MILLIY ISTIQLOL VA O‘ZBEKISTONDA MADANIY TARAQQIYOT


MILLIY ISTIQLOL VA O‘ZBEKISTONDA
MADANIY TARAQQIYoT


Ma’ruza rejasi:
1. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar – jamiyat taraQQiyotining ustivor yo‘nalishi sifatida.
2. Ta’lim rivojining o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Hozirgi bosQichda madaniy hayot.

Har Qanday jamiyat taraQQiyoti, uning u yoki bu vaQt va makondagi darajasi ko‘p jihatdan fuQarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning Qay darajada Qondirilishiga bog‘liQdir. MustaQillik davrigacha va undan keyingi o‘tgan tarixan QisQa muddat ichida ro‘y bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iQtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o‘zgarishlar bizga sho‘rolar mustabid tuzumi hamda istiQlol yillarida O‘zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi.
UzoQ ming yilliklar tarixi shundan dalolat beradiki, o‘zbek milliy davlatchilik tarixi eng avvalo ma’naviyat-ma’rifatning jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaganligi bilan chambarchas bog‘liQdir. Ushbu azaliy an’anaga mustaQillik yillarida ham alohida e’tibor berilishi juda ahamiyatli bo‘ldi. Qayd etish lozimki, istiQlolning dastlabki davrlaridanoQ madaniyatning metodologiyasi o‘zgardi. Agarda, sho‘rolar mustabid tuzimi davrida madaniyatning asosiy vazifasi jamiyat a’zolarining kommunistik mafkura va soxta g‘oyaga e’tiQodini mustahkamlashga safarbar etish bo‘lsa, istiQlol davrida uning maQsadi tamomila o‘zgardi.
Xo‘sh, bular nimalarda ko‘rindi? Xususan, eng avvalo, mamlakat xukumati, Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustivor yo‘nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog‘liQ shularning amalga oshirilishi uchun butun mas’uliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchidan, ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk bo‘lishi mumkin ekanligi to‘g‘risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. DarhaQiQat iQtisodiy-siyosiy omillarning har Qanday davlat, millat hayotidagi o‘rni va roli kattadir. BiroQ, ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo‘lgan barcha muammolarni hal etishga Qodir omil ekanligi endi haQiQatdir.
Uchinchidan, ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e’tirof etilmoQda, zero sho‘rolar mustabid tizimi davridan Qolgan yaramas «ma’naviy» merosdan poklanmasdan turib istiQlolga xizmat Qiladigan, fuQarolar Qalbi va ongini yangilashga Qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas.
To‘rtinchidan, istiQlol davri O‘zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng muQaddas maQsadlaridan biri – o‘tmish tarixiy-madaniy, ilmiy, axloQiy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy Qadriyatlariga sho‘ro davrida tarkib topgan munosabat kabi «illat» sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma’naviy jihatdan mustahkamlovchi omil asnosida Qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.
Beshinchidan, istiQlol davrida ma’naviyatning har Qanday siyosiy hukmron mafkuralardan holiligi, muhimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma’naviyat bilan uyg‘unligi ta’minlandi. Mamlakat Prezidenti Islom Karimov Qayd etganidek, mustaQillik davrida bajarilishi lozim bo‘lgan eng ustivor vazifa «xalQimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borib, milliy mafkuramizga kuch-Quvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar etadigan, keng ommaga ta’sir o‘tkazishga, xalQni o‘ziga tarafdor etishga xizmat Qiladigan siyosiy, ijtimoiy, iQtisodiy, ma’naviy manbalarni to‘g‘ri belgilab olishdir[1]».
HaQiQatdan ham, mustaQillik yillarida ma’naviyat va ma’rifatning ijtimoiy maQsadi aniQlab olindi, uning bajarishi lozim bo‘lgan vazifalari belgilandi. Ana shunday sharoitda jamiyat fuQarolari tomonidan bildirilgan ijtimoiy ehtiyoj – ma’naviy-ma’rifiy sohalarda yangi asr va umuman, uchinchi ming yillikdagi bosh g‘oya Qanday bo‘lishi aniQlandi.
Xo‘sh, hozirgi va yangi asrda ma’naviyat sohasidagi bosh g‘oyamiz nimalardan iborat? Mazkur savolga javob bera turib, I. Karimov Quyidagilarni yozadi: «Modomiki biz huQuQiy demokratik davlat, erkin fuQarolik jamiyati Qurayotgan ekanmiz, ma’naviyat sohasidagi yigirma birinchi asrga mo‘ljallangan harakat dasturimiz ham ana shundan kelib chiQmog‘i darkor. Ya’ni erkin fuQaro-ongli yashaydigan, mustaQil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptirish bizning bosh milliy g‘oyamiz bo‘lishi zarur.
DarhaQiQat, mustaQil O‘zbekistonda istiQlol ma’naviyat sohasida mavjud bo‘lgan vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iQtisodiy barQarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarilib kelinmoQda. Chunonchi, agar istiQlolning dastlabki yillarida jamiyat ma’naviy hayotida turgan eng bosh vazifa fuQarolarda sho‘rolar davriga xos tafakkurni eskicha fikrlash sarQitlarini bartaraf etish edi. Mazkur masalada Qator yutuQlarga erishildi. BiroQ, bu borada hali talay ishlarni bajarish lozim»[2].
Ikkinchi, eng muhim vazifalardan yana biri erkin fuQarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirishdir, zero «ozod, o‘z haQ-huQuQlarini yaxshi taniydigan, boQimandalikning har Qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aQliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini xalQ, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir»[3].
IstiQlol yillarida O‘zbekiston madaniyati xususida fikrlash asnosida alohida Qayd etilishi lozim bo‘lgan masalalardan yana biri – ma’naviyat sohasidagi davlat siyosatining tobora konkretlashib borishi, vazifalarni hal etish yo‘llarining oydinlashuvidir.
Ma’naviyat jamiyat a’zolarini ruxan poklantiruvchi, Qalban ulg‘aytiruvchi, inson ichki dunyosiga, irodasiga kuch-Quvvat beruvchi, milliy vijdonini uyg‘otuvchi va doimiy harakatdagi konkret kuchdir. Shunday ekan, ma’naviyatga umumiy tarzda munosabatda bo‘lish xatodir, zero har bir fuQaroning ma’naviy-mafkuraviy, komillik darajasi bir xil bo‘lmagani kabi, ularning bunday sifatlarini uyg‘unlashtirib turuvchi ko‘rinishlari ham konkretdir.
Xususan, yangi asr bo‘sag‘asida eng asosiy vazifamiz nimadan iborat? Mamlakat Prezidentining ta’kidlashicha, ma’naviyat sohasidagi strategik maQsadimiz – «milliy Qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muQaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaQillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosQichga ko‘tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»[4].
YuQorida bildirilgan fikrdan tabiiy ravishda kelib chiQayotgan xulosa shundan iboratki, istiQlolning hozirgi bosQichida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarning tashkil etilishidan, endi, bunday ishlarning samaradorligiga erishish muhim ahamiyat kasb etmoQda. Xo‘sh, ma’naviyat sohasidagi ishlarning samaradorligini oshirish deganda nimani tushunish mumkin? Umuman, madaniy-mafkuraviy sohasidagi ishlarimiz jamiyatni ma’naviy yuksaltirishga Qodir-mi?
Shu o‘rinda Qurilayotgan demokratik, huQuQiy insonparvar jamiyat yuksak ma’naviy va axloQiy Qadriyatlarga tayanishini bu jarayon esa milliy g‘oya va milliy mafkuraga, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asoslanishini alohida Qayd etish juda muhimdir.
Agar, istiQlolning dastlabki yillarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan ko‘zlangan maQsad sho‘ro mustabid tizimi asoratlaridan Qutulish, jamiyatda ma’naviy yakdillik yaratishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endi esa, ijtimoiy hamkorlik, komil insonni tarbiyalash ustivor tavsifga ega bo‘lmoQda. Ma’naviyatning mamlakatda demokratik, huQuQiy, Qudratli davlat Qurish yo‘lidagi muhim omil ekanligi endi hech kimga sir emas.
O‘zbekistonning hozirgi taraQQiyot bosQichida ma’naviy omillar hamda millatlararo munosabatlar masalasiga Qarash ham tubdan o‘zgardi. Chunonchi, istiQlolning dastlabki davrlarida «soxta baynalmilallik» oldida yurak oldirib Qo‘ygan hamda xadiksirash kasalidan xoli bo‘lmagan holda har Qanday milliylikni ulug‘lash va har Qanday «baynalmilallik» dan Qochish xissiyoti yuzaga kelgan edi. Bunday jiddiy va Qat’iy Qutblilik, tabiiyki, jamiyat ijtimoiy taraQQiyotiga, ayniQsa, millatlararo munosabatlar masalasiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston hukumati madaniyatdagi milliylik va baynalmilallik nisbatini saQlashga muhim vazifa sifatida munosabatda bo‘la boshladi. Ayni paytda 130 ga yaQin millat va elat yashayotgan O‘zbekistonda har bir millat ravnaQi, uning barQaror taraQQiyoti, xavfsizligi va yashash kafolotlariga har Qanday tahdidlarning oldini olish, u yoki bu millatga mansub kishilar guruhining xudbinlik kayfiyatlarini muQarrar tarzda boshQa millat, xalQ imkoniyatlarini zo‘ravonlik va zug‘um bilan chegaralab Qo‘yadigan davlat siyosatining ishlab chiQilishi bu boradagi amaliy ishlarning samarasini oshirdi.
O‘zbekistonda istiQomat Qilayotgan ko‘p millatli xalQlarning madaniy taraQQiyoti, ularning o‘zliklarini anglash jarayonlariga bo‘lgan intilishlarini Qonuniy-huQuQiy asosda Qondirish masalalari ham mamlakat xukumati oldidagi eng muhim vazifalardan biri bo‘ldi. Shu o‘rinda 1989 yili madaniyat vazirligi huzurida respublika millatlararo madaniy markazning tashkil etilishini alohida ta’kidlash lozimdir. Agarda 90-yillarning boshlarida O‘zbekistonda 12 ta milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa[5], hozirgi kunga kelib ularning soni 80 dan ortdi. MustaQillik yillarida milliy-madaniy markazlar faoliyati ustidan muvofiQlashtiruvchi ishlarning ko‘lami ham ortdi va 1992 yil yanvar oyida hukumat Qarori bilan Respublika Baynalmilal Madaniy markazi tashkil etildi.
Ushbu markazning bosh vazifasi Qilib esa milliy madaniy markazlarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, ular faoliyatini muvofiQlashtirish, milliy an’ana, urf-odatlarni Qaytadan tiklash, MDH va xorij davlatlaridagi baynalmilal madaniy markazlar bilan hamkorlik aloQalarini kuchaytirish, O‘zbekistonda millatlararo aloQalarni yaxshilash, ijtimoiy barQarorlikni ta’minlash kabi muhim masalalar kiritildi.
IstiQlol yillarida ma’naviyat-ma’rifat masalasiga jiddiy e’tibor xukumat tomonidan bu borada mukammal tarzda ishlab chiQilgan dastur asosida ish olib borishni talab etdi. Shu asnoda 1994 yil 23 aprelda mamlakatimiz ma’naviy hayotida muhim voQea yuz berdi: Prezident Islom Karimov farmoni bilan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat jamoatchilik markazi tashkil etildi.
Ma’lumki, sobiQ ittifoQ tugatilishi bilan birga uning kommunistik mafkurasi ham barham topdi. Bu munofiQ, yakkaxokim mafkuraning achchiQ saboQlaridan achchiQ saboQlaridan xulosa chiQarib mamlakatimizning Asosiy Qonunida «Hech Qaysi mafkura davlat mafkurasi bo‘lishiga yo‘l Qo‘yilmaydi», deb yozib Qo‘yildi. Shu asnoda, jamiyatimiz hech Qachon mafkura yakkaxokimligi ro‘y bermasligi uchun zarur bo‘lgan huQuQiy poydevor yaratilgan. Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi ayni shu maQsadni ko‘zda tutib tashkil etildi[6].
Qayd etish lozimki, ma’naviyat-ma’rifat markazi QisQa davr ichida xalQimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, milliy va umuminsoniy Qadriyatlar asosida mamlakat va millat kelajagini belgilaydigan ilg‘or g‘oyalarni yuzaga chiQarish bo‘yicha yirik ishlarni bajardi. Shu bilan birga, ma’naviyat va ma’rifat masalalarini bevosita jamoatchilik yo‘li bilan rivojlantirishga alohida e’tibor berilishi o‘z samarasini bermoQda.
Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yanada rivojlantirish maQsadida 1996 yil 9 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi farmoni jamiyatni ma’naviy barQarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi[7]. Undan mazkur masalada jiddiy ijobiy o‘zgarishlar bilan bir Qatorda ayrim hollarda ma’naviyatning mohiyatini, uning siljishimish, farovon jamiyatga tezroQ yetishimizdagi Qimmatini chuQur idrok etmaslik holllari mavjudligi, bu ishga daxldor rahbarlarda mas’ullik xislari past ekanligiga e’tibor Qaratildi.
Farmonga asosan 1997 yildan boshlab 1 oktyabr «O‘Qituvchilar va murabbiylar» kuni deb e’lon Qilindi, «Ma’naviyat» nashriyoti tashkil etildi, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi Qoshida «Oltin meros» xalQaro xayriya jamg‘armasi ta’sis etildi.
Bu boradagi ishlarni tartibga keltirish, faoliyat samaradorligini oshirish maQsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 1999 yil 3 sentyabrda «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini Qo‘llab-Quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi. Ushbu farmon ma’naviyat va ma’rifat davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani yanada mustahkamladi va yanada unga kuch berdi.
Xukumat tomonidan Qurilgan tadbirlar samarasi natijasida ma’naviyat va ma’rifat jamiyatda ruhiy poklanishga, shaxs ulug‘vorligini oshirishga, demokratik, huQuQiy, insonparvarlik davlat Qurishga mustahkam poydevor yaratdi.
2. Ta’lim taraQQiyoti, uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Insoniyat tarixida o‘z ijtimoiy ahamiyati jihatdan alohida e’tiborga loyiQ holatlar, Qadriyatlar mavjudki, bular u yoki bu millat, elat, xalQning mavjudlik belgisi, taraQQiyot mezoni sifatida baholanishi mumkin. Millat mavjudligining ana shunday muhim belgilaridan biri ta’lim tizimi hamda yuQori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasidir.
DarhaQiQat, ta’lim tizimi demokratik tamoyillar bilan uyg‘unlashgan, uning insonparvar jamiyat barpo etish kabi zarur ijtimoiy ehtiyoj talablariga javob bergandagina u o‘z oldiga Qo‘ygan buyuk maQsad – barkamol avlodni tarbiyalash va shakllantirish vazifasini ado etishi mumkin.
Kommunistik «nazariya» tomonidan ta’lim tizimiga Qo‘yilgan asosiy maQsad – jamiyat a’zolarini mafkuraviy Qullikka, itoatkorlikka majbur Qilishdan boshQa narsa emasdi. Mafkuraviy bikiklik, erkin fikr yuritishdan iborat (shaxs daxlsizligi, demokratik tamoyillarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlar kishilarda ijtimoiy passivlik holatini yuzaga keltirdi).
Bularning barisi O‘zbekiston mustaQilligining dastlabki davridanoQ barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham chuQur o‘zgarishlarni amalga oshirishga, tub islohotlarni o‘tkazishga undadi. IstiQlol mamlakat fuQarolarida erkin fikrlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni uyg‘otdi.
Mafkuraviy Qullikdan holi ravishda, mamlakat va xalQ manfaatlariga mos tarzda faoliyat ko‘rsatishga intilish xissiyotini bemalol, emin-erkin ro‘yobga chiQarish O‘zbekiston fuQarolari dunyoQarashida yangilikka tashnalik kayfiyatini paydo Qildi. Bu masala ayniQsa, yangi tayyorlanishi, shakllanishi lozim bo‘lgan mutaxassis kadrlarga nisbatan munosabatni o‘zgartirib yubordi. IstiQlolning dastlabki davrlaridanoQ mamlakat xukumati mavjud ta’lim tizimida tub islohotlarni o‘tkazishga alohida ahamiyat berishga kirishishi lozimligini anglab yetdi. Mamlakat Prezidenti ta’kidlaganidek, «oldimizga Qo‘ygan eng ezgu maQsadlarimiz bilan uzviy bog‘langan bugungi kundagi yana bir g‘oyatda dolzarb masala – kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, bu borada boshlangan ishlarimizni davom ettirish va kuchaytirish bundan buyon ham biz uchun ustivor vazifa bo‘lib Qoldi»[8].
Xo‘sh, yuQorida Qayd etilgan holatlardan tashQari, yana Qanday sabablar ta’lim tizimida tub islohotlarni o‘tkazishga undadi? Bular, kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiQ emasligi, o‘Quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuQori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o‘Quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi ta’lim tizimi, fan va ishlab chiQarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘Qligi kabilardir.
Bularning barisi ta’lim tizimini zudlik bilan isloh etishni, mazkur sohani chuQur insonparvarlashtirishni talab etardi. To‘g‘ri, 1992 yil iyulida Qabul Qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va davlatimizning shu asosdagi ta’lim-tarbiya siyosati ishlab chiQilgan edi. Unda umumiy ta’lim Quyidagi bosQichlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
I bosQich – boshlang‘ich ta’lim (1-4 sinf);
II bosQich – asosiy (tayanch) maktab (4-9 sinf);
III bosQich – yuQori o‘rta maktab (10-11 sinf);
10-11 sinflar ixtisoslashgan bo‘lib, o‘Quvchilarni oliy o‘Quv yurtlariga tayyorlashga xizmat Qila boshladi.
Ta’kidlash lozimki, hamdo‘stlik mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning Qabul Qilinganligi, «Maktabgacha tarbiya», «Umumiy o‘rta ta’lim», «Maktabdan va sinfdan tashQari tarbiyaviy ishlar», «Yoshlar siyosatiga oid» kabi Qator konsepsiyalar va dasturlar yaratilganligini, davlat ta’lim tizimi jahon amaliyoti talablariga muvofiQ kelishi uchun xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalarning o‘rganilayotganligi va shu asnoda 20 dan ortiQ yo‘nalishlar, fanlar bo‘yicha standartlar loyihali tayyorlandi[9].
1993-94 o‘Quv yilida barcha viloyatlar, Toshkent shahri va QoraQalpog‘iston Respublikasi maktablari o‘Quvchilari bilimlarini tekshirish yuzasidan o‘tkazilgan test sinovlari Quyidagi natijalarni ko‘rsatdi. Ushbu sinovga 70 ta tuman va shaharlarning 400 dan ortiQ maktablarning o‘Quvchilari jalb etildi. 9-sinflarda kimyo va adabiyot fanlaridan test sinovi o‘tkazildi. Yakunlar Quyidagi me’yorda baholandi: 90 foizdan ortiQ to‘g‘ri bajarganlarga «5» baho, 80 foizdan kamiga «4» baho, 60 foizidan ortig‘iga esa «3» baho.
Mazkur sinovlar natijalari o‘Quvchilarning gumanitar yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha chuQur bilim olayotganliklarini ko‘rsatdi. Masalan, adabiyot fani bo‘yicha tayanch maktablarining 10186 o‘Quvchisidan 1275 tasi 90%dan ortiQ vazifalarni, 2552 o‘Quvchi 80%dan ortiQ vazifalarni bajardilar, ya’ni o‘Quvchilarning to‘rtdan uch Qismi fanni yaxshi va a’lo baholarga o‘zlashtirganliklarini namoyish etdilar[10].
IstiQlol yillarida umumta’lim maktablarida ona tilini o‘Qitishga muhim e’tiborning Qaratilishi va «Davlat tili haQida»gi Qonunni bajarish yuzasidan olib borilgan ishlar ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini yanada oshishiga sabab bo‘ldi. O‘Qish o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda ona tili va adabiyotiga ajratilgan soatlar hajmi ko‘payib, 2720 soatga yetdi. O‘Qish rus tillarida olib boriladigan maktablarda esa o‘zbek tili faniga ajratilgan soatlar 544 soat o‘rniga 1020 soatga yetdi. Bular o‘Quvchilarda milliy o‘zligini anglash xissini kuchaytirdi, o‘z o‘lkasiga, tarixiga QiziQishini va o‘z Vatanining gullab-yashnashi yo‘lida faoliyat ko‘rsatish xissini uyg‘otdi.
Umuman, 1992 yilda Qabul Qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun O‘zbekistonda ta’lim tizimini isloh Qilishda ma’lum rol o‘ynadi. Mazkur hujjat sho‘rolar mustabid tizimi davridan «meros» bo‘lib Qolgan, kommunistik mafkuraga xizmat Qiluvchi mafkuraviy kuchni bartaraf etishda alohida ahamiyat kasb etdi, jahon andozalariga mos tizim yaratilishida dastlabki Qadam bo‘ldi.
BiroQ, Qayd etish joizki, mazkur hujjat O‘zbekistonning yangi sharoitdagi vazifalariga to‘liQ javob bera olmas edi. Shuning uchun ham O‘zbekiston hukumati ta’lim tizimini to‘liQ isloh etishga Qodir hujjatlarni Qabul Qilishga e’tiborni kuchaytirdi va bu borada bosh islohotchilik yo‘lini o‘ynadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida tamomila yangi, sifat jihatdan mukammal «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiQdi.
Mamlakat Prezidenti yuQorida Qayd etilgan hujjatlarni Qabul Qilishga undayotgan omillarni e’tiborga olgan holda Quyidagi fikrni bayon etdi. Birinchidan, biz eski sho‘rolar zamonidan Qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy Qarashlardan va sarQitlardan xali-beri to‘liQ Qutulganimiz yo‘Q. Ikkinchidan, barcha amaldagi o‘zgarishlar va tadbirlar, asosan yuzaki bo‘lib, ta’lim-tarbiya va o‘Quv jarayonlarining tarkibini, bosQichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil Qilish muammolarini yechib bergan emas.
Uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi kun zamonaviy, taraQQiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko‘p joylarda yaQQol ko‘rinmoQda[11]. Mazkur mulohazalar yangi hujjatlar Qabul Qilingungacha bo‘lgan davrdagi ta’lim tizimining cheklanganligidan yaQQol dalil berardi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning eng ilg‘or jihatlaridan biri – unda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarining bayon etilishi bo‘ldi. Ular Quyidagilardan iborat edi:
   ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
   umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
   ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
   o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘Qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
   ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
   davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiQligi;
   ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaQalashtirilgan yondoshuv;
   bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
   ta’lim tizimida davlat va jamoat boshQaruvini uyg‘unlashtirish.
Masalaga bunday tarzda yondoshuv ta’limning mamlakatda ko‘rilayotgan demokratik, huQuQiy, insonparvar jamiyat talablariga to‘liQ javob berishi, uning milliy va umuminsoniy Qadriyatlarga sodiQligidan guvohdir. Shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘Quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni Qayta tayyorlash, maktabdan tashQari ta’lim turlariga asos solindi, mavjudlarini takomillashtirish yo‘llari ishlab chiQildi.
Mamlakatimiz raxbariyatining ta’lim-tarbiya sohasiga shu darajada katta e’tibor berishi bejiz emasdir. Gap shundaki, mamlakatimiz aholisining aksariyat ko‘pchiligi yoshlar, o‘smirlardan iborat bo‘lib, ular o‘z kelajaklarini aynan bilim olish bilan bog‘lagandirlar. Xususan, hozirda O‘zbekistonda 9,5 mingga yaQin umumta’lim maktablari, gimnaziyalar, litseylar, kollejlar, 300 ga yaQin o‘rta maxsus muassasalar, 65 ta oliy o‘Quv yurtlari bo‘lib, ulardan 600 mingdan ortiQ turli malakadagi pedagoglar mehnat Qiladi.
So‘nggi yillarda milliy maktablar tizimini yaratish borasidagi ishlarning tarkibiy Qismi sifatida respublikamizda yashayotgan va ozchilikni tashkil etgan (mamlakatlar) millatlar farzandlari ta’lim-tarbiyasiga ham e’tibor kuchaytirildi. O‘zbekistonda 2,5 mingdan ortiQ o‘Quvchisi bo‘lgan 50 ga yaQin Qrim-tatar maktabi, 130 ta o‘Quvchisiga ega bo‘lgan 2 ta nemis maktabi, 2400 ga yaQin o‘Quvchisiga ega bo‘lgan 24 ta koreys maktabi, 4 ta uyg‘ur, 1 dan kurdlar, yahudiylar maktablari faoliyat ko‘rsatmoQdalar. Bundan tashQari, 9 mingdan ortiQ QozoQ farzandlari, 3000 mingdan ortiQ tojik farzandlari, 1 mingdan ortiQ Qirg‘iz farzandlari va 1,5 mingga yaQin turkman farzandlari ham o‘z tillarida ta’lim-tarbiya ola boshladilar[12].
O‘zbekiston xukumati istiQlol talablariga javob bera oladigan iQtidorli yoshlarni tanlab olish, ularga fan yo‘lidagi so‘QmoQlarni sharaf bilan bosib o‘tish borasida ham Qator ishlarni amalga oshirmoQda. «Umid» jamg‘armasining O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ta’sis etilishini shu ma’noda tushunish lozim. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvar Qaroriga muvofiQ ish boshladi.
Ma’lumki, mamlakatimizda tarixiy tub o‘zgarishlarni muvaffaQiyatli o‘tkazish, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iQtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun jahon andozalari darajasida bilim olgan iste’dodli, ruhan barkamol yosh milliy kadrlar zarurdir. «Umid» jamg‘armasining o‘z oldiga Qo‘ygan eng katta maQsadi ham xalQ xo‘jaligining nufuzli tarmoQlarini yuQori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashdan iborat bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekistonlik talabalar o‘z tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiyaning jahonga mashhur oliy o‘Quv yurtlariga muvaffaQiyat bilan shug‘ullanmoQdalar.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi jamiyatni ma’naviy jihatdan barQarorlashtirish juda katta vazifalarni bajarmoQda, yoshlarda Vatanga, millatga mehr-muhabbat xissini singdirishda, jahon andozalariga mos faoliyat ko‘rsatishda muhim omil bo‘lmoQda. Shu bilan birga, yangi ta’lim-tarbiya dasturi yoshlarda mafkuraviy e’tiQodni mustahkamlashda, milliy g‘oya va milliy mafkura mohiyatini anglashda alohida ahamiyatlidir, zero, mafkuraviy ta’sirlar salbiy oQibatlarga olib kelmasligi uchun yoshlarimizning iymon-e’tiQodini mustahkamlash, irodasini baQuvvat Qilish, ularni o‘z mustaQil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash juda zarurdir. I Karimov Qayd etganidek, eng muhim vazifa «ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muQaddas Qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat Qilish fazilatini Qaror toptirish, ularning men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir»[13].
3. Madaniy hayot.
Har Qanday sharoitda ham barcha millat va xalQlar o‘zining ma’naviy ehtiyojlarini Qondirishga muhtojlik sezadi. Ma’naviyat – inson uchun mavjudlik belgisi. Ma’naviy boylik – u yoki bu millatni boshQa etnik birikmalardan o‘ziga xosligini bildiruvchi, anglatuvchi muhim omildir. Ma’naviyati yo‘Q xalQning o‘zi yo‘Q. Shu bilan birga har bir xalQ ma’naviyati ham bir xil darajada emas.
Shu o‘rinda mamlakat yurtboshisining «biz xalQni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orQali bilamiz, tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»[14], – degan fikrlarida juda mantiQ va ma’no bor. BiroQ, sho‘rolar mustabid tizimi sharoitida o‘zbek milliy madaniyati haddan ortiQ darajada ko‘p zarar ko‘rdi. Barcha mustamlakachilik kabi kommunistik mafkura maddohlari ham o‘zbek xalQini Qul Qilish uchun eng avvalo shu xalQning milliy madaniyatini yo‘Q Qilishga zo‘r berdilar.
Ta’kid etish joizki, ma’naviy madaniyati yuksak, uning ildizlari baQuvvat xalQning ijtimoiy ongidan shu xalQ madaniyatini hech Qachon tamomila yo‘Q Qilish mumkin emas. To‘g‘ri mustamlakachiliklar natijasida o‘zbek madaniyatiga katta zarar yetkazildi, uning ma’naviy ildizlarini QirQib tashlashga urinildi. Lekin ular buning uddasidan chiQa olmadilar.
O‘zbek xalQi katta yo‘Qotishlarga Qaramasdan o‘zligini, o‘z milliy madaniyatini saQlab Qola bildi. Bunga yaQin va uzoQ tarix guvohdir. Endigi vazifa – ma’naviy hayotdagi barcha yo‘Qotishlarning o‘rnini Qoplashdan iborat bo‘ldi. Bu narsa xalQimizning ma’naviyat va ma’rifatga muhtojligi va uning tanQisligi bilan belgilandi. Kishining o‘zligini anglashi, o‘z sha’nini himoya Qila olishi va barcha yomonliklardan o‘zini tiya olishi uchun orif bo‘lmog‘i, Qalbining tubida, jinday bo‘lsa-da, ma’rifat shamchirog‘i yonib turmog‘i lozim. Ana shunda odam gunohdan hazar Qilish, barcha ne’matlardan aQl-idrok va insof doirasida foydalanish yo‘lini tutadi. Nojo‘ya xatti-harakatlari uchun tavba-tazarru Qilish zarurligini anglay boshlaydi[15].
O‘zbek xalQi aynan shu yo‘ldan bordi, o‘z milliy-tarixiy, madaniy merosiga sodiQligini ko‘rsata bildi. Bu esa mustamlakachiliklar davrida yo‘Qotilgan, taptalangan madaniy merosni tiklash, o‘zligini anglashga bo‘lgan rag‘batni uyg‘otdi.
IstiQlol yillarida o‘zbek madaniy hayoti uyg‘ondi, jonlandi va o‘zining butun mavjud bo‘y-bastini ko‘rsata bildi. Teatr, musiQa san’ati rivoj topdi, madaniy aloQalar kengaydi, madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati takomillashdi, muzeylarning ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyati oshdi, milliy adabiyot ravnaQ topdi.
AyniQsa, teatr san’atining rivoji gullab yashnadi. Bu bejiz emasdi, zero mustamlakachilik davrida teatrlar kommunistik mafkuraning xizmatkoriga aylangan, siyosiy maQsadlarnigina bajaruvchi kuchga aylangan edi. Shu asnoda asosiy e’tibor repertuar masalasini hal etish, tomoshabinlarni bezdiradigan sahna asarlari o‘rniga ularning ma’naviy-ijtimoiy ehtiyojlarini Qondiruvchi spektakllarni fuQarolar hukmiga havola etishga asosiy e’tibor Qaratildi.
Hozirgi sharoitda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 36 ta dramatik, musiQali drama va komediya, opera va balet, Qo‘g‘irchoQ teatrlari ana shunday vazifalarni bajardilar. 1998 yil 26 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning «O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon Qilindi. Unga binoan, O‘zbekiston tomosha san’atining ko‘p asrlik an’analarini o‘rganish, boyitish va targ‘ib Qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol Qatnashishini ta’minlash, respublika Madaniyat ishlari vazirligi teatr tashkilotlari negizida va teatr arboblari uyushmasida badiiy zamonaviy sahnabop asarlar yaratish maQsadida Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi Qoshida «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlar chiQarish birlashmasi tashkil etildi.
«O‘zbekteatr» birlashmasi o‘zining teatr tashkilotlari hamda mintaQaviy bo‘limiga ega bo‘lib, mulkchilik shakllaridan va Qandaydir muassasaga idoraviy daxldorligidan Qat’i nazar mamlakatdagi barcha davlat teatrlari, teatr studiyalarida xalQ teatrlari va boshQa tegishli tashkilotlar jamoalarini ixtiyoriy tartibda birlashtirdi[16].
Teatr san’atini rivojlantirish yo‘lida 1998 yil noyabr oyida o‘tkazilgan «Xumo» xalQaro yoshlar teatrlarining festivali alohida ahamiyat kasb etdi. Ushbu festivalda O‘zbekiston va Isroil davlatlarining eng yaxshi teatr jamoalari ishtirok etdilar. Mazkur festival doirasida 32 ta spektakl namoyish etildi, ularni 20 mingdan ortiQ tomoshabin tomosha Qildi.
O‘zbekistonning o‘z mustaQilligini Qo‘lga kiritishi natijasida ma’naviy madaniyatning muhim jabhasi bo‘lgan musiQa san’ati ham juda rivoj topa boshladi, zero tabiatan nozikta’b, san’atsevar va san’at ahliga talabchan o‘zbek xalQining musiQasi keng ko‘lamli ma’naviyat ko‘zgusidir. Sho‘rolar davrida asosan mafkuraviy hukmronlik Qo‘liga aylangan mazkur san’at turi erkinlik yo‘liga kirdi. Jamiyat a’zolari milliy Qo‘shiQchilik san’atidan bahramand bo‘la boshladilar.
O‘zbekiston hukumati xalQimizning milliy Qo‘shiQchilikka bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojini e’tiborga olib milliy ruhdagi, xalQning ko‘ngliga yaQin musiQa asarlarini yaratishga bo‘lgan QiziQishni doimo rag‘batlantirdi. IstiQlolning dastlabki kunlaridanoQ musiQa san’ati bo‘yicha Qator ko‘rik-tanlovlar o‘tkazila boshlandi. Xususan, 1992 yil mart oyida Toshkent shahrida tanbur, sato, Qo‘shnay, surnay va boshQa milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar» deb nomlangan respublika ko‘rik tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida havaskor Qo‘g‘irchoQ teatrlari jamoalarining ko‘rik-tanlovi, shuningdek, mashhur san’atkorlar Jo‘raxon Sultonov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov, Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyozov, Faxriddin SodiQov, JanaQ Shomuratovlarning asarlari ijrochilarining «BoQiy ovozlar» deb nomlangan ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi. Ayni vaQtda 1992 yil may oyida Xorazm viloyatida folklor jamoalarining, askiya, QiziQchi va masxarabozlarning, iyun oyida Qo‘Qonda o‘tkazilgan IX an’anaviy va lapar, yalla ijroiyalarining avgust oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan XI an’anaviy ko‘rik tanlovi milliy san’atimiz rivojiga katta hissa bo‘lib Qo‘shildi.
Mamlakatimiz hukumati Qo‘shiQchilik san’atidan mustaQillikning ma’naviy zaminlarini mustahkamlashda ham unumli foydalanishga e’tiborni kuchaytirdi. Shu maQsadda 1995 yil dekabrda «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi Qo‘shiQlar ko‘rik-tanlovi e’lon Qilindi. Mazkur tanlov barcha viloyat, shahar va tumanlarda juda katta ko‘tarinkilik ruhida o‘tkazildi va uning natijasida yuzlab yangi, mustaQillik davri Qo‘shiQlari yaratildi, ko‘plab iste’dodli san’atkorlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
«O‘zbekiston – Vatanim manim» Qo‘shiQ ko‘rik-tanlovining 1996 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan birinchi bosQichida 54 mingdan ortiQ san’atkorlar ishtirok etdi, 10 mingdan ortiQ yangi musiQiy asarlar yaratildi. Qayd etish lozimki, mazkur tanlov istiQlolni, Vatanni, o‘zligini anglashda muhim Qadam bo‘ldi. XalQimizning bunday tadbirga QiziQishi ortiQ bo‘ldi.
Bularning barchasini e’tiborga olib, 1996 yil avgustda «O‘zbekiston – Vatanim manim» Qo‘shiQ bayrami haQida» maxsus farmon Qabul Qilindi. Farmonda fuQarolar Qalbida muQaddas Vatan tuyg‘usini tarbiyalovchi yuksak badiiy saviyadagi musiQa asarlari va Qo‘shiQlarning yaratilishiga keng imkoniyat yaratish maQsadida har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi «O‘zbekiston – Vatanim manim» Qo‘shiQ bayrami kuni, deb belgilab Qo‘yildi. Ayni paytda, xalQimizning Qo‘shiQchilik san’atiga bo‘lgan buyuk QiziQishini e’tiborga olib, Madaniyat ishlari vazirligi huzurida «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi.
Natijada, mazkur ko‘rik-tanlov hozirda ommaviy tus oldi, unda nafaQat o‘zbek milliy, shu bilan birga mamlakatimizda istiQomat Qilayotgan boshQa barcha xalQlar vakillarining erkin ijod Qilishi, o‘z san’atlarini namoyish etish imkoniyati yaratildi. Professional va xalQ badiiy ijodiyoti asosida san’atning Qo‘shiQchilik turiga teng e’tibor berilishi, ularning uyg‘un rivojlanishiga sharoit yaratilishi tufayli mazkur san’at turi yanada rivoj topmoQda.
Ma’lumki, O‘zbekistonda jahon sivilizatsiyasida alohida o‘ringa ega bo‘lgan buyuk moddiy madaniyat yaratildi. Ular xalQaro hamjamiyat tomonidan allaQachon e’tirof etilgan. BiroQ, sho‘rolar mustabid tizimi davrida O‘zbekiston moddiy madaniyatiga katta zarar yetkazildi. Minglab noyob madaniyat durdonalari, asori-atiQalari xorijga, asosan, Moskva, Sankt-Peterburg muzeylariga tashib ketildi. Milliy o‘zlikni anglashda bunday yodgorliklarning ahamiyati katta ekanligini e’tiborga olib, mustamlakachilar iloji boricha ular ijtimoiy-madaniy ahamiyatni kamchitishga harakat Qildilar.
Ammo, mustaQillik bunday jirkanch siyosatga barham berdi. IstiQlolning dastlabki davrlaridanoQ muzeylar, Qo‘riQxonalarning o‘rni va rolini belgilab berishga alohida ahamiyat berildi. Ma’lumki, hozirda birgina Madaniyat ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bo‘yicha 68 ta muzey mavjud bo‘lib, bular 21 ta o‘lkashunoslik, 10 ta badiiy, 14 ta memorial, 5 ta adabiy-memorial, 7 ta badiiy, 1 ta tabiiy-ilmiy muzeylardir.
Shu bilan birga SamarQandda Davlat muzey-Qo‘riQxonasi, Buxoroda Davlat muzey-Qo‘riQxonasi, Xivada «Ichon-Qal’a» davlat muzey-Qo‘riQxonalari faoliyat ko‘rsatmoQda. 1999 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, respublikamizdagi muzeylar fondida 1305786 eksponat saQlanmoQda. Birgina 1999 yilda ularning asosiy fondiga 7544 ta eksponat Qabul Qilindi. Shu yilning o‘zida barcha muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi[17].
O‘zbekiston hukumati xalQimizning o‘ milliy o‘zligini anglash jarayonini yanada jadallashtirishni e’tiborga olib, 1994 yil 23 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1999 yil 5 dekabrda esa «Muzeylar faoliyatini Qo‘llab-Quvvatlash masalalari to‘g‘risida»gi Qarorlarni e’lon Qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni esa muzeylar ishida tubdan burilish yasadi. Unga binoan barcha turdagi muzeylar faoliyatini muvofiQlashtirish, Qo‘llab-Quvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maQsadida Madaniyat ishlari vazirligi Qoshida «O‘zbekmuzey» jamg‘armasi tashkil etildi, o‘zbek, ingliz, rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi[18].
Ko‘rilgan barcha tadbirlar natijasida muzeylarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati ancha ortdi, ularning o‘zbek xalQi milliy o‘zligini anglash jarayonidagi roli kuchaydi. Muzeylarga e’tibor xorijlik fuQarolarning O‘zbekistonga, uning boy va Qadimiy madaniyatiga bo‘lgan QiziQishini oshirdi.
IstiQlol o‘zbek xalQiga o‘z milliy adabiyotini Qaytarib berdi. Kommunistik mafkuraning jarchisiga aylangan «sovet adabiyoti» vayronlari o‘rniga paydo bo‘lgan o‘zbek milliy adabiyoti tezlikda o‘zining Qaddini ko‘tardi, partiyaviylik, sinfiylik kabi xatto metodologik asoslardan voz kechila boshlandi. Mumtoz adabiyotga munosabatda diniy adabiyot, feodal-klerikal adabiyot, saroy adabiyoti deyilgan tushuncha va bir millat adabiyotini reaksion va progressiv deb ikkiga bo‘lib o‘rganishdekk hatto nazariy cheklashlarning daf etilishi milliy adabiyotning xolisona baholanishiga imkon yaratdi.
Diniy manbalarning, jadid adabiyotining siyosiy-mafkuraviy aQidalarsiz o‘rganilishiga nisbatan bo‘lgan munosabatning ijobiy hal etilishi jamiyatni ma’naviy jihatdan barQarorlashtirishga shart-sharoitlar yaratdi.
Shunday Qilib, mustaQillik O‘zbekiston ma’naviy hayotini barQarorlashtirish uchun zamin yaratdi, ma’naviy-ma’rifiy hodisalarga munosabatni o‘zgartirdi. IstiQlol tufayli ma’naviy turmushimizdagi ko‘plab muammolar hal etila boshlandi. Qurilayotgan demokratik, huQuQiy, insonparvar jamiyat, bozor munosabatlariga o‘tish, jahon hamjamiyati bilan mafkuraviy tazyiQlarsiz o‘zaro hamkorlik Qilish imkoniyati – bularning barichi O‘zbekiston madaniyatini xalQchil Qildi. O‘zbekiston, o‘zbek xalQining dunyodagi o‘ziga xos va mos o‘rni borligi, uning jahon sivilizatsiyasiga Qo‘shgan bebaho hissasining e’tirof etilishi tufayli ma’naviy hayotning gullab-yashashi uchun mustahkam zamin yaratildi.

Tayanch tushunchalar
Ma’naviy-ma’rifiy islohot, ustuvor yo‘nalish, ma’naviyat va ma’rifat markazi, milliy g‘oya, milliy-madaniy markaz, istiQlol mafkurasi, komil inson.

Mavzuni takrorlash uchun savollar
1. MustaQillik sharoitida milliy madaniyatlar rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy omillarini tahlil eting.
2. Madaniy yuksalishning hozirgi bosQichi xususiyati nimada?
3. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mohiyati va zarurligi.
4. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning amalga oshirishning asosiy yo‘llarini ayting.
5. Ta’lim Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining madaniy-ma’rifiy islohotlarining amalga oshirishdagi ahamiyati.
6. Madaniy taraQQiyotda milliy-madaniy markazlarning o‘rni.
7. Madaniy-ma’rifiy islohotlar jarayonida milliy tarixiy merosga munosabat mezonlari.
8. Madaniy taraQQiyotda milliy va umumbashariy Qadriyatlarning uyg‘unligi.
9. Madaniy-ma’rifiy islohotlar va komil inson tarbiyasi vazifasini tushuntiring.

ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiQlol va taraQQiyot yo‘li. T., 1992.
2. Karimov I.A. IstiQlol va ma’naviyat. T., 1994.
3. Karimov I.A. Biz Qurish va yaratish yo‘lidan boraveramiz. T., 1995.
4. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan Qolsin. T., 1996.
5. Karimov I.A. Vatan sadjagoh kabi muQaddasdir. T., 1996.
6. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiQlol, iQtisod, siyosat, mafkura. T., 1996.
7. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. T., 1997.
8. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘Q. T., 1998.
9. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoQda. T., 1999.
10. Karimov I.A. Milliy istiQlol mafkurasi – xalQ e’tiQodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., 2000.




[1] Каримов И. ¤з келажагимизни ´з қ´лимиз билан қурмоқдамиз. Т., 1999. 16-бет.
[2] ¤ша жойда. 18-бет.
[3] ¤ша жойда. 19-бет.
[4] Каримов И. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон µаёт – пировард мақсадимиз. Т., 2000, 24-бет.
[5] ¤збекистон миллатлараро µамжиµатлик й´лида. Т., 1996. 111-бет.
[6] Ж´раев А. Агар огоµ сен ... Т., 1998. 148-бет.
[7] Гулистон, 1997, №1, 4-бет.
[8] Каримов И. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон µаёт – пировард мақсадимиз. Т., 2000. 27-бет.
[9] Эргашев К. ¤збекистон халқ таълимининг ривожланиш тарихи. Т., 1998, 59-бет.
[10] ¤зР ХТБ УМББ нинг жорий µужжатлари. 2-9-13-иш; 2-3 варақлар.
[11] Баркамол авлод – ¤збекистон тараққиётининг пойдевори. Т., 1997, 6-бет.
[12] Эргашев К. ¤збекистон халқ таълимининг ривожланиш тарихи. Т., 1998. 64-бет.
[13] Каримов И. Донишманд халқимизнинг мустаµкам иродасига ишонаман. Т., 2000. 6-бет.
[14] Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак й´қ. Т., 1998. 18-бет.
[15] Ж´раев Н. Тарих фалсафаси. Т., 1999, 150-бет.
[16] ¤збекистон Республикаси. 100 саволга 100 жавоб. Т., 1998, 177-бет.
[17] «Мозийдан садо», 2000, №1-2, 22-бет.
[18] «Гулистон», 1998, №2, 5-бет.

Комментариев нет:

Отправить комментарий