nishon
Uzoq ufqlarda,ko’k chetlarida
Mirtemir izlanishlari o’zbek kitobxonini
qator asarlarni o’z tilida o’qishiga imkoniyat yaratib berdi.U M.Gor’kiyning
«Bo’ron qushi haqida qo’shiq» asarini,A.S.Pushkinning ertaklarini,M.Yu.Lermontovning
she’rlarini,N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi?»
poemasini,Sh.Rustavelining «Yo’l- bars
terisini yopingan pahlavon» (M.Shayxzoda bilan birgalikda)
dostonini,qir²izlarning buyuk «Manas» eposining birinchi kitobini (1964
yilda),Uy²un bilan hamkorlikda nashr etilgan qoraqalpoqlarning «Qirq qiz»ini
o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
Bundan
tashqari,Ejen Pot’e,Abay,Berdaq,Nozim Hikmat, Genrix Geyne, A.Tvardovskiy,
Pablo Neruda kabi shoirlarning asarlari tarjimasi ham Mirtemirning
say-harakatlari natijasida o’zbek tiliga o’girildi.
Xalq
o²zaki ijodini chuqur o’rgangan shoir «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning
to’yida» kabi dostonlar yaratdi.
Mirtemir
bir necha marta Qoraqalpo²istonga boradi, qardosh xalqlarning madaniyatini,adabiyotini,turmush
tarzini o’rganadi.Ana shu taassurotlar natijasida 1957 yili «Qoraqalpoq
daftari» turkumi she’rlari maydonga keladi.
Bu
turkumga kirgan «Suluv yoz», «Tonglar ham go’zal», «Daryo jimir-jimir», «Bulut»
kabi she’rlarini o’qir ekansiz shoirning tabiat go’zalligini,hayotni butun
borli²i bilan sevishi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Lirik
qissa o’zbek adabiyotida ilk bor yangi bir janr sifatida Mirtemir tomonidan
yaratilgan.Uning «Qoraqalpoq daftari» she’riy turkumidan «Surat» dostoni ham
o’rin olgan bo’lib,lirik qissaning o’zbek she’riyatidagi dastlabki
ko’rinishidir.
«Surat»
lirik qissasida Mirtemir inson ruhiyatini butun murakkabligi bilan tasvirlab
bera olgan.Qissa bir syujet chizi²i asosida qurilgan emas,balki bir nechta
alohida-alohida lirik lavhalardan tashkil topgan.
«Surat»
qissasi yozilgan vaqtda she’riyatda insonlarning ruhiy iztiroblarini,yurak
dardlarini kuylash tushkunlik kayfiyatiga berilish deb hisoblanar,kuylashga
jur’at etgan shoir ham pessimist shoir sifatida qoralanar edi.Ana shunday
davrda ham Mirtemir haqiqatni yozishda o’zida kuch va jur’at topdi.
Mirtemirning
so’nggi asari «Yodgorlik» deb ataladi.Kitobga shoirning turli xil mavzudagi
she’rlari kiritilgan bo’lib,shoir iste’dodining butun qirralari aniq va ravshan
ko’rinib turadi.
Xullas,o’zbek
she’riyatining «bobodehqoni» Mirtemir ijodining o’zbek adabiyotida muhim o’rni
bor.
MAVZUGA OID
TAYaNCh TUShUNChALAR:
Surat - qo’lda chizilgan tasvir, rasm.
Yodgorlik –esdalik sifatida saqlanadigan narsa, obida.
Sochma –vaznda cho’ziq va qisqalikka amal qilinishi,
bo’²inlar miqdorining tengligiga esa amal qilmaydigan she’r turi.
TOPShIRIQLAR:
1.Mirtemir she’riyatidagi xalqchil ruh manbalari
nimada deb
o’ylaysiz?
2.Mirtemir poeziyasiga xalq ijodiyotining ta’siri
qaysi
jihatlarda
namoyon bo’ladi?
3.Uning qaysi she’rlarini yod bilasiz va qanday
asarlarini
o’qigansiz ?
4.Mirtemir she’riyatida tabiat tasviri qanday rol’
o’ynaydi?
5.Mirtemirning tarjimonlik sohasidagi xizmatlari.
MAVZU: ZULFIYa HAYoTI VA IJODI
(1915-1996)
REJA:
1.Zulfiyaning hayot yo’li haqida.
2.Zulfiya she’riyati: a)urush va hijron mavzusi;
3.Zulfiya iste’dodli dostonnavis.
4.Zulfiya ijodining o’zbek poeziyasi taraqqiyotidagi
o’rni.
ADABIYoTLAR:
1.Zulfiya. Asarlar. Uch tomlik. T., Gafur Gulom
nomidagi Adabiyot
va san’at
nashriyoti, 1983-1986 yil.
2.L.Qayumov. Shoira Zulfiya.Hayoti va ijodi haqida
ocherk.
O’zadabiynashr, Toshkent, 1965 yil.
3.I.Gafurov. Joziba. Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va
san’at
nashriyoti,
T., 1970 yil.
4.A.Akbarov. Zulfiya. Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va
san’at
nashriyoti,
1983 yil.
5.M.Sultonova. «Ijod sahifalari» T., «Fan», 1975 yil.
6.O.Sharafiddinov. Qalbimizga yaqin shoira. «Adabiy
etyudlar»
kitobida,
Gafur Gulom nomidagi nashriyot, 1968 yil.
7.Zulfiya. Hulkar. T., O’zdavnashr, 1947 yil.
8.Zulfiya. «Adabiy o’ylar» T., «Fan». 1985 yil.
XX asr
o’zbek sheriyatida iste’dodli shoira Zulfiyaning ham o’z o’rni bor.
Zulfiya
Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentning O’qchi mahallasida tu²ildi. Oila
a’zolarining she’riyatga ixlosi baland, musiqani esa jon dilidan sevishardi.
Zulfiya oilaning eng kenja farzandi bo’lib, to’rtta akasi bor edi.
Otasi degrez bo’lgan. «Otamni ham xuddi bobom kabi
degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. O’sha vaqtda bolalarini
boqish, ro’z²or tebratish uchun odamlar juda ko’p mehnat qilishlari zarur
ekanligiga sira aqlim etmas ekan. Otamning hamma vaqt olovga yo’ldosh kasbidan
faqat zavq va shavqni ko’rar edim. Otamday qudratli odam yo’q edi men uchun»,
degan edi Zulfiya.
Onasi esa juda zehnli, shoirtabiat ayol edi. «Onamning
qanchadan qancha qo’shiq va afsonalari, doston va ertaklarni bilishiga aqlimiz
bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va dostonlar bizga benihoya huzur ba²ishlar,
o’ziga rom qilib olar edi. Aminmanki, mo’jizalar yaratishga qodir, jahonni
ko’zga keng ochuvchi, insonni go’zallik sari etaklovchi so’zga shaydolik
hissini mening qalbimda ostona hatlab ko’chaga chiqmagan oddiy ayol-onam
uy²otgan»-deya eslaydi shoira..
Zulfiya
boshlan²ich ta’lim olgach, xotin-qizlar pedagogika bilim yurtida tahsil oldi
(1931-1934). Shu erda ilk bor she’rlar mashq qila boshladi. Bilim yurtida
Shukur Sa’dulla rahbarligida tashkil etilgan adabiy to’garak Zulfiyani ijodga
kirib kelishida katta rol o’ynaydi. Uning ilk she’ri «Qizil durra»
xotin-qizlarning paranjini tashlab, boshlariga durra o’ray boshlash munosabati
bilan yozilgan. Zulfiyaning birinchi she’rlar to’plami 1932 yili, 17 yoshida
«Hayot varaqlari» nomi bilan bosilib chiqdi. 1935 yilda Hamid Olimon bilan
turmush qurishgan. Hamid Olimjon Zulfiya uchun nafaqat umr yo’ldoshi, balki eng
yaqin do’st, ustoz edi.
Shuning uchun ham shoiraning bevaqt (1944 yilda) Hamid
Olimjondan ajralib qolishi hayotidagi eng fojeiy zarba bo’ldi.
Zulfiya
ilm egallashga zo’r ishtiyoq bilan kirishgan. Aspiranturada o’qigan, bolalar
nashriyotida ishlagan, bitta o’²il-Omon, bitta qizi Hulkar tarbiyasi bilan
jiddiy shu²ullangan.
1953-1980 yillarda «Saodat» jurnalida bosh muharrir
bo’lib ishladi. Respublikamiz vakili sifatida qator chet mamlakatlarda safarda
bo’ldi.
Zulfiyaning
«O’ylar», «Hijron kunlarida», «Yillar , yillar», «Mushoira» turkumi she’rlari
adabiyotimizda katta voqea bo’ldi. To’plamlarga kirgan she’rlarida hijron,
sevgi, sadoqat, vatan, o’lim, tong, hayot, umr, tinchlik, dunyo, yurtdoshlarining
shodligu qay²ulari, iztiroblarini o’ziga tegishli dard sifatida talqin etdi.
Ayniqsa, shoira she’rlarida ayollarga xos nafis, latofatli, jozibali
his-tuy²ular hukmron. She’rlarida samimiylik kuchli. Mehribon onaning
²amxo’rligidan tortib,Ona-Vatanni asrab-avaylashgacha bo’lgan umuminsoniy
²oyalar etakchilik qiladi.
Zulfiya
qator dostonlar yaratdi. Uning «Uni Farhod
der edilar», «Quyoshli qalam», «Xotiram siniqlari» kabi dostonlari
shoira dunyoqarashining kengaygani, turmush tajribalarining ortgani, tuy²u va
fikrlarining teranlashganini yaqqol ko’rsatib turadi.
«Quyoshli
qalam» dostonini o’zbek adabiyotining zabardast
adibi Oybekka (xotirasiga) ba²ishladi. Unda imkon qadar shoir ruhiy
olamini ochib berishga intildi.
Zulfiya
uzoq umr ko’rdi. «Xotiram siniqlari» dostonida aytganidek:
Hurriyat
keldingmi, nahotki kelding,
Kelar
yo’llaringda pinhona toldim.
Mening
ota-onam, jon Vatanimda,
Elim
taqdirida abadiy qolding
U baxtli
zamonamizni-Vatanimiz Mustaqilligini ko’rishga muyassar bo’ldi, xalqimiz
boshidan o’tgan dardu jafolar ortda qolganidan shukronalar aytdi.
Zulfiya
respublika Davlat Mukofoti sovrindori, O’zbekiston xalq shoirasi, xalqaro
«Nilufar» mukofoti, Mehnat Qahramoni unvoni va «Do’stlik» ordeni sohibasidir.
Uning
she’riyati xalqimizning ruhiy-ma’naviy olamini boyitishga ko’maklashaveradi.
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Hayot varaqlari-insonning yashab o’tgan davri sahifalari.
Mushoira-bir necha shoirning bir mavzuda bir-birining fikr va
tuy²ularini rivojlantirish niyatida she’r aytishish musobaqasi.
Xotiram siniqlari-biror kimsa yoki narsa haqidagi esda saqlangan
(nursiz, so’l²in) taassurotlar.
Kamalak-quyosh
nurining yom²ir tomchilarida sinishi natijasida qizil, ko’k, pushti va zangor
chiziq bilan tovlanib ko’rinadigan yo’l.
TOPShIRIQLAR:
1. Zulfiya tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz ?
2. Zulfiya she’riyatining boshqa shoiralar ijodidan farq
qiladigan tomonlari nimada?
3. Zulfiya ijodida hijron mavzusi.
4. Zulfiyaning «Quyoshli qalam» dostonining ²oyaviy
mazmuni va u kimga atab yozilgan?
5. Shoiraning «Xotiram siniqlari» dostoni haqida
ma’lumotlar bering?
6. Birorta she’rini yodlang.
MAVZU
: SAID AHMAD HAYoTI VA IJODI
(1920
yilda tu²ilgan)
REJA:
1.Hayot va ijod yo’li haqida.
2.Said Ahmad mohir hikoyanavis.
3.Said Ahmad komediyalari
4.Said Ahmad romanlari.
5.Said Ahmad ijodining o’zbek adabiyotida tutgan
o’rni.
ADABIYoTLAR:
1.Said Ahmad. Saylanma. Uch tomlik. T., Gafur Gulom
nomidagi
nashriyot,
1980-1981 yillar.
2.Said Ahmad. Jimjitlik. T., Gafur Gulom nomidagi
nashriyot,
1989 yil.
3.I.Gafurov. Prozaning shoiri. T., Gafur Gulom
nomidagi
nashriyot,
1981 yil.
4.U.Normatov. Said Ahmad. T., Gafur Gulom nomidagi
nashriyot,
1971 yil.
5.Abdulla Qahhor. Asarlar. Besh jildlik. Beshinchi
jild. Haq
so’zning kuchi.
T., Gafur Gulom nomidagi nashriyot, 1989 yil.
6.H.Abdusamatov. Hayot. Adabiyot, teatr. Gafur Gulom
nomidagi
Adabiyot va
san’at nashriyoti, Toshkent, 1976 yil.
7.M.Azimova. Hozirgi o’zbek dramaturgiyasi.
«O’zbekiston»,
Toshkent, 1984
yil.
8.N.Xudoyberganov.Haqiqat yo²dulari. Gafur Gulom
nomidagi
Adabiyot va
san’at nashriyoti, Toshkent, 1984 yil.
9.B.Imomov. Hayot va dramatik konflikt. «Fan»,
Toshkent, 1968
yil.
Atoqli
adib Said Ahmad adabiyotimizni o’zining hikoyalari, publitsistik maqolalari,
qissa va romanlari, komediyalari bilan boyitgan mo’ysafid ijodkordir.
Said
Ahmad Husanxo’jaev 1920 yilda Toshkent shahrida tu²ilgan. 1938-1941 yillarda
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Oliygohida ta’lim olgan.
Said
Ahmad adabiyotga hikoyanavis sifatida
kirib keldi. U «Onajonlar», «Turnalar», «Cho’l burguti», «Muhabbatning
tu²ilishi», «To’y kechasida», «Hayqiriq» singari qator hikoyalar yozdi.
Uning
birinchi hikoyalar to’plami 1940 yilda. «Tortiq» nomi bilan chop etildi.
«Muzey»,
«Mening do’stim Babbaev» hajviy hikoyalarida oddiy hayotiy voqealar asosida
ijtimoiy muammoni, qolaversa, ma’naviy muammoni o’rtaga tashlaydi. Said Ahmad
hajviyalarining o’ziga xosligi, hayotbaxshligi uning xalqchilligidadir.
Bu
yo’nalishda adib bir qancha hajviyalar yaratdi. 1994 yilda «Xandopista»
to’plamiga kirgan «Bir siqim xandonpista», «Bo’ri ovi». «Go’shtning zarari
haqida» hajviyalarida yozuvchi ulkan iste’dodi yana bir karra isbotlanadi.
Adibning kulgidagi mahorati dramatik asarlariga ham
ko’chdi.
Said Ahmadning «Kelinlar
qo’z²oloni» komediyasi salkam 30 yildan buyon sahnadan tushmay keladi.
Komediyadan avval shu nomdagi hikoya yozilgan edi. O’quvchilar hikoyani juda
katta qiziqish bilan qabul qilishgan edi.
«Kelinlar qo’z²oloni»
katta bir o’zbek oilasining sertashvish va serzavq hayotining tasviriga
ba²ishlanadi. Komediya katta tanqidiy fikrlarga uchradi. Ammo vaqt asarning
o’ziga xos bahosini ko’rsatdi. Hamza nomli teatrning o’zidayoq 500 martadan
ortiq sahnada ko’rsatilib, tamoshabinlarning yuksak olqishiga sazovor bo’ldi.
Komediyada
etti o’²il, etti kelin, Farmonbibi, usta Boqi, muxbir va begona ayol obrazlari
bor.
Said
Ahmad ularning har biriga xos xarakter-xususiyatini voqealar tafsilotida
yorqinroq ko’rsatib bera boradi. Har bir obrazning bir-biriga o’xshamagan
xulq-atvorini ularning tili orqali aniq ochib bera olgan. Adib bu komediyadan
keyin, 1986 yilda «Kuyov» nomli yana bir komediya yozdi. Muallif bu asarda
keksa yoshdagi bo’ydoq kishi hayoti, uning yaqinlari taqdiri orqali axloqiy-ma’naviy
masalalar haqida bahs yuritadi.
1956
yillardan Said Ahmad ijodiy yo’lining keyingi bosqichi boshlanadi. Bu yillarda
«Ko’klam chechaklari», «Ko’klam taronalari», «Xazina», «Iqbol chiroqlari» kabi
bir qator hikoyalar yaratdi.
«Cho’l
burguti», «Cho’l shamollari» turkum hikoyalari, «Hindcha o’yin», «Kuchukcha»,
«Kolbasa qori», «O’rik domla» kabi hikoyalarida esa hajviy ruh bosh o’ringa
chiqadi.
1964
yilda Said Ahmad yirik janrdagi asarga qo’l urib, «Ufq» romanini yaratdi. Bu
roman trilogiya bo’lib, dastavval, ikkinchi kitob-«Hijron kunlari» (1964),
so’ng uchinchi kitob «Ufq bo’sa²asida» (1969), keyin esa birinchi kitob «Qirq
besh kun» (1974) yozib tugallangan.
Asar
yozilmasdan oldin, Said Ahmad Yozyovon cho’llari, aholisi hayotini sinchiklab
kuzatgan, qahramonlari bilan tanishgan. Bu haqda qator hikoyalar yaratgan.
Trilogiya
aniq tarixiylik asosiga ega. Asar voqealari tarixan aniq hududlarda bo’lib
o’tadi. Ayrim qahrmonlar o’z prototipiga ega.
Trilogiyaning
birinchi romani «Qirq besh kun» bo’lib, asarning asosiy qahramonlari –Far²ona
kanali qurilishida ishtirok etgan Xalqdir. Romanda ana shu xalq ruhi, jasorati,
bunyodkorligi, mehnatsevarligi ayrim obrazlar- Azizxon, Do’nan, Eshmuhammad,
Tojimat ota qiyofasida ochib beriladi.
«Hijron
kunlari»da urushning oqibatlari ayrim qahramonlar taqdiri orqali ko’rsatib
berilishi bilan xarakterlanadi. Jannat xola va uning yoshligidan erka, tantiq
bo’lib o’sgan o’²li –Tursunboy qismati, otasi Ikromjon boshidan kechirgan ruhiy
azoblar kitobxonni hayajonga solishi tabiiy.
«Ufq»
romani Said Ahmadga katta shuhrat keltirdi. Asar haqida buyuk so’z ustasi
Abdulla Qahhor shunday fikrlar bildirgan edi: «. . . «Ufq»da tasvir etilgan
qishloq hayotini, odamlarini ko’rib, har bir o’zbek katta iftixor bilan: «Biz
o’zbeklar!» deydi, qardosh xalqlar o’zbekni mehr bilan: «O’zbek o²aynim», deb
ataydi.
Said
Ahmad bundan ko’p yillar muqaddam qo’liga adabiyot tanburini olib chertganda,
qo’li kelishganini ko’rib, yaxshi sozanda bo’lib, yaxshi-yaxshi mashqlar
chalishini orzu qilgan edik. Shu orzu ushalib kelayotibdi. «Ufq» uning ilhom va
mahorat bilan chalingan mashqidir. Sozanda ba’zi pardalarga ortiqroq nolish
berib yuborgan bo’lsa, buni hayajon natijasi deyish kerak».
Asar bir
necha tillarga tarjima qilingan «Ufq» Hamza nomidagi teatrda ham
sahnalashtirilgan.
Said
Ahmadning 1988 yilda «Jimjitlik» romani yaratildi. Asarga tur²unlik yillari davri voqelari asos qilib olingan.
Umuman
olganda, Said Ahmad o’zbek adabiyotida o’ziga xos maktab yaratgan adib.
Yozuvchi
asarlari 20 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Mustaqil O’zbekistonning
«Xalqlar do’stligi» ordeniga sazovor bo’lgan. O’zbekiston xalq yozuvchisi
yuksak unvoni bilan taqdirlangan.
1999 yilda Mustaqil O’zbekiston ahli ma’anaviyatini
shakllantirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun yozuvchiga O’zbekiston
Qahramoni unvoni berildi.
MAVZUGA OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Jimjitlik-churq etgan tovush, shovqin yo’qligi; tinchlik,
jimlik, sukunat.
Tortiq-birovga
tuhfa qilingan narsa, sov²a.
Hukm-biror
masala haqidagi aniq fikr, xulosa.
Ufq-osmon
bilan erning yoki suv sathining ko’z il²agan uzoqlikda o’zaro tutashganday
bo’lib ko’ringan chizi²i.
Hijron-ayriliq,
judolik, firoq.
TOPShIRIQLAR:
1.Said Ahmadning o’zbek adabiyoti ravnaqidagi hissasi.
2.Said Ahmad hajviy hikoyalarida hayot muammolari
talqini.
3.Said Ahmadning «Kelinlar qo’z²oloni» komediyasidagi
obrazlarga
tavsif bering?
4. «Ufq» trilogiyasining yaratilishi va uning
tarkibidagi
romanlar haqida ma’lumot bering?
5. «Ufq» romanida xalq obrazi va tarixiylik qanday
yoritib
berilgan ?
6.Said Ahmadning «Jimjitlik» romanida qanday masalalar
qalamga
olinadi?
1. «Jimjitlik» romanining mavzusi asarning mazmuni bilan
qanday
bo²langan?
MAVZU : ASQAD MUXTOR HAYoTI VA FAOLIYaTI
(1920-1997)
R E
J A :
1.Asqad Muxtor tarjimai holiga bir nazar.
2.She’riyatdan boshlangan ijod.
3.Asqad Muxtor hikoya va qissalari.
4.Roman janridagi muvaffaqiyatlari : «Tu²ilish»,
«Chinor», «Davr
mening
taqdirimda» asarlari haqida .
5.Asqad Muxtorning tarjimonlik faoliyati.
ADABIYoTLAR:
1.Asqad Muxtor
Asarlar .To’rt tomlik.T., Gafur Gulom nomidagi
nashriyot,1980
-1983y.
2.Asqad Muxtor Opa –singillar. O’zbekiston davlat
badiiy
adabiyot
nashriyoti,T.,1958 y.
3.Asqad Muxtor.
Chinor.T.,1975 y.
4.B.Soimov.Asqad Muxtor prozasi.T., «Fan», 1969.
5.O.To²aev.Asqad Muxtor. T.,1966 y.
6.O.Sharafiddinov. Ijodning katta yo’lida. «Birinchi
mo’’jiza»
kitobida.T.,GafurGulom nomidagi nashriyot, 1979 y.
7.Naim Karimov
davr ijodkor taqdirida (Asqad Muxtorning 80
yilligiga).Til
va adabiyot ta’limi. 2000 y.6-son,35-bet.
XX asr
o’zbek adabiyotiga o’zining sobit qadamlari bilan kirib kelgan serqirra
ijrodkorlardan biri Asqad Muxtordir.
Asqad
Muxtor 1920 yilda Far²ona viloyatida ishchi oilasida tavallud topdi.Otadan erta
etim qolgan Asqad Muxtorning bolaligi bolalar uyida o’tdi.O’sha yillari
mamlakatda hayot o²ir,ocharchilik hukmron edi.Asqadning she’riyatga ixlosi
balandligi yoshligidanoq sezilib,ilk mashqlari mahalliy matbuotda, «Lenin
uchquni» gazetasida chop etilgan.
U maktabni tugatgach,Toshkentda jurnalistika kursida
tahsil oldi.
1943-1945
yillarda Andijondagi pedagogika institutida mehnat faoliyatini
boshladi.Keyinchalik Samarqand Davlat dorilfununida,Toshkentdagi O’rta Osiyo
Davlat dorilfununida tahsil oldi.Bu erdagi muhit ko’lami o’tkir ijodkorlardan
G.Gulom,Oybek,H.Olimjon,M.Shayxzoda,Mirtemir,zamondoshlari
Shuhrat,Shukrullolarning ijodiy tajribalaridan bahramand bo’lib,adabiyotga
shoir o’ziga xos uslub bilan kirib keldi.
Asqad
Muxtorning 1966 yilda «She’rlar» to’plami e’lon qilindi.To’plamda «Umr» ,
«Bo²im», «Nihol», «Tong», «O’zak», «Galaba ishonchi», «So²inish» kabi katta
she’rlari kiritilgan, ularda hayot go’zalligini,insoniy fazilatlarni, davrning
dolzarb muammolarini tarannum etadi.
Quyidagi «Umr» haqidagi she’rni o’qigan kitobxon esa
o’z umrini sarhisob qilib, chuqur xayollarga berilishi tabiiy:
Hamma
kunlar
Butun hayot
Ish uchun
Kurash uchun.
Oxirgi kun –
Odamlardan
Rozilik so’rash uchun.
Nimanidir
Boshlash kerak
Nimanidir
Tugallash,
Nimanidir
Tashlash kerak,
Nimanidir
Egallash.
Ikki qudrat:
Quyosh, idrok
Ijod etar er uzra
Shunday so’ngsiz
Koinotda
Hayot degan mo’jiza
Ularga vaqt berilmagan
Bir nafas uxlash uchun.
Qalb talpinar
Oylar, yillar,
To’satdan to’xtash uchun
Yozish,o’girish kerak,
Nimanidir tushunish.
Kimnidir kechirish kerak,
Kimdan avf,o’tinish
Bariga bugun ulgur,
Chunki umr deganlari
Bamisli otilgan o’q.
Uni o’tday yondirib qo’y,
Dunyoda qolish uchun.
So’nggi soat –
Odamlardan
Rozilik olish uchun
Ixcham she’rlar,kichik
hikoyalar yozish bilan ijodini boshlagan Asqad Muxtor o’zbek qissachiligi va
romanchiligiga katta asarlari bilan hissa qo’shdi.
Uning
Bekobod safarida yaratilgan «Po’lat quyuvchi», «Daryolar tutashgan joyda»
qissasi, «Po’lat shahri» asarlari jurnalistik mahoratini namoyon etdi.
1956
yilda Asqad Muxtor «Hayotga chaqiriq» nomli ocherk va hikoyalar to’plamini
nashr ettirdi.Undagi «Do²», «Xayri»,
«Oksana» kabi hikoyalari ijodkorning mahorati sayqallanib o’sib borayotganidan
darak beradi.Shu yillar «Hamshaharlarim» (1949), «Rahmat mehribonlarim» (1954
y), «99 miniatyura» (1962), «She’rlar» (1966), «Quyosh belanchagi» (1971),
«Sizga aytar so’zim» (1978) , «Sirli nido» kabi she’riy kitoblari ketma –ket
chop etildi.
Asqad
Muxtor qardosh Qoraqalpoq xalq hayotiga ba²ishlangan «Qoraqalpoq qissasi»
povestini 1958 yilda yaratdi.
Adibni
elga tanitgan birinchi yirik asari 1955 yili nashr etilgan «Opa-singillar»
romanidir. Ko’plab bahs-munozaralarga sabab bo’lgan bu asar xotin-qizlar
haq-huquqlari,ularning jamiyatdagi o’rnini ko’rsatib berilganligi bilan
ahamiyatlidir .
Shundan
keyin, Asqad Muxtorning «Tu²ilish»(1961), «Davr mening taqdirimda» (1964, «Uch fasl dostoni» deb ham atalgan), «Chinor»
(1969), «Bo’ronlarda bordek halovat» (1976), «Buxoroning jinko’chalari» (1980),
«Jar yoqasidagi chaqmoq» (1982), «Amu» (1984), «Kumush tola» (1987) kabi qissa
va romanlari kitobxonlrga taqdim etildi.
XX
asrning 70 yillarida yaratilgan «Chinor» romani o’quvchini hayot falsafasi
haqida keng mushohada yuritishga chorlaydi.
Asarning
bosh qahramoni qilib Ochil buva obrazi olingan bo’lib,u o’zbek xalqining
ma’naviy qiyofasi sifatida tasvirlangan. Romanning nomi ham ramziy ma’noda
bo’lib, Chinor inson umriga, uning qilayotgan yaxshiligu saxovatlariga mengzaladi.
Asqad
Muxtor tarjima borasida ham o’z uslubiga ega bo’lgan ijodkor.U Sofokl’ning
«Shoh Edip» tragediyasini,Isaakiyanning «Al-Maarriy» asarini, Shekspir va
Shiller tragediyalarini, A.Pushkin, M.Lermontov, A.Blok, V.Mayakovskiy va
K.Simonov asarlarini mahorat bilan o’zbekchaga o’girgan.
Xulosa
qilib aytganda,Asqad Muxtor ijodi keng ko’lamligi bilan o’z o’quvchisini
mushohada yuritishga undaydi.Uning so’nggi asarlaridan biri bo’lgan
«Tundaliklar» kitobidagi qisqa fikrlar katta va boy mazmunni kashf etgan.
MAVZUGA OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Chinor
- po’sti ko’kish,panjasimon shapaloq bargli, uzoq umrli, sersoya katta daraxt.
Davr.
1.Jamiyat taraqqiyotida muhim voqea,hodisa yuz bergan,hukm surgan yoki o’ziga
xos xususiyati bilan ajaralib turadigan ma’lum vaqt orali²i.
2.Kishi
yoki kishilik hayotida ma’lum vaqt ; yillar .Biror avlod yashagan yoki
yashayotgan vaqt,zamon,zamona.
Taqdir
1.din.Go’yo oldindan belgilab qo’yilgan, peshanaga yozilgan ko’rgilik;
yozilish,qismat.
2.Kelajak;
Oqibat,istiqbol .
TOPShIRIQLAR:
1.Asqad Muxtorning tarjimai holi haqida nimalarni
bilasiz?
2.Asqad Muxtor she’riyatining o’ziga xos xususiyatlari
nimada?
3.Adibning qaysi romani hikoyat,rivoyat qissalardan
iborat?
4. «Chinor» romanining bosh mavzusi va asosiy
qahramonlari
haqida gapiring.
5.Asqad Muxtor qaysi adiblarning asarlarini o’zbek
tiliga
tarjima qilgan
?
6. «Umr» haqidagi she’rini o’qib xayolingizdan nimalar
kechdi?
MAVZU: MIRMUHSIN HAYoTI VA IJODI.
(1921 yilda tu²ilgan)
REJA:
1.Mirmuhsinning adabiy –madaniy hayotdagi faoliyati.
2.Mirmuhsinning she’r va dostonlari.
3.Mirmuhsin iste’dodli romannavis.
4. «Me’mor», «Temur
Malik» romanlari haqida ma’lumot.
ADABIYoTLAR:
1.Mirmuhsin.Tanlangan asarlar .Uch tomlik.T.,Gafur
Gulom
nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti,1971 y.
2.Mirmuhsin. Umid T.,1983 y.
3.Mirmuhsin .Temur Malik. «Sharq» nashriyoti,T.,1996
y.
4.Mirmuhsin. O’qiladigan asarlar ko’payadi. O’z
AS,2000 yil,
1 yanvar
5.Mirmuhsin.Nonimiz butun.O’zAS, 2002 yil,9-avgust.
6.Nosir Fozilov.Yaxshilar yodi.O’z AS,2001 yil,11-may.
7.Mirmuhsin. Sarhisob.O’Z AS,2002 yil,1-yanvar
8.Mirmuhsin.Me’mor. «Sharq» nashriyoti,T.,2001 yil.
«Insonga
qisqa umr berilgan,lekin adib baribir shoshilmasligi kerak» -degan fikrlari
iste’dodli adib Mirmuhsinning hayoti va ijodining ma’lum ma’noda yo’nalishini
belgilab bergan bo’lsa ajab emas.
Mirmuhsin
uzoq yillik ijodiy faoliyati bilan adabiyotimiz rivojiga samarali ta’sir
ko’rsatdi.Serqirra ijodkor sifatida bir qancha she’rlar,ballada va dostonlar
yozdi,o’zbek adabiyotida ilk bor she’riy roman janrida asar bitdi,hikoya, qissa
va hajviy asarlarga mualliflik qildi.
Mirmuhsin
adabiy-madaniy hayotda ham faol ishtirok etdi.
Respublika Yozuvchilar uyushmasida ishladi, «Sharq
yulduzi», «Mushtum» jurnallarida muharrirlik qilgan.Bir qancha muddat
«Guliston» jurnalida bosh muharrir, «O’zbekiston ovozi» gazetasining adabiyot
bo’limida,radioda ishladi.
Mirmuhsin:
«Xalqimiz badiiy adabiyotimizning boshqa shaklidagi asarlari bilan bir qatorda
qadimdan doston o’qish va tinglashni sevadi.Yozma yoki o²zaki dostonlarimiz
xalq ichida keng tarqalgani hammaga ma’lum.Men ham ana shu ulu² an’anaga havas
bilan qarab,doston janrini juda sevdim.Qo’limdan kelganicha yozdim va ularning
soni katta-kichik bo’lib yigirmaga etibdi» –deya doston janriga munosabati
haqida gapirib, fikrini amalda isbotladi.Haqiqatdan ham, keng kitobxonlar
adibning «Usta Giyos», «Qadrdonlar», «Do’nan», «Yashil qishloq», «Abdulla
Nabiev», «Qamar», «Avesto», «Bobur va bir tilim Far²ona qovuni», «Ziyod va
Adiba», «Shiroq» kabi qator dostonlari bilan tanish.
Mirmuhsin
o’z ijodida xalq hayotining real manzaralarini xolisona tahlil etishga,
mehnatkash va zahmatkash odamlar turmushini tabiiyligi bilan ko’rsatib berishga
harakat qiladi.Shuning uchun ham uning barcha asarlari qahramonlari
oddiy,kamsuqum,mehanatkash odamlardir.
Yozuvchini
elga tanitgan asari «Umid» romani bo’ldi.Romanni kitobxonlar zo’r qiziqish
bilan qarshi olishdi.Ayniqsa, bosh qahramon Umid taqdiri,boshidan kechirgan
ruhiy iztiroblari o’quvchini hayotda duch keladigan ziddiyat va muammolarni aql
bilan hal etishga, inson hayotida adashmasdan o’z o’rnini topishi lozimligi
haqidagi chuqur mushohadalarga undaydi.
Mirmuhsin
«Degrez o’²li» , «Ildizlar va yaproqlar», «Chotqol yo’lbarsi», «Ilon o’chi»
kabi bir qator romanlarida ham davrning muhim masalalarini yoritib bera oladi.
Yozuvchining
zamondoshlari hayoti bilan birga tarixiy mavzuda qalam tebratishi kitobxonlarni
tariximizni ayrim sohalarini bilib olishlariga imkoniyat yaratdi.Uning qadim
Shiroq afsonasi asosida yaratgan «Shiroq» dostoni, Bobur haqidagi balladasi,
«Oq marmar», «Cho’ri», «Me’mor», «Temur Malik», «Movarounnahr» singari qissa va
romanlarida xalqimizning o’tmish hayoti
haqida bahs yuritiladi.Xususan, «Me’mor» va «Temur Malik» romanlarining
o’zbek adabiyotida alohida o’rni bor.
«Me’mor» romani temuriylar davri
hayotiga ba²ishlab yozilgan.Asarga bosh qahramon qilib olingan Najmiddin
Buxoriy –mashhur me’mor obrazi orqali ijodkor bir qator me’morlar hayotini
ko’rsatib berdi.Maktab darsliklariga romandan
parchalar kiritildi, rus tiliga tarjima etilib, bir necha nusxada chop etildi.
Mirmuhsinning
keyingi tarixiy mavzudagi mashhur romani «Temur Malik»dir.Asarni yaratilishi
haqida adibning o’zi shunday degan edi: «. . . Ko’p yillar mobaynida tarix
sahifalarini varaqladim, ona tuproq, ona yurt saodati yo’lida kurashib, qurbon
bo’lganlar haqida kitob yozish niyatim edi .Moziydagi mislsiz vatanparvar
bahodirlardan biri Temur Malik jasorati doimo diqqatimni jalb etib kelardi».Ana
shu niyat samarasi o’laroq bu roman yozildi.Asar 1985 yili «Sharq yulduzi»da
,1986 yili alohida kitob holida chiqdi. Rus tilida Moskvada «Xo’jand qal’asi»
nomi bilan nashr etilgan.
Romanda
Temur Malikning dushman hujumiga qarshi olib borgan jasoratli
kurashlari,Xo’jand qal’asini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari juda
jonli tarzda hikoya qilinadi. Asarga tarixiy shaxslar bilan birga to’qima
obrazlar ham kiritilgan bo’lib, ma’lum tamondan asarning ²oyaviy mazmunini
to’ldirishga xizmat qilgan.
MAVZUGA OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Me’mor
- binokor, arxitektor.
Temur Malik – 1189-1233 yillarda yashagan,mo’²ullarga qarshi
kurashgan tarixiy shaxs.
Degrez
- Qozon,omoch tishi va boshqa cho’yan asboblar kuyuvchi usta.
Umid.1.Biror
istakning amalga oshishiga bo’lgan ishonch,ishonch bilan kutish ;e’tiqod
2.Orzu,istak;niyat,maqsad.
3.Umid
(erkaklar ismi).
TOPShIRIQLAR:
1.Mirmuhsinning adabiy va madaniy hayotdagi faoliyati
haqida
gapiring?
2.Shoir she’rlariga xos xususiyatlar nimada?
3.Mirmuhsinning nomini elga tanitgan asari qaysi va
asar qaysi
tillarga
tarjima qilingan.Adib bu asari uchun qanday
taqdirlangan?
4.Mirmuhsinning tarixiy mavzuda asar yozishining
sabablari
nimada?
5. «Me’mor». «Temur Malik» romanlarining yaratilishi
va asar
personajlari
haqida ma’lumot bering.
MAVZU: ShUKRULLO YuSUPOVNING HAYoTI VA IJODI
(1921 yilda tu²ilgan)
REJA:
1.Shukrullo tarjimai holi haqida.
2.Shukrullo ijodining bosh mavzusi «Inson va
yaxshilik»
ekanligi.
3.Shukrullo dostonlari.
4.Shukrullo tarjimalari.
5.Shukrullo dramalari.
ADABIYoTLAR:
1.Shukrullo.Javohirlar sandi²i.T.,1978 y.
2.Shukrullo.Kafansiz ko’milganlar.T., «Mehnat»,1991 y.
3.Umrboqiylik.Shukrullo ijodining turfa qirralari.
«Yozuvchi»,
2001 y .
4.S.Mirvaliev.O’zbek adiblari.T., «Fan», 1993 y.
5.Shukrullo. She’r quvonchi.O’zAS,2000 y, 20 aprel.
Shukrullo
(Shukrullo Yusupov) 1921 yili Toshkentda tu²ilgan.Otasi qishloq va shaharlar
oralab emchilik qilgan, onasi esa ham dunyoviy ham diniy ilmlar bilimdoni
bo’lgan.
Shoirning
xotirlashicha, oilada o’tkazilayotgan she’rxonlik kechalari,onasi va opasining
muallimaligi, otasining maktab mudiri ekanligi uni ijodning sehrli olamiga
undagan.
Uning
ilk she’riy mashqlari 1934 yili maktab devoriy gazetasida bosilgan.Shukrullo
1938 yili pedagogika bilim yurtini tugatgan. Qoraqalpo²istonning Qo’n²irot
tumaniga yo’llanma bilan ishga yuboriladi.Keyinchalik u Toshkentga qaytib,
pedagogika institutining kechki bo’limida o’qishi bilan bir paytda maktabda
o’zbek tili va adabiyotidan dars berdi.
Shukrulloning
ilk she’rlari 1939 yili Respublika matbuotida chop etildi,1942 yili esa
«Lo’lilar» dostoni,1941 yili Maksim
Gorkiyning Volga bo’ylab sayohati to’²risida poemalari
yaratildi.Birinchi she’rlari «Birinchi daftar» nomi bilan 1949 yili nashr
etildi.
Adibning
«Chollar», «Rossiya», «Asr bahsi» kabi asarlari adabiyotimizni sermazmun
dostonlar bilan boyitdi.
Shukrullo
asarlarining asosiy mazmunini inson va buyuklik tushunchasi, ezgulik,
olijanoblik, qadr- qimmat tuy²ulari tashkil etadi.
Ayniqsa,uning
she’riyatida bu sifatlar ko’zga yaqqol tashlanib turadi. «Inson», «Umrim
boricha», «Inson inson uchun», «Inson va yaxshilik», «Suyanchiq» to’plamlariga
kirgan barcha she’rlarida yaxshilik mayoq qilib olinadi.
Shukrullo
tarjimachilikda ham samarali qalam tebratdi.Rus she’riyatidan A.Voznetsenskiy,
E.Evtushenko, R.Rojdestvenskiy
asarlarini, Boltiq bo’yi adabiyotidan E.Mejelaytis,R.Hamzatov,
Q.Quliev,D.Qu²ultinovlarning she’rlarini mahorat bilan o’zbekchaga o’girdi.
Shukrullo qalamiga mansub «Xatarli yo’l» (1963),
«Tabassum o’²rilari» (1965), «To’ydan keyin tamosha» (1974), «Unsiz faryod»
(1990), «O’²rini qaroqchi urdi» (1987) kabi pe’sa va dramatik asarlari siyohi
qurimay teatr sahnalarida o’z aksini topdi.
Adibning
qato²on yillari fojialari haqida bitilgan «Kafansiz ko’milganlar» asari
kitobxonni o’tmishimizning ayrim chirkin sahifalari haqida xabardor etdi. Asar
Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.
Xullas,
Shukrullo ijodining o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’rni bor.
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Sho’ro –sovet.Sho’rolik hukumati .
Lo’lilar –asli hindlardan tarqalgan va dunyoning ko’p
joylarida to’dalashib,ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi hayot kechiruvchi xalq.
Suyanchiq -o’rindiqlarning suyanish yoki tirsaklarni tirab
o’tirish uchun xizmat qiladigan qismi; ko’chma .Suyanch.
Kafan –ko’mish oldidan murdani o’raydigan oq mato;
qabr libosi.
Javohir
. 1.Qimmatbaho tosh ; qimmatbaho toshlar.
2.Ko’chma
.Qimmatbaho narsa.
TOPShIRIQLAR:
1.Shukrulloning tarjimai holi haqida nimalarni
bilasiz?
2.Shukrullo ijodiga ta’sir etgan omillar nimada?
3.Shukrullo ijodining bosh mavzusini nimalar tashkil
etadi?
4.Adib ijodida qato²on yillari.
5.Shukrullo tarjimalari.
6.Adibning qanday dostonlari bor?
7. «Javohirlar sandi²i», «Kafansiz ko’milganlar»
asarlarida
ilgari surilgan
²oya va mavzusi haqida so’zlang?
MAVZU : ODIL YoQUBOV HAYoTI VA IJODI
(1927 yilda tu²ilgan)
REJA:
1.Adibning hayoti va ijod yo’li haqida ma’lumot.
2.Odil Yoqubovning ijodkor va jamaot arbobi sifatidagi
faoliyati.
3.Odil Yoqubov hikoya va qissalari.
4.Odil Yoqubov –iste’dodli romannavis:
a)Zamonaviy
mavzudagi romanlari;
b)Tarixiy
mavzudagi romanlari;
ADABIYoTLAR:
1.Odil Yoqubov.Saylanma.Uch jildlik .Toshkent.,G.Gulom
nomidagi
nashriyot,1985-87 yil.
2.Odil Yoqubov.Diyonat. «Sharq», T.,1998 y.
3.Odil Yoqubov.Er boshiga ish tushsa.G.Gulom nomidagi
adabiyot va
san’at
nashriyoti ,T., 1969 y.
4.Odil Yoqubov.Izlayman.T.,1972 yi.
5.Odil Yoqubov.Oq qushlar, oppoq qushlar.G.Gulom
nomidagi
adabiyot va
san’at nashriyot, T.,1988 y.
6.Odil Yoqubov .Vatanga munosib yo’llar.O’zAS,2001
y,22 iyun.
7.H.Karimov.Ijod va iste’dod .Adabiy portretlar,
T.,1986 y.
8.H.Karimov.Davr qahramon taqdirida.T.,1987 y.
9.O.Sharafiddinov.Ijod dovonlari osha. «Birinchi
mo’’jiza»
kitobida, T.,
G.Gulom nomidagi nashriyot.1979 y.
10.U.Normatov.Davr tuy²usi, T.,1987 yil .
11.U.Normatov. Qalb koshona sirlari. (Odil Yoqubovning
«Bir
koshona
sirlari» dramasi haqida o’ylar) O’zAS,2001 y,2 mart.
12.Q.Yo’ldoshev. Inson tuy²ularining teran talqinlari.
Atoqli
adib Odil
Yoqubov ijodiga bir nazar. O’z AS, 2004 yil, 16
aprel.
13.Mixli Safarov. Haqiqatgo’y adib. O’z AS, 1998 yil,
15 may.
Odil
Yoqubov XX asr o’zbek adabiyoti ravnaqiga hissa qo’shgan iste’dodli
ijodkordir.Taniqli tadqiqotchi H.Karimov Odil Yoqubov haqida fikr yurita turib;
«Yozuvchi iqtidori inson ruhiy olamini qay daraja tahlil qilaolganligi, uning
serqirra va murakkab faoliyatini qay darajada ochib bera olganligi va tasvirlay
olganligi, shuningdek, o’zi qalamga olgan voqea-hodisalar zaminida kishilarga
qanday yangi gap aytolganligi bilan belgilanadi» deganlarida to’la haq
edilar.Bu talablarga Odil Yoqubov ijodi to’la javob bera oladi.
Odil
Yoqubov 1927 yili Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlo²ida tu²ilgan. Otasi
Egamberdi Yoqubov 1916 yili mardikorlikka olinib, Bellorussiya o’rmonlarida
daraxt kesgan, rus tilini o’rganib,Toshkentda SAGU ni bitirgach,Chimkentda
turli lavozimlarda ishlagan.
Otasi
Odiljonni rus maktabiga o’qishga bergan, yoshligidan rus tilini puxta
o’rgangan, bu esa bo’l²usi adibni rus va jahon adabiyoti bilan tanishishiga
imkon yaratgan.
Odil
Yoqubov urushning so’nggi yili harbiy xizmatga chaqiriladi, besh yil Port-Artur
yaqinidagi Chan -Chjau shahrida xizmat qiladi.1951-56 yillarida Toshkent Davlat
universitetining filologiya fakul’tetida o’qiydi. O’n yil davomida
«Literaturnaya gazeta»ning O’zbekiston bo’yicha muxbiri, G.Gulom nomidagi
nashriyotda muharrir, «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida bosh
muharrir, respublika yozuvchilar uyushmasining boshqaruvining birinchi kotibi,
Vazirlar mahkamasi qoshidagi Respublika atamashunoslik qo’mitasi raisi bo’lib
ishladi. Albatta, adibning ijtimoiy hayotdagi bu faoliyati uning ko’plab
asarlarining yaratilishiga zamin hozirladi. Hayotda ko’rgan, guvohi bo’lgan
voqea-hodisalari xalq turmushining haqqoniyligi bilan tasvirlash imkonini
berdi.
Odil
Yoqubovni elga tanitgan asari «Muqaddas» qissasi bo’ldi. Qissa kitobxonlar,
ayniqsa,yoshlar tomonidan juda iliq qarshi olindi. Yozuvchi ikki yosh Muqaddas
va Sharifjonning mustaqil hayot ostonasidagi ilk qadamlari, quvonch va
tashvishlarini shunchaki bayon qilmaydi,balki o’quvchini hayajonga soladigan
darajada qahramonlarning ruhiy kechinmalarini etuk badiiy tilda aks ettirib
berolgan.
«Muqaddas»
qissasining nomlanishida ham ramziy ma’no jamlangan.Asar ²oyasidan kelib
chiqadigan asosiy xulosalar ham qissaning nomlanishiga ishoradir.Adib insoniyat
uchun eng qadrli va aziz,mo’’tabar ezgu tuy²ularni –diyonat,adolat,iymon
–e’tiqod, vijdon, qadr -qimmat kabi ²oyalarni qissa mazmuniga singdirib
yuborgan.Bu kabi sifatlar Odil Yoqubovning qator asarlarining bosh ²oyasini
tashkil etadi.
Odil
Yoqubov «Bir fel’eton qissasi» (1963), «Qanot juft bo’ladi» (1968), «Billur
qandillar» qissalari, «Er boshiga ish tushsa» (1966) romanida ham har qanday
adaolatsizlik, qalloblikka qarshi mardona kurasha oladigan, xususan urush
yillarida –o²ir sharoitda kattalar bilan yonma- yon turib jamoat ishlarida faol
ishtirok etayotgan yoshlar obrazini yaratdi.
Yozuvchining
zamondoshlari hayotidan olib yozilgan «Diyonat», «Oqqushlar, oppoq qushlar»,
«Adolat manzili», tarixiy mavzudagi «Ulu²bek xazinasi», «Ko’hna dunyo» asarlari
o’zbek adabiyotini ma’lum pa²ona yuqoriga ko’tarilishiga sabab bo’ldi.
Taniqli
adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo’ldoshev Odil Yoqubovning «Ulu²bek xazinasi»
romani haqida shunday fikrlarni bayon qiladi: «O. Yoqubovning romanchiligi
zamonaviy o’zbek nasrining badiiy tasvir imkoniyatini, ko’rku salobatini
ko’rsatishi bilan xarakterlidir. «Ulu²bek xazinasi»da yozuvchi asar
qahramonlari boshidan kechirgan voqealarni ko’rsatishga emas, balki ularning
ichki dunyosini ochish asnosida Ulu²bek davrining badiiy manazarasini chizishga
e’tibor beradi. Ma’lumki, hayotga faol aralashgan kishilar hamisha ziddiyatlar
qurshovida bo’ladi. Hukmdorlar o’z mavqelariga ko’ra jamiyat ishlariga faol
munosabatda bo’lishga majburlar. Har bir inson o’z hayotidagi burilish
davrlarida, kuchli qarshiliklarga duch kelganda turli-tuman o’ylarni boshidan
kechiradi. Romanda bosh qahramon ana shunday o’ylar o²ushida ko’rsatiladi. . . «Ulu²bek xazinasida sadoqat va sotqinlik,
shogirdlarning ustoz oldidagi burchi Ali Qushchi va Mavlono Muhiddin obrazlar
misolida me’yoriga etkazib ifodalangan». Olimning roman haqidagi fikrlari
hozirgi kundagi muammolarimizga qanchalik hamohang ekanligini sezish
mumkin.
«Diyonat»
romanida mustabid tuzum mafkurasi sharoitida yuz bergan ayrim kamchilik va
nuqsonlar ochib berilgan.
Odil
Yoqubov 1988-1991 yillar davomida «Adolat manzili» romanini yozgan.Roman 1994
yili «Sharq yulduzi» jurnalida,o’sha yilining o’zidayoq turk tiliga tarjima
qilinib,alohida kitob holida ham chiqdi.
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Diyonat - Vijdon,vijdonlilik,insof;
Adolat - odilona va xolisona ish tutish, haqqoniyat,
haqqoniylik, odillik.
Muqaddas. 1.din.
Dindorlar tasavvurida ilohiyat bilan bo²liq bo’lgan, aziz,tabarruk.
2.Ko’chma.Sharafli,oliyjanob,jonajon.
3.Muqaddas (ayollar ismi).
TOPShIRIQLAR:
1.Odil Yoqubovning tarjimai holi haqida gapiring?
2.Adibning jamaot arbobi sifatidagi faoliyati
to’²risida
ma’lumot bering?
3.Odil Yoqubovning elga tanitgan qissasi.
4.Odil Yoqubovning «Ulu²bek xazinasi» romaniga
Ch.Aytmatov
qanday baho
bergan?
5.Odil Yoqubovning «Ko’hna dunyo» polifonik romanining
o’ziga xos
jihatlari va
obrazlari haqida nimalarni bilasiz?
6.Odil Yoqubovning «Adolat manzili» romani bosh
mavzusi nima?
7.Odil Yoqubovning drama janridagi asarlari qaysilar?
8.Adibning qaysi asarlarini o’qigansiz va ular sizda
qanday
taassurot
qoldirdi?
MAVZU: PIRIMQUL
QODIROV HAYoTI VA IJODI
(1928 YILDA TUGILGAN)
R E J A:
1.Pirimqul Qodirov hayot yo’li haqida.
2.Pirimqul Qodirov hikoya va qissalari.
3.Pirimqul Qodirov romanlar ijodkori:
«Yulduzli
tunlar», «Avlodlar dovoni» romanlari haqida
ma’lumot.
4.Pirimqul Qodirov ijodining o’zbek adabiyoti
ravnaqidagi o’rni.
ADABIYoTLAR
:
1.Pirimqul Qodirov.Saylanma.Uch jildlik.T.,Gafur Gulom
nomidagi
nashriyot,1987-1988 yil.
2.Pirimqul Qodirov.Avlodlar dovoni.T.,Gafur Gulom
nomidagi
nashriyot,1989
yil.
3.Pirimqul Qodirov.Yulduzli tunlar.To’ldirilgan yangi
nashri.
«Sharq»
nashriyoti,T.,2002 yil.
4.Pirimqul Qodirov.Meros.Qissa va hikoyalar.T.,1983
yil.
5.Pirimqul Qodirov.Olmos kamar.Adabiyot va san’at
nashriyoti,T.,
1983 yil.
6.Pirimqul Qodirov.Uch ildiz.Adabiyot va san’at
nashriyoti,T.,
1970 yil.
7.Pirimqul Qodirov.Humoyun va Akbar.Avlodlar
dovoni.T.,
«Sharq», 1997
yil.
8.Pirimqul Qodirov.Istiqlol tongining unutilmas
voqealari.
O’zAS, 2001
yil,13 iyul.
9.Pirimqul Qodirov. «Davron meni o’tkardi saru
somondin. . . »,
O’zAS, 2002 yil,18 yanvar.
10.U Normatov.Haqiqatning mashaqqatli
yo’li.(P.Qodirov.
«Saylanma»sining uchinchi jildida).G.Gulom nomidagi nashriyot,
1988 yil.
11.P.Shermuhamedov.Pirimqul Qodirov.(Adabiy portret).
T.,Gafur
Gulom nomidagi nashriyot,1983 yil.
12.A.Kattabekov.Tarix saboqlari.T.,1985 yil
Pirimqul
Qodirov XX asr o’zbek adabiyotini o’zining sermahsul ijodi –yirik asarlari
bilan boyitgan adibdir.
Pirimqul
Qodirov 1928 yili Tojikiston Respublikasining O’ratepa tumanida dunyoga
kelgan.U Toshkent Davlat dorilfununida, keyin Moskvadagi Gor’kiy nomidagi jahon
adabiyoti institutida o’qidi.
Pirimqul
Qodirovni tadqiqotchi sifatida ko’proq badiiy asar tili,yozuvchi mahorati
masalalari qiziqtirdi.Shuning uchun ham u uzoq yillar O’zbekiston Fanlar akademiyasi til va adabiyot
institutida ishladi. «O’zbek sovet adabiy tanqidi tarixi», «O’zbek sovet
adabiyoti tarixi» kabi Oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallab yozilgan
darsliklarga ham mualliflik qildi. «Til va dil», «Xalq tili va realistik proza»
nomli ilmiy risolalar yozdi.
Pirimqul
Qodirovning ilk ijodi namunalari kundalik matbuot sahifalarida 40 –yillarning
oxirlarida ko’ringan,1950 yili «Studentlar» sarlavhali hikoyasi chop
etildi.Adibni keng kitobxonlar ommasiga tanitgan asari esa 1957 yilda yozib
tugallangan «Uch ildiz» romani bo’ldi.Asar muhokamasiga ba²ishlangan yi²ilishda
roman xususida ko’plab iliq fikrlar aytilib,A.Qahhorning yuksak bahosiga
sazovor bo’ldi. «Uch ildiz» romanida adib zamon ruhini,kishilar ma’naviy
olamini mohirona tasvirini bera oldi.
Pirimqul
Qodirovning sermahsul ijodiy faoliyati 60-70 yillarga kelib hikoya va qissa
janridagi asarlar bilan boyidi.Uning «Jon shirin», «Kayf», «Olov», «Qadrim»,
«Erk», «Meros», «Sarguzashtlar», «Yayra institutga kirmoqchi» kabi hikoya va
qissalari o’quvchilar tomonidan zo’r qiziqish bilan kutib olindi.
O’zbek
adabiyotida adibning «Olmos kamar», «Qora ko’zlar» romanlarining o’ziga xos
o’rni bor.
Zamonaviy
mavzudagi asarlari orqali qalami charxlangan adib endi o’ta jiddiy va
mas’uliyatli mavzu – tarixiy mavzudagi romanlar yoza boshladi.Uzoq yillik
izlanishlar, betinim ijodiy faoliyat Pirimqul Qodirovni Temurxon naslining ulu²
siymolari Bobur va uning avlodlari hayotiga ba²ishlangan «Yulduzli tunlar»,
«Avlodlar dovoni» singari asarlarini maydonga kelishiga sabab bo’ldi.
«Yulduzli
tunlar» romani 1972 yili yozib tugallangan bo’lsa-da, ayrim qarshiliklar
tufayli 1978 yildagina alohida kitob holida chop etilib, kitobxonlar
muhokamasiga havola etildi. Asar rus tilida bosildi, boshqa chet tillarga
tarjima etildi.Roman muallifiga qo’yilayotgan asossiz ayblar 1988 yili «Sharq
yulduzi» jurnalida e’lon qilingan «Avlodlar dovoni» romani nashrini ham uch
yilcha to’xtatib qo’ydi.
Roman
yaqinda «Humoyun va Akbar» nomi bilan kitob holida nashrdan chiqarildi.
Pirimqul
Qodirov: «Barkamol avlod tarbiyasi uchun
Alisher Navoiy va Bobur Mirzo kabi ulu² ajdodlarimizning hayotiy tajribasi
hamda ijodiy merosini o’rganish, ularning ibratli jihatlarini o’zlashtirish
oldimizda turgan dolzarb vazifalardandir. Bu vazifani astoydil ado etish uchun
mumtoz adabiyotimizning hali o’rganilmagan badiiy til xazinalarini ochish
zarur.Kitobxonlar ommasi bu xazinalar eshigini ochadigan kalitlarga ehtiyoj
sezadilar» degan fikrlari bilan istiqlol davri adabiyotida ijodkorlarning
oldida turgan mas’uliyatli vazifalariga oydinlik kiritdi. Xolbuki, o’zbek
adabiyotida Pirimqul Qodirov o’z fikrlarining bir qadar uddasidan chiqqan
iste’dodli ijodkordir. Tarixiy mavzudagi asarlari bilan kitobxonni uy²onish
davrining ulu² siymolari hayoti va ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.
Zero, ulu² ajdodlarimiz hayotiy tajribalari, ijodiy merosi orqali yoshlarni
tarbiyalashdek eng dolzarb mavzular istiqlol davri o’zbek adabiyoti oldida
turgan katta va ulu² vazifadir.
O’zbekiston
xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov ijodiy mehnati hukumatimiz tomonidan munosib
bahosini olgan.
«Yulduzli
tunlar» romani uchun adib 1982 yilda Hamza nomidagi respublika Davlat
mukofotiga sazovor bo’ldi.
MAVZUGA OID
TAYaNCh TUShUNChALAR:
Dovon.1.To²
yoki tepalikning oshib o’tsa bo’ladigan qulay joyi, oshuv.
2.Ko’chma.Keyingi
yillarga yo’l ochib beradigan katta,ulkan ish; qiyin marra.
Meros.
1.Marhumdan vorislarga qolgan mulk.
2.Ajdodlardan
avlodlarga qolgan ilmiy,adabiy,madaniy boylik.
Insof. Adolat va vijdon amri bilan ish tutish
tuy²usi va qobiliyati,ishda,kishilarga munosabatda halollik,to’²rilik, vijdon.
Erk.
1.Kishining yoki kishilarning o’z hohishi bilan ish -harakat qilish huquqi:
ixtiyor mayl.
2.Siyosiy, iqtisodiy, huquqiy jihatdan mustaqillik;
erkinlik, ozodlik, hurriyat.
TOPShIRIQLAR:
1.Pirimqul Qodirovning ijodiy va ijtimoiy faoliyati
to’²risida
ma’lumot
bering?
2.Adibning «Qora ko’zlar» romanining nomlanishida
qanday ramziy
ma’no bor?
3. «Uch ildiz», «Olmos kamar» asarlarida Pirimqul
Qodirov
hayotdagi
qanday muammolarni bosh mavzu sifatida olgan?
4. «Jon shirin» hikoyasi, «Erk», «Meros» qissalarini
birlashtirib
turgan umumiy jihatlar nimada?
5.
«Yulduzli
tunlar» romanining yaratilishi va obrazlari haqida
fikr
yuriting. Asarda Bobur siymosi qanday namoyon bo’ladi?
6.«Avlodlar dovoni»dagi voqealar qaerda bo’lib o’tadi?
7.«Avlodlar dovoni» romanining ma’naviy –ma’rifiy
ahamiyati
nimada ?
8.Akbarni shoh sifatida nom qozonishida Hamidabonuning
o’rnini
qanday
izohlaysiz?
MAVZU:
ERKIN VOHIDOV HAYoTI VA
IJODI
(1936 yilda tu²ilgan)
R
E J A :
1.Hozirgi o’zbek she’riyati ravnaqida Erkin Vohidov
ijodining
o’rni.
2.Erkin Vohidov tarjimai holi.
3.Erkin Vohidov she’riyatining o’ziga xos
xususiyatlari.
4.Erkin Vohidov dostonlari : «Nido», «Ruhlar isyoni».
5.Erkin Vohidov –mohir dramaturg.
6. Erkin Vohidov tarjimalari.
ADABIYoTLAR:
1. Erkin Vohidov. Dostonlar. G.Gulom nomidagi Adabiyot va
san’at
nashriyoti. T., 1973 yil.
2. Erkin Vohidov. Sadoqatnoma. T., 1985 yil.
3. Erkin Vohidov. Ruhlar isyoni. G. Gulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti. T., 1980 yil.
4. Erkin Vohidov. Saylanma. Ikki tomlik. G. Gulom
nomidagi nashriyot. T., 1986 yil.
5. Erkin Vohidov. Iztirob. T., «O’zbekiston», 1992 yil.
6. Erkin Vohidov. Shoiru she’ru shuur. T., «Yosh
gvardiya», 1987
yil.
7. Erkin Vohidov. Yaxshidur achchiq haqiqat. T., «Nur»,
1992 yil.
8. Erkin Vohidov. Yangi asr ostonasidagi o’ylar. O’zAS,
2000 yil,
22-dekabr.
9. R. Ino²omov. Shoir bo’lish osonmas. T., G.Gulom
nomidagi
Adabiyot va
san’at nashriyoti. 1996 yil
10.O.Abdullaev .Tong nafasi.Sharq yulduzi,1983 yil,
9-son.
11.I.Yormatov .Sohillar shukuhi.T., «Yozuvchi», 1994
yil.
12.M.Hoshimova .She’riyatdagi milliylik. Til va adabiyot
ta’limi,1988
yil,1-son.
13.O’zbegim «Vatan» seriyasi T., 1992 yil.
El
ustozim men esam –tolib !
So’z
durlarin termoqdir ishim.
Odamlarning
o’zidan olib
Odamlarga
bermoqdir ishim –
Misralarining bitilganiga ham bir necha yillar o’tdi.
Biroq shu yillar davomida sevimli shoirimiz Erkin Vohidov xalqning shodligu
quvonchlariga, qay²u –anduhlariga, dardlariga sherik bo’lib, «haq so’zni aytish qiyin bo’lgan zamon» larda
ham kitobxonlarga ma’naviy madad bo’ladigan asarlar yaratdi. Shuning uchun ham
Erkin Vohidov ijodining o’zbek adabiyotida o’ziga xos- alohida o’rni bor.
Erkin
Vohidov 1936 yilning 28 dekabrida Far²ona viloyati- ning Oltiariq tumanida
o’qituvchi oilasida dunyoga kelgan.Otasi Cho’yonboy, onasi Roziyaxon qishloq
o’qituvchilari bo’lishgan.Shoir ota-onasidan erta ajraladi. Ular vafotidan
keyin shoir to²alari qo’lida tarbiyalangan. To²alari Sohiboevlar juda
madaniyatli, adabiyot va san’atga ishtiyoqi baland, taniqli jamoat arboblari
bo’lishgan.Bo’lajak shoir dunyoqarashining shakllanishida oiladagi sharoit juda
katta ta’sir ko’rsatgan.
She’riyatga
bo’lgan qiziqish Erkin Vohidovni shoir Gayratiy rahbarligidagi to’garakka
etaklab keladi.Shoirning o’smirlik yillari haqida xotiralarida aytishicha,
Gayratiy to’garagi va to²alari xonadonida bo’lib turadigan adabiy suhbatlar,
Mirtemir seminari she’riyat olamiga kirib kelishida bosh turtki bo’lgan.
Erkin
Vohidov 1955-1960 yillari Toshkent Davlat universiteti filologiya fakul’tetida
ta’lim oldi. O’quvchilik yillaridayoq she’rlari gazeta va jurnallarda
bosildi.Ilk she’riy to’plami 1961 yili «Tong nafasi» sarlavhasi bilan
studentlik yillarida chop etildi.
Shoirning
bu yillar ijodi turli ohanglarda kechdi. Ba’zan ruhiy iztirob va
o’rtanishlar,ba’zan bolalarcha sho’x, o’ynoqi hazil she’rlar ham yozdi;xalq
kechmishi bilan bo²liq mahzun misralar ham bitdi.
60-yillar
ijodiy mahsuli «Yoshlik devoni»da jamlangan bo’lib, undagi she’rlar shoir
dunyoqarashlari ifodasi bo’libgina qolmay, she’riyatimiz rivojining ma’lum bir
tomonlarini ko’rinish sifatida ham ahamiyatlidir.
Odamlar,siz
mening hayotim,
Har
biringiz umrim parchasi
degan shoir ijodining qirralari yillar o’tishi bilan
turli janrlar bilan kengayib bordi.
70-80 yillarda «Tirik
sayyoralar», «Sharqiy qir²oq» she’riy kitoblari, «Nido», «Ruhlar isyoni»,
«Istanbul fojiasi» dostonlari yuzaga keldi. «Sen menga tegma», «Manfaat
falsafasi», «Majlis qiling», «Donish qishloqlatifalari» kabi satirik-yumoristik asarlari
yaratildi.Erkin Vohidov shu yillar ijodida hajviy she’rlariga rivoyat -hikoyat
usulini qo’llaydi. «Donish qishloq latifalari» aynan shu shaklda yozilgan.
Shoir
uchun inson qalbi eng buyuk xilqat. Bu xilqatning turfa ranglari «Qalb shunday ummonki. . . » she’rida yaqqol
ko’zga tashlanadi:
Qalb
shunday ummonki, uning ba²rida
Dahshatli
dol²alar silsilasi bor.
Qalb
shunday zaminki, otash qa’rida
Vulqonlar
otguvchi zilzilasi bor.
90-yillar
hayotimizdagi o’zgarish va yangiliklar Erkin Vohidovning «Yaxshidir achchiq
haqiqat» to’plamiga kirgan she’rlarida o’z aksini topdi.
Erkin
Vohidov doston janrida ham qator asarlar
yozdi. Mavzusi va uslubi jihatidan ular rang-baranglikka ega.
«Quyosh
maskani», «Toshkent sadosi», «Qasida usulida», «Buyuk hayot tongi», «Choro²bon»
sho’ro davrida odatga aylangan Leninni ulu²lashga qaratilgan, «Baxmal»
bosmachilik harakati haqida, «Palatkada
yozilgan doston» Toshkent shahridagi zilzila xususida bitilgan dostonlardir.
Shoirning
haligacha o’z badiiy qimmati va hayotiy ahamiyatini yo’qotmay, o’quvchilarga
ma’naviy ko’mak berib kelayotgan dostonlari ham bor. «Nido», «Ruhlar isyoni»,
«Istanbul fojiasi» dostonlari shular jumlasidandir.
«Nido»
dostoni 1964 yili yozilgan.Doston bir necha yillardirki, maktab darsliklariga
kiritilib, o’quvchilar tomonidan
o’rganilib kelinadi. Albatta, doston –shoirning otasiga ba²ishlab
bitilgan. Otasi – Cho’yanboy Vohidov urush qurboni bo’lgan. Asarni o’qigan
kitobxon birgina shaxsning ruhiy iztirob, kechinmalarinigina emas,
million-million urush qurboni bo’lgan kishilarning nidosi,etim qolgan
o’²lonlarning ²am²in sadosi dostonning
mazmunini egallab olganini tushunadi.
Oradan
bir necha yil o’tib shoirning «Ruhlar isyoni» dostoni yuzaga keldi.
Doston
otashin bengal shoiri Nazrul Islom jasoratiga ba²ishlangan. «Ruhlar
isyoni»-fojiiy asar.Unda Nazrul Islom kurashi, el-yurt, xalq saodati yo’lidagi
matonati alamli yakun topdi.
Asarda
Erkin Vohidov kurashchan shoir Nazrul Islomning fidoyiligi, isyonkor ruhini
butun ulu²vorligi bilan ochib berolgan.
Erkin
Vohidov XX asr o’zbek adabiyotini sermazmun asarlari bilan boyitgan,
qolaversa, istiqlolimizni ulu²lovchi
she’rlari bilan o’quvchilar hurmatiga sazovor bo’lgan ijodkordir
MAVZUGA OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Iztirob-qattiq
hayajon,ruhan ezilish,siqilish.Iztirob chekmoq.
Nido-biror
kayfiyatni,his-tuy²uni ifodalovchi ovoz, tovush;
Ruh. 1.Kishining ichki holatini, psixologik
kechinmalarini, his tuy²ularini aks ettiruvchi kayfiyati.
2 ko’chma.Idealistik filosofiya va diniy tushunchaga
ko’ra: kishi hayotida u bilan birga, vafotidan keyin esa tandan chiqib abadiy
yashaydigan ²ayritabiiy asos; arvoh.
Isyon
-sinfiy,milliy,huquqiy manfaatlarni himoya qilib ko’tariladigan
qo’z²olon,²alayon,tu²yon.
TOPShIRIQLAR:
1.Ekin Vohidovning bolalik va o’smirlik yillari haqida
nimalarni
bilasiz?
2.Shoirning qaysi she’rlarini yod olgansiz?
3.Erkin Vohidovning doston janridagi asarlari xususida
so’zlab
bering?
4.Erkin Vohidovning jamoat arbobi sifatidagi faoliyati
to’²risida
gapiring?
5.Shoir mahorati aruzdagi she’rlarida qanday namoyon
bo’lgan?
6.She’riy to’plamlarining nomlarini ayting?
7.Erkin Vohidovning tarjimonlik faoliyati haqida ma’lumot
bering?
8. «Ruhlar isyoni» dostonining yaratilishi va lirik
qahramon
kechinmalari.
9.Erkin Vohidovning «Oltin devor» komediyasi haqida
fikrlaringiz?
10.Erkin Vohidovning o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga
qo’shgan
hissasi.
MAVZU : ABDULLA ORIPOV HAYoTI VA IJODI
(1941 yilda tu²ilgan)
REJA:
1.Abdulla Oripovning tarjimai holi haqida.
2.Abdulla Oripov lirikasining o’ziga xos
xususiyatlari.
3.Abdulla Oripov dostonlari.
4.Abdulla Oripov dramalari.
5.O’zbek adabiyotida Abdulla Oripov ijodining o’rni.
ADABIYoTLAR:
1.Abdulla Oripov . Tanlangan asarlar. To’rt jildlik.
T., Gafur
Gulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 2002 yil.
2.Abdulla Oripov. Mitti Yulduz. T.. Gafur Gulom nomidagi
Adabiyot va
san’at nashriyoti, 1965 yil.
3.Abdulla Oripov. Yillar armoni. T., Gafur Gulom
nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984 yil.
4.Abdulla Oripov.Sohibqiron. T., Gafur Gulom nomidagi
Adabiyot va
san’at nashriyoti., 1996 yil.
5.Abdulla Oripov. Haj daftari. Gafur Gulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996 yil.
6.O.Sharafiddinov. She’riyat-qalb yolqini. «Hayot
bilan
hamnafas»
kitobida. T., «Yosh gvardiya», 1983 yil.
7.M.Qo’shjonov. Onajonim-she’riyat. T., «O’qituvchi»,
1984 yil.
8.I.Gofurov. She’riyat-kurashchanlik demak. T.. Gafur
Gulom
nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984 yil.
9.M.Qo’shjonov, Suvon Meli. Abdulla Oripov. Adabiy
portret. T.,
«Fan», 2000
yil.
10.M.Vafoeva, D.Do’sanova. Abdulla Oripovning
«Sohibqiron»
dramasida
frazeologizm va tasviriy vositalarnin
qo’llanilishi. «Til va adabiyot ta’limi», 2002 yil, 4-son.
O’zbekiston
xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov XX asr o’zbek adabiyotining zabardast
vakillaridan biridir. Uning asarlari adabiyotimizning rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.
Abdulla
Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyatining Koson tumaniga qarashli
Neko’z qishlo²ida tu²ildi.
1963 yilda Toshkent Davlat universitetining filologiya
fakul’tetining jurnalistika bo’limini tugatdi. 1963-1980 yillarda nashriyot va
jurnallarda ishladi. Hozirgi kunda shoir O’zbekiston Yozuvchilar ushmasining
rahbaridir.
Abdulla Oripovning birinchi she’rlar to’plami
«Mitti yulduz» bo’lib, u 1965 yilda bosilib chiqdi. Keyinchalik yaratilgan
she’rlarida shoirning dunyoqarashida falsafiy teranlik, jo’shqin lirik ohang
ustivorlik qiladi:
Yashasang
dunyoda yoru² yuz bilan,
Hurmat
ko’rguzsang va bo’lsa izzating!
Ketsang
, eslasalar shirin so’z bilan,
Yaxshi
noming qolsa, qolsa yana xizmating.
Shoirning
qator she’riy kitoblari e’lon qilingan: «Ko’zlarim yo’lingda» (1966), «Onajon»
(1969), «Chashma», «Ruhim» (1971), «Hayrat» (1974), «Yurtim shamoli» (1976),
«Najot qal’asi» (1980), «Yillar armoni» (1984), «Ishonch ko’priklari» (1989),
«Munojot» (1992), «Dunyo» (1995), «Haj daftari» (1995), «Saylanma»(1996) shular
jumlasiga kiradi.
Abdulla
Oripov tinim bilmay ijod qilmoqda .Uni butun Respublikamiz xalqi juda yaxshi
taniydi. Ayniqsa, Mustaqil O’zbekistonimiz – Vatanimiz madhi uning ijodida
yorqin, haqqoniylikda o’z aksini topdi. Sevgi-muhabbat mavzuidagi she’rlari,
ona haqidagi lirikasi kitobxonlar qalbida chuqur o’rin oldi:
Mushtipar
ham o’zing, buyuk ham o’zing,
Kuyinchak
ham o’zing, kuyuk ham,
Olamga
tatirlik suyuk ham o’zing,
Payt
keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey,
o’zbek onasi, o’zbek onasi.
. . . Sizga
ta’zim qilib turibman bu payt,
Sizga
baxshidadir eng shohona bayt,
Aziz
Yurtboshingga duolaring ayt,
Payt
keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey,
o’zbek onasi, o’zbek onasi.
Abdulla
Oripov doston janrida ham sermazmun asarlar yarata oldi. Uning «Ranjkom»,
«Jannatga yo’l», «Hakim va ajal»,
dramatik dostonlari, buyuk ajdodimiz Amur Temurga ba²ishlangan
«Sohibqiron» dostonlari bilan o’quvchilarimiz yaqindan tanish.
Abdulla
Oripov adabiyotimizga yangicha badiiy tafakkur yo’sinlarini olib kirgan
ijodkordir. U inson qalbidagi ziddiyatlarni, ruhiy holatlarni o’ziga xosligi
bilan ko’rsatib berayotgan shoirdir. Shoirning «Sohibqiron» she’riy dramasi
Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan yaratilgan bo’lib, mustaqillik
davri adabiyotiga bebaho xazina bo’lib qo’shildi.
Asarda
tasvirlanishicha, Amir Temur adolat uchun kurashib, jahonning qariyb yarmini
zabt etib, Buyuk Turon saltanatini barpo etadi. Orttirgan boyliklarini ezgu
ishlar uchun sarflaydi. El-yurt obodonchiligini o’ylab, shahar va qishloqlar, madrasalar bunyod
ettirib, kanallar qazdirib, cho’lda bo²-ro²lar yaratadi.
Asarda
Amir temur obrazi bilan birga Sulton Boyazid, Bibixonim, Amir Husayn, Ahmad
Yassaviy kabi obrazlar ham jonli va
ishonarli qilib tasvirlanadi.
Asardan
keltirilgan Amir Temur nutqidan olingan
quyidagi o’ringa e’tibor bering:
Nega
ko’pdir nayrangbozu kazzob kimsalar?
Nega
bosgan er yuzini buncha ko’p illat?
Men
zaminni tozalashim kerak ulardan.
Ajal
mudom bekinmachoq o’ynar biz bilan.
Men
o’limdan qo’rqamanmi?
Ko’p
chigal savol. . .
Drama
so’ngida Amir Temur umr bo’yi qilgan savobu gunohlarini sarhisob etib:
Tinsiz
jangu jadal bilan o’tdi hayotim,
Balki
qancha umrlarga zomin bo’lganman.
Oxiratda
etagimdan tutmasmi ular?-deydi.
Xullas,
drama tili sodda, chuqur mazmunli, badiiy tasvir vositalarining me’yorida
qo’llanilishi, shoirona fikr-mushohadalarga boyligi bilan ahamiyatlidir.
Ushbu
«Sohibqiron» dramasi maktab, litsey, kollejlarda o’rganilmoqda.
Abdulla
Oripov Dantening «Ilohiy komediya» asarini 28 yoshida rus tilidan o’zbek tiliga
katta mahorat bilan tarjima qildi. Shoirning o’zining qator asarlari ham juda
ko’plab tillarga tarjima qilingan.
Mustaqil
O’zbekiston Respublikasi madhiyasi so’zlarining muallifi, Alisher Navoiy
nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotining sovrindori, O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining noibi Abdulla Oripovdan kitobxonlar kelgusida ko’plab asarlar
kutib qoladi.
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Jannat.
1. Diniy-mistik tasavvurlarda dindor begunoh kishilarning ruhi u dunyoda
rohat-faro²atda yashaydigan joy; behisht.
2.ko’chma.
Hamma narsa muhayyo bo’lgan, rohatbaxsh, xushmanzara, obod joy.
Najot.1.
Xalos bo’lish, qutulish. 2. Qutulish yoki qutqarish uchun zarur yordam, ko’mak.
Haj-Makka
shahriga borib, zulhijja oyida belgilangan qoida va odatlarga amal qilgan holda
Ka’bani tavof va ziyorat etish.
Hakim.1.
O’tkir tabib; vrach, doktor. 2. Donishmand, faylasuf.
TOPShIRIQLAR:
1.Abdulla Oripov she’riyatining adabiyotimizni yangi
bosqichga
ko’tarilishidagi
ahamiyati xususida so’zlang?
2.Abdulla Oripov jahon adabiyotining durdona
asarlarini o’zbek tiliga o’girgan. Ular qaysi asarlar va mualliflari
kim?
3.Abdulla Oripov ijodida muhabbat mavzuida yozilgan
she’rlar.
4.Abdulla Oripov lirikasida Ona haqidagi she’rlari.
5.Shoir ijodida Ona-Vatan mavzuining yangicha talqini.
6.Abdulla Oripov qanday dostonlar yozgan?
7.She’riy to’plamlari haqida ma’lumot bering?
8.«Onajon», «Tilla baliqcha», «O’zbekiston»
she’rlarini yodlang.
MAVZU : ShUKUR XOLMIRZAEV HAYoTI VA IJODI
(1940 yilda tu²ilgan )
REJA:
1.O’zbek hikoyachiligi ravnaqida Shukur Xolmirzaevning
o’rni.
2.Shukur Xolmirzaev tarjimai holi.
3. «O²ir tosh ko’chsa», «Hayot abadiy», «Bodom qishda
gulladi»
to’plamlariga
kirgan hikoyalarida adib mahorati.
4.Shukur Xolmirzaev iste’dodli romannavis: «Qil
ko’prik»,
«Olabo’ji» romanlari.
5.Shukur Xolmirzaev dramaturg.
ADABIYoTLAR:
1.Shukur Xolmirzaev. O²ir tosh ko’chsa. Hikoyalar va
qissalar. T.,
1980 yil.
2.Shukur Xolmirzaev. To’lqinlar. T., O’zadabiynashr.
1963 yil.
3.Shukur Xolmirzaev. O’n sakkizga kirmagan kim bor. .
. T., «Yosh
gvardiya»,
1965 y.
4.Shukur Xolmirzaev. Hayot abadiy. T.,G.Gulom nomidagi
Adabiyot
va san’at
nashriyoti. 1974 yil.
5.Shukur Xolmirzaev. So’nggi bekat. T., «Yosh gvardiya»,
1976 yil.
6.Shukur Xolmirzaev. Yo’llar, yo’ldoshlar. T., «Yosh
gvardiya», 1984y
7.Shukur Xolmirzaev. Qil ko’prik. G.Gulom nomidagi
Adabiyot va
san’at
nashriyoti, 1984 yil.
8.Shukur Xolmirzaev. Komil inson orzusi yoxud
adabiyotning ibrat
yaratish
mas’uliyati haqida. O’z AS, 2001 yil, 1 yanvar.
9.Shukur Xolmirzaev. Aytar so’zimizga mas’ul
bo’laylik. O’zAS,
2002 yil,
yanvar.
10.Shukur Xolmirzaev. O’ttiz besh yoshda ham. . . O’z
AS, 2002 yil,
6 iyul
11.Sanjar Sodiq. Hozirgi o’zbek adabiyoti T.,
«O’zbekiston», 1992
yil.
12.M.Hamidova. Bir obrazda ikki qiyofa talqini.
(Sh.Xolmirzaev ning «Qil ko’prik» romanidagi badiiy mahorati misolida). O’zbek
tili va adabiyoti, 2001 yil, 4-son.
Shukur
Xolmirzaev zamonaviy o’zbek hikoyachiligining zabardast ijodkorlaridan biridir.
Shukur
Xolmirzaev 1940 yilning 24-martida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi
Shahidlar guzarida tu²ilgan.
Otasi Fayzulla Xolmirza o’²li asli Bulun²urdan bo’lib,
zamona zayliga ko’ra Boysunga kelishga majbur bo’lgan. Onasi ham ilm-ma’rifatli
ayol bo’lib, turli rahbarlik lavozimlarda ishlagan.
Bo’l²usi
adib o’rta maktabni Boysunda bitirgach, 1957 yilda Toshkent Davlat
universitetining filologiya fakul’tetiga o’qishga kiradi va uni 1962 yilda
tugatdi. Shundan so’ng, Toshkentdagi bir qancha nashriyot va gazeta-jurnallar
tahririyatida ishlaydi.
Shukur
Xolmirzaev ijodga talabalik yillaridan kirib kelgan. Shu yillari uning bir qancha hikoyalari, «Oq otli» (1961),
«To’lqinlar» (1962) nomli qissalari yozildi.
1965 yilda «O’n sakkizga kirmagan kim bor?» qissasi
yaratildi-yu, Shukur Xolmirzaev kitobxonlarning sevimli ijodkoriga aylandi.
80-yillarga
kelib adibning qator hikoyalar to’plamlari yaratildi: «Hayot abadiy» (1974),
«O²ir tosh ko’chsa» (1980), «Bodom qishda gulladi» (1986) singari to’plamlari
shular jumlasidandir. Uning har bir asarida hayotiy biror muammoning badiiy
talqini o’z aksini topgan. To’plamlarga kirgan «Qadimda bo’lgan ekan», «O²ir
tosh ko’chsa», «Jinlar bazmi», «Podachi», «Zov ostida adashuv», «Ko’k dengiz»
kabi hikoyalarida adib har bir xarakterning ruhiy dunyosini har tomonlama ochib
berishga, qahramonlarni samimiyligi, soddaligi bilan, tabiatni esa jonlantirib
tasvirlashi o’zbek hikoyachiligida
o’ziga xoslik kasb etadi.
Shukur
Xolmirzaev katta janrdagi asarlarga qo’l urib, 1976 yilda «So’nggi bekat», 1984
yilda «Qil ko’prik» romanlarini yozib tugatdi. «Qil ko’prik» romani Buxoro
mustaqilligi mavzuiga ba²ishlangan bo’lib, roman markazida Qurbon obrazi
turadi.
1987 yili o’quvchilar adibning yangi «Yo’lovchi» romani, 1991 yili esa
«Olabo’ji» romani bilan tanishdilar.
Adib 1987 yilda dramaturgiyaga murojaat qilib «Qora
kamar» nomli drama yaratdi. Asar tarixiy mavzuda yozilgan bo’lib, inson taqdiri
butun fojiaviy tomonlari bilan tahlil etilgan.
Shukur Xolmirzaev
o’zbek adabiyotida Abdulla Qahhordan keyin hikoya janrida etuk asarlar
yaratayotgan iste’dodli adibdir.
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
To’lqin. 1. Qattiq chayqalib turgan suv betidagi po’rtana;
dol²a.
2.Ko’chma.
His-tuy²u, ichki kechinma va shu kabilarning jo’shqin harakati, to’l²anishi,
²alayoni; tu²yon.
3.ko’chma.
Jamiyatdagi, hayotdagi kuchli harakat.
Olabo’ji. 1.Yosh bolalarni qo’rqitish uchun aytiladigan so’z.
(haybatli, qo’rqinchli bir maxluq ma’nosida).
2.ko’chma.
Vahimali, qo’rqinchli narsa.
Kamar-kiyim
ustidan belga bo²lanadigan, odatda ko’ndan qilinadigan enli tasma; qayish.
TOPShIRIQLAR:
1.Shukur Xolmirzaevning hayot yo’li haqida gapiring.
2.Adibni elga tanitgan hikoyasi qaysi?
3.Shukur Xolmirzaevning hikoyalari qanday nomlar bilan
to’plam
ostiga
kiritilgan?
4.Shukur Xolmirzaevning roman janridagi asarlarini
ayting va
ularning bosh
²oyasi haqida ma’lumot bering.
5. «Olabo’ji» romanining nomlanishi asar mazmuniga
qanday
singdirilgan?
5.
«Qora
kamar» dramasidagi bosh mavzu va obrazlari
haqida gapiring?
6.
Drama
qachon sahnalashtirilgan va adib bu asari uchun qanday taqdirlangan?
MAVZU: O’TKIR HOShIMOV HAYoTI VA IJODI
(1941 yilda tu²ilgan)
REJA:
1.O’tkir Hoshimovning hayot va ijod yo’li haqida.
2.O’tkir Hoshimov hikoyalari.
3.O’tkir Hoshimov qissalar ijodkori.
4.O’tkir Hoshimov iste’dodli romannavis.
5.O’tkir Hoshimov dramatik asarlari.
6.O’tkir Hoshimov ijodining ²oyaviy-badiiy qiymati.
ADABIYoTLAR:
1.O’tkir Hoshimov. Saylanma. P jildlik. T., «Sharq»
nashriyoti,
1998 yil.
2.O’tkir Hoshimov. Saylanma. P jildlik. Birinchi jild
.Bahor
so²inchi.
Qissalar. Hikoyalar. Sahna asarlari. Hajviy
hikoyalar.
O’ylar. T., Gafur Gulom nomildagi Adabiyot va san’at
nashriyoti,
2001 yil.
3.O’tkir Hoshimov. Saylanma. Ikkinchi jild. Hadikli
tushlar.
Roman.
Hikoyalar. Sahna asarlari. Hajviy hikoyalar. O’ylar. T.,
Gafur Gulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2002 yil.
4.O’tkir Hoshimov. Nur borki, soya bor. Toshkent, 1981
yil.
5.O’tkir Hoshimov. Bahor qaytmaydi. T., Gafur Gulom
nomidagi
Adabiyot va
san’at nashriyoti, 1993 yil.
6.U. Normatov. Ilk tajriba saboqlari. «Etuklik»
kitobida. T..
Gafur Gulos
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982 yil.
7.U .Normatov. Tajriba sirlari. O’z AS, 1991 yil, 8 noyabr.
8.U. Normatov. Faryod. («Tushda kechgan umrlar» romani
haqida),
O’z AS, 1992
yil, 14 avgust.
9.O.Sharafiddinov. El ardoqlagan adib. O’tkir
Hoshimov. «Bahor
qaytmaydi»
kitobida. T., Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va
san’at
nashriyoti, 1993 yil.
10.A.Rasulov. Ijodning sirli ibtidosi. «Yoshlik», 1991
yil,
12-son.
Zamonaviy
o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan yozuvchilardan biri O’tkir
Hoshimov 1941 yilning 5 avgustida Toshkent shahrida tu²ildi. Uning ajdodlari
ziyoli, o’qimishli odamlar bo’lishgan. Otasi ishchi bo’lgan. Umrining ko’p
qismini Toshkent to’qimachilik kombinatida ishlab o’tkazgan. O’rta maktabni
tugatgach, 1959-1964 yillarda Toshken Davlat universitetining filologiya
fakul’teti jurnalistika bo’limida o’qidi. Oliy ma’lumot olgach, “Toshkent
haqiqati” , “Sovet o’zbekistoni” gazetalarida ishladi. 1966 yildan “Toshkent
oqshomi” gazetasi tahririyatida bo’lim mudiri, Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyotida bosh muharrir o’rinbosari vazifalarida ishladi. Hozirgi
kunda “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriridir.
O’tkir
Hoshimov yoshligidan qiziquvchan, mehnatsevar yigit bo’lgan. Onasi -Hakima opa
uy bekasi bo’lib, ²oyatda xushfe’l, zehni o’tkir ayol bo’lgan. Hammaga
e’tiborli, mahalla-ko’yda o’z obro’siga ega bo’lgan. Shuning uchun ham uni
“Poshsho oyi” deb atashgan. O’tkir ro’z²or tebratish ishlariga ko’maklashgan.
U-sinfda o’qib yurgan kezlarida she’r mashq qilgan, hikoyalar yozishga uringan.
Adibning
birinchi kitobchasi 1962 yili talabalik davrida “Po’lat chavandoz” nomi bilan
bosmadan chiqgan. 1963 yili esa “Sharq
yulduzi” jurnalida “Cho’l havosi” degan qissasi bosiladi-yu, O’tkir Hoshimov
kitobxonlarga taniladi. Bu qissa Abdulla Qahhorning e’tiboriga tushib,
muallifga maktub yo’llagan.
U “Shamol esaveradi”, “Qalbinga quloq sol”,
“Muhabbat”, “Nigora”, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari”, “Odamlar nima
derkin?”, “Gunafsha” kabi hikoya va qissalarida hayotiy muammolarni ko’tarib
chiqishga harakat qildi. Asarlarining ko’pchiligini yoshlar hayotiga ba²ishladi.
“Bahor
qaytmaydi”(1970) qissasida yozuvchi iste’dodli, biroq uning qadriga etmagan,
xudbin, manmanlikka berilib ketib ma’naviy inqirozga yo’liqqan kishining
hayotini tahlil etib beradi. Asarning badiiy qimmati juda kattadir. Alimardon o’z
iste’dodiga, hatto do’sti Anvar, sevimli rafiqasi Muqaddam, o’²li
Shavkatjonning taqdiriga befarqligi tufayli hayoti fojia bilan tugaydi.
Alimardon qismati ko’plab shu toifa odamlarga saboq bo’lishi tabiiy.
O’tkir
Hoshimov hikoya va qissalar yozib, tajriba to’plab, roman janrida asar yozishga
kirishdi. 1977 yili uning birinchi romani “Nur borki, soya bor” bosilib chiqdi.
Romanga 70-yillarda jamiyatda yuz berayotgan voqealar asos qilib olindi.
Jamiyatda poraxo’rlik, ta’magirlik avj olgan, ayrim kishilarning tinimsiz
mehnati evaziga kimlardir rohat-faro²atda yashayotgan, xalq dilidagini tiliga
chiqara olmayotgan kezlarda asarni ayni shu muammolarga ba²ishlanishi ijodkor
uchun katta jasorat edi.
80
yillari adibning “Mashina sotaman”, “Quyosh tarozisi”, “Xazina”, “Sirli
yulduz”, “Ikki karra ikki besh” kabi kitoblari bosilib chiqdi. Xuddi shu
yillari ayrim asarlari rus tiliga tarjima etilib, Moskvada bosildi.
O’tkir Hoshimvning bu davrda yaratgan asarlaridan
“Dunyoning ishlari” qissasi va “Ikki eshik orasi” romanlari alohida qimmat kasb
etdi.
“Dunyoning ishlari” qissasida yozuvchi o’z onasi
to’²risida, urush yillarida kechgan bolalik xotiralari to’²risida hikoya
qiladi. Ona obrazi orqali turmushimizdagi maishiy, ma’naviy-axloqiy muammolani
yoritib beradi. Asarning hozirgi kundagi ahamiyati juda katta. Qissa maktab
darsliklariga kiritilgan bo’lib, yoshlarimizni ma’naviy jihatdan etuk shaxs
bo’lib shakllanishlariga yordam beradi.
O’tkir Hoshimovning keyingi asari 1986 yilda nashr
etilgan “Ikki eshik orasi” romanidir. Asarda adib urush yillari voqealari,
oddiy odamlarning bu yillarda namoyon bo’lgan xislatlari fazilatlarini,
vatanparvarligi va bardoshini ko’rsatadi. Yozuvchi asarda har bir obraz orqali
ma’lum bir ijodiy maqsadni ko’zlagan holda xarakter yaratgan.
O’tkir Hoshimov asarlari hayotiyligi tufayli ham o’z
o’quvchilari salmo²ini oshirdi. Minglab kitobxonlar adib asarlarini sevib
o’qishadi, navbatda yoziladigan asarlarini intiqlik bilan kutishadi.
Adib: “Shunday asar yozsangki, uni o’qigan kitobxon
hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Kitobni o’qib
bo’lgan kuni aqalli bir kecha uxlolmay to’l²anib chiqsa. Vaqti kelib o’sha
kitobni yana qo’liga olganidan qaytadan hayajonga tushsa. . . Orzum shu . . . ”
degan edi. Haqiqat ham, O’tkir Hoshimov o’z orzusiga etdi. Uning asarlari
kitobxonlar qalbildan chuqur joy oldi.
Adibning turli yillarda yaratgan hajviy hikoyalari,
sahna asarlari , o’ylari ham adabiyotimiz xazinasidir.
Drama janridagi “Xazon bo’lgan bahor” (drama), “Inson
sadoqati” (ruhiy drama), “To’ylar muborak” (komediya), “Vijdon dorisi” (satirik
komediya), “Qata²on” (fojia) asarlarida ham umuminsoniy muammolar haqida fikr
yuritiladi.
Dramatik asarlari mamlakatimizning ko’plab
teatrlarida, qo’shni mamlakatlarda sahnalashtirilgan.
Ko’pgina asarlari ingliz, frantsuz, ispan, nemis,
fors, arab, yapon,hind va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Mustaqillik sharofati bilan O’tkir Hoshimov ijodi
yanada gurkiradi. 1990 yili “Notanish orol” nomli o’ylar kitobi, 1991 yili
“Iztirob” to’plami, 1992 yili “Tushda kechgan umrlar” romani, ikki jildlik “Saylanma” kitoblari
nashr etildi.
“Tushda kechgan umrlar” romani haqida: “Vatanim
Istiqlolga erishmasa, bu asar dunyo yuzini ko’rmas edi ”, degan edi adib. Bu
asarni o’quvchi hayajonsiz o’qiy olmaydi. Urush xalq boshiga ko’p kulfat
keltirdi. Asarda xalqona tilda ana shu-urush muammosi badiiy aks ettiriladi.
Olim Abdurauf Rasulovning O’tkir Hoshimov asarlari
xususida aytgan quyidagi fikrlarini quvvatlaymiz: “Tushda kechgan umrlar”
romani Sho’ro davrida zinhor bosilmagan bo’lardi. O’tkir Hoshimov 20-yillar
adabiyotida ko’klarga ko’tarilgan Komissar-hukumat va partiyaning suyangan
to²ini salbiy tip sifatida talqin etdi. Komissar xarakterida Sho’ro tuzumi
tarbiyalagan barcha xususiyatlar aks etgan. . .
Xullas, “Tushda kechgan umrlar ” hayotni haqqoniy aks
ettirgan roman sifatida yozuvchi ijodidla ham, o’zbek adabiyotida ham muhim
o’rin egallaydi”.
O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq yozuvchisi
Said Ahmad O’tkir Hoshimovni jasoratli yozuvchi ekanligini ta’kidlab shunday
deydi: “. . . Totalitar tuzumning oqavasi bij²ib oqib turgan bir paytda “O’zbek
ishi”, “Davlat siri”, “Do’stlik hurmatdan bogshlanadi” kabi o’nlab maqolalarni
yozish uchun katta jasorat kerak edi. . .
Moskva matbuoti tarqatgan tuhmat va haqoratlardan sabr
kosasi to’lgan O’tkir Hoshimov KPSS XXUSh se’zdi minbaridan turib ularni
baralla fosh qildi. . .
Men O’tkir Hoshimovni jasoratli, qo’rqmas, haqiqatni
har qanday sharoitda ham aytoladigan yozuvchi deb atadim. Bu ta’birimni ikkilanmay
har qachon,har erda dadil ayta olaman. . .”
Adibning
nashr etilgan kitoblarining umumiy
tiraji
2 million nusxadan oshib ketgan.
O’tkir Hoshimov xizmatlari hukumatimiz tomonidan
munosib bahosini olgan. 1976 yilda
O’zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindoi, 1981 yili “Hamza nomidagi
O’zbekiston Davlat mukofoti” sovrindori, 1991 yili “O’zbekiston xalq
yozuvchisi”, 1997 yilda “Mehnat shuhrati”, 2001 yilda “Buyuk xizmatlari uchun”
ordenlari bilan taqdirlangan.
MAVZUGA OID
TAYaNCh TUShUNChALAR:
Dunyo-koinot,
olam, atrofimizni o’rab turgan butun mavjudot; er yuzi va undagi barcha
odamlar.
Nur-yo²du,
umuman yoru²lik, ziyo.
Soya-quyosh
nuri tushmaydigan joy; ko’lanka.
Umr-tu²ilgandan
to bu dunyodan o’tgungacha bo’lgan davr.
Qalb.
1.Yurak, dil.
2.ko’chma. Kishining ruhiy yoki ma’naviy dunyosi,
ichki his-tuy²u-
lari ; ko’ngil.
TOPShIRIQLAR:
1.O’tkir Hoshimovning tarjimai holi haqida ma’lumot
bering.
2.Adibning o’qish va izlanish yillari.
3.O’tkir Hoshimovning dunyo yuzini ko’rgan ilk asari.
4.Hikoya va qissalari haqida ma’lumot bering.
5. “Dunyoning ishlari” qissasi bosh mavzusi nima va
unda Ona
obrazi qanday
rol’ o’ynaydi?
1. “Ikki eshik orasi” romanining nomlanishi bilan asar mazmuni orasida qanday
bo²liqlik bor?
2. “Ikki eshik orasi” romani obrazlariga tavsif bering?
3. O’tkir Hoshimovning qanday sahna asarlari bor?
4. “Tushda kechgan umrlar” romanining bosh mavzusi nima?
Romandagi
obrazlarga tavsif bering?
MAVZU: OMON MATJON HAYoTI VA IJODI
(1943 yilda tu²ilgan)
REJA:
1.Omon Matjon hayot yo’li haqida.
2.Omon Matjon she’riyatining o’ziga xos xususiyatlari.
3.Omon Matjon she’riy kitoblari.
4. «Ardaxiva» dramatik qissasi haqida.
5.Omon Matjon ijodining o’zbek adabiyotidagi o’rni.
ADABIYoTLAR:
1.Omon Matjon. Seni yaxshi ko’raman. Toshkent, 1980
yil.
2.Omon Matjon. Ming bir yo²du. (She’rlar, dostonlar).
Toshkent,
Gafur Gulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989 yil.
3.Omon Matjon. Odamning soyasi quyoshga tushdi.
She’rlar.
Toshkent,
«Yozuvchi», 1991 yil.
4.Omon Matjon. Ardaxiva afsonasi. «Sharq yulduzi»,
2000 yil,
2-son.
5.Omon Matjon. Ardaxiva. (Dramatik qissa. Yangi
she’rlar).
Gafur Gulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent,
2000
yil.
Omon
Matjon hozirgi o’zbek she’riyatida muxlislarining chuqur va samimiy muhabbatini
qozongan ijodkor hisoblanadi.
Omon
Matjon 1943 yilda ko’hna Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topdi.
Bo’lajak shoir yoshligidan ilmga chanqoq, tirishqoq, zehnli yigit bo’lib
etishgan.
Omon
Matjon o’rta maktabni bitirib, qishlo²ida montyorlik qilgan, harbiy xizmatda
bo’lib qaytgan. Ijodga bo’lgan havas uni Samarqand dorilfununining filologiya
fakul’tetiga kirishga undadi. O’qishni 1969 yilda tugatdi. Shundan beri
Toshkent shahrida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.
Shoirning
1970 yilda «Ochiq derazalar» she’riy kitobi nashr etildi. To’plamdagi she’rlar
Omon Matjonning chuqur mulohazali, atrofdagi voqealarga qiziquvchan shoir
ekanligidan darak berardi. To’plamga kirgan «Bobur», «Afrosiyob», «Go’dak qadam
bosdi» kabi she’rlarida shoir kitobxonni sergaklikka chaqiradi.
Omon
Matjonning 1973 yilda «Karvon qo’n²iro²i», 1977 yilda «Quyosh soati»,
«Yonayotgan daraxt» she’riy kitoblari e’lon qilindi. She’rlarida shoirninng
yillar davomida fikrlari teranlashib, qalami o’tkirlashib borayotganini sezish
mumkin. Omon Matjon barcha she’rlarida kitobxon ruhiy holatiga kirib boradigan,
badanini jimirlatib, chuqur xayolot olamiga olib kiradigan qandaydir kuch bor.
1979
yili Omon Matjonning navbatdagi «Yarador chaqmoq» deb nomlangan yangi she’riy
to’plami chop etildi.
Shoir
80-yillarda rus shoiri Evgeniy Evtushenko bilan ancha yaqin, do’stona
munosabatda bo’lib qolgan. Buning natijasida Omon Matjon Evtushenkoning
«Santyago kabutari» poemasini, ayrim she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.
Hatto Evgeniy Evtushenko stsenariysi
asosida suratga olingan «Bolalar bo²chasi» badiiy fil’mida o’zbek askarining
epizodik rolini ham o’ynagan.
Omon
Matjonning jahonga mashhur rus shoiri bilan yaqinligi 1986 yili Gafur Gulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etilgan «Gaplashadigan vaqtlar»
nomli she’riy qissasida ham yaqqol sezilib turibdi.
Shoir
ijodi uchun xos bo’lgan xususiyatlardan eng asosiysi-voqeaband asarlar
yozishdir. Bu fikrni uning 1979 yilda chop etilgan «Haqqush qichqiri²i» she’riy
to’plamidagi 39 ta voqeaband afsonasi ham tasdiqlaydi.
Omon
Matjonning 1984 yilda «Seni yaxshi ko’raman», «Daraxtlar va giyohlar kitobi»,
1989 yilda «Ming bir yo²du», 1990 yili esa «O’rtamizda birgina olma» degan
kitoblari o’quvchilar hukmiga havola etildi.
To’plamlarga
kirgan ayrim she’rlariga bir e’tibor bering-a?:
O’rtamizda
birgina olma –
Olam
ichra yumaloq ilinj.
O’rtamizda
birgina olma –
Balki
²am u yo balki sevinch.
. . .
O’rtamizda birgina olma,
Gard
tegmagan, biram pokiza.
Hozircha
u rangin bir havas,
Lab
tegsa boshlanar mo’’jiza.. .
Quyidagi
she’riy kitoblariga kiritilgan to’rtliklarida esa Omon Matjon katta mazmunni
qisqa satrlarga terib, o’z ijod tamoyiliga xulosa qilayotganini, xalq dardi
bilan yashayotganini his qilish mumkin:
Yashash,
bu- orzular qanotin kermoq,
Yashash,
bu- muhabbat gullarin termoq.
Yashash,
bu- umrning gulgin damlarin
El uchun
yashamoq , el uchun bermoq.
* * *
Shu yil yoz, To’rtko’lga qayiqda o’tib,
Dilim
to’lqinlandi, ko’zim yoshlandi.
Amudaryo
suvi sho’r edi, taxir-
Hovuchimdan
ko’z
yoshidek tashladim.
* * *
Ko’kdan erga bir ne tutash ko’rinar,
Umr -o’z
burchingni o’tash ko’rinar.
«Avlodlar
almashar !»-degan gap bekor,
Bu -har
kimni bir-bir sinash ko’rinar.
Omon
Matjon «Avesto» kitobining yaratilganiga 2700 yil to’lishi munosabati bilan
asar haqida o’ziga xos yangi bir shaklda «Ardaxiva» nomli dramatik qissa
yaratdi. Asar yaqinda (2000 yil) «Sharq yulduzi » jurnalida bosildi va shu yili
alohida kitob holida chop etildi.
«Ushbu
voqea tariximizning Islomgacha bir necha ming yil burungi davrida bo’lib
o’tadi»- deydi, adib asarning boshlanishida va fikrini davom ettirib:
«Qabila-bo’luk, hali goh onaboshchilik, o’tyoqarlik, goh hayvonot, tabiat
unsur-voqealariga e’tiqod urflari aralash, kishining joni goh chigirtkacha
bo’lmay, goh tabiat kuchlaridan qo’rquv-vahm sharoitida yashagan odamlar,
baribir yoru²lik, erk orzulariga imkon, muqim makon istaydilar».
Adib asar voqealarini qadim tarixda bo’lib o’tgan, deb
so’zlaydi va shunday sharoitda ham odamlar erk uchun
intilayotganliklarini ta’kidlayapdi. Bu bilan 70 yillik mustabid sho’ro tuzumi
davridagi xalqimiz hayoti nazarda tutilmayotganmikin?. . .
Mustaqillik sharofati bilan ushbu asar adabiyotimizda
katta voqea bo’ldi.
Omon Matjonning xalq hayotidan olib yozilgan «Erkin
havolarda», «Cho’lpon yo²dusi», «Qush yo’li» asarlari, yaqinda «Sharq yulduzi»
jurnalida chop etilgan. «Xoja Ahror ziyoratgohlari» nomli yana bir yangi asari
ham badiiy jihatdan yuksak asarlardandir.
Omon Matjon Mustaqillik yillarida «Yoshlik» jurnali
bosh muharriri bo’ldi, «Cho’lpon» nashriyotiga direktorlik qildi , 2002 yildan buyon respublika bolalar
nashri «Gulxan» jurnaliga bosh muharrirlik qilib kelmoqda. Shoir o’z ijodiga
munosib «O’zbekiston xalq shoiri» unvoni bilan taqdirlandi.
MAVZUGA OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Yo²du- yorituvchi manbadan taraluvchi yoru²lik, nur, yorqin.
Haqqush-
uzun oyoqli qushlar turkumining qarqaralar oilasiga kiruvchi parranda.
Ardaxiva- dramatik qissa nomi.
Asarda Tangri Ormuzd o’z farishta qizlariga butun
olamni kuzatib turishni topshirgan.
Farishta Ardaxiva zimmasiga bizning erimiz, ikki daryo orali²idagi
sarhadlar tushgan.
Ardaxiva- bizning erlarimiz holidan qarab turuvchi farishta
nomi.
TOPShIRIQLAR:
1.Omon Matjon she’riyatining o’ziga xos xususiyatlari
nimada?
2.Omon Matjonning ilk she’riy kitoblari qanday
nomlangan?
3.Shoirning qanday tarixiy mavzudagi she’rlari bor va
ular
kimlarga
ba²ishlab yozilgan?
4.Omon Matjonning jahonga mashhur rus shoiri Evgeniy
Evtushenko
bilan munosabati xususida nimalarni bilasiz?
5. «Ardaxiva» asarining yaratilishi va adibning ijodiy
niyati
to’²risida
gapiring.
6.Omon Matjonning doston janridagi asarlari qaysilar?
7.Shoirning o’zbek adabiyotidagi o’rni haqida nima
deya olasiz?
MAVZU: RAUF PARFI HAYoTI VA IJODI
(1943 yilda tu²ilgan)
REJA
:
1.Rauf Parfi tarjimai holiga bir nazar.
2.Rauf Parfi she’riyatida inson qalbi kechinmalarining
teran
aks etishi.
3.Shoirning tarjimonlik faoliyati.
4.Rauf Parfi she’riyatining ahamiyati.
O’zbek
she’riyatiga o’ziga xos lirik uslub bilan kirib kelgan ijodkor Rauf Parfidir.
Rauf
Parfi 1943 yil Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanining Sho’ralisoy qishlo²ida
tu²ilgan. Uning ota-onasi far²onalik bo’lib, zamona zayliga ko’ra shu erga
kelib qolishgan. Otasi Parfi Muhammad Hamroqul Tursunqulov, Abdurahmon Vodiliy
singari zamonasining ziyolilari bilan do’st bo’lgani uchun Rauf Parfi
bolaligidanoq, birining boy kutubxonasidan, ikkinchisining she’riy ijodidan bahramand
bo’lgan.
Shoirning
ilk she’riy to’plami 1968 yili «Karvon yo’li» nomi bilan chop etilgan. Ijodiy
izlanishlari natijasida 1970 yili «Aks sado», 1973 yili «Tasvir», 1975 yili
«Xotirot» to’plamlari kitobxonlarga taqdim etildi. Shundan boshlab, shoir uslubiga
xos she’riyat chashmasidan o’quvchilar bahramand bo’lib kelishmoqda.
Rauf
Parfi o’zbek she’riyatiga boshqa ijodkorlarga o’xshamagan, o’ziga xos lirik
uslub bilan kirib keldi. Uning lirikasida inson ruhining nafis va teran
istioraviy tahlilini ko’rishimiz mumkin.
Rauf
Parfining o’zbek she’riyatiga kirib kelishi ajoyib bir hodisadir. Buni 1986
yilda chop etilgan «Sabr daraxti» to’plamiga kirgan she’rlari tahlilida ham
ko’rishimiz mumkin.
O’zbek
she’riyatiga-uchlik (musallas) janridagi she’r usuli XX asrda kirib keldi.
Qisqa vaqt ichida bu janr katta e’tibor qozondi va uchlikka asoslangan noyob
asarlar dunyoga keldi. Uning go’zal namunalarini o’zbek she’riyatida Rauf Parfi
ijodida ko’rishimiz mumkin:
Er o’z
o’qidan ayrilar, inon
Inon,
osmonidan ayrilar quyosh,
Agar biz
ayrilsak.
* * *
Men
ko’zlaringga qarayman
Sen
o’zgalarga
Kimning
ko’zlaridan izlaysan meni?.
Bu
she’rni o’qigan kitobxon yana takror-takror o’qigisi keladi. Qayta-qayta o’qib
esa bir olam ma’noni, mazmunni qalbiga jo qiladi. Bizningcha, musallas orqali
muhabbatning o’tli tuy²usini bundan-da, yorqinroq aks ettirib berish mumkin
emas.
Rauf
Parfining to’plamlarga kirgan «Turkiston yodi», «Vatan», «V’etnam haqida
qo’shiq», «Oybek xotirasiga» kabi she’rlarida umuminsoniy ²oyalarni ilgari
surgan.
Shoir
1995 yili «Abdurauf Fitrat» degan muvashshah-sonetini e’lon qildi. She’rda
Fitrat obrazini yaratish orqali Turkiston ²oyasini-Mustaqillik ²oyasini ilgari
suradi.
Rauf
Parfi tarjima sohasida ham samarali mehnat qildi. Jumladan, Bayronning
«Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari» kitobini, A.Tvardovskiyning
«Xotira huquqi» asarini va Pablo Neruda, Karlo Kaladze, Gevorg Emin, Voqif
Samad she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.
Xullas,
Rauf Parfi XX asr o’zbek she’riyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan
ijodkorlarimizdan biridir.
MAVZUGA OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Tasvir.
1. Biror narsaning o’yma, quyma yoki chizma shakli; rasm surat.
2.Narsa, voqe-hodisa va shu kabilarning badiiy
ifodasi.
Sukunat-churq
etgan tovush yo’qligi; jimjitlik, sokinlik.
TOPShIRIQLAR:
1.Rauf Parfining she’riyatining o’ziga xosligi nimada?
2.Shoir tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?
3.O’zbek adabiyotida Rauf Parfi she’riyatiga nisbatan
«ruh
rassomi»
jumlasining qo’llanilishini izohlab bering.
4.Rauf Parfi jahon adabiyotidan qanday tarjimalar
qilgan?
MAVZU: TOGAY MUROD HAYoTI VA IJODI.
(1948-2003)
REJA:.
1.To²ay
Murod ijodining o’zbek adabiyoti rivojidagi o’rni.
2.To²ay
Murod tarjimai holi.
3.To²ay
Murod qissalari.
4.To²ay
Murod tarjimalari.
5.
«Otamdan qolgan dalalar», «Ot kishnagan oqshom» asarlari
haqida ma’lumot.
ADABIYoTLAR:
1.To²ay
Murod. Otamdan qolgan dalalar. T., «Sharq» nashriyoti,
1994 yil.
2.To²ay
Murod. Ot kishnagan oqshom. T., «Sharq» nashriyoti, 1994
yil.
3.S.Mirvaliev.
O’zbek adiblari. T., «Fan» nashriyoti, 1993 yil.
4.Said
Ahmad. To²ay Murod qo’shiqlari. «Ot kishnagan oqshom»ga
kirish so’zi, «Sharq» nashriyoti. T., 1994
yil,3-bet.
To²ay
Murod XX asr o’zbek adabiyotida biror ijodkorda hali uchramagan ijod uslubi,
ifoda ohangi bilan kirib kelgan yuksak iste’dod sohibidir. Adib Said Ahmad:
«Nazarimda, To²ay Murod qissa aytmaydi, nazarimda, bor ovozi bilan qo’shiq
aytadi. Bu qo’shiqda avj pardalar bor, nolishlar bor, savt bor» deganlarida
faqat To²ay Murodgagina xos, yangi o’zbek nasri mahsuli sifatida yuzaga kelgan
ijodni nazarda tutgan edilar.
Taxallusi To²ay murod, asl ism-sharifi
To²aymurod Mengnorov 1948 yilda Surxondaryo viloyati, Denov tumaniga qarashli
Xo’jasoat qishlo²ida tu²ilgan. Keyinchalik Toshkentgga kelib universitetning
jurnalistika fakul’tetini tamomlagan. Oliy ma’lumot olgach, qator gazeta-jurnallar tahririyatida ishlagan.
Jumladan, 1972-1976 yillarda Respublika radiosi «Vatandoshlar» tahririyatida
muharrir, 1976-1978 yillarda «O’zbekiston fizkul’turachisi» gazetasida
tarjimon, 1982-1984 yillarda «Fan va turmush» jurnalida muharrir kabi
vazifalarda faoliyat yuritgan. 1985-1987 yillarda Moskvadagi Jahon adabiyoti
institutida tahsil olgan.
To²ay Murodning «Sharq yulduzi»
jurnalida (1976 yilda) «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi bosilib chiqdi-yu, uni
butun el tanidi. Asar yilning eng yaxshi qissasi deb tan olindi. Qissadan
olingan mana bu parchaga e’tibor bering:
«Bo’ri uy²onib tevarakka alangladi.
Tong otdi.
Ho’kizlar mudrab-mudrab, vazmin-vazmin
kavsh qaytardi.
To’r²ay hangi ya²iriga qo’nib
chuldiradi.
Fayziyob ellar eldi.
Bo’ri
ertalabki ta’tildan keyin uch ho’kizni bir-biriga bo’ynidan matab; galagovga
qo’shdi. Oyoqlariga choriq kiydi. Tolxivichni olib, xirmonga kirdi.
. . .
Bo’ri tishlarini-tishlariga qattiq bosdi.
Davron bilan ho’kizlar sa²risiga
so’qdi. Bor ovozi bilan qo’shiq boshladi:
Yo’rtib-yo’rtib haydagin-a, mayda-yo,
mayda-yo,
Don somondan arisin-a, mayda-yo,
mayda-yo
Ayni sahar bo’lganda-yo, mayda-yo,
Xo’jayi Hizir dorisin-a, mayda-yo,
mayda-yo. . .»
Shu kichik matnning o’zidanoq xalqona
ohang, so’z va jumlalardagi takroriylik-To²ay Murodning o’ziga xos ifoda
usulini ko’rsatib turibdi.
To²ay Murodning birin-ketin qissalari
chop etila boshladi. 1979 yilda «Ot kishnagan oqshom», 1980 yilda «Oydinda
yurgan odamlar», 1985 yilda «Momo er qo’shi²i» qissalari yaratildi. Barcha
qissalarda To²ay Murod tu²ilib o’sgan Surxon vohasi, Xo’jasoat qishlo²i Denov
tumani xalqi hayoti tasvirlanadi. Bu qissalari uchun adib Respublika
yozuvchilar uyushmasi Oybek nomidagi mukofoti bilan taqdirlandi.
To²ay Murod 1986-1991 yillarda «Otamdan
qolgan dalalar» romani ustida ishladi, asar 1993 yili yozilib tugatildi.
1994 yili
istiqlol davri o’zbek adabiyotining dastlabki sara asari sifatida Abdulla
Qodiriy nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.
To²ay Murod roman va qissalari mavzusi,
badiiyati, qalamga olgan muammolari, asar qahramonlari tasviri jihatidan ham
o’ziga xosdir.
Surxon
vohasi, qolaversa, xalqimizning azaliy udumlari, mo’’tabar an’analari,
zahmatkash, sofdil, sodda odamlari, tiniq buloqlari-yu, so’lim bo²lari, bepoyon
qir-adirlari, yaylovlari butunicha To²ay Murod ijodiga xos tabiiylik asosida
talqin etilgan.
«Yulduzlar mangu yonadi» qissasida
Bo’ri polvon, Maksim, Ismoil polvonlar misolida xalq kurashchi-polvonlari, «Ot
kishnagan oqshom» qissasida chavandoz-uloqchilar hayoti haqida bahs yuritiladi.
To²ay Murod qaysi voqeani tasvirlamasin, uni shunchaki tashqaridan turib
kuzatib, baholamaydi.
Balki
butun borli²i bilan o’zi qalamga olayotgan voqea-hodisalar ichiga kirib ketadi,
polvonlar, chavandozlar bilan birgalikda harakatlanadi.
To²ay Murod «Otamdan qolgan dalalar»
romanining yaratilishi haqida shunday yozgan edi:
«. . .
Bo’yim paxtada o’sdi. Aqlim paxtada kirdi. Savodim paxtada chiqdi.
Ammo romanni boshlab. . . paxta nima
ekanini bilmasligimni anglab qoldim.
. . . Men endi necha o’nlab paxtachilik
darsliklarini o’qidim. Necha o’nlab qishloq xo’jalik kitoblarini o’qidim.
. . . Men bo’lajak . . . Dehqonqul
bilan yuzma-yuz bo’ldim.
Men bo’lajak. . . Dehqonqul dalalarini
joyim etdim.
Dehqonqul qanday kiyimda bo’lsa-men ham
shunday kiyinib oldim.
Dehqonlar o’tirsa-o’tirdim, dehqonlar
tursa-turdim. . .»
To²ay
Murod bu asarni yozishga kirishar ekan, o’zining hayot haqidagi qarashlari,
tasavvur va xulosalarini tanqidiy taftishdan o’tkazadi. Xalq hayotiga,
dehqonlarning turmush tarziga kirib boradi.
Asarda yozuvchi ijodiy niyatini
ro’yobga chiqaruvchi bosh qahramon-Dehqonqul obrazidir. U qizil imperiya
tuzumida dunyoqarashi shakllangan, sho’rolar siyosati tarbiyasini olgan shaxs.
Dehqonqul
jon-dili bilan ana shu hokimiyatga xizmat qiladi. U faqatgina tunu kun mehnat
qilishni biladi. Dehqonchilikning ustasi, bilimdoni. O’zi, ayoli va bolalarini
hech o’ylamay, yo²in-sochinlarga qaramasdan, har yili mo’l hosil olishga
harakat qiladi.
Adib Dehqonqul obrazi orqali o’zbek
xalqining, o’zbek dehqonining o’ziga xos haykalini yaratib berdi.
To²ay Murod badiiy tarjima bilan ham
shu²ullangan. Jumladan, J.Londonning «Boyning qizi» dramasi va qator
hikoyalarini, E.Seton-Tompsonning hayvonotlar olami haqidagi mashhur «Yovvoiy
yo’r²a» asarini o’zbek tiliga mahorat bilan o’girdi.
Xulosa qilib aytganda, To²ay Murod
o’zbek adabiyotiga xalq o²zaki ijodi janrlaridan-dostonlardagi nasriy ifoda,
klassik adabiyotimizdagi saj san’ati, so’zlarni o’ziga xos takror qo’llash,
xalq tilining jozibali ko’rinishlarini
qayta kashf etdi.
To²ay
Murodning o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’rni bor.
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Sof.
1. Be²ubor, toza musaffo.
2.Boshqa
narsa aralashmagan; asil, toza.
3.O’zga
elementlardan xoli; toza
4.ko’chma.
Do² tushmagan, har qanday ayb, gunoh, nuqsondan xoli;
toza.
Milliy. 1. Millatga oid; bir millatdagi kishilarga
xos bo’lgan.
2.Biror
millatning, xalqning o’ziga xos bo’lgan, uning
xususiyatlarini ifodalovchi.
3.Biror
mamlakatga, davlat va uning aholisiga oid.
Jilo. 1.Silliq yoki sayqallangan, pardozlangan
sirtning yaltirashi.
2.ko’chma.
Husn, ko’rk.
Dehqon. Asosiy kasbi ekin ekishdan, dehqonchilikdan
iborat bo’lgan kishi.
TOPShIRIQLAR:
1.To²ay
Murodning bolalik va o’smirlik yillari qaysi viloyatda
o’tgan?
2.To²ay
Murodning ijod maydoniga kirib kelishi haqida
nimalarni bilasiz?
3.Adibning
ilk asari qaysi va u nechanchi yilda e’lon qilingan?
4.To²ay
Murod tarjima bilan shu²ullanganmi?
5.To²ay
Murod qaysi asarlari uchun Oybek nomidagi mukofot
bilan taqdirlangan?
6.To²ay
Murodning 1994 yilda istiqlol davri o’zbek
adabiyotining ilk etuk namunasi sifatida
Abdulla Qodiriy
nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’lgan
asari?
7.
«Otamdan qolgan dalalar» romanini yaratishdan ko’zlangan
adibning maqsadi?
MAVZU:
MUHAMMAD YuSUF HAYoTI VA IJODI
(1954-2002)
R E J A:
1.Shoirning tarjimai holiga bir nazar.
2.Muhammad Yusuf she’rlaridagi samimiylik va omma
ruhiga
yaqinlik.
3.She’riy to’plamlari haqida ma’lumot.
4.Muhammad Yusuf ijodining o’zbek adabiyotidagi o’rni.
ADABIYoTLAR :
1.Saylanma. She’rlar. Dostonlar. Shoir haqidagi xotiralar..
T., «Sharq»
nashriyoti .2004 yil.
2.Muhammad Yusuf.Tanish teraklar.T.,1985 y.
3.Muhammad Yusuf.Bevafo ko’p ekan.T.,1988 y.
4.U.Hamdamov.Davr ruhining she’riyatida aks etishi.
«O’zbek tili
va adabiyoti»,
2001 y,1-son.
5.Saboat O’runova.Istiqlol va adabiy qahramon. «O’zbek
tili va
adabiyoti»,2002 y,1-son.
6.H.Xudoyberdieva. Bir arsloni o’tdi o’zbekning. .
. «Ovoza»
gazetasi,2004
yil,11-mart,3-bet.
Diltortar she’rlari ohangrabo
qo’shiqlarga aylanib,har bir o’zbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir
Muhammad Yusuf 1954 yilning 26 aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumaniga
qarashli Qovunchi qishlog'²ida dehqon oilasida tu²ilgan.O’rta maktabni shu erda
tugatgach, respublika Rus tili va adabiyoti institutiga o’qishga kirib,uni 1978
yilda tamomlagan.
Ijodga
havas uni oliy ma’lumot olgach Toshkentda qolishga undadi.1978-1980 yillarda
Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi»
gazetasida,1986-1992 yillarda Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyotida ishladi,1995-1996 yillarda O’zbekiston Prezidenti huzuridagi
Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida o’qidi,1997 yildan umrining oxiriga
qadar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari lavozimida
faoliyat ko’rsatdi.
Badiiy
ijod bilan talabalik davridan shu²ullana boshlagan,ammo she’rga ²oyat
mas’uliyat va talabchanlik bilan munosabatda bo’ladigan Muhammad Yusuf ilk
to’plami – «Tanish teraklar»ni 1985 yilda nashr ettirdi.Birinchi kitobiyoq uni
elga tanitdi,to’plamdagi she’rlardan dunyoga kelgan diltortar qo’shiqlar esa
uni mashhur qildi.Iqtidorli shoirning «Bulbulga bir gapim bor», «Uyqudagi qiz»,
«Halima enam allalari», «Ishq kemasi», «Ko’nglimda bir yor», «Bevafo ko’p
ekan», «Yol²onchi yor», «Erka kiyik», «Osmonimga olib ketaman» kabi ko’plab
she’riy kitoblari bosilib chiqqan.
Respublikamizdagi
eng yosh xalq shoiri Muhammad Yusuf edi.U 1998 yilda 44 yoshida «O’zbekiston
xalq shoiri» unvoniga sazovor bo’lgan.
«Badiiy
asar tili go’zalligining aniq bir sharti bor: tasvir aniq va ravon
bo’lishi,ya’ni tasvir etilayotgan xulq,harakat yoki manzara til tufayli
o’quvchilarning ko’z oldida aniq va yorqin namoyon bo’lish zarur». Shunga ko’ra
Muhammad Yusuf she’rlarining tili ravon,aniq, sodda,badiiy tasvir
vositalarining me’yorida qo’llanilishi bilan ajralib turadi:
Mayli-da
kimgadir yoqsa,yoqmasa,
Ularga
qo’shilib yi²lasharmidik.
Biz
baxtli bo’lamiz,
Xudo
xohlasa.
Xudo
xohlamasa,
Uchrasharmidik.
. .
Bu
misralardan o’quvchi shoir nima demoqchiligini tezda tushuna oladi.
Shoir
she’rlaridagi etakchi xususiyatlardan biri-musiqiyligidir.Shuning uchun ham
M.Yusuf she’rlari ko’plab san’atkorlarimiz tomonidan ashula qilib,musiqaga
solinib kelmoqda:
O’tar
qancha yillar to’zoni,
Yulduzlar
ko’z yoshi –samoni.
O’tar
inson yaxshi-yomoni,
Mehr
qolur,muhabbat qolur.
. .
.Nima deysan,ey ²ayur inson?
Giybatlaring qildi meni qon.
Sen ham
bir kun o’tursan,inon,
Mehr
qolur,muhabbat qolur!
Muhammad
Yusufning she’rlari minglab kitobxonlar qalbidan joy olgan.Aytishlaricha, uning
yozgan she’rlarini hali siyohi qurimasdan,talashib bastakorlar kuyga solishgan
vaqtlar ham bo’lgan.Buning sababi,albatta,shoir she’rlarining tinglovchi
yuragiga yaqinligi, uni tinglab dardlariga darmon topishi emasmi?
Ayniqsa,shoirning el-yurtni,Ona Vatanni,sevimli yorni ardoqlash mavzuiga
ba²ishlangan she’rlari naqadar chuqur ma’noga ega:
Ko’ringanni duolar
Qilar
bizda momolar.
Ganimga
ham omonlik
Tilar
bizda momolar.
Momolar
har joyda bor,
Bizda
bori qayda bor.
Bizning
bo’ston qayda bor,
Shohimardon
qayda bor,
So’lim
Surxon qayda bor,
Samarqand
non qayda bor-a,
O’zbekiston
qayda bor?
Afsuski,
beshavqat o’lim sevimli shoirimizni
oramizdan bevaqt olib ketdi.Kechagiday yodimizda vafotlaridan 2-3 oy burun
Toshkent viloyat Davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashuv
o’tkazgan,qator savollarga javob berib,she’rlaridan o’qib bergan edi.Kechaning
qiziqarli taassurotlariyu,shoirning sermazmun suhbatlari xotiramizda abadiy
muhrlanib qolishi tabiiy.
Muhammad
Yusufning tasodifiy vafoti munosabati bilan shoir Mahmud Toir «Hofizlarning bir
kunda sochi oqardi» deb iztirob chekkani bejiz emas.
Xulosa
o’rnida sevimli xalq shoirasi Halima Xudoyberdievaning quyidagi fikrlarini
keltirmoqchimiz. Bu fikrni umrning, har bir daqiqaning ²animatligi haqidagi
chaqiriq desak adashmaymiz. «Tiriklar shu,har doim yonidagi odamni yonida mangu
yuradi,deb o’ylaydi shekilli.O’zi ham mangu yuradiganday go’yo. . . Fojiamiz
ham shunda.
Bir
arsloni o’tdi,O’zbekning,
Ohi
ko’kka etdi O’zbekning,
Quyosh
yi²la,osmon aza tut,
Muhammadi
ketdi O’zbekning.
Baland
ketdi,shoniga ketdi,
Jannatning
ayvoniga ketdi.
Turk
yukini elkalashay deb,
Yassaviyning
yoniga ketdi. . .»
MAVZUGA
OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Mehr 1.Insonning o’z tu²ishganlariga.yaqin kishilariga
va umuman
odamga bo’lgan samimiy muhabbati.
2.Shafqat rahmdillik.
Bevafo –yorga,do’stga,yaqin
kishilariga sadoqatsizlik,o’z ahd-paymonini muqaddas tutmaslik,so’zda,va’dada
qat’iy turmaslik.
TOPShIRIQLAR:
1.Muhammad Yusuf hayoti xususida qanday ma’lumotlarni
bilasiz?
2.Shoir she’riy to’plamlari haqida gapiring.
3.Uning she’rlarini xalqimizning sevib o’qishini
sabablari
nimada?
4.Muhammad Yusufning birorta she’rini yoddan aytib
bering va
tahlil eting.
5.Muhammad Yusuf tavalludining 50 yilligi munosabati
bilan
Respublikamiz
miqyosida qanday tadbirlar o’tkazilishi
mo’ljallangan?
Комментариев нет:
Отправить комментарий